Hayot faoliyati



Download 1,67 Mb.
bet149/223
Sana31.12.2021
Hajmi1,67 Mb.
#254094
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   223
Bog'liq
4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009

192
I

Trubkasimon saqlovchi qurilmalar novak chinni trubkadan iborat bo'lib, uning ikki tomoniga yengil eruvchi metalldan qilin­ gan eruvchi qismga wga boMgan halqalar kiydiriladi. Bunday saqlovchi qurilmalar mahkamlanadigan metalldan qilingan qutichalar ichiga joylashtiriladi.


Qanday turdagi saqlovchi qurilmalardan foydalanilayotganidan qat’i nazar, ularni almashtirish uchun, albatta o'chirish vositasi bi­ lan elektr tokini o'chirib qo'yish tavsiya etiladi. Agar o'chirishning iloji boMmagan hollarda ularni albatta shaxsiy muhofaza aslahalari, rezina qo'lqop, ko'zoynak va polga izolatsiya vositalari to'shab, al­ mashtirish kerak.
Bundan tashqari avtomatik saqlovchi qurilmalardan ham foy-dalaniladi. Ularning ishlash prinsipi ham juda sodda tuzilgan. Bun­ day qurilmalarning afzalligi shundaki, ularni elektr sistemasidagi kamchiliklar tuzatilmaguncha ishga tushirish imkoniyatini ber-maydi.
Stanoklar va boshqa mexanik jihozlarni harakatga keltirish, asosan elektrodvigatellar yordamida amalga oshiriladi. Elektr dviga-tellari quyidagi turlarga bo'linadi: ochiq, muhofaza qilingan, berk, portlashga xavfsiz va suv kirmaydigan.
Mashinasozlik sanoat korxonalarida asosan berk portlashga xavfsiz elektr dvigatellaridan foydalaniladi. Bu elektr dvigatellari-ning tok o'tkazuvchi qisimlari puxta muhofazalangan, elektr toki bilan ta’minlash klemmalari muhofaza qopqoqlari bilan berkitiladi.
Elektr dvigatellarining hamma aylanadigan va harakatlanadigan qismlari to'siq qurilmalari bilan ta’minlanishi shart.

Elektr sistemalariga beriladigan elektr tokini yoqib-o'chirish qurilmalari muhim ahamiyatga ega.

Ularni havoda ochiq holda, maxsus moylarning ichida ishlati­ ladigan turlari bor bo'lib, ularning tanlash sistemadagi tok kuchla-nishiga bog'liq.
Havoda ochiq holatda ishlatiladigan o'chirib-yoqish qurilma-sini rubilniklar deb yuritiladi. Rubilniklar berkitiladigan qopqoqlar bilan jihozlanadi. Chunki o'chirib-yoqish vaqtida hosil bo'ladigan elektr yoylari inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Bundan tash­ qari, bu yoylar ta’sirida kuyib qolish mumkin.
Knopkasimon o'chirib-yoqish qurilmalari, rubilnikning bir turi bo'lib, bunda ulash va o'chirish elektromagnit yordamida amalga oshiriladi.
Elektr sistemalarini o'chirib, yoqish vaqtida magnitli yoqish qurilmalari juda keng tarqalgan. Magnitli yoqish qurilmasi maxsus



193

qutilarga joylashtirilgan bo'lib, ularni boshqarish knopkalar yor­ damida amalga oshiriladi. Bu knopkalar xohlagan uzoqlikda, xoh­ lagan joyga o'm atilishi mumkin. Ular ham ishlatilayotgan uchast-kaning holatiga qarab (gaz, par, chang) ochiq, berk, chang kirmay-digan va portlashga xavfsiz qilib o'matilishi mumkin.


500 V kuchlanishdan yuqori bo'lgan kuchlanishlardagi elektr sistemalarini yoqib-o'chirish qurilmalarida amalga oshiriladi. Bu­ ning asosiy mohiyati shundaki, uning kontaktlari moy ichiga joy­ lashtirilgan, kontaktlar ulanganda hosil bo'ladigan elektr yoyi, is­ siqlik ta’sirida maydon hosil bo'lgan par va gazlar muhitida tez so'nadi. Moyda ishlatiladigan o'chirish sistemalaridan foydalan-ganda portlashdan va moy sachrashi natijasida hosil bo'ladigan elektr toki urish xavfidan ehtiyot bo'lish kerak.
Portlash xavfi elektr yoyi ta’sirida ajralib chiqqan moy parlari va gazlari havo bilan aralashib ketgan hollarda yuz beradi. Kuning uchun bunday o'chirib yoqish sistemalari ochilib qolishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Elektr yordamida qo'lda ishlatiladigan—drel, gayka buragich, silliqlovchi va pardozlar mashinalari va boshqalarga, quyidagi asosiy talablar qo'yiladi: elektr tokiga oson ulanib, oson o'chirilishi, ish-latishda xavfsiz, shuningdek, ishlatish davrida tok o'tkazuvchi qismlariga odamning tegib ketish va tok ta’siriga tushib qolishi imkoniyati bo'lmasin.
Bunday asboblar bilan ishlaganda elektr toki ta’siriga tushib qolish, uning metall korpuslari orqali, yaxshi yerga ulangan metall qismlarda turib ishlov berayotgan vaqtda, zax xonalarda ish bajar-ishda, shuningdek, ochiq hvoda ish olib borganda bo'lishi mumkin.
Bunday hollarda elektr xavfi darajasini kamaytirishmng birdan bir yo'li, xavfsiz kuchlanishlarda ish olib borishdir. Lekin bunday ishlarda -kuchlanishni pasaytiruvchi qurilma kerak bo'ladi. Xavfli sharoitlarda elektr asboblarini qo'lda ishlatish kuchlanishi 36 V dan oshmagan, I kvtgacha quwatga ega bo'lgan, chastotasi 200 Gs li elektr quwatidan foydalanish tavsiya etiladi.
Qo'lda ishlatiladigan asboblarni 110 va 220 V kuchlanishlarda ishlatishga faqat xavfsiz xonalarda va ochiq havoda ish olib borishda esa elektr qo'l asboblari faqat 36 V gacha bo'lgan kuchlanishlar bilan ruxsat etiladi.
Ba’zan bunday asboblarning quwati bunday kuchlanishlarda yetmay qolsa, unda elektr asbobi korpusini mustahkam yerga ulan­ gan holda, albatta ishlayotgan kishi shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanishi shart. Bu shaxsiy muhofaza aslahalariga rezina,
194
I

qo'lqop, rezina kalish, gilamcha va fartuklar kiradi.


Qo'lda ishlatiladigan elektr asboblarining tuzilishida xavfsizlik-ni ta’minlash elementlari bo'lishi, shuningdek, 36 V kuchlanishdan ortiq, kuchlanishda ishlaydigan asboblar uchun, diametri 4 mm dan kam bo'lmagan o'tkazgichdan tayyorlangan, nol simiga yoki yerga ulangan simga ulash uchun qisqichga ega bo'lishi shart.
Elektr asbobini tokka ulash ko'p simli kabellardan tashkil top-gan bo'lishi, oddiy sim bo'lgan taqdirda rezina shlang kiygizilib muhofazalangan bo'lishi shart.

Ko'pincha bunday kabellar tarkibida polga, yerga ulash uchun mo'ljallangan simlar ham bo'ladi. Rozetkalarda esa yerga ulangan yoki nol simi nuqtalari bo'ladi.


Mashinasozlik sanoat korxonalarida doimiy o'rnatilgan va ko'chirib yuritiladigan elektropayvandlash qurilmalaridan keng foy-dalaniladi.
Doimiy o'rnatilgan elektr payvandlash ishlarini ma’lum muho­ fazalangan va shamollatish sistemalariga ega bo'lgan xonalarda amalga oshiriladi.

Payvandlash agregatini payvand qilinayotgan joyga iloji bo-richa yaqinroq o'rnatish kerak. Mashina va agregatlar bilan pay­ vandlash agregati orasidagi masofalar elektr jihozlarini o'rnatish qoidalarida belgilanadi.


Doimiy tok mashinalarini umuman sanoat korxonalarida mar-kazlashtirilgan holda joylashtiriladi, ammo ularning o'rnatilgan joy­ lari bilan payvandlash postlari oralig'i 40 m dan ortiq bo'lmasligi kerak.
Payvand qilish generatori, transformator va apparatlarini ochiq havoda o'rnatish, faqat ular berk va namlikni saqlovchi muhofaza qurilmasiga ega bo'lgan hollardagina ruxsat etiladi. Ulami asosan usti yopilgan va yonuvchi materiallardan xoli bo'lgan ayvon-chalarga joylashtirish tavsiya etiladi. Har bir payvandlash qurilma­ sini uni ta’minlayotgan elektr tarmog'iga saqlovchi muhofaza qurilmalari orqali ulanishi kerak.
Payvandlash ishlarni ikkita sim orqali amalga oshiriladi. Bir­ inchi sim asosiy hisoblanib, u yaxshi muhofaza qobig'iga ega bo'lgan kabeldan iborat ikkinchi sim esa qaytuvchi sim hisoblanib, uni yetarlicha kesimga ega bo'lgan har qanday metalldan yasalgan bo'lishi va shuningdek, payvand qilinayotgan konstruksiyaga qotirilgan bo'lishi shart. Bu simlarning muhofaza qobig'i shart emas. Bu o'tkazgichlar sifatida stellajlar, payvandlash plitalari va qilinay otgan metall konstruksiyalardan ham foydalanish mumkin.
195

i


Payvand qurilmasining ikkinchi simi sifatida gaz quvurlari suv o'tkazuvchi quvurlar, binolarning metall konstruksiyalari, shuning­ dek, texnologik jihozlardan foydalanish mutlaqo taqiqlanadi.
Ish bajarayotgan payvandlash generatorlarining kuchlanishi 70 V, transformatorlarining kuchlanishi 80 V dan ortiq bo'lmasligi shart.
Yoysimon payvandlash ishlarini har xil idishlar, qozonlar, yoki shunga o'xshash yopiq joylarda qo'lda yoki avtomatik ravishda olib borish, bu qurilmalarda yoy uzilgandan keyin, 0,5 s dan ortiq bo'lmagan vaqt ichida o'chirish qurilmasi bo'lgan hollardagina rux-sat etiladi. Shuning bilan birga, albatta tashqarida, biror kor-hol yuz bersa, yordam berishga tayyor bo'lib tuigan kuzatuvchi bo'lishi shart.
Payvand ishlarini bosim ostidagi idishlarda, shuningdek, yengil alangalanuvchi yoki portlovchi moddalar bo'lgan idishlarda olib borish taqiqlanadi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish