Elektr tokidan himoya vositalari. Elektr - uskunalar bilan ishlaydigan ishchilarni elektr jarohatlanishdan, elektr yoyi va elektrmagnit maydonlaridan himoyalash uchun elektr himoya vositalari (EHV) qo`llaniladi.
EHV qo`lda va avtomobilda elitib yuruvchi buyumlar mavjud. Himoyalovchi vositalar shartli ravishda uch turga bo`linadi: izolyatsiyalovchi, to`suvchi va yordamchi.
Insonni elektr kuchlanish ostida bo`lgan elektr uskunalarining qismlaridan va yerdan izolyatsiyalash uchun xizmat qiladigan vositalar - izolyatsiyalovchi vositalar deb ataladi. Unga quyidagi buyumlar kiradi: izolyatsiyalovchi va o`lchovchi shtangalar; vaqtincha yerga ulash qurilmalari; izolyatsiyalovchi va elektr o`lchov qisqichlari; kuchlanish ko`rsatkichlari; montyorlik asboblarining izolyatsiyalangan dastalari; dielektrik qo`lqoplar; etiklar va kalishlar; rezinali gilamchalar va poyandozlar; izolyatsiyalangan narvonlar.
Izolyatsiyalovchi EHV ikki turga bo`linadi: asosiy va yordamchi. Kuchlanishga ishonchli bardosh beradigan va ular yordamida tok o`tkazuvchi qismlarga tegishiga ruxsat beradigan vositalar asosiy vositalar deb ataladi. Ishchilar havfsizligini ta’minlab bera olmaydigan va asosiy EHV bilan birgalikda qo`llaniladigan vositalar - qo`shimcha vositalar deb ataladi.
To`siqli himoya vositalar deb, vaqtincha tok o`tkazuvchi qismlarni to`sish uchun qo`llaniladigan vositalarga aytiladi. Bunga olib yuruvchi to`siqlar (sharmalar, qo`lqoplar, qafaslar) hamda vaqtinchalik yerga ulash qurilmalari kiradi. Ularga shartli ravishda ogohlantiruvchi plakatlar ham kiradi. Inson yiqilib tushishini oldini olish uchun (himoyalovchi belbog`lar, ogohlantiruvchi arqonlar) va tepaga ko`tarilish uchun (narvonlar, tirnoqchalar) hamda yorug`lik, issiqlik, mexanika va kimyoviy ta’sirlaridan himoyalanish uchun shahsiy himoya vositalari (ko`zoynak, gaz niqob, maxsus kiyimlar va shunga o`xshash turli buyumlar) qo`llanib kelinadi.
Izolyatsiyalovchi EHVga qo`shimcha, dielektrik kalishlari (etiklar), rezinali gilamchalar, poyandozlar va podstavkalar qo`llaniladi.
Tajriba qismi
Elektr toki bilan o`tqazilgan tajribalar ma’lum xavf bilan bog`liq. Shu sabali, shu xavflarni to`liq yo`qotish uchun asbob va sxemalarni kichik qiymatli toklar bilan tajribalar o`tkazish lozim.
F41021-1M rusumli megaommetr (4.6-rasm) yordamida tajriba o`tqazuvchi elektrodlarni ushlagan holda «qo`l-qo`l» yo`li orqali inson tanasini elektr tokiga ko`rsatayotgan qarshiligi o`lchaydi. Tajriba o`tqazuvchi bitta qo`li bilan (bosh va ko`rsatgich barmoqlari bilan) «0» ushlab, ikkinchsi bilan esa 1,2,3,4,5 elektrodlarini navbatma-navbat ushlaydi.
Elektrodlar orasida kuchlanish manbai o`rniga ikki-uch galvano elementlar kiritilgan. Har bir element kuchlanishi 1.5-1,5V.
Do'stlaringiz bilan baham: |