Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019



Download 6,65 Mb.
bet50/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Mehnat gigiyenasi - tibbiyot fanining insonni ishlab chiqarish sharoitidagi mehnat faoliyatini o`rganuvchi bir qismi bo`lib hisoblanadi. Mehnat gigiyenasi ishlab chiqarish zararli omillarining ishlovchilarga ko`rsatadigan ta’sirini oldini olish yo`zasidan sanitariya-gigiyena va davolash yoki kasb kasalliklarining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi. Ishlab chiqarishda ishchilar uchun ish vaqtining belgilanishi, dam olish vaqti, ta’til vaqti va shunga o`xshash vaqt me’yorlarini mehnat gigiyenasi o`rganadi. Bular qonunchilik asosida ishlab chiqarish sanitariyasi bilan birgalikda o`rganiladi.

3.4. Ishlab chiqarishda mo`tadil ob-havo sharoitini yaratish va ularni me’yorlash.
Meteorologik sharoitlar tushunchasini ish joyi uchun odatda mikroiqlim sharoitlari tushunchasi orqali ifodalanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarishdagi ish unumdorligi, sifatli mahsulotlarning ishlab chiqarilishi yo`nalishida ishchilarga qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish asosiy va bosh omil bo`lib hisoblanadi. Qulay mehnat sharoitlari esa o`z navbatida ish joyidagi mo`ta’dil ob-havo sharoitini yaratishga keltirishdan boshlanadi.
Ishning me’yoriy sharoitini yaratishning asosiy talablaridan biri ish joyidagi meteorologik sharoitlarni yaxshilash hisoblanadi. Meteorologik sharoitlar ish joyining havo muhitini bildiradi.
Ishlab chiqarish sexlarining ish zonalaridagi havo muhiti quyidagi meteorologik sharoitlar bilan xarakterlanadi: havoning harorati, nisbiy namlik, havo harakatining tezligi va atmosfera bosimi. Bundan tashqari, sanitariya-gigiyenik sharoitlari issiqlik nurlanishining intensivligi va kishini qamrab turgan havo muhitidagi gazlar ko`lami sifati(havoning gazlar, bug`lar, changlar, ionlashganlik darajasi va boshqalar bilan ifloslanganligi)ga ham bog`liq.
Sexlarda ish unumdorligini oshirishda me’yoriy iqlim sharoitlarini yaratish ham muhim o’rin egallaydi. Sexlarda mo`tadil ob-havo sharoitlar sanitariya me’yorlari GOST 12.1.005-88 bilan belgilanadi. Bularni bilgan holda, mikroiqlim ko`rsatkichlarini aniqlash usullarini ham bilmoq kerak.
Ish joyidagi havo haroratining pastligi ishchining shamollashiga, nisbiy namlikning me’yoridan ortiqligi pnevmoniya kasalligiga olib keladi. Haroratning me’yoridan ortib ketishi esa, ishchining ortiqcha terlagani holda tanadagi namlikning me’yoridan kamayishi, organizmdagi turli tuz eritmalari konsentratsiyasining pasayib ketishiga olib keladi. Nisbiy namlikning me’yoridan kamayib ketishidan organizmdagi namlik miqdori kamayishi kelib chiqib, buning natijasida ishchining me’yoriy ish faoliyati buziladi va ishlab chiqarish unumdorligi pasayib ketadi.
Ishlab chiqarish muhitida meteorologiya sharoitini ifodalovchi omillar - havoning harorati, nisbiy namligi, barometrik bosim va ish joylaridagi havo harakatining tezligi kishining ish qobilyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizmi jarayonlariga katta ta’sir ko`rsatadi. Inson tanasidagi doimiy harorat-organizm termoregulyatsiyasi fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida ushlab turiladi va tashqi muhit bilan organizm orasidagi issiqlik almashinuvi to`liq ta’minlanadi. Haroratning 15-20 0C, nisbiy namlikning 35-70% bo`lishi moddalar almashinuvi va issiqlik ajralish jarayonlarini amalda o`zgartirmaydi.
20 0C darajada haroratda organizmda issiqlik ajralishi va bug`lanish amalga oshadi. Inson organizmidan bug`lanish hisobiga ter ajralib chiqishi, uni issiq urishidan saqlaydi. Nisbiy namlik 80-85% dan ortib ketganda, organizmdan ajralayotgan terning bug`lanishi sekinlashib fiziologik termoregulyatsiyaning buzilishi sodir bo`ladi.
Organizmning tashqi muhit bilan issiqlik almashunuvi meteorologik sharoitdan tashqari, bajarilayotgan ishning turi va ishchining fiziologik holatiga ham bog`liqdir. 300C darajadan yuqori bo`lgan haroratda ishchi bir smenada 10-12 litrdan ortiq ter ajratishi va 10 gramm o`rniga 30-40 gramm tuz yo`qotish mumkin. Bunday miqdordagi tuz yo`qotish organizmning suvni saqlab turish qobilyatini susaytiradi va issiq urishi sodir bo`lishi mumkin. Ish joylaridagi havo haroratining tezlanishi hisobiga havo haroratining pasayib ketishi tanani haddan tashqari sovishiga va buning natijasida shamollash kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Ishlab chiqarish zonalarida “Sanoat korxonalarni loyihalash sanitariya me’yori”ga asosan bajarilayotgan ishning turi va yilning fasllarini hisobga olib, doimiy va o`zgaruvchi ish joylari uchun meteorologiya sharoitlari darajalari belgilab berilgan. Yilning sovuq va o`zgaruvchan davrlari uchun ishlab chiqarish binolaridagi mo`tadil havo harorati 16-22 0C, nisbiy namlik 60-30%, havo oqimi tezligi 0,2-0,3 m/s deb qabul qilingan, ruhsat etilgan havo harorati esa 18-22 0C, nisbiy namlik 75%, havo oqimi tezligi 0,3-0,5 m/s ta’minlanishi kerak. Issiq davr uchun maqbul havo harorati 18-25 0C, nisbiy namlik 60-30%, havo oqimi tezligi 0,3-0,7 m/s belgilangan, ruxsat etilgan havo harorati 33 0C gacha, nisbiy namlak 75%, havo oqimi tezligi 0,3-1 m/s ta’minlashi kerak.
Agar ishlab chiqarish korxonalari binolaridan 1 m3 hajmi bo`yicha bir soatda 20 kkal ortiq issiqlik ajrarib chiqadigan bo`lsa, bunday binolar issiq sexlar deb ataladi. Sanitariya me’yoriga asosan issiq sexlarda sovuq va o`zgaruvchan davrlarda maqbul havo harorati 16-220C, nisbiy namlik 60-30%, havo oqimi tezligi 0,2-0,3 m|s belgilangan, ruxsat etilgan havo harorati esa 13-34 0C, nisbiy namlik 75%, havo oqimi tezligi 0,5 m|s bo`lishi kerak. Issiq davr uchun maqbul havo harorati 18-250C, nisbiy namlik 60-30%, havo oqimi tezligi 0,2-0,7 m/s belgilangan, ruxsat etilgan havo harorati 28 0C gacha, nisbiy namlak 75%, havo oqimi tezligi 0,3-1 m/s bo`lish kerak.
Talabga javob bera oladigan meteorologik sharoit yaratish uchun korxonalarni loyihalash, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayoni davomida, yuqorida keltirilgan sanitariya me’yorlarini ta’minlash maqsadida ma’lum chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, xonalar tabiiy va mexanik shamollatish vositalari bilan ta’minlashi kerak. Issiq xonalarda ishlovchi ishchilar 0,5% osh tuzi solingan ichimlik suvlari bilan ta’minlanishi zarur. Sovuq sharoitda ishlovchi ishchilar uchun sanoat korxonalari binolari ishchi isitish va ularni maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlash zarurdir. Havo haroratini termograflardan havoning nisbiy namligini aniqlab turish talab etiladi. Ish joyidagi havoning harakat tezligi me’yoridan pasayganda ham ishchi organizmida ortiqcha terlash ko`zatilib ishchining me’yoriy faoliyati buziladi.
Mehnatning og`irligi - mehnat jarayonining ruhiy-jismoniy omillari ta’sir etish xususiyatiga qarab quyidagilarga bo`linadi: jismoniy dinamik ish, ko`tarish va tashish mumkin bo`lgan og`ir yukning massasi, stereotip ish harakatlari, turg`un holatidagi ish, ishchi holati, gavdaning qiyaligi, joydan-joyga ko`chib o`tishi.
Ishning og`irligiga qarab, quyidagi toifalarga ajratiladi:
Jismoniy ish bo`yicha optimal bo`lgan mehnat sharoitlari:
• Yengil (1a). Bu ishlar o`tirib bajariladi va jismoniy zo`riqishni talab etmaydi. Bunday ishda kuch-quvvatning sarflanishi 139 Vt dan oshmaydi.
• Yengil (1b). Bu ishlar o`tirib, turib va yurish bilan bog`liq bo`lib, ma’lum bir jismoniy zo`riqish bilan kuzatiladi. Kuch-quvvatlarning sarflanishi 140-174 Vt ni tashkil qiladi.
Ruhsat etilgan mehnat sharoitlari:
• O`rtacha og`irlikda (IIa). Yurib turib, o`tirgan yoki turgan holatda (1kg gacha) bo`lgan narsalarni ko`chirish bilan bog`liq bo`lgan ish aniq jismoniy zo`riqishni talab etadi. Kuch-quvvatlarni sarflanishi 175-232 Vt ni tashkil qiladi.
• O`rtacha og`irlikda (IIb). Turgan holatda, yurganda bajariladigan, (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog`liq bo`lgan ish o`rtacha zo`riqish bilan kuzatiladi. Kuch-quvvatlarni sarflanishi 233-292 Vt ni tashkil qiladi. Zararli mehnat sharoitlari:
• Og`ir (III). 10 kg dan ortiq yuklarni doimiy ko`chish, ko`chirish, tashish bilan bog`liq bo`lgan ish o`rtacha zo`riqish bilan kuzatiladi (3-jadval).



Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish