Hayot faoliyati


Atmosfera havosi tarkibidagi changlar



Download 1,67 Mb.
bet13/223
Sana31.12.2021
Hajmi1,67 Mb.
#254094
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   223
Bog'liq
4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009

11.5. Atmosfera havosi tarkibidagi changlar
Sanoatda, transport vositalarini ishlatishda va qishloq xo‘jaligida bajariladigan ishlarning deyarli ham m asida chang hosil bo'lishi va ajralishi kuzatiladi. Um um an changlam ing turlari ularning kelib chiqish manbalarini hisobga olib, ularni tabiiy va sun’iy changlarga bo'lib qaraladi.
M a’lumki changlangan havo muhiti insoniyatni qadim zamonlardan beri ta’qib qilib kelgan.

Tabiiy changlar sirasiga tabiatda inson ta ’sirisiz hosil bo'ladigan changlar kiritiladi. Bunday changlar shamol va qattiq bo'ronlar ta’sirida qum va tuproqning eroziyalangan qatlamlarining uchishi, o'simlik va hayvonot olamida paydo bo'ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan yer atmosferasi ta ’siriga tushib qolgan metioritlar va boshqa kosmik jismlaming yonib ketishidan hosil bo'ladigan changlar va boshqa hollarda hosil bo'ladigan changlami


39

kiritish m um kin. Tabiiy changlarning atmosfera muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yilning fasllariga va aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqaga joylashganligiga bog'liq. Masalan, atm osferadagi changning miqdori shimoliy tumanlarga nisbatan janubiy tum anlarda, o'rm on zonalariga qaraganda cho‘l zonalarida, shuningdek, qish oylariga nisbatan yoz oylarida ko‘proq boMishi m a’lum .
Aniqlanishicha har bir kubometr havo tarkibida katta shaharlar hududlarida 6000 arofida (ba’zi bir man balarda avtomobil vositalaridan ajralgan tutunlarni ham kiritib 30 000 tatibida keltiriladi) har xil kattalikdagi chang zarralari boMishi aniqlangan, dalalar va bogMarda bu m iqdor o‘n m arta kamayadi, togMi hududlarda esa undan ham kamroq chang zarralari boMadi.
Sun’iy changlar sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida hosil boMadigan changlar kiradi. M asalan, mashinasozlik sanoatida—cho'yan ishlab chiqaruvchi dom na va marten pechlarida hamda bu sanoatning hamma quyuvchilik sexlarida issiqlik elektrostansiyalarida yoqilgan ko‘miming m a’lum qismi kul va tutun sifatida atmosferaga chiqarib yuboriladi, qurilish ishlarida yer qazish ishlari, portlatish ishlari, sement ishlab chiqarish, shuningdek, togMardan m a’danlami qazib olish ishlari va boshqa ishlarda juda ko‘p miqdorda chang ajraladiki, bu changlarni atrof-muhitga chiqarib yuborish tabiatga halokatli ta ’sir ko'rsatishi mumkin. Sanoatning ba’zi bir torm oqlarida, masalan, kimyo sanoatida shunday xavfli sanoat changlari ajraladiki, ularni tozalamasdan chiqarib yuborish fojiali holatlarni vujudga keltirgan boMar edi.

Changning kelib chiqishi bo'yicha organik, mineral va aralashma changlar deb belgilanadi. Changning zararli ta’sirining tavsifi asosan uning kimyoviy tarkibiga bogMiq.

Changning kattaligi (ya’ni dispers tarkibi) bo'yicha uch gruppaga bo'lib qaraladi: a) kattaligi. 10 mkm dan katta bo'lgan changlar yirik changlar deb yuritiladi. Odatda bunday changlar o'z og'irligi ta’sirida yerga qo'nadi; b) kattaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bo'lgan changlar. Bu changlarni mayda changlar yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi. Ular yerga m a’lum ijobiy sharoitlar boMganda, masalan, yomg'ir, qor va shabnam kabi yerga yog'ilayotgan og'ir zarralarga ilashib qolgan holatlarda qo'nishi mumkin; d) kattaligi 0,25 mkm dan kichik bo'lgan changlar ultra mikroskopik changlar deb yuritiladi va bu changlar hech qachon yerga qo'nmay Broun harakati qoidalariga bo'ysingan holda uchib yuradi.


40


II.6. Changning zararli ta’siri
Mashinasozlik sanoatida changning hosil bo'lishi quymalarni tozalash va kesish, charxlash, mahsulotga sayqal berish va silliqlash, detallarni qum oqimi bilan tozalash ishlarini bajarganda hosil bo'ladi.
Ishlab chiqarish changining ishchilar salomatligiga zararli ta ’siri ko'p omillarga bog'liq bo'ladi. Ularga birinchi navbatda chang zarralarining fizik-kimyoviy xossalari, kattaligi va shakli, havodagi changning miqdori, smena davomida ta’sir etish muddaati hamda kasbda ishlash davri, muhit va mehnat faoliyati kabi boshqa omillarning bir vaqtda ta’sir etishi kiradi. M asalan, tashqi harorat ko'tarilganda yoki kishi jismoniy mehnat bilan shug'ullanganda tez-tez nafas olish natijasida organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollam ing bo'lishi va havodagi boshqa gazlar ta ’siri changning organizmga zararli ta ’sirini kuchaytiradi. Organizmning chang ta ’siriga ko'rsatgan zararlanishida shaxsiy farqlanish bo'ladi, bu nafas yo'llarining ffitrlash xususiyati, biologik qarshilik va boshqalarga bog'liq.
Chang ajralishning gigienik ta’siridan tashqari yana boshqa salbiy tomonlari bor: u texnologik jihozlam ing yemirilishini tezlashtiradi, qimmatbaho materiallarni ishdan chiqarib iqtisodiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari ishlab chiqarish muhitining um um sanitariya holatini yomonlashtiradi, jum ladan, deraza va yorituvchi asboblarni ifloslantirishi oqibatida yorug'likni kamaytiradi. Changning b a’zi turlari, masalan, ko'm ir, yog'och changlari yong'in va portlashning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
Changlarning kimyoviy tarkibi va eruvchanligi, changlarning
katta-kichikligi (dispersligi), zarrachalaming shakli, ularning qattiqligi tuzilishi (kristall, amorf), elektr zaryadlanish xossalari organizmga ta’sir qilishda ahamiyatga molikdir.

Changlarning organizmga ta’sirining ko'p xil ko'rinishda bo'lishini ularning kimyoviy tarkibi belgilaydi. Changning asosiy ta’siri, eng awalo, nafas olganda vujudga keladi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmo-konioz yoki umumiy zararlanish (zaharlanish, alleigiya) rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba’zi bir changlar qo'shim cha kasalliklar tug'dirish xususiyatiga ega. Changning bu asosiy bo'lmagan ta’siri yuqori nafas yo'llari, ko'zning shilliq qavati, teri qoplami kasalliklarida ko'zga tashlanadi. Changning o'pka yo'liga kirishi pnevmoniya, sil, o'pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin.


41

Krem niy (II) oksid (ayniqsa, uning kristall turi), silikatlar (kremniy kislotasining tuzlari), ko‘mir, ba’zi bir metallar (alyuminiy va boshqalar) ning changlari hamda har xil changlar aralashmasi masalan, m ineral-metallar changlarining aralashmasi, pnevm okonioz rivojlanishida kimyoviy tarkibiga ko'ra xavfli bo'ladi. Bu changlar amalda erimaydigan bo'lib, nafas olganda nafas tizim ining chuqur bo'lim larida tutilib qoladi va kasallikni yuzaga keltiradi, o'pkada biriktiruvchi to'qimalarini rivojlanishiga olib keladi. Shu nuqtayi nazardan erkin kristall kremniy (II) oksidi, ya’ni kvars changi va uning boshqa turlari eng xavfli chang hisoblanadi. Qo'shim cha kasallik tug'diruvchi changlaming xavfliligi ularning eruvchanligi bilan to'g'ri proporsional bo'la olmaydi. M asalan, kvarsga qaraganda am orf kremniyning eruvchanligi yuqori, lekin kvarsning qo'shimcha kasallik tug'diruvchi xavfi katta.

Eriydigan changlar nafas yo'llarida tutilib so'riladi va qonga o'tadi, organizmga ko'rsatadigan keyingi ta’siri ularning kimyoviy tarkibiga bog'liq. Masalan, qand changi zararsiz, qo'rg'oshin, mis va boshqa m etallarning changi zaharlovchi ta’sir ko'rsatadi.


Changlam ing katta-kichikligi, ularning havodagi turg'unligi, nafas yo'llariga kirish va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgiiaydi. 10—20 mkm kattalikdagi zarrachalar Nyuton qonuniga bo'ysingan holda yerga tortilish kuchi ta ’sirida m a’lum tezlik bilan yerga qo'nadi. Nafas olinganda ular nafas yo'llarining yuqori qismlarida ushlanib qoladi. Mikroskopik tavsifdagi zarrachalar (0,25—10 mkm ) havoda ancha turg'un bo'lib, bir xilda tezlik bilan yerga tushadi. Nafas olganda alveollarga ularning asosan 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari kiradi. Ultra mikroskopik zarrachalar kattaligi 0,25—0,1 mkm va undan kichik bo'lgan zarrachalar Broun harakati qoidalariga bo'ysingan holda havoda uzoq vaqt aylanib yuradi. Ularning bir-birlari bilan to'qnashishlari natijasida yiriklashib (koagulatsiya), yerga qo'nishi mumkin. N afas olingan havodagi ultra mikroskopik zarrachalarning 60—70% i o'pkada ushlanib qoladi. Bu zarrachalarning fizik-kimyoviy aktivligini belgilaydigan solishtirma yuzasining katta bo'lishiga qaramay, changli shikastlanishlaming rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynam aydi, chunki ulaming massasi katta bo'lmaydi. M oddalar juda yuqori darajada maydalanganda ulaming eruvchanligining ortishi va o'pkada ushlanish vaqtining kamayishi natijasida o'pka to'qimasiga changga o'xshash ta’sir etishi zaiflashadi, lekin zaharli ta’siri kuchayadi.

42

Chang zarralarining shakli har xil bo'lishi mumkin: sferik, yassi, noto'g'ri. Aerozollar hosil bo'lishida chang zarralari miqdorining ko'p qismi dumaloq shaklga ega bo'ladi. Dezintegratsiya aerozollarida esa noto'g'ri, ko'p burchakli, yassi shaklda bo'ladi. Zarrachalaming shakli aerozolning turg'unligiga va organizmdagi holatiga ta’sir etadi. Chetlari o'tkir tishli chang zarrachalari o'pka to'qimalarini jarohatlaydi degan tushincha noto'g'ri ekanligi isbotlandi, chunki ular yopishqoq limfa muhitida bo'ladi, bu ularning yuqorida aytib o'tilgan xislatlardan mahrum qiladi. Biroq shisha tola, slyuda kabi chang turlari nafas yo'llariga kirganda yuqori nafas yo'llari hujayralarini mikro zararlash xavfi aniq bo'ladi. Ular ko'zning shilliq qavatini va teriga ta ’sir ko'rsatishlari mumkin.

Chang zarralarining qattiqligi ularning zararli ta ’sirida aytarli rol o'ynamaydi. Masalan, korund va karboruundga o'xshash juda qattiq moddalarning changi ulardan ancha yumshoq bo'lgan kvars changiga nisbatan kam zararlidir.


Chang zarrachalarining elektr bilan zaryadlangan bo'lishi aerzollaming turg'unligiga va uning biologik aktivligiga ta’sir qiladi. Qattiq materiallarning changishi vaqtida chang zarrachalarining 90—98% i musbat yoki manfiy zaryadlanadi. Ancha yirik zarrachalar ko'p zaryadli bo'ladi.
Chang zarralarining adsorbsion xususiyatlari ba’zida ta ’sirlash xususiyatiga ega bo'lgan zaharli gazsimon m oddalarning chang bilan kirishiga sabab bo'ladi. Havo muhitining changli bo'lishi, uni mikrob va bakteriyalar bilan ko'p urug'lanishiga sabab bo'ladi.
Changning zararli ta’siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi kasb kasalligiga olib keladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarga ajralgan. Silikoz—erkin kremniy (II) oksidi changining ta ’siridan rivojlanadig^n pnevmokoniozning ko'p uchraydigan va xarakterli shaklidir. Silikatoz—kremniy kislota tuzlarining changi nafas olish yo'llariga kirganda vujudga keladi, antrakozko'm ir changi bilan nafas olganda vujudga keladigan pnevmokoniozdir. Shuningdek, nafas olish organlariga ba’zi bir metallarning, masalan, alyuminiy, temir, aralash tarkibli changlar kirganda ham pnevmokonioz rivojlanishi mumkin.

Changli havo bilan nafas olganda ancha yirik chang zarralari yuqori nafas yo'llarida ushlanib qoladi, asosan 5 mkm va undan kichik bo'lgan chang zarralari nafas yo'llarining chuqur bo'limlariga tushadi. Organizmda ushlanib qolgan changlar miqdori chuqur nafas olganda, masalan, og'ir ish qilganda, shuningdek, havodagi chang miqdori ortib ketganda ko'payadi.


43

Silikoz juda changli sharoitda odatda ko'p yil, ko'pincha og‘ir jism oniy ish bajarganda rivojlanadi. Bu kasallik tog' ishchilarining kasb kasalligi bo'lib, qadim dan m a’lum.

Silikoz kasalligi halloslash, yo'tal, ko'krakda og‘riq boiishidan boshlanadi. Awalgi bosqichlarda bu belgilar kam seziladi, halloslash faqat jismoniy ish bajarganda paydo bo'ladi. Kasallik kuchaygan davrda nafas yetishmasligi va halloslash oddiy ishlarni bajarganda va hatto tinch holatda ham ro'y beradi.


Ishlab chiqarishdagi chang faqat pnevmokoniozning yuzaga kelishiga sabab bo'Imay, balki nafas yo'llari, teri va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Bularga teri hujayralarining ko'chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitlar kiradi.


Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish