Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019



Download 6,65 Mb.
bet69/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Ko`pik bilan o`chirish. Ko`pik bu suyuqlikning maydalangan tizimi bo`lib, bunda havo bir-biridan suyuqlikning tarang sirtlari bi­lan ajratilgan bo`ladi. Ko`pik hosil qilishi uchun havo zarralarini suv qobig`i bilan o`rash, ya'ni havo zarralarini suvga singdirish kerak (5.3-rasm). Ishqorlar bilan kislotalar aralashmasining kimyoviy reaksiyasi, yoki suv bilan ko`pik hosil qiluvchi modda va havo aralashmasini mexanik aralashtirish asosida ko`pik hosil qilinadi.

5.3-rasm. Ko`pikli o`t o`chirish vositalari.
Kimyoviy ko`pik 80 foiz karbonat angidrid gazi, suv va 0,3 % ko`pik hosil qiluvchi moddadan tashkil topadi. Mexanik ko`piklar esa 90 % havo, 9,6 % suv va 0,44 % ko`pik hosil qiluvchi modda bo`ladi.
Qattiq moddalar va asosan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonib ketganda ko`pik bilan o`chirish yaxshi natija beradi. Chunki yengil alangalanuvchi suyuqliklar solishtirma og`irligi suvdan yengil va ularni suv bilan o`chirib bo`lmaydi.
Ko`pik bilan o`chirishning asosiy xususiya ti shuki, u yengil alangalanuvchi suyuqlik yuzasini yoki qattiq jism yuzasini yupqa ko`pik qavati bilan ko`plab, yonayotgan modda bilan havodagi kislorod o`rtasida to`siq hosil qiladi (5.4-rasm). Bu to`siqning mustahkamligi ko`pikning turg`unlik xossasiga bog`liq bo`ladi. Ko`pik tez alan­galanuvchi suyuqlikdan ancha yengil bo`lganligi sababli, uning yuzasida

5.4-rasm. O`t o`chirish vositalari
muhofaza qobig`i tashkil etadi, bu qobiq suyuqlik bug`lari hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi, shuningdek, kislorodni kiritmaydi. Agar ko`pikning turg`unligi kam bo`lsa, unda suyuqlik yuzasida uzilish hosil bo`lishi mumkin, ya'ni tarang tortilib turgan parda ochilib ketishi mumkin, bu esa, albatta, alangalanishning qaytadan boshlanishiga sharoit yaratadi. Bundan tashqari, ko`pikning issiqlik o`tkazish xususiyati juda past bo`lganligidan, yonayotgan yuzadan issiqlikning suyuqlik yuzasiga ta'sir etishiga to`siqlik qiladi. Splinker asosan osma tarzda ishlatiladigan o`t o`chirgichlarda keng qo`llaniladi. Ularning muhim o`rnatiladigan va zambilg`altakda olib yuriladigan turlari ham bor. Mexanik ko`piklar esa 4—6 ko`pik hosil qiluvchi poroshoklar yoki aralashmalarni suv va havo bilan aralashtirilishi hisobiga ko`pik generatorlari, ko`pik hosil qilish stvollarida ko`pikka aylantirib foydalaniladi.
O`chirish uchun ishlatiladigan ko`piklarning tavsifli belgilari, ularning turg`unligi va ko`pik hosil qilish darajasidir. Ko`pik hosil qilish darajasi bu ko`pikni hosil qilish uchun sarflanadigan moddalarga nisbati hisoblanadi. Ko`pik hosil qilish darajasi kimyoviy ko`piklar uchun 5, mexanik ko`piklar uchun 8—12 bo`lishi mumkin. Yuqori ko`piruvchi mexanik ko`piklarda bu miqdor 100 va undan katta bo`ladi. Ko`pikning turg`unligi esa uning katta haroratda so`nmasdan, ma'lum vaqtgacha chidash berishi hisoblanadi. Kimyoviy ko`piklar suyuqlik yuzasida bir soatgacha, PO-I yordamida olingan mexanik ko`piklar 30 min, PO-6 yordamida hosil qilingan ko`piklar esa 40-45 minut turg`unlikka ega bo`lishi mumkin. Sanoat korxonalaridagi o`t o`chirish tizimlarining asosiy qismini suv va ko`piksimon moddalar tashkil qiladi.


Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish