VI MAVZU. MAJBURIY YOLG‘IZLIK HOLATIDA O‘ZINI
TUTISH QOIDALARI
Inson tabiatning qonunlari, injiqliklari bilan bog‘liq bo‘lgan
bir bo‘lagi bo‘lib,uning faoliyati atrof-muhitda yuzaga kelayotgan
o‘zgarishlarga bog‘liq holda amalga oshadi. O‘zining
betakror va mukammal mavjudot ekanligi tufayli inson tabiiy
muhitda o‘ziga sun’iy dunyo yaratib olgan va o‘z hayotining
asosiy qismini ana shu muhitda, tug‘ilganidan o‘ziga tanish
bo‘lgan narsa va vositalar orasida o‘tkazadi.
Sivilizatsiya yutuqlaridan foydalanib, inson ularga o‘rganib
qoladi va o‘zi tomonidan yaratiladigan har qanday narsa qarovsiz
qolsa, tabiiy muhitdagi bir uyum axlatga aylanib qolishini
unutib quyadi.
Inson tomonidan yaratilgan sun’iy dunyo tabiiy muhitdan
keskin farq qiladi. Odamlardan ajralib, ulardan yordam so‘rash
va maslahat olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan, tayyorlanmagan
inson tabiiy muhit bilan bir o‘zi yuzma-yuz qolganda
ekstremal vaziyatga tushib qoladi va uning hayoti va sog‘lig‘iga
xavf tug‘iladi.
Majburiy yolg‘izlik holati – o‘ta xavfli ekstremal vaziyat
bo‘lib, insonning tabiiy muhit bilan yuzma-yuz qolish holati
ko‘pincha to‘satdan va majburan sodir bo‘ladi.
Tabiiy muhitda majburiy yolg‘izlik holati qanday sabablarga
ko‘ra yuzaga kelishidan qat’iy nazar insonning sog‘lig‘i va
hayotiy faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki inson kundalik
hayotda bizga yaxshi tanish bo‘lgan ma’lum bir qonunqoidalarga
o‘rganib qolgan va ular asosida yashaydi. Ammo
odamlardan ajralib qolgan yoki bir o‘zi yolg‘iz qolgan inson
tezkor va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi kerak, ya’ni tibbiy
yordam ko‘rsatish, boshpana qurish, qaror qabul qilish.
Bularning hammasi insonda o‘ziga ishonchsizlikka olib kelishi
mumkin, chunki maxsus bilim va ko‘nikmalar yetarli
bo‘lmaganida inson sarosimaga tushib bajarilishi zarur bo‘lgan
ishlar tartibi, ketma-ketligi va vaqtini taqsimlay olmasligi
41
mumkin. Hayot faoliyati xavfsizligi inson kundalik hayotida
uning ovqat, suv, kiyim, boshpana, axborotga bo‘lgan ehtiyojlari
bilan bir qatorda turib uni turli ko‘rinishdagi favqulodda
vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni ko‘zda tutadi.
Insonning majburiy yolg‘izlik holatiga ruhiy va jismoniy
tayyorgarligi boshqa har qanday choralardan muhim. Chunki
Favqulodda vaziyatga tayyor bo‘lish o‘z hayotini saqlab qolish
demakdir. Majburiy yolg‘izlik holatida uzoq vaqt yashab qolish
uchun insonda turli sohalar bo‘yicha mustahkam bilim bo‘lishi
kerak. O‘zini qutqarish usullarini bilish nazariy va amaliyot
o‘zaro muvofiq qo‘llanganida foyda beradi. Ya’ni inson nafaqat
u yoki bu holatda nima qilish kerakligini, balki uni qanday
qilish kerakligini ham bilishi kerak.
Majburiy yolg‘izlik holatida bir kishi yoki bir guruh kishilar
qolishi mumkin. Asosiy maqsad tirik qolish bo‘lgan ekstremal
vaziyatlarda insonning o‘zini tutishi – o‘zining yashab qolishiga
ko‘mak berishidir. Faqat o‘zini saqlab qolishning biologik
qonuniyatlariga asoslangan holda harakatlanish to‘g‘ri emas,
chunki bunda ruhiy zo‘riqishlar va o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik ortib
boradi. Tirik qolish istagi ongli, maqsadga yo‘naltirilgan
bo‘lishi, instinkt tomonidan emas, balki anglangan zaruriyat
tomonidan boshqarilishi kerak. Insonlardan ajralib tabiiy
muhitda bir o‘zi qolgan insonning o‘zini qanday tutishini
oldindan aytish qiyin. Bunda kishida tabiiy muhitda majburiy
yolg‘izlik holatida yashab qolish bilan bog‘liq muammolar
paydo bo‘ladi. Yashab qolish, deganda - favqulodda
vaziyatlarda hayot, sog‘lik va ishchanlik qobiliyatini saqlab
qolish tushuniladi.
Majburiy yolg‘izlikda hayot kechirish – bu bir yoki bir
necha kishilarning atrofdagi olam bilan aloqa qilmasdan hamda
oziq-ovqat zaxiralarisiz uzoq muddat yashashdir.
Majburiy yolg‘izlikda hayot kechirish – o‘ta xavfli ekstremal
va avariya holati bo‘lib, insonning tabiiy muhit bilan to‘satdan
hamda majburan ro‘para kelishi tufayli yuzaga keladi. Bunda
inson tashqi ko‘maksiz tabiat ne’matlaridan foydalangan holda
o‘zining oziq-ovqat, suv, boshpanaga bo‘lgan ehtiyojlarini
ta’minlashi kerak.
42
Majburiy yolg‘izlik holatiga inson cho‘l, o‘rmon yoki tog‘
sharoitida adashib qolganida, transport vositasi avariyaga
uchraganida va boshqa vaziyatlarda tushib qolishi mumkin.
Bunday holatda inson o‘zining hayoti va sog‘ligini saqlab qolish
uchun kuchli ruhiy va jismoniy sifatlarga, turli ob-havo
sharoitlarida harakat qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi, o‘z qo‘l
ostida bo‘lgan yoki tabiiy muhitdan olish mumkin bo‘lgan
hamma narsani o‘ylab, tejab o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatishi
kerak.
Insonning tabiiy muhitda yolg‘iz qolishi bir kishimi yoki
ko‘pchilikmi baribir unga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki aholi
yo‘q joyda hatto suv yoki oziq-ovqatga ehtiyoj kabi oddiy
muammolar ham hal etib bo‘lmaydigan vazifaga aylanadi.
Bunda inson hayoti nafaqat uning, moliyaviy holatiga, maxsus
bilim va ko‘nikmalariga, balki suv havzalari bor-yo‘qligi,
havoning harorati, quyosh radiatsiyasi, shamolning kuchi kabi
ko‘pdan ko‘p omillarga bog‘liq. Ammo asosiysi insonning
shunday vaziyatlarga qanday tayyorlanganligiga bog‘liq.
Majburiy yolg‘izlik holatida insonning asosiy vazifasi yashab
qolishdan iboratdir. Yashab qolish uchun inson faol, ongli
harakatlarni amalga oshirishi kerak. Har qanday majburiy
yolg‘izlik holati inson oldiga uning hayotini saqlab qolinishi
bog‘liq bo‘lgan quyidagi muammolarni qo‘yadi:
- qo‘rquv va stress holatini yengish;
- jarohatlanganda yoki zararlanganda o‘z-o‘ziga va o‘zaro
yordam ko‘rsatish;
- oziq-ovqat zaxiralari va zaruriy ashyolarni qutqarish;
- aloqa o‘rnatish yoki qutqarish uchun signal berish;
- vaqtinchalik boshpana qurish, oziq-ovqat va suv topish;
- odamlar orasiga yo‘l topish uchun makon va vaqtda
mo‘ljalni to‘g‘ri olish.
Ekstremal vaziyatda har qanday odam qat’iy va tezkor
yo‘naltirilgan harakatlarga qodir emas. 50-70% odamlar o‘zini
yo‘qotib qo‘yadi, xotirjam ko‘rinsalarda faol harakatlar qilishmaydi.
15-25 % odamlar ruhiy shok holatiga tushib qolishadi.
Bunda eng asosiysi yuzaga kelgan qo‘rquvni yengishdir,
chunki shu yo‘l bilan qat’iy harakat qilishga erishish mumkin.
43
Majburiy yolg‘izlik holatida qolishning asosiy sabablari
quyidagilar:
- tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar;
- ob-havoning keskin o‘zgarishi;
- sayohat vaqtida joyda mo‘ljalni ololmaslik;
- transport vositalari avariyalari (havo, suv, temiryo‘l,
avtomobil transporti;).
Tabiiy muhitda majburiy yolg‘izlik holatida qolgan insonga
havoning harorati, yog‘ingarchiliklar, havoning namligi, quyosh
radiatsiyasi, kasalliklar, jarohatlar, yovvoyi hayvonlar va
hashoratlar, charchoq, kuchli sovuq, issiq kabi omillar salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Tabiiy muhitda majburiy yolg‘izlik holatida qolgan insonga
kuchli iroda, muhitga va sharoitga tezkor moslashuv,
chidamlilik, ruhiy tayyorgarlik, zaruriy ashyolarning mavjudligi
kabi omillar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Cho‘l sharoitida majburiy yolg‘izlik holatida inson uchun
eng birinchi xavf suv havzalarining yo‘qligidir. Shuning uchun
bunday sharoitda inson mavjud suv zaxiralarini tejamkorlik
bilan ishlatishi zarur. Ikkinchi xavf sifatida cho‘lda to‘g‘ri
harakatlanishni tashkil qilishning qiyinligi, chunki yaqqol
ko‘rinib turgan mo‘ljalni topish qiyin. Uchinchi xavf sifatida
kunduzi o‘ta yuqori harorat va tunda havoning keskin sovib
ketishini ko‘rsatish mumkin. Har ikkala holat ham katta
muammo tug‘diradi. Shuning uchun ham cho‘l sharoitida
maxsus vositalar bo‘lmaganida tunda yulduzlar (qutb yulduzi),
kunduzi esa quyoshdan mo‘ljal sifatida foydalanish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Cho‘l sharoitida harakat qilishda kun
vaqti, dam olish intervallarini belgilab olish, harakat davomida
mavjud soya beruvchi jism va vositalardan maksimal foydalanish
kerak. Shuningdek, inson o‘zini ilon, chayon va boshqa cho‘l
jonzotlaridan saqlash chora – tadbirlarini ham ko‘rishi zarur.
Tog‘ sharoitida majburiy yolg‘izlik holatida inson birinchi
navbatda o‘zining harakatini cheklaydigan, charchatadigan
narsalardan xalos bo‘lishi, foydasiz harakatlarni kamaytirishi
zarur. Shundan so‘ng o‘zining kiyimlarini mavjud sharoitga
moslashtirib olishi kerak. Chunki tog‘ sharoitida kislorodning
44
kamligi, bosimning yuqoriligi insonni tez charchatadi va
terlashga moyillik tug‘diradi. Bu esa o‘z navbatida tanada turli
mikroblar ko‘payishiga olib keladi. Tog‘ sharoitida qo‘l ostida
bo‘lgan mavjud ashyo va jihozlarni tejash zarur. Tog‘da daryo,
soy, so‘qmoq va yo‘llar eng yaxshi yo‘l ko‘rsatuvchilar
hisoblanib, ular yordamida qisqa vaqt ichida aholi punktlari
yoki nisbatan xavfsiz hududlarga tezkorlik bilan chiqish
mumkin. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilgan mo‘ljalga olish
mumkin bo‘lgan jismlar bo‘ylab yuqoridan pastga tushishning
o‘zi yetarli hisoblanadi.
O‘rmon sharoitida majburiy yolg‘izlik holatida eng asosiy
e’tibor mo‘ljalni to‘g‘ri olishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Chunki
o‘rmon sharoitida to‘g‘ri va aniq harakatlanmagan kishi yana
o‘zi turgan joyga qaytib kelishi mumkin. Buning uchun inson
sarosimaga tushmasdan har bir harakatini o‘ylab amalga
oshirishni zarur bo‘ladi. O‘rmonda ham aniq harakatlanib suv
havzalariga, turli yo‘llar va so‘qmoqlarga chiqib olish vazifani
ancha yengillashtiradi. O‘rmon sharoitida fonar, gugurt, pichoq
kabi ashyolar birlamchi zaruriy narsalar hisoblanadi. O‘rmon
sharoitida harakatlanishda mahalliy jismlar va mavjud
imkoniyatlardan maksimal foydalanish muammoli vaziyatdan
tez va qulay chiqish imkoniyatini beradi.
Suvda qutqaruv vositalariga ega bo‘lmagan majburiy
yolg‘izlik holatida bo‘lsangiz, hushtak chalib yoki qo‘llaringizni
ko‘targan holda signal bering. Issiqlikni saqlash uchun iloji
boricha kamroq harakat qiling. Suvda havoga nisbatan issiqlikni
yo‘qotish bir necha barobarga tezlashadi. Shuning uchun
hattoki iliq suvdagi harakat ham faqat suv yuzasida qolishga
qaratilgan bo‘lishi kerak. Qutqaruv nimchasida issiqlikni saqlash
uchun hajmingizni kichraytiring, qo‘llaringiz bilan ko‘krak
qafasining yon tomonidan ushlang va qovuqlaringizga suv
kamroq tegishi uchun bo‘ksangizni yuqoriroq ko‘taring.
Bu usul sovuq suvda omon qolish muddatini 50 foizga
qadar ko‘paytiradi. Agar sizda qutqaruv nimchasi bo‘lmasa,
biron-bir suzuvchi narsani izlang va qutqaruvchilar kelguniga
qadar o‘sha narsaga osilib oling. Chalqanchasiga yotib dam
oling.
45
Agar qutqaruv vositalariga ega bo‘lsangiz dengiz kasalliklari
uchun mo‘ljallangan tabletkadan iching. Tanangizdagi issiqlikni
saqlash uchun qutqaruv kemasidagi boshqa jabrlanganlarga
yaqinroq joylashib oling, jismoniy mashqlar bajaring. Faqat
bemorlar va jarohatlanganlarga suv bering. Ochiq dengizda agar
qirg‘oqqa yetish yoki kema yo‘llariga chiqishning iloji bo‘lmasa,
boshqa qutqaruv kemasidagilar bilan birga kema halokati joyi
yaqinida bo‘lishga harakat qiling.
Oyoqlaringizni imkoni boricha quruq tuting. Ularni tez-tez
balandga ko‘tarib turing va shishib ketmasligining oldini olish
maqsadida harakatlantirib turing. Zinhor dengiz suvini ichmang.
Foydasiz harakatlarni kamaytirib, organizmdagi suyuqlikni
tejang. Terlashni kamaytirish uchun kunduzi kiyimlaringizni
namlab, kemaning ichidagi haroratni kamaytirish uchun esa
uning tashqi tomonini suv bilan ho‘llab turing. Bir kunda 500-
600 ml. dan ko‘p suv ichmang. Tutun shashkalarini to uni
payqashning real imkoni bo‘lguncha saqlab turing. Shashkalarni
hamma baravar qo‘llashi kerak emas, uni bir kishiga topshiring.
Vahima qilmang! Katta odam suvsiz o‘rtacha 3 kundan 10
kungacha tirik qolishi mumkinligini yodda tuting. Oziq-ovqatsiz
bir oy yoki undan ko‘proq yashash mumkin.
Joyda to‘g‘ri mo‘ljalga olish - joyda ufq tomonlari, mahalliy
jismlar va relyef shakllariga nisbatan o‘zining turgan joyini
aniqlash, kerakli harakat yo‘nalishini aniqlash hamda
belgilangan yo‘nalishdan og‘ishmasdan harakatlanishdir. Agarda
qo‘limizda xarita, kompas yoki soat bo‘lsa hamda biz ushbu
vositalardan foydalanish qoidalari va tartibini bilsak buni amalga
oshirish qiyin emas. Ammo qo‘limizda hech qanday yo‘naltiruvchi
ashyolar bo‘lmasa bo‘shliq va vaqtda mo‘ljalni qanday
olish kerak. Shunda bizga quyosh, yulduzlar, tabiat hodisalari,
hayvonlar va o‘simliklar yordamga keladi.
Shu joyda biz o‘zimizga «Qanday hollarda biz ufq
tomonlarini aniqlashimiz kerak» degan savolni berishimiz kerak.
Buning uchun siz o‘zingizning turgan yoki boradigan joyingiz
qaysi yo‘nalishda joylashganligi, yo‘llar haqida, mo‘ljalga olish
mumkin bo‘lgan qanday katta o‘lchamlar mavjudligi haqida
ma’lumotlarni oldindan bilishingiz zarur. Bularga daryolar,
46
temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari, katta aholi punktlari va boshqa
alohida ajralib turuvchi belgilar kiradi.
Masalan, siz o‘rmonga, cho‘lga yoki tog‘ga ma’lum bir
yumush bilan jo‘nadingiz va har ehtimolga qarshi o‘zingiz bilan
kompas oldingiz. Ammo siz boradigan joyda magnit temiri
konlari mavjudligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra kompas to‘g‘ri
ishlamay qoldi. Ana shunda sizga joyni mo‘ljalga olish bo‘yicha
olgan bilim va ko‘nikmalaringizni qo‘llash imkoniyati yuzaga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |