Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019



Download 6,65 Mb.
bet49/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Zo`riqish. Mehnatda zo`riqishni ifodalovchi ish jarayonining omillariga ta’sirchan ish, inson analizatori, ya’ni, sezgi organlari, miya va ularni biriktiruvchi asablarga doimiy ish yuklanishi, ishning monotonligi, ya’ni bir хilligi, ish tartibidir.
Mehnat jarayonida zo`riqish darajasiga qarab mehnat quyidagi sinflarga bo`linadi: optimal – 1-chi sinf; ruxsat etilgan – 2-chi sinf zo`riqqan – 3-chi sinf.
Mehnatni u yoki bu sinfga oid deb topilish belgilariga quyidagilar kiradi:
Intellektual yuklanishning darajasi, bajarilayotgan ishni salmog`i va xosligiga, uning murakkablik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Sezgi organlariga yuklanish: biror narsaga diqqat e’tiborni qaratish davomiyligi, bir soat ish davomida signallar soni, bir vaqtning o`zida kuzatiladigan obyektlar soni, ko`rish qobiliyatiga ta’sirni asosan ajratiladigan minimal obyekt kattaligi, monitor ekrani oldida ishlash davomiyligi bilan aniqlanadi.
Ta’sirchan yuklanish, javobgarlik darajasi va xatolarning ahamiyatiga, o`zining hayoti uchun xavf–xatar darajasiga va boshqa odamlarning xavfsizligiga bog`liqdir.
Ishni bir xilligi, oddiy va takrorlanadigan operatsiyalarni bajarish davomiyligi bilan aniqlanadi.
Ish tartibi, ish kunining davomiyligi va ishning smenaliligi bilan ta’riflanadi.


3.3. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi me’yorlari, mazmuni


Ishlab chiqarishda ishchi organizmiga alohida texnologik jarayonlarning kasb kasalliklariga olib keluvchi zararli ta’sirlarini ogohlantiruvchi va sog`lom mehnat gigiyenasi bilan ta’minlovchi sanitar texnik tadbirlar tizimi ishlab chiqarish sanitariyasi deyiladi.
Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasi - ishchilаrgа zаrаrli ishlаb chiqаrish оmillаrini tа’sirini оldini оluvchi vоsitаlаr, sаnitаr-tехnik, gigiеnik vа tаshkiliy tаdbirlаr tizimidir. Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasidа аsоsiy e’tibоr insоngа hаvо muhiti vа bеvоsitа tеgish оrqаli sаlbiy tа’sir etаdigаn ishlаb chiqаrishning zаrаrli оmillаrigа qаrаtilаdi. Hаvо оrqаli ishchigа tа’sir etаdigаn zаrаrlаr, nоqulаy mikrоiqlim, changlаr, gаzlаr, shоvqinlаr, infrа vа ultratоvushlаr, ish jоylаrini yoki хоnаni yetarlicha bo`lmаgаn vа judа kаm yoritilgаnligi, elеktrоmаgnit, infrаqizil, ultrabinаfshа, rаdiоаktiv vа bоshqа nurlаnishlаr ko`rinishlаridа bo`lishi mumkin. Insоngа zаrаrli оmillаr ulаrgа bеvоsitа tеkkаndа hаm sаlbiy tа’sir qilishi mumkin. Ulаrgа qаttiq yoki suyuq zаrаrli ,,mоddаli" uskunаlаr yoki jihоzlаrni misоl qilib kеltirish mumkin.
Оchiq mаydоnlаrdа dаlаdа jаrаyonlаrni bаjаrishdа ishchilаr хаvfsizligi vа sоg`ligi mеtеоrоlоgik (hаvо hаrоrаtining yuqori yoki pаstligi, shаmоl, yomg`ir, qоr, quyosh rаdiаtsiyasi vа bоshqаlаr) shаrоitgа hаm bоg`liq bo`lаdi.
Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasining vаzifаsi esа ishlаb chiqаrish zаrаrlаrining ruхsаt etilgаn dаrаjаsi аsоsidа sоg`lоm vа хаvfsiz mеhnаt shаrоitini yarаtishdir. Bunday tadbirlarga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish muhitida me’yoriy meteorologik (mikroiqlim) sharoitlar yaratish;
- toksik moddalarning chang, bug` va gazlarining zararli ta’sirlarini yo`qotish, yo`qotishning iloji bo`lmagan hollarda kamaytirish;
- ishchi zonalarda va ishchi o`rinlarida shovqin va titrashlarni yo`qotish yoki kamaytirish;
- ishchi zonalarda va ishchi o`rinlarida ratsional yoritishni ta’minlash;
- radioaktiv modda yoki izotoplar bilan bog`liq nurlanish kasalliklari profilaktikasi;
- sovuq yoki issiq harorat sharoitida ishlovchilar uchun maxsus mehnat rejimi;
- zaruriy sanitar-maishiy xonalar va qulayliklar bilan ta’minlash;
- maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimi va shaxsiy(individual) himoya vositalari bilan ta’minlash;
- qo`l mehnatini yengillashtirish maqsadida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, yangilash;
- sanoat korxonalarini asrash qoidalari, texnologik jarayonlarni tashkil etish va jihozlarni o`rnatish qoidalarini ishlab chiqish;
- tashqi muhit fizik omillarining ruxsat etilgan parametrlarini belgilash.
Ishlab chiqarish sanitariyasi, ishchi va xodimlar uchun maishiy xizmat xonalarini tashkil etishni belgilaydi.
Gigiyenik me’yorlarni ilmiy asoslashning katta ahamiyati bor. Bunday ish qobilyatini saqlash va oshirish uchun qulay, ishlovchilarning salomatligiga zararli ta’sirining oldini olish imkonini beradigan tashqi muhit ko`rsatkichlarini ham aniqlash lozim. Bu avvalo, yaxshi mikroiqlim sharoitlarini yaratish, ish joylarini maqbul ravishda yoritish va boshqalardan iborat. Ishlab chiqarish muhiti fizik va kimyoviy omillarning zarari xususida organizm uchun yo`l qo`yiladigan daraja va miqdorlar belgilanishi lozim.
Sanitariya-gigiyenik me’yorlar Mehnat Kodeksi asosida tashkil etilib, ishlab chiqarishga ilmiy asoslangan va jahon andozalariga javob beradigan ilg`or texnologiyalariga asoslangandir. Yuqori mehnat unumdorligiga imkon beradigan sharoitlarni ta’minlash uchun uskunalar, jihozlar, boshqarish pultlari va ish joyini tuzilishi, mehnat va dam olish davrlarining davomiyligi, ish qobiliyatiga ta’sir qiladigan qator boshqa omillarga bo`lgan talablarni fiziologik jihatdan asoslash zarur.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo`nalishlari quyida keltiriladi:
- Gigiyenik yo`nalishda: salomatlik va ish qobilyatiga ta’sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti omillarini me’yorlash; ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va yo`qotish yo`llari bilan mehnat sharoitlarini sog`lomlashtirish.
- Fiziologik yo`nalishda: ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talabalarga muvofiq holda bo`lishiga erishish; mehnat va dam olish rejimlarini joriy etish; mehnatning jismoniy og`irligini kamaytirish, fiziologik jihatdan yetarlicha harakat faoliyatini ta’minlash; mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishni kamaytirish.
- Psixologik yo`nalish: pultlar va mashinalar, mexanizmlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiyat talablarini hisobga olish (muhandislik ruhiyati); kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsning ruhiy hususiyatlarini hisobga olish; jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnatdan va uning natijalaridan yuqori manfaatdor bo`lishlarini ta’minlash bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish.
- Estetik yo`nalish: intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish; texnikaviy estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, jihozlar, pultlar singari boshqaruv vositalarini ixtiro qilish.
Qurilayotgan va loyiha qilinayotgan zavod, fabrika va boshqa ishlab chiqarish obyektlarida gigiyenik-sanitariya masalalari bo`yicha ma’lum talablar qo`yiladi. Mehnat gigiyenasi bo`yicha muhandis va ularning yordamchilarini joylardagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya me’yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishlarning oldini olish bo`yicha choralar qo`llanishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma’lumotlar tahlili va ishchilarning salomatligi to`g`risidagi ma’lumotlar asosida sog`lomlashtirish tadbir-rejalari sanitariya nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Aksariyat sog`lomlashtirish tadbirlari mehnat sharoitlarini yaxshilash va shu tariqa kasb kasalliklari paydo bo`lishining oldini olibgina qolmay, balki mehnat unumdorligini oshirishga ham imkon beradi. Gigiyena mutaxassislar tomonidan joriy qilingan sog`lomlashtirish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi so`mlarda hisoblanadi.

Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish