4.4- rasm. Inson tanasini elektr tokiga ko`rsatayotgan qarshiligi: a) qarshiligni o`lchash sxemasi; b) Inson tanasini qarshiliging ekvivalent sxemasi; 1) elektrodlar; 2) epidermis – terning tashqi qatlami; 3, 4) tananing ichki to`qimalari.
Tok kuchlanishi oshishi bilan tanani qarshiligi kamayib boradi, natijada terini yorib o`tadi. Tokni kuchi yoki, o`tish muddati oshishi bilan teri qizib boradi va tutash joylari terlashiga olib keladi. Shu ham terini elektr qarshiligini kamaytiradi.
Ichki organlarni qarshiligi asosan tok kuchlanishiga bog`liq va 300-600 om bo`ladi.
Inson tanasini umumiy qarshiligi ham tokni kuchlanishiga bog`liq, lekin chiziqli emas, kuchlanishni ko`payishi bilan umumiy qarshiligi kamayadi va 300 V kuchlanishida ichki organlarni qarshiligiga yaqinlashadi.
Zh =
Rh = 2RH + Rh - inson tanasini faol qarshiligi, Om;
CH ≈ 0,5 - inson tanasining zichligi, F;
f - tok chastotasi, Gz
4.5- rasm. Inson tanasini qarshiligi tokni kuchlanishiga bog`liqi: 1, 2) o`zgaruvchan tokni, 50 gs; 3 ,4) o`zgarmas tok
Shunday qilib inson tanasini elektr tokiga ko`rsatayotgan qarshiligi bir tekis va mo`tadil emas.(4.5-rasm) Shu qarshiliklar bilan hisob-kitob qilish o`ziga hos qiyinchiliklarga duch keladi. Hisob-kitobni osonlashtirish niyatida amaliyotda yetarli aniqlik darajasida inson tanasini qarshiligini Rh = 1000 Om ga teng deb qabul qilingan.
8-Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Inson organizmiga elektr tokining fiziologik ta’siri
Mashg`ulotning maqsadi. Ishlab chiqarishdagi elektr xavfsizligi bo`yicha me’yoriy talablar bilan tanishish. Inson tanasini elektr tokiga ko`rsatayotgan qarshiligini o`lchash, tajriba usullarini o`zlashtirish.
Kerakli jihozlar: F41021-1M rusumli megaommetr
Nazariy qism
Elektr toki ta’siri natijasida inson tanasining shikastlanishi elektr jarohat deb ataladi. Elektr tokining xatarliligi shuki, inson o`z sezuvchi organlari bilan, kuchlanishni bor-yo`qligini aniqlamaydi.
Inson tanasidan o`tayotgan tok: termik, elektrolitik, biologik ta’sirini va mexanik jarohatlanish olishi mumkin.
Elektr toki ta’siri natijasida tirik to`qimalarni to`lqinlantirib mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat elektr zarb deb ataladi. Odamni tok urish holati to`rt darajada baholanadi.(4.1-jadval).
I darajada odam hushidan ketmagan holda yiqilib tushish, mushaklarning qisqarishiga olib kelishi;
II darajada odamning nafas olishi va yurak faoliyatiga ta’sir etilmagan holda hushdan ketish;
III darajada nafas va yurak faoliyatiga ta’sir etilgan holda hushdan ketish;
IV darajada elektr shok, qon aylanishi va nafas olish to`xtab, klinik o`lim yuz beradi.
4.1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |