X .5. Kam kuchlanishga ega bo‘lgan elentr qurilmalaridan foydalanish
Har xil qo'lda ishlatiladigan asboblar, drel, gayka buragich va boshqalar, shuningdek, qo'lda ko'chirib yurishga mo'ljallangan lampalar bilan ishlaganda odam uning korpuslari bilan uzoq vaqt bog'langan bo'ladi. Shuning uchun ham bunday asboblar bilan ish-layotgan kishi hayoti uchun xavfli bo'lgan elektr tokining korpusga urib ketishi hodisasi, ayniqsa, bajarilayotgan ish xavfli xonalarda olib borilayotgan bo'lsa, ro'y berishi mumkin.
Shuning uchun qo'lda ishlatiladigan elektr asboblarini va
182
ko‘chirib yuriladigan lampalarni ishlatganda 42 V kuchlanishga ega bo'lgan elektr tarmoqlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari bunday asboblar va lampalar bilan juda xavfli xonalarda va nobob sharoitlarda (masalan, metall rezervuarlarda, tok o'tkazuvchi pollarda yotib yoki o'tirib ish olib borish) elektr to kining kuchlanishi 12 V dan ortiq bo'lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |