Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019


-rasm. Gazga qarshi niqob. 3.2-rasm. Ixotalovchi kostyumlar



Download 6,65 Mb.
bet53/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

3.1-rasm. Gazga qarshi niqob. 3.2-rasm. Ixotalovchi kostyumlar.
1. Boshni himoya qilish vositalari - kaskalar, shlemlar, shapkalar, berertkalar, shlyapalar.
2. Ko`zni himoya qilish vositalari - himoya ko`zoynaklari.
3. Eshitish a‘zolarini himoya qilish vositalari- qo`loqchinlar, vkladishlar.
4. Yuzni himoya qilish vositalari - himoya niqoblari.
5. Nafas a‘zolarini himoya qilish vositalari- gaz niqoblar, respiratorlar, havo shlemlari, havo maskalari. (3.1-rasm) va(3.2-rasm).
6. Ixotalovchi kostyumlar - pnevmokostyumlar, namdan ixotalovchi kostyumlar va skafandrlar.(3.3-rasm).
7. Korjomalar - kombinezonlar, yarim kombinezonlar, ko`rtkalar, shimlar, kostyumlar, xalatlar, plashlar, pustinlar, fartuklar, nimchalar.
8. Qo`llarni himoya qilish vositalari - qo`lqoplar.
9. Maxsus poyafzallar - etiklar, kalta etiklar, botinkalar, kunjli botinkalar, tuflilar, kalish, botilar.
10. Ehtiyot moslamalari - ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo`l changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va yelkani ehtiyot qilish moslamalari.
11. Himoyalovchi dermotologik vositalar - yuviladigan pastalar, kremlar, moylar.

3.3-rasm. Nafas a‘zolarini himoya qilish vositalari
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta‘minlash, ularni o`z vaqtida almashtirish, ta‘mirlash va ularni vazifalari bo`yicha ishlatilishi yuzasidan korxona ma‘muriyatiga, mehnatni muhofaza qilish muhandisiga qo`yidagicha vazifalar yuklanadi:
Ishchi va xizmatchilarga ShHVlarni berish bo`yicha nazorat va hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida to`g`ri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni qo`llashni ta‘qiqlashni nazorat qilish.
ShHVlarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan o`tkazish, ularning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan filtrlari, oynalari va boshqa qismlarini o`z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati haqida tamg`a qo`yish.
Tozalash, yuvish, ta‘mirlash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini o`z vaqtida amalga oshirish ishchi va xizmatchilarni ShHVlar bilan o`z vaqtida ta‘minlash korxona ma‘muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qumitasiga yuklatiladi.
Maxsus korjoma ishchilarni tashqi muhitning salbiy ta‘siridan saqlash uchun mo’ljallangan. Bunda kishi tanasining havo almashish funktsiyasi buzilmasligi kerak. U juda qulay, havoni o`tkazuvchan, ish sharoitida xavfsiz, osilib yoki chiqib turuvchi qismlari bo`lmasligi kerak. Ular pishiq, yengil tozalanadigan badanni qichitmaydigan matodan tikiladi.
Harakatlanib turuvchi mexanizmlar yaqinida ishlovchilarga paxta ipidan to`qilgan, belbog`siz, ichki cho`ntakli kombinezonlar beriladi. Qo`llarni jarohatlanishdan saqlash uchun esa qo`lqoplar beriladi. Boshga uchburchak ro’mol, erkaklarga biretkalar beriladi. Kislota bilan ishlaydigan ishchilarga dag`al jundan yoki paxta ipidan to`qilgan, kislota ta‘siriga qarshi modda shimdirilgan matolardan to`qilgan shim va kurtkalar beriladi.
Hozirgi paytda kislota va ishqorlar ta‘siriga chidamli sintetik tolalar (lavsan, nitron) va jun tolalari bilan aralashtirilgan yoki faqat sintetik tolalardan to`qilgan matolar keng qo`llanilmoqda. Kislota bilan bevosita ishlovchilarga rezina shimdirilgan fartuklar, qo`llariga kiyish uchun dag`al jun qo`lqoplar beriladi. Ishqor bilan ishlovchilarga paxta ipidan tikilgan kostyum va fartuklar beriladi.
Maxsus poyafzal ishchining oyoqlarini har xil zararli modda va xavfdan saqlashga mo`ljallangan.
Ishlab chiqarishdagi zararning hararkteriga moslab material tanlanadi va ShHVlari tiqiladi.
Nafas olishdagi havo orqali ta‘sir qiluvchi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan kishi nafas olish a‘zolarini himoya qiluvchi moslamalar 4 xil bo`ladi:
Gaz niqoblar
Respiratorlar
Havo shlemlari
Havo nikoblari.
Bular kishini o`z joyidagi havo aralashgan har xil iflosliklardan (bug`, gaz, aerozollar, changlar) va kislorod yetishmasligidan himoya qilish kerak. Ularni tanlashda sexdagi havo muhitining tarkibi va holatini va ishlab chiqarish jarayonlarini hisobga olish kerak.
Nafas a‘zolarining ShHVlari ishlash printsipi bo`yicha 2 turli - filtrlovchi (F) va ixotalovchi (I) bo`ladi.
Filtrlovchi turlari sex havosidagi kislorod miqdori yetarli (18%dan ko`p) bo`lganda va zararli moddalar miqdori kam bo`lganda qo`llaniladi.
Ixotalovchi himoya vositalari esa zararli moddalar sex havosida chegaralanmagan va kislorod miqdori yetarli miqdorda bo`lmagan hollarda ishlatiladi. O`z navbatida, filtrlovchi himoya vositalari o`z vazifasiga ko`ra, aerozollardan himoya qiluvchi va universal turlarga bo`linadi. Ixotolovchi himoya vositalari esa konstruktsiyasi bo`yicha – ichakli, nafas olish uchun havoni toza zonadan olib beruvchi va avtonom – nafas olish uchun shaxsiy manbai bo`lgan turlarga bo`linadi.
Filtrlovchi respiratorlar ham gaz niqoblar singari sex havosidagi aerazol, bug va gazlarda kislorod miqdori 18% dan kam bo`lmagan hollarda ishlatilib, ular 3 turli bo`ladi:
Aerozollar (chang)dan himoyalovchi.
Gazlardan himoyalovchi
Universal.
Sanoat korxonalarida asosan changlardan himoyalovchi turlari ishlatiladi. Filtrning ishga yaroqsiz bo`lib, to`lib qolganligini belgisi nafas olishning qiyinlashganidan bilinadi. Bunda filtrlar almashtiriladi yoki changdan tozalanadi. (Regeneratsiya qilinadi). Buning uchun filtrga o`tirib qolgan changni silkitib qoqib tashlanadi, bunda yaxshi tozalanmasa, qarama-qarshi tomondan siqilgan havo bilan puflab tozalandi. Bunda ham yaxshi samara bermasa, uni yangisiga almashtiriladi.
Nafas olish a‘zolarini yakka tartibda himoyalash vositalaridan ish mintaqasidagi havoda zararli moddalar miqdori YKBKdan ko`p bo`lgan hollarda foydalanish kerak. Nafas olish a‘zolarini himoyalash uchun filtrlovchi yoki ixotolovchi vositalardan foydalaniladi. Filtrlovchi vositalar nafas olinadigan havoni zararli aralashmalardan tozalaydi. Ular sanoat filtrlovchi gaz niqoblar va filtrlovchi respiratorlarga bo`linadi.
Sanoat filtrlovchi gaz niqoblari nafas olish a‘zolarini, shuningdek, ko`zlar va yuz terisini gazlar, bug`lar hamda changdan himoyalaydi. Ular filtrlovchi qutichadan, egiluvchan shlangning yuzga kiyiladigan qismidan tashkil topgan. Sanoat gaz niqoblarining qutichalari muayyan zararli moddalardan himoyalash uchun yutkichlar bilan to`ldiriladi. Vazifasiga qarab har xil ranglarga bo`yaladi.
Filtrlovchi respiratorlar vazifasiga ko`ra: changga qarshi, gazga qarshi, universal xillarga bo`linadi.
Respiratorlar yarim yuz niqoblar va filtrdan tuzilgan. Ular bir necha markalarda ishlab chiqariladi. Og`ir ishni bajarishda va chang miqdori ko`p bo`lganda changga qarshi F-62SH respiratoridan, og`ir va o`rtacha og`irlikdagi ishlarda hamda chang miqdori ko`p bo`lganda U-2K respiratoridan, chang miqdori ko`p bo`lganda «Lepestok» respiratoridan foydalaniladi. Universal RU-60M respiratori nafas olish a‘zolarini zararli moddalar – gaz, bug` va changdan himoyalash uchun ishlatiladi.
Ixotalovchi gaz niqoblar nafas olish a‘zolarini atrof-muhitdan butunlay ajratib qo`yadi. Bunday vositalarga ichakli gaz niqoblar, kislorodli va havoli nafas olish apparatlari kiradi. Ichakli gaz niqoblar ichagining uzunligi 9-10 m bo`lgan o`ziyurar va ichagining uzunligi 20m gacha bo`lgan, havo majburiy haydaladigan xillari mavjuddir. Kislorodni o`tkazmaydigan gaz niqoblar nafas olish a‘zolarini atrof-muhitdan batamom ajratib qo`yadi.

Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish