Voqealar rivoji
— tugun b o lib qolgan m uam m olarning hal boMishi
yo‘lidagi xatti-harakat va kur&shlar, bu voqealaming rivojidir. Konfliktlarning
yechimi ham voqealarning rivojiga bog‘!iq.
Sujet bo'yicha lurli holatda turgan qaram a-qarshi kuchlarningg‘oyaviy
jihatdan «jangi» voqea rivojiga asosiy m anba bo‘lib xizmat qiladi. Sujet
to lq in id a tom onlarning maqsad va nuqtayi nazarlarida yuz bergan jiddiy
o lzgarishlarning qalqib ko‘tarilishi, h ar bir tom onning asl qiyofalarini
nam oyon qiladi. S hunday holat tasvir qilinadiki, konfliktning sabablari
ochilib, xarakterlarning esa yangi qirralari yuz ko‘rsatadi. Sujetdagi tub
burilish oqim ga qarshi bosh ko‘tarib, zid turgan g'oyalarga tik borishga olib
keladi. Voqealar rivoji kurash tarixi va m antig'ini gavdalantiradi. Shu bilan
birvaqtda, sujet va xarakterlarning uzviy bogliqligi voqea rivojiga olib keladi.
Yaxlit asar sujeti film da badiiy burilishni talab qiladi. Ijtimoiy-tarixiy
kolliziyalarni aks ettirish bosh maqsadni, ya’ni voqea rivojini ta’minlaydi.
Shunda sujet barcha kom ponentlarni qam rab olib, kulminatsiyaga olib
keladi. Bunda voqea rivojini kengaytirib, pereonajlaming aniq munosabatlarini
www.ziyouz.com kutubxonasi
kuchaytirib-kulminatsiyaga olib kelgan voqea rivojida rnuallifning personajlarga
munosabati, tomoshabinga beradigan g'oyasi shakllanadi. Tomoshabin muallif
ko'zlagan maqsadini ijobiy hal b o lish in i kutib, intilib o ‘tiradi. Shuning
uchun voqea keskin rivojlanib, barcha film qiziqarli boMadi.
Masalan, biz yuqorida «Alisher Navoiy» ssenariysidagi tashlangan tugun,
y a’ni S ulton tashkil qilgan shahzo d alarn in g nayza san ch ish niashqi
musobaqasida ham m a nayzalar yog'ochdan yasalgan uchi to ‘m toq bolgani
holda, shahzoda Yodgorningshahzoda Husaynga nayzaning uchiga haqiqiy
p o la t tig‘ini qadab o'ldirishni niyat qilib, harakat qilganligini ko‘rgan edik.
Sultonga o'rindiq yasab bergan tosh yo’nar usta Jaloliddin buni ko‘rib
qolib, Husaynning do'sti Alisherga aytadi. Husaynga Y odgor haqiqiy nayzani
sanchayotganda, Alisher qilich urib, nayzani kesib yuboradi. Shu bilan
Husayn omon qoladi. Endi Yodgoming yuragida Husayn va Alishetga nisbatan
alam , o ‘ch paydo bo‘ladi. Ana shu yerda tugun - konflikt tu g ‘i)adi. Endi bu
yog‘i sujetning m uhim elem entlaridan biri - voqeaning rivojiga bog'liq.
Alisher. Husayn, sizni Xudo bir asradi. Bu po'lat tig‘ni Yodgor nayzaga
o‘rnatayotganini odamlar orasidan sangtarosh ko'rib qolibdi. Mana, o ‘sha tig4.
(Po'lat tig'ni Husaynga uzatadi).
H usayn (nayzani olib, k o 'z d an kechirib). R ahm at, A lisher, siz haqsiz.
Xavf-xatarlar bizga ergashib yuribdi.
Alisher. Eslatib qo'yay. Jasoratlar uchun vaqtim iz yetarli.
Husayn. Ha, men o'zim ni hinioya qilishim kerak... lekin m en maqsadni
ko'rmayapman.
Alisher. Men sizni oldingizga yoritgich olib kelam an.
Husayn. U qay yo‘lni yoritgay?
Alisher. Adolat yo lin i.
H usayn. U n da biz sangtaroshni topib, m inn atd o rch ilik bildirishimiz
kerak.
Jaloliddinning ovozi. M eni izlash shart emas.
Husayn va Alisher orqaga o'girilib, ovoz kelgan tarafga qarashadi. Ular
orqadan kelayotgan Jaloliddinni ko'rishadi.
Jaloliddin. Men Sultonga o ‘rindiq yasadim. 0 ‘yin tugadi. M en uyga
ketyapm an ham m a qatori.
Alisher. Ismingiz nedir, usla?
Jaloliddin. Jaloliddin. M azniuni adolatli, degani.
Alisher. D o'stim ning hayoti uchun men sizdan qarzd ornian.
Jaloliddin. Biz shunday m usobaqalarni halol o 'tis h in i istaymiz. Siz
m endan hech narsa qarz emassiz.
Husavn. Demak, usta, mening umrim hech narsa em as ekan-da?
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |