Tayanch iboralar: Radioaktiv nurlanish, ifloslanish zichligi, konsentratsiya, alfa-nurlanish, betta-nurlanish, gamma-nurlanish, radiatsiya darajasi, nurlanish dozasi, yutilgan doza, dozimetr, rentgenmetr.
1. Umumiy ma’lumotlar
Kimyoviy elementlarning stabil (turg`un) va nostabil turlari mavjud. Nostabil elementlarda yadro mustahkamligini saqlash uchun ichki yadro kuchlari yetarli emas, shuning uchun bu element yadrolari boshqa element yadrolariga aylanadi. Mana shu aylanish jarayoni Radioaktiv parchalanish deb ataladi. Parchalanish payti spontanno yuzaga keladi, uni tezlatish ham, sekinlatish ham, to`xtatish ham mumkin emas.
Radioaktivlik - uning atom tartibi o`zgarishiga olib keluvchi kimyoviy element yadrosining o`z-o`zidan sodir bo`ladigan aylanishi (bir kimyoviy elementning boshqasiga aylanishi) yoki massa sonining o`zgarishiga olib keladi. Yadrolarning bu aylanishi Radioaktiv nurlanishlarning chiqishi bilan sodir bo`ladi. Ular korpuskulyar va elektromagnit nurlanishlarga bo`linadi.
Yadro aylanishlarining ikki turi ma’lum: radioaktiv parchalanish va yadro reaksiyalari.
Radioaktiv parchalanishning quyidagi ko`rinishlari mavjud:
Alfa-nurlanish. Alfa zarrachalarning havodagi harakat tezligi 20000km/sek, harakat uzunligi 3 dan 11 sm.gacha, biologik to`qimalarga 0,1 mm. gacha kiradi. Qog`oz varag`i alfa-zarrachalarini butunlay ushlab qoladi.
Betta-nurlanish. Massasi va ionlash qobiliyati bo`yicha betta-zarrachalar alfa-zarrachalarga qaraganda kamdir. Betta zarachalarning havodagi harakat tezligi 270000 km/sek, ya’ni yorug`lik tezligiga yaqindir. Zarrachalarning energiyasiga bog`liq holda ularning havodan o`tish uzunligi 20 m gacha , biologik to`qimalarda 1 sm gacha bo`ladi. Deraza oynasi va bir necha millimetr qalinlikdagi metall organizmni betta-zarrachalardan himoya qiladi. Kiyim ularni 50 % gacha ushlab qoladi.
Gamma nurlanish. Bu elektromagnit nurlanish bo`lib, Radioaktiv aylanishlarda atomlarning yadrolar chiqarishidan hosil bo`ladi. O`z tabiati bilan gamma-nurlanish rentgen nurlariga, ammo ancha ko`p energiyaga ( to`lqin uzunligi kam bo`lganda) ega bo`ladi. Gamma-nurlari zaryadga ega emas, tovush tezligida tarqaladi.Gamma nurlari ionlash qobiliyatiga qarab betta-zarrachalardan yuz marta, alfa-zarrachalardan bir necha o`n ming marta kamdir. Gamma nurlari eng yuqori o`tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. Bu nurlar havoda 3 km gacha tarqala oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |