X. 10. Muhofazalovchi o‘chirish qurilmasi
Agar elektr qurilmasi korpusida inson hayoti uchun xavfli kuchlanish hosil bo'lib qolsa, uni tezda o'chirish imkoniyatini be radigan qurilmalarga muhofazalovchi o'chirish qurilmalari deyiladi.
Bunday tokning hosil bo'lishiga masalan, elektr toki fazasi korpusga urib ketishi, tarmoqda hisobga olingan kuchlanishga nis-batan kuchliroq kuchlanish paydo bo'lishi va boshqalar sabab bo'ladi. Bunda elektr tarmoqda elektr parametrlarining o'zgarishi ro'y beradi, masalan, elektr qurilmasi tok o'tkazmaydigan qismlarida kuchlanish paydo bo'ladi, fazadagi kuchlanish yerga nis-batan o'zgaradi va boshqalar.
Bu o'zgarishlarning har birini, elektr qurilmasining odam ha yoti uchun xavfli bo'lgan kuchlanishni yo'otishga olib keladigan av tomatik o'chirish qurilmasining asosi qilib olinishi mumkin.
Muhofazalovchi o'chirish qurilmasi, xavf hosil qilgan elektr asbobni 0.2 s dan oshmagan vaqt davomida o'chirish imkoniyatini berishi kerak.
Muhofazalovchi o'chirish asbobi bir qancha qismlardan tashkil topgan bo'lib, asosan elektr sistemasida biror bir parametrning o'zgarishini sezib, elektr sistemasiga berilayotgan tokni avtomatik uzuvchi qurilmaga signal beradi. Bu elementlaming asosiysi qabul qiluvchi qurilma bo'lib (asosan qabul qiluvchi qurilma sifatida rele qo'llaniladi), u elektr sistemasidagi parametr o'zgarishlarini qabul qiladi, agar kelayotgan signal kuchsiz bo'lgan holda uni kuchayti-ruvchi qurilma o'rnatiladi, shuningdek, bu sistemaning to'g'ri ish-layotganligini tekshirib turuvchi nazorat asboblari hamda signal lampalari o'matilishi mumkin.
189
Avtomatik tokni uzish qismining asosiy vazifasi olingan sig-nalga asoslanib elektr qurilmasini ta’minlayotgan elektr tar-mog‘ining butunlay uzib qo‘yishdan iborat. Avtomatik o'chirish sis-temalari juda xilma-xil bo‘lib, u tok parametrlarining o'zgarishiga asoslangan. Masalan elektr qurilmasi korpusida yerga nisbatan xavfli kuchlanish paydo bo'lishi, doimiy o'zgarmas tok o'zgarishi, nolga nisbatan muntazam kuchlanish va boshqalar.
Muhofazalovchi o'chirish qurilmasining, elektr asbobli kor-pusiga tok o'tib ketganligidan ta’sirlanadigan qurilmani ko'rib chiqamiz. Bu qurilma asosan elektr asbobining toksiz qismi hisoblangan korpusida xavfli kuchlanishlar paydo bo'lganda uni oldini olishga qaratilgan. Shuningdek, bu qurilma yerga ulab mu hofaza qilish va nolga ulab muhofaza qilish sistemalariga qo'shimcha ravishda ishlatilishini aytib o'tish kerak.
Bunday qurilmaning sxemasi 35-rasmda keltirilgan. Qurilma-ning qabul qilish qismini maksimal kuchlanish relesi tashkil qiladi. Relening bir klemmasi elektr qurilmasi korpusiga ikkinchisi esa qo'shimcha yerga qarshilik orqali ulangan. Qo'shimcha yerga ulan gan elektrodni korpus yerga ulash sistemalaridan 15—20 m maso-fada 35-rasm. Muhofazalovchi o'chirish qurilmasi joylashtirish tavsiya etiladi. Agar elektr toki elektr asbobi korpusiga urib ketsa, unda birinchi navbatda yerga ulash va nolga ulash muhofaza siste-malari ishlari kuzatiladi, bulaming natijasida koipus kuchlanishi ma’lum kuchlanishidan oshib ketmasligi kerak. Agar kuchlanish yo'l qo'yilishi mumkin bo'lganidan oshib ketsa, unda rele ishga tu shadi va tokni uzuvchi qurilma g'altagiga tok o'tkaza boshlaydi. G'altakdan tok o'tishi u yerda kuchli magnit maydoni hosil qiladi va o'chirish qurilmasiga biriktirilgan metall sterjenni tortib olishi hisobiga elektr qurilmasiga tok berishi to'xtatiladi.
35-rasm. Muhofazalovchi o'chirish qurilmasi.
190
Bunday muhofazalovchi o'chirish qurilmalari 1000 V gacha kuchlanishga ega bo'lgan va yerga ulash sistemasiga ega bo'lgan elektr qurilmalarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |