Ufq tomonlarini aniqlash.
Quyosh har doim sharqdan chiqib g‘arbga botadi. Shunga
muvofiq soya har doim qarama-qarshi tomonga harakat qiladi.
Shuning uchun yer sharining istalgan nuqtasida soyani birinchi
belgilanishi holati uning ikkinchi belgilanishi holatiga nisbatan
g‘arbroqda bo‘ladi va aksincha. Buni bilgan holda siz doimo
taxminiy ufq tomonlarini aniqlashingiz oson bo‘ladi. Buning
uchun bitta tayoqni olib uni tekis, o‘simliklardan xoli yerga,
undan tushadigan soya yaqqol ko‘rinadigan tarzda suqib
quyiladi. Tayoqdan tushgan soyaning oxirini belgilab, so‘ng u
bir necha santimetrga surilguncha 15-20 minut kutib turamiz va
yana soyaning oxirini yana belgilaymiz. Shundan keyin birinchi
va ikkinchi belgilarni tutashtiramiz hamda ushbu chiziqning
oxiriga stryelka quyamiz. Ushbu stryelka sizga sharq tomonni
ko‘rsatadi.
Yana bir oddiy usul mo‘ljalni quyosh
yordamida olishdir. Quyosh shimoliy
yarimsharda tush vaqti soat
12.00 da janubiy qutb tomonda bo‘ladi.
Tush vaqti quyoshga yuzlanib turiladi
va tushgan soya shimoliy yarimsharda
shimol tomonni, janubiy yarimsharda
janub tomonni ko‘rsatadi.
Bundan tashqari ufq tomonlarini
joydagi mahalliy jismlar belgilariga ko‘ra ham aniqlash mumkin.
Masalan, daraxt, buta va o‘simliklarning shoxlari hamda
novdalari janub tomonga tezroq rivojlanadi, mevalari janub
tomonda tezroq sarg‘ish-qizg‘ish rangga kirib tezroq yetilish
47
kuzatiladi. Qorli hududlarda qor birinchi navbatda janub
tomonda eriy boshlaydi.
Xristian cherkovlarining xochlari sharq tomonga, musulmon
machitlaridagi yarimoy janubiy-g‘arbiy tomonga qaratilgan bo‘-
ladi.
Siz o‘zingizga kerakli yo‘nalishni aniqlab oldingiz. Endi
o‘sha aniqlangan yo‘nalishdan og‘ishmasdan harakatlanish
asosiy vazifa hisoblanadi. Chunki insonning bitta oyog‘i bilan
qo‘yiladigan qadam ikkinchisiga nisbatan uzunroq bo‘ladi.
Agarda kishi to‘g‘riga yursa, aylanib yana o‘zi harakatni
boshlagan nuqtaga qaytib kelishi mumkin. Shunday holat yuz
bermasligi uchun «Ustun» uslubini qo‘llaymiz. Buning uchun
o‘zingiz tanlagan yo‘nalishdagi ko‘zga yaqqol tashlanib turgan
biror bir jismni tanlab unga tomon harakatlanamiz. Tanlangan
jismga yetib kelgandan keyin shu yo‘nalishda yangi jism
tanlaymiz. Bu usul qo‘llanganida harakatlanish yo‘nalishidan
og‘ishish keskin kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |