I. KATTA-KICHIK EKRAN BADIIY SSENARIYNAVISLIG I
Ssenariyni qanday yozisli kerak?
Birinchi navbatda, mavzu tanlash kerak. A w alo , tan lan g a n m avzuni
ikir-chikirigacha chuquro'rganish taqozo etiladi. Va tomoshabinga aytmoqchi
boMgan fikrlarni, aw alo, m iyada pishitib olm oq, uni h azm qilm oq va
undan so‘ng ssenariyni ishlab chiqarish holatiga keltirish kerak. Bu uzoq va
m ashaqqatli m ehnat talab qiladi.
Mavzu qanday tanlanadi?
Y ozuvchi, shoir, dram aturglar qalam ga olingan m avzularni qanday
lanlasalar, ssenariynavislar ham shunday mavzu tanlaydilar. Y a’ni yuragini
o ‘rtab, yozm asa bolm aydigan darajaga kelib qolgan vo qea-h od islalarn i
qog‘ozga tushuradilar. So'ngra uni rejissyorlarga, badiiy kengashlarga taqdim
etadilar. Yoki davlat tom onidan, rejissyorlarga dolzarb m avzularda ssenariy
yozib berish uchun buyurtm a-shartnom alar taklifqilinadi. S h u n d an so'ng
agar kelishib olinsa, ssenariy yozishga kirishadilar.
Albatta boshlovchi ssenariynavislar aw al o ‘zlari yozib, h a m m a to ‘siq-
talablar, badiiy kengashlardan o ‘tib, bir-ikki filmda o ‘zlarini iqtidorlarini
ko‘rsatsalar, keyin bitta-yarim ta m utasaddi tashkilotlar b uy urtm a berishi
m um kin. K o‘pincha kinorejissyorlar o'zlari ssenariy yozishga kirishib
ketadilar. 0 ‘zlari syomka qilib, film ishlab chiqaradilar. Bundny holda, biz
yuqorida aytganimizdek, ssenariynavis kabi ijodiy iqtidorga ega b o lm ag an
shaxslar yozganligi uchun chalak am -ch atti, hissiyoti sovuq, ch ala o 'lik
film laryuzaga keladi. Chunki xalqim izda «chum chuq so‘ysa h am , qassob
so‘ysin» degan naql bor.
D em ak, kinosan’atningyuragi b o lg a n ssenariyni iste’dodli yozuvchi-
ssenariynavis yozish kerak. Filin ijodkorlari bilan tomoshabin bahsga kirishib
o'tirm aydi. Yoqmasa kinozaldan turib chiqib ketadi. Agar eshiklar qulflab
q o ‘yilsa, qaram asdan, ko'zini yum ib o ‘tiradi, televizorni k o ‘rayotgan
bo‘lsa, boshqa kanalga oladi. Bunday holda ssenariynavis ssenariy yozayotgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
vaqtda ob-havo yom on edi, kayfiyati chatoq edi, xotin yo onasi kasal edi,
degan bahon alar film titriga yozilm aydi. Yaxshi ssenariy yozish uchun
albatta, yuksak iqtidor va tafakkur, tasaw ur, iste’dod kerak. Ovozining
shirasi yo‘q odam ashula aytib ko‘rsin-chi, olqishga emas, nafratga uchraydi.
S h e’rni hech qachon robot va kom pyuterlaryoza olmaydi. Chunki ularning
tafakkuri yo‘q, hissiyot to la yuragi yo‘q. Iste’dod dangasalikni, loqaydiikni,
yom on niyatni, g‘arazgo‘ylikni yoqtirm aydi va istamaydi. Iste'dodsizlar
ssenariy yozishga qo‘l ursalar borm i? Nari borsa, ular tom osha dasturini
tuzishlari mumkin. Binobarin, shartnom a va buyurtma asosida tavsiya etilgan
m avzuda yaxshi ssenariy yozib boMmaydi.
Yaxshi ssenariynavis, qaysi m avzuda yozsam ekan, ham m a mavzularda
film lar yozib bo'lingan, deb bosh qotirib o‘tirmaydi. Iqtidorli ssenariynavis
uch u n m avzuiar cheksiz, u lar hali qo'riq yerday o ‘zlashtirilm ay turibdi.
C h u n k i haqiqiy ijodkorga m avzuiar o ‘zi eshik qoqib keladi. Faqat uni
tu sh u n ib qabul qilib olish kerak, hayotning har bir qirrasi, insonning
turush-turm ush i mavzudir.
Ssenariynavis ham m a ijodkorlardek hayotning ham m a ikir-chikirlariga
qiziqishi kerak. Shu bilan birga, un i idrok qilib, qissadan hissa chiqara
bilishi ham kerak. Aks liolda ham m a bilganlari keraksiz, ortiqcha yuk boMib
qolaveradi.
Ssenariynavis mukammal obraz yaratish uchun inson psixologiyasini yaxshi
bilishi zarur. Xarakterlarning ijobiy-salbiy ko’rinishi jamiyat uchun qanday
oqibatlar keltirib chiqarishini bilish kerak. Shunga ko‘ra o ‘z qahramonlarini
harakatlantirib, tomoshabinga namuna sifatida ko'rcata olishi kerak. Ijobiy holatdan
zavqlanib, unga o ‘xshashga intilish ham, salbiy holatlardan jirkanish ham
tarbiya. Y a’ni xalq iborasi bilan aytganda, yomonlikdan yaxshilikni o'rganish
lozim. Shu jihatdan har bir yoziladigan ssenariy, u qaysi janrda bo'lmasin,
ham m asining g‘oyasi insonga ruhiy ozuqa berishi va adab maktabining
m a’naviyat darsligi sifatida taqdim etilishi lozim.
S senariyda milliy qadriyatlar m a'naviyati, baynalm inal ruhiyat, ya’ni
um u in so n iy g ‘oyalar uyg‘un bo 'lishi kerak. Chunki har bir millat jahon
xalqlarining bir bo'lagidir. Bu a n 'a n a qadimdan davom etib kelgan.
Eram izdan awalgi antik dunyo adabiyoti, aniqrog'i, dunyo adabiyotining
buyuk nam unalari, G om er, Shekspir, Shiller, G yote, Tolstoy, Chexov,
Sofokl asarlari, Oddesiya va llliada, Alpomish kabi epos va dostonlar, Navoiy
va A.Qodiriy asarlari ana shunday buyuk asarlardir. Bu davrlarda ms adabiyoti
ham o 'zining Pushkin, Tolstoy, Chexov kabi daho yozuvchilari bilan dunyo
m adaniyatiga ulkan hissa qo'shdi. Bular hamma davrlarning va ham m a
xalqlarning yozuvchilaridir. U lar yer yuzida insoniyat bor ekan, yaxshilik-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ezgulik uchu n xizmat qilaveradi. Ssenariynavislam ing yaratgan sah n a va
ekran asariari ham vaqti kelib, dunyo xalqlarining qalbini zabt etib, kelajakka-
abadiyatga yo‘l olishi mumkin.
Buning uchun ssenariynavislarda tuhnia iste’dod, mukammal bilim yuksak
falsafiy tafakkur b o lish i kerak. S hund a s a n ’at olam ida favqulodda shaxs
sifatida bo‘y ko‘rsatadi. Iste’dod ishchanlikni, nozik ta’b lik n i, o 'z xalqiga
muhabbatli b o lish n i, Vataniga fidoyilikni, o ‘zining ishonch va irodasiga
sodiqligini yoqtiradi. Ssenariynavis o ‘z xalqining ijobiy va salbiy tom onlarini
yaxshi bilgan holda asar yaratishga kirishishi zarur. Chunki ijobiy fazilatni
elga namoyish qilish va uni ibrat m aktabiga aylantirish va dunyo xalqlariga
yuqtirish, salbiy holatga nisbatan kcskin kurash olib borish, salbiy illatdan
xalos qilish masalasi ijodkor oldida ko‘ndalang turishi kerak.
Ssenariynavis — eng awalo, yozuvchilikning ruhiyati bilan ekran falsafa-
sini, xarakter iinkoniyatini yaxshi o ‘zlashtirgan b o lish i kerak. M usiqa va
tasviriy san'at turlarini tushuna bilishi va ulardan foydalana olishi lozim .
R om annavis yozuvchidek o ‘rab turgan m uhit va tabiat
m an zarasini
qahram onlarning xoh ijobiy, xoh salbiy b o ls in , ichki dunyosini, m aqsad
va niyatini chuqur idrok qilib, tanlagan mavzusi va g'oyasiga xizmat qildiradigan
bo'lishi kerak. U lirika — she’riyatni chuqur tushunishi va yozayotgan ssenariy
ruhiyatiga qarab, she'riyatdan unumli foydalana bilishi lozim. U yuksak falsafiy
m ushohada bilan o ‘z asari ni yakunlay bilishi kerak.
Ssenariynavis ayrim o ‘ziga bino qo‘ygan balandparvoz rejissyoming ongsiz
quliga aylanib qolmasligi kerak. Lekin rejissyor fikrlarini dabdurustdan rad
etmasdan, ijodiy yondashib, chuqur m ulohazadan keyin o ‘z fikrini bildirib,
haqligini misol va aniq dalillar bilan isbotlab berishi va haq b o isa , be’m ani
o'jarlikdan voz kechib, ishlab berishni bo'yniga olishi ham kerak. Aks holda,
ssenariynavis bilan rejissyor o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, tom oshabin
yangi bir yaxshi filmdan bebahra qolishi m um kin. Fojeashu yerdagi aksariyat
o'zbek ssenariynavislari rejissyorlar bilan murosaga borib, ko‘p narsayo'qotishadi.
Nega deganda, ssenariynavisning boshqa boradigan eshigi yo'q. Rejissyor esa
q o l uzatib, yetib bolm as, ilohiy shaxs hisoblaydi o'zini.
Ba’zan buyuk asarlar muallifnmg qism atiga aylanish hollari ham u ch rab
turadi, Bu ko'rolmaslik, hasad va m unaqqidlam ing birtom onlam a yondashish
holatlaridan ham kelib chiqadi.
Rivoyal qilishlaricha, H indistondagi «Toj mahal» duny on in g yetti
m o'jizasidan biri sifatida e 'tiro f etiladi. Em ishki, shu binoning tarixini
yaratish uch un shoh dunyo m e’m orlariga tanlov e ’ion qiladi. S h u n d a
Buxorolik bir m e’m or ushbu bino tarixini chizib boradi va tanlovda g 'o lib
chiqadi. Lekin shoh bir shart qo'yadi: loyiha bizga m a’qul, qabul qilam iz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
S hu shart bilanki, bino bitgandan keyin sening qoMingni bilagingdan
kesam iz. Chunki sen boshqa biron bir m am lakatda sh u xildagi boshqa
b in o qurm asliging kerak, deydi va o ‘ylash uchun bir kun m uhlat beradi.
M e ’m o r kechasi bilan o ‘ylab chiqadi. Qo'lini saqlay desa, loyiha — ijod
ijobat boMmaydi. Loyihaga ijozat bersa, nogironlik azobi. Nihoyat, u o‘ylaydi.
M ening um rim nari borsa, yan a 30 yil. Im orat qurilsa, necha asrlar o ‘tsa
ham m eni eslashadi. N om -n ish o n siz o‘lib ketgandan ko ‘ra, uzoq asrlar
sendan qolgan ijod insoniyatga bezak b olsa, bu baxt, deydi-da, qo llarin i
kesishga rozilik beradi. Im orat qurilishi 30 yil davom etadi. Bitgach, barcha
xizm atchilar in’om lar ila taqdirlanadi. Me’morning esa qo‘li kesiiadi. Shoh
uning um rining oxirigacha va bola-chaqalariga yetadigan m ablag1 beradi.
Lekin usta m e’m or uzoq yillar «Toj mahal» qasri atroflda sharpaday aylanib
yurganini ko'rishgan ekan.
Buyuk yozuvchi A.Qodiriyni quyma oltindek bashariyatga va abadiyatga
daxldor « 0 ‘tgan kunlar», «M ehrobdan chayon» asarlari tufayli qirq yoshida
sho‘rolar tuzumi «Xalq dushm ani» tamg'asi bilan uni otib tashlagan. Usmon
N osirni otashin she’rlari u ch u n 27 yoshida qatag'on qilishgan. ChoMpon,
F itrat va boshqa iqtidorli yozuvchi va shoirlar asarlari tufayli jonlaridan
ju d o boMganlar. T arixda M ashrab, N odiralar ham shunday qismatga
uchraganlar.
Ssenariynavis ham o ‘z ssenariylari bilan vatan tuyg‘usi, millat erki,
qayg'usi uchun ham isha jasorat bilan ekran maydoniga chiqm oqligi kerak.
Shundagina milliy va um um insoniy kino, teleseriallar dunyoga kelib, jahon
ekranlaridan munosib o 'rin egallaydi.
B obur yozm oqchi:
«H abib boshidan kech, agar senga ishq kerak boMsa,
Bu y o lg a qo‘ym a oyoq, agar senga bosh kerak bolsa».
Bu millat va insoniyat yuksak g'oyalarining m ushtaraklik ishqidir. Joni
shirinlarqo'ligaqalam olib,joniniqiynam ayqo‘yaqolsin. Boshqa bir tirikchilik
m anbayi bilan mashg‘ul boMgani m a’qul. Ijodning harnrna turi ham azob,
lekin yaxshi natijasi shuki, shu asar bilan bugun, erta va kelajak avlodlar
quvonishi mumkin. Buning uchun azob sharobini totm oqlik ham sharafdir.
H a rb irjah o n sh u m u l ijod nam unasi o ‘z-o‘zidan dunyoga kelmaydi. Uzoq
vaqt o ‘qish-o‘rganish va idrok qilishdan so‘ng dunyoga keladi.
S hu o lrinda 0 ‘zbekiston xalq shoiri M irtem ir (1910-1978) bilan bir
s h e ’r m ashq qiluvchi yigitning suhbatini aytib o ‘tishni jo iz deb bildim.
M irtem ir m ashhur va m a n z u r b o ‘lgan shoirdir. R am z Bobojon,
E.V ohidov, Zulfiya, T urob T o ‘la, H .G 'ulom , S huhrat kabi shoirlar unga
u sto z deb m urojaat etishardi. M irtem ir yozuvchilar uyushm asida yosh
www.ziyouz.com kutubxonasi
yozuvchilar sem inarini boshqargan davrda b ir s h e ’r m ashq qiluvchi yigit
«ijod» nam unalarini tashlab ketadi. U stoz sh o ir bir nechta «she’rlarini»
o ‘qib, bu bitiklar, hatto, she’riy mashq ham em as, fikr ham , hissiyot h am
yo'q ekanligini e ’tiborga olib qo‘yadilar. O ra d an b ir necha kun
0
‘tgach ,
havaskor keladi, ustoz yotig'i bilan: « 0 “g ‘lim , sh e ’r yozish uchun hali
ancha o ‘qishingiz kerak. She’rning o ‘z q o n u n -q o id ala ri bor. «Adabiyot
nazariyasi» degan kitobda «Barmoq» vaznida yoziladigan she’rlarning,
bo‘g‘ini, qofiyasi, m a’lum bir shakli b o lish i haq id a yozilgan. U juda k atta
ilm. Shularni bir o 'rg an ib olishingiz kerak ekan» , deydilar.
— Ayting-chi, yana qanaqa kitoblar o 'q ish im kerak? - so‘raydi yigit
zarda bilan.
— 0 ‘rta m aktab darsligining «She’riyat» boMimida qisqacha m a’lum o t
beriladi. Shu bilan b ir qatorda, hozirgi za m o n shoirlarining s h e ’riy
to ‘plam larini, xalq dostonlarini ham o ‘qib chiqishingiz zarur.
— V oy-bo‘y, bitta sh e’r yozish uchun s h u n c h a kitob o ‘qiym anm i? —
deydi havaskor kitoblar o'qishdan vahm i kelib. lin in g shuncha k itob
o ‘qishdan qo ‘rqib ketganini ko'rib ustoz:
— Bo‘tam ,
0
‘zingiz nim a ish qilasiz? — d eb so'raydi.
— G 'ijjak chalam an, — deydi yigit g'u ru rlan ib .
— Shu g‘i]jak chalish uchun qancha yil o ‘qigansiz?
— 0 ‘n bir yil o 'qiganm an, — deydi yigit.
— B o'tam , shu birgina g‘ijjakni chalishni o ‘rganish uchun o ‘n b ir yil
o'qigan ekansiz. S h e ’r yozish uchun bir u m r o'qiysiz va o ‘rganasiz, —
degan ekanlar. Men u yigitni tanirdim. S he’r yozdi, shoir b olm adi. M usiqa
bastaladi, bastakor bo'lm adi. Xullas, hech kim b o ‘lmay, um ri o ‘tdi. 0 ‘zini
ko‘rsata olmay qoldi. Chunki Alloh berm agan iste’dodi boMmagani u ch u n
uzoq mashaqqatli m ehnatga bardoshi yetm adi.
Qissadan hissa shuki, ssenariynavislikka q o ‘l urgan yozuvchi bir u m r
0
‘qishi, o ‘rganishi va idrok qilishi lozim b o lad i. Y a’ni ssenariynavis olim day
tafakkuri o ‘tkir, yozuvchiday so ‘zi ravon, rassom day tasaw u ri keng,
bastakorday har bir tovushdan ohang topa olishi kerak. Chunki kino san ’ati
sintez san’atdir. Bir butun murakkab hayotning barcha nozikliklarini k o ‘ra
bilish, undan falsafiy xulosa chiqarib, ekran muxlislariga taqdim etishdir.
Teatr spektakllariga zarur bo‘lsa, o ‘zgartirish kiritib borish m um kin, ekran
asarlarida lentani kesib tashlab, qisqartirish m um kin, lekin o kzgartirish kiritish
mushkul. Faqat qo'shim chasyom kalarqilib qo'yish m umkin. Lekin ularda
oldingi ijroning ruhiyati bo'lmaydi. C hip tay am o q d ay ajralib turadi. Ilgarigi
ansambl to ‘qimasiga singib ketmaydi. Keyin jarrohlik bilan yopishtirilgan
teriday, qovjirab tushib ketadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Adabiyot va kino
Bugun ham tay y o r rom an qissa, hikoya, rivoyatlarni, inssenirovka
qilib, ekranlashtirish m um kinm i? Dastlabki davrlarda Tolstoyning yirik
asarlaridan 10 daqiqali, 40 daqiqali filmlar q o ‘yishgan. Lekin bunda bu-
yuk yozuvchilarning m ash h u r asarlari uvol qilingan. M asalan, « 0 ‘tkan
kunlar» rom ani dastlab ekranlashtirilganda o ‘quvchining tasaw uridagi
Kumushbibi oddiy, jo ‘n o ‘zbek qiziday ko‘ringan. Otabek ham oddiy o'zbek
yigitidek gavdalangan. Romandagi yozuvchining go'zal tasviriy tili ekranga
oddiy surat bo'lib ko'chgan. Lekin bu asarlarssenariynavislikning m ukam -
mallashib borishida b ir m aktab bo‘lib xizmat qilyapti.
Shuning u c h u n te a trd a ham m ashhur rom an lard an inssenirovka
qilingan asarlardan k o ‘ra, dram aturgiya ja n rid a yozilgan yangi asarlar
ko‘p ro q u m r ko‘rgan. M asalan, U yg'unva I.Sultonning «Alisher Navoiy»
dram asi, A .Q ah h o rn in g «Tobutdan tovush» satirik kom ediyasi, 0 ‘lmas
U m arbekovning «Q iyom at qarz* dram asi, A b d u qah ho r Ibrohim ovning
«Birinchi bo‘sa» asari, H .G 'u lo m n in g «T oshbolta oshiq» kom ediyasi,
H aydar M u h am m ad n in g «Toshkentning nozan in malikasi» m usiqali
dramasi va hokazolar.
Xuddi shuningdek, kino ekranda original ssenariylar bilan yaratilgan
«M aftum ngm an», «M ahallada duv-duvgap» k a b io ‘nlab filmlar fikrimiz
dalili bo'la oladi.
Bugun maxsus sahna va ekran dramaturgiyasi bo'limlarida tahsil olayot-
gan talabalarim iz kelajakda yetuk ssenariynavis, dram aturglar b o‘lib
yetishadi, degan um iddam iz.
Kinofilm larning dastlabki davrlarida ssenariysiz film lar olish holatiari
bolgan, m a’lum sujet-voqealarning kompozitsion Cizimi bo'lmagani uchun
m ontajxonalarda kinolentalarxirm ongaaylanib ketgan. U ndan maqsadga
muvofiq filmlar yaratish mushkul bo'lgan. Q ahram onlar ko‘pligidan fikrlar
qovushmagan, mavzu aniqligi bo'lmagan. Ana shu yerda ssenariynavisning
m ahorati, iste’dodi, iqtidori, dunyoqarashi, mavzuga ijodiy m unosabati
yaqqol ko'ringan. S senariy yozish uchun katta iqtidor va qobiliyat talab
etilishi his qilingan.
0 ‘zbekistonda biz yuqorida gapirib o‘tganimizdek, kinofilm uchun ssenariy
rus tilida yozilishi kerak, degan a n ’ana zo'rlab singdirilgan. « 0 ‘zbekfilm»
mahsulotlariga albatta rusiyzabon yozuvchilar asosiy ssenariynavis sifatida
qo ‘shib qo‘yilgan. M asalan, Bedilning «Komde va Mudan» dostoni asosida
yaratilgan «Ikki dil dostoni» filmi ssenariysi mualliflari Sharof Rashidov,
Viktor Vitkovichlar bo'lib, 1959-yili «Qizil 0 ‘zbekiston», «Pravda Vostoka»
www.ziyouz.com kutubxonasi
va « 0 ‘zbekistoni Surx» birlashgan nashriyoti d oston asosida yaratilgan
ssenariyni kitob holida o ‘zbek tilida chop etgan.
Ssenariynavislarning yaxshi asarlarini mukofotlarga, unvonlarga tavsiya
qilib, rag'batlantirib turish kerak. U lam i m atbuot sahifalarida, radio,
televideniyelarda keng y oritish kerak, ak ty o rla r rejissy o rlarn i keng
yoritgandek. C hunki ssenariynavislarning ko ‘z o ‘n gida qahram onlari
to‘qnashuvlari, quvonch-u tashvishlari gavdalangan boMadi. 0 ‘zining ssena-
riy yozish tajribasi bilan, bilimi va hayotiy xotiralari va m antiqan asosli
dalillari, falsafiy xulosalari bilan vujudi sug'orilgan boMadi. U nda o ‘z Vataniga,
m illatiga, tizimiga nisbatan tuyg‘ulari shakllangan boMadi. U illatlardan
nafratlanish, ularni barlaraf qilish yoMlarini izlash qobiliyatiga ega boMadi.
U tanlagan mavzuni qalamga olishidan oldin ruhan tayyorlangan boMadi.
Aks holda, ssenariynavisning qalam i sarkashlik qilib, yurm ay qoladi.
V atan tuyg‘usi — millat qayg‘usi
Vatan tuyg‘usi — millat qayg‘usi, degan yuksak tu s h u n c h a ssenariyna
visning yuragiga qachon m ustahkam o'rnashishi m u m k in ? degan savol
tugMlishi mumkin.
Bu o krinda Navoiyning « F arhod va Shirin» dostonidagi Xisrav bilan
F arhodning m ana bu dialogini eslash kifoya:
Dedi: Qay chog'dan oMding ishq aro mast?
Dedi: Ruh tanga ermas edi payvast.
Y a’ni Xisrav kinoya bilan, sen qay vaqtdan beri ishq aro m ast boMib
qolding? deb sobrasa, hali tanim ga ruh kirm asdan o ld in m enga ishq kel-
gan, ~ deb javob beradi Farhod.
Xuddi shutiingdek, bizlarga V atan tuyg‘usi — m illat qayg‘usi hali biz
dunyoga kelmasdan oldin ota-bobolarimiz, ona-inom olarim iz yuragida paydo
boMib, bizga qondan oMganligini e ’tiro f etishim iz kerak. A lisher Navoiy
hazratlarining:
G 'urbatda g‘arib shodm on boMmas emish,
El anga shafiq-u m ehribon boMmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gui butsa,
Bulbulg'a tikondek oshyon boMmas emish! —
ruboiysi har bir ssenariynavis qulog‘ida m illatning ab adiy m adhiyasiday
jaranglab turishi lozim. Ssenariynavislarimizning ko‘zlari 0 ‘zbekistonimiz-
ning Mustaqilligi, uning adolatli siyosati xalqning buyuk ijodkorlarini ko‘ra
bilishi, uni sahna, katta-kichik ekranlarda va om m aviy to m o sh alar orqali
www.ziyouz.com kutubxonasi
nam oyish etishi lozim. Blindan maqsad M ustaqillikni m ustahkam lash,
uni keng o m m a ruhiyatiga sahna orqali singdirish m as’uliyati bo‘lishi
kerak, ijodkorlarimizning xalqiga, Vataniga bo‘lgan yuksak muhabbat (uyg'usi
faqat ishonchli voqealar, kuchli xarakierlar, falsafiy dialoglar, go ‘zal va
hayratli m anzaralar orqali yaralilajak ssenariylarida balqib turishi kerak.
A na sh u n d a ssenariynavisning milliy ruhiyati, milliy tushunchasi, Vatan
va xalq m uhabbati tuyg‘usi aks etib turadi. Ana shundan keyin ssenariynnvis
qalam idan m illiy va bir vaqtda um um insoniy, ham m a xalqlar uch un va
ham m a vaqtlarda birday sevimli bo‘lgan Navoiy, Bobur, Mashrab kabilarning
abadiy asarlaridek, sahna va ekran asarían yaralishi mumkin. Buning uchun
ssenariynavis mavzu tanlashi, milliy va umuminsoniy g'oyalarni o ‘zyuragiga
singdirishi taiab qilinadi.
Sizning asaringiz sahna, ekran filmlari va teleseriallar orqali butun
dunyoni kezib chiqib, abadiyatga qadam tashlashi mumkin. S hunda dunyo
xalqlari film ijodkorlariga, birinchi navbatda, kinoning gavhar m ag‘zi
boMgan ssenariyning yuksakligiga ssenariynavisning mahoraliga va boshqa
ijodkorlarga olqishlar yog‘iladi. Jum ladan, milliy kinoning rejissyoriga,
aktyorlariga va ularning qahramoniariga ham.
Shunda xalq qahramonlarni sevib qolib, yurtimizga, xalqimizga muhabbat
bilan q aray d i. Bu m am lak atim izning nufuzini oshirishga, m a ’naviy
yuksalishga olib keladi.
0 ‘zbek polvonlarining «Kurash»i dunyo xalqlari sport m usobaqalari
qatoridan m unosib o ‘rin olganidek. Dunyoda « 0 ‘zbek boks maktabi» o ‘zining
qator chem pionlari bilan dunyo xalqlarini hayratga solganlaridek. Favqulodda
24 yoshlik T oshkentlik Rustam Qosim jonov «Jahon chem pioni» bo ‘lib,
shaxm at tojini kiygandek. Bular aslida favqulodda emas. Bizda shaxm at,
kurash, ot poygasi, chavgon (ot ustida xokkey) kabilarqadimdan rivojlangan.
Lekin sobiq sh o ‘rolar tizimi o ‘zbek xalqining dunyoga yuz tutishiga har
to m o n lam a to ‘sqinlik qilishgan. Xuddi kinodramaturgiyada o ‘zbek tilida
ssenariylar yozishga ruxsat berilm aganidek. Biz bu haqida oldingi betda
gapirib o ‘tgan edik.
Ssenariynavis mavzu tanlashda milliy va insoniyatning baxt-saodati uchun
xizm at qiladigan voqealarni tanlashi kerak. Tanlangan mavzu asosida
yozilgan ssenariydan yaratilgan film katta-kichik ekranlarda nam oyish
qilingandan keyingina har bir tom oshabin o ‘ziga qandaydir m a’naviy ozuqa
oladi. T om oshabinning yoshidan qat'iy nazar, ham m ada bir xil fikr
uyg‘onishi kerak. «Ko‘ngil ko‘chalari», «Charxpalak» kabi o ‘zbek seriallari
xalqim izning h am m a qatlam lari u chu n m a ’naviy ozuqa bo'lishi kerak.
Sahna va ekran asarlarida román, qissa, hikoya yoki she’rdagidek muallifning
www.ziyouz.com kutubxonasi
îasviri, tushuntirishi, b irs o ‘z bilan aytganda, «M en»i b o lm ayd i. S yom ka
ichida m uallif qiladigan ish yo‘q. V oqealarning m ohiyatini, tab iatin i,
go‘zalligini tushuntirib turadigan, ijobiy yoki salbiy m unosabatlarga e ’tiro z
yoki xayrixohlik fïkr bildiradigan h o latlar boMmaydi. Barcha m an za ra,
xatti-harakatlar voqeaning rivoji va boshqa ekrandagi hayotni gavdalantirish
rejissyor, operator va aktyorlar, bastakor va rassom larzim m asiga yuklanadi.
Ularning badiiy iqtidorlariga havola qilinadi.
Ba’zan ekran ortidan m ualiif nom idan tushuntirish m atniari o 'q ila d i
yoki ekranga yoziladi. Bu voqealarning tarixi, zam oni, makoni haqida m a’lum
darajada oydinlik kiritadi. Bunday holat kam dan-kam qo ‘llaniladi. Binobarin,
«11m o ‘rgatadi, san ’at ko'rsatadi» naql bor. Shu naqlga amal qilgan ho ld a,
san’at asarlari kino va serial film larda k o 'p ro q k o‘rsatishga m o lja lla b
yaratiladi. T u sh u n tirish m atniari b a ’z a n
o rtiq c h a ro q d e k tu y u la d i.
Ssenariynavis manzi! va makon, tarix va davrlarni xatti-harakatga, liboslarga,
qurilgan bino lar ko'rinishiga va q ah ram o n larn in g so‘zlariga singdirib
yuboradi. M asalan, Butun dunyo xalqlari u ch u n birday ulug‘ insonlar ibn
Sino, al-B eruniy, al-X orazmiy, al-B uxoriy, A m ir Tem ur, Bobur kabi
tarixiy buyuk shaxslar, yaqin tarixda d u nyo xalqlariga o ‘z san ’ati b ilan
m ashhurva m an zu rb o ‘lgan raqqosa M ukarram a Turg‘unboyeva, qo‘shiqchi
Botir Zokirov, bokschi Rufat Rixsiyev, hozirda shaxm at tojini kiygan
Rustam Q osim jonov kabilarning n o m larin i, ularning o ‘zbek xalq in ing
farzandi ekanligi va 0 ‘zbekiston ularning V atani ekanligini ssenariylarda
alo h id a faxr b ilan tasvirlab b erib k e tish k erak. Bu faxr, a v v a lo ,
ssenariynavisning vatanparvarlik, m illatparvarlik tuyg‘usi orqali tug ilishi
kerak.
Biz, m avzu d e g a n d a , m a y d a -c h u y d a n a rsa la r bilan o 'r a la s h ib
qolmasligimiz kerak. Mustaqil Respublikamiz uzoq yillar tobelikni boshidan
kechirdi. B u lar hali q a n c h a -q a n c h a film la rg a m avzu b o ‘ladi. Biz
mustaqillikning, aw alo, tub m ohiyatini tushunib olm og‘imiz kerak. N im a
yolg‘on, nim a rost boMganligini anglab olishim iz zarur. Ba’zan do lzarb
mavzular «savdogarchiligi»ga berilib ketmasligimiz kerak. Dolzarb m avzulami
ko'tarish kerak, deb xom-xatala shiorbozlik yo'lidan borib, tom o sh abinn i
zeriktirib q o ‘ymasligimiz kerak. H ar bir m avzu ildizini, tarixini jam iyatga
kerakli yo'n alish d a yaratish o ‘rinli b o ‘ladi. M asalan, «Sensan sevarim »
filmida tadbirkorlik hayotiy qilib qilib tasvirlanadi. Bir so‘z bilan aytganda,
oltinlarni chaqalarga almashtirmaslik kerak. H ar xil ko'ngilochar v oq ealar
bilan chalg'ib, m uhim masalalarni b e e ’tib o r qoldirm aslik kerak.
Asarning g ‘oyasi ekran asarida qahram onlarning xatti-harakatlari orqali
ro'yobga chiqadi. G 'oyalarkonflikt orqali nam oyonj?o‘ladi.
2 - H .M u h a m e d a ly e v
17
www.ziyouz.com kutubxonasi
Konflikt
K o ‘p in cha konflikt b ilan kolliziya birm i? degan savol tu g ‘iladi.
Nazariyotchilar konflikt tarqoq m a’noni anglatib, kolliziya terminiga yaqin
turadi va ular bir-birini te z -te z almashtirib turadi, deyishadi.
Ssenariyda kolliziya keskinlashgan vaqtda kinofilmda konflikt boladi. Konflikt
ko‘proq keskin dramatik sujetli voqealarda ishlatiladi. Ayniqsa kuchli qahramonlar
to'qnashuvida keskin konflikt kelib chiqadi. Shu bois konflikt asar voqealarini
harakatga keltiruvchi m o to r hisoblanadi. Konflikt muallifning maqsadini,
tomonlarning o ‘zaro aloqalar kurashini ifoda etadi. Xulosa shundan iboratki,
voqelikdagi ziddiyatlarning badiiy ko‘rinishi konfliktdir.
Nazariyotchilar konfliktni quyidagicha ta’riflaydilan qarama-qarshi bolgan
k u c h la ro ‘zaro tarafkashlik tendensiyalari usulidagi konflikt, nom utanosib
xarakterlar to ‘qnashuvi tarzidagi konflikt, bir-biriga zid tuyg‘ular jangi -
tashqiyoki ichki kolliziya yo‘sindagi konflikt. Demak, murosasizto‘qnashuvlar
oqibatida konflikt yuzaga keladi. T o ‘qnashuv turlicha dunyoqarashga ega
bo'lgan kishilar aro boMishi m um kin, ya’ni qonuniylik yoki noqonuniylik
o ‘rtasida yuzaga kelishi ehtim oldan xoli emas.
Bizga m a’lumki, konflikt ikki xil bo‘ladi antagonistik va noantagonistik
konflikt. Bunday konfliktlar bir-biridan farq qiladi.
Antogonistik konflikt asosida sinflar, guruhlar kurashi yotadi. Bularda
manfaatlar va taraflaming keskin kurashi ifodalanadi. U lar keltirib chiqargan
antagonistik ziddiyatlar isyonlar, inqiloblarni o ‘zida aks ettiradi. Konfliktlar
keskinligi - xarakterlar tolaqonligining badiiy nam oyon bo'lishidir. 0 ‘zbek
kino asarlaridan T o g ‘ay M u ro d rom ani aso sid a S h u h rat Abbosov
rejissyorligidagi bu holning ifodasi «Otamdan qolgan dalalar» filmida
nam oyon bo'ladi. B osqinchilarning o lz tizim larini o ‘rnatish uchun
shafqatsizliklar qilishi, m ahalliy aholining azob-uqubatlari va antagonistik
ziddiyatlarning yorqin misolidir. Filmda asosiy kolliziyaning sodir etilishidan
aw al kurashga tushgan shaxslar o ‘zlarining nim alarga qodir ekanliklarini
bildiradilar. Bosqinchlik va mahalliy aholi o‘rtasidagi to'qnashuv o ‘sha zamon
uchun xarakterli ziddiyatning hayotiy namunasi bo‘lib gavdalanadi.
Q ahram onlar taqdirida sodir boMadigan fojealar, yuragidagi kechinmalar,
iztiroblar portlab chiqadi va buni ichki olam ziddiyatlarining natijasi sifatida
konfliktning uchinchi ttiri, deb tasaw ur qilsak o ‘rinli b o ‘ladi. Yurakdan
kechadigan ichki kurash antagonistik konfliktlarda em as, noantogonistik
ssenariy voqealarida ham nam oyon bo'ladigan konfliktdir.
K o n flik t a s a rd a n a f a q a t p e r s o n a jla rn i h a r a k a tg a k e ltir a d i,
qahram onlarning qilm ishlarini ham fosh qiladi, balki ruhiyatini ham
www.ziyouz.com kutubxonasi
namoyish qiladi. Q ahram onlar ichki olam in in g shaxslar orasida o'sishi
va rivojlanishi film davom ida nam oyon b o ‘la beradi.
Qahram onlarning ozodlik yo‘lidagi chekkan iztiroblari kolliziyaning aniq
va tiniq ko'rinishiga xizmat qiladi. Xarakterlar o ‘rtasidagi ziddiyat ichki kurashni
keltirib chiqaradi. Qahramonning ongida boMadigan o'zgarish xoh u salbiy,
xoh ijobiy bo'lsin, iztiroblar, gum onsirashlar bu konfliktning tashqi turtki
natijasi sifatida ko‘rinadi. Buni ichki kolliziya, deb qabul qilsa ham b o‘ladi.
K onfliktlar qahram onlarning ichki dunyosi, ruhiy kolliziyasi, ong
tuyg‘ulari bilan bevosita boglanishi m um kin. Konflikt ikki xil qiyofaga ega,
ya’ni biri ichki qiyofa, ikkinchisi tashqi qiyofa.
Tashqi qiyofadagi konflikt ochiq kurash ko‘rinishida nam oyon b o ‘ladi.
Ichki konflikt (kolliziya) qahram onlarning ongi-ruhiyatida b o lib o ‘tadi.
Bu holat qahramonlarning voqealarga turli munosabatlarida, ya’ni sharhlash,
tushunish, idrok qilish sharoitga qarab ish tutish, qiyinchiliklarga d u ch
kelishi, to ‘qnashuvlar in'ikosi sifatida yuzaga keladi. Bir so‘z bilan aytganda,
ularni nozik hissiyotlardan izlamoq kerak. B undan xulosashuki, ziddiyat
kishi ruhiyati, psixologiyasiga borib taqaladi.
Tashqi konflikt ichki ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
H ayotda shunday shaxslar uchraydiki, ulam ing xatti-harakati ham
antaganistik, ham noantaganistik konfliktlar bilan aloqador b o ‘ladi. Bu
o ‘rinda biz konfliktlarga qat’iy chegara q o ‘yish o ‘rinsiz, deb bilamiz. K onf-
liktga voqea va qahram onlarning o ‘zaro kurashuvi yig‘indisi sifatida t a ’rif
berishni to ‘g ‘ri deb tushunamiz.
Konflikt asarda mazmun va shaklning o ‘ziga xos xususiyatlarini k o‘rsatib
beradi.
Zam onaviy filmlar konfliktda noantaganistik ziddiyatlarni aks ettirishi
bilan xarakterlidir. Bunday aks ettirish hayotdagi konflikt bilan s a n ’atdagi
konfliktning m ohiyatini to*g‘ri anglashga yordam beradi. B unday tadq iq
estetik m unosabatni haqqoniy ko‘rsatishga imkon tug'diradi.
Lekin ijtim oiy taraqqiyotning o ’ziga xos ziddiyatlari g‘oyaviylik bilan
badiiylik o ‘rtasidagi konfliktni topib, asarga singdirishda m uallifdan a n c h a
m ahorat talab qiladi. Masalan, «Sensan sevarim» filmida A fzalxon o ‘z
inanfaatini ko'zlab, Azizdan to rtib olib, qizni kelin qilish niyatida soliq
inspeksiyasiga borib chaqadi. T o sh k en td an kelgan usta tadbirkorlik qilib,
soliqdan qochib yurganligini aytadi.
«Sensan sevarim» filmidan parcha:
Afzalxon. B orgapshu, Nusratjon. Q ing’ir ish ko'rganimiz u chu n sizlarga
yetkazib q o ‘yay, dedik. Qallobligi T oshkentd a o ‘tm aganidan buyoqqa
survorgan. Bizning odam larsodda em asm i, istaganicha shilaveradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xodim. Axborot u c h u n rahm at. Darom adni tekshirib ko ‘ramiz. Ochil
pichoqchining qaynisi dedingiz-a, bugunoq topam iz.
Afzalxon. Shunday qiling.
Xodim. Bo‘ptj, akaxon... Lekin bir narsaga hayronm an. Nega endi g ‘o ‘r
bir o'spiringa o'chakishib qoldingiz?
Afzalxon. Q o n u n n i him oyaiash har bir vijdonli odam ning burchi.
Shundaym asmi?
Xodim. G apni boplaysiz, am m o gap shundaki...
Afzalxon. Yaxshi, Nusratjon. Ochiqgaplashaylik. Eshitishimga qaraganda,
o ‘sha Toshkentlik olg‘ir o ‘g ‘limizga moMjallab yurgan, kelin qilm oqchi
b o ‘lgani qizimizga ko‘z olaytirayotgan emish. 0 ‘g‘limiz o'qishda, shundan
foydalanib, bir kelgindi qizni ilib ketmasin, deym an-da.
Xodim. E, gap bu yoqda deng.
Afzalxon. D em ak gap shunday, yashirincha ish tutgani uchun bir
chaqirtirib, jinoiy javobgarlikka tortamiz, deb cho'chitsangiz, juftagini rostlab
qoladi.
Xodim. B o‘pti, akaxon, bu yog‘ini bizga q o ‘yib bering, qonuniy qilib
yasaymiz bolapaqirni! Yashang! Baraka toping!
A fzalx o n . R a h m a t, N u s r a tjo n , om on boMing, y ax shiligin gizn i
u n u tm a y m iz . A ybga b u y u rm a y s iz . O ta o ‘g*il u c h u n q a y is h a r-
kan-da.
Biz yuqorida ay tg an im izd ek , soliq undirish ijtim oiy siyosat b o 'lib ,
u antaganistik ziddiyatni keltirib chiqarishi m um kin. Afzalxon o ‘zining
ichki noantaganistik z id d iy atin i antaganistik ziddiyatga aralashtirib hal
q ilm o q c h i. Asar d av o m id a so liq inspeksiyasi Azizga k atta soliq soladi.
U n in g d o ‘sti ikkita q o 'y in i so tib , soliq pulini to ‘laydi. Shu bilan yigit
T o sh k e n tg a qochib k etm ay d i. A ndijon avtozavodiga ishga kirib, o ‘z
iqtid ori bilan konstruktorlik tanlovida g'olib chiqib, sevgilisiga uylanadi
va G erm an iy ag a o 'q ish g a k etad i. Bu yerda ssenariynavist F .M usajon
k a tta yozuvchiligi tufayli ich k i kolliziya bilan tashqi k on fliktning bir-
birig a q orishib ketishini a n iq k o ‘rsata oigan.
D ra m a tik konflikt
Ssenariy yozish uchun tan lan g an voqealarning xaraklerlariga qarab,
konfliktlarni dramatik, tragik va komik konfliktlarç>a ajratamiz. Agaryozilgan
ssenariyda dramatik voqealaraks etsa, qahramonlarning to'qnashuvi asosida
asar dram atik tarzda davom ettiriladi va dramaturgik konfliktlar ekran or-
qali nam oyish ettiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
...U Qora shoh qarshisida hind xalqining m ash h u r raqsini ijro etm oqda:
raqs shu qadar nafis, shu qadar go‘za!ki, tasvirga til ham ojizlik qiladi.
(Rassom) O tup C h a tr qo‘li m iniatura ustid an so ‘nggi m arta o ‘tdi-y u,
mo'yqalamni yerga q o ‘ydi.
Cholg'u o voz i tinadi. Komde o ‘yindan to ‘xtaydi. Shoh miniaturaga diqqat
bilan tikilarkan, rassomga qarab deydi:
- San’atingga m ing borofarin!
Otup C hatr yer o 'pib, ta’zim qiladi. Mag‘rur shoh so ‘zida davom qiladi:
- Xizmatingni hotam lik bilan taqdirlaym iz. S ho h qarsak chaladi. Bir
ko‘zi ko‘r am ir kirib keladi.
- Bugunoq ko‘zlarini o ‘yib olsinlar, toki uning suratini qayta chizmasin.
B undan aslo z a ra r k o 'rm a y d i, k o 'z la rin in g o ‘rn iga x azin am izn in g
qim m atbaho gavharlaridan ikki dona qo‘yib q o ‘yam iz, - deydi Amirga va
O tup Chatrga yuzlanib davom etadi. — Seni esa k o ‘chaga tashlam aym iz,
saroygajoylashtiram iz, istaganingni yeb, istaganingni ichaverasan.
Otup Chotra ko'zlarida chaqnab turgan nur bir zum da o'chadi, u darhol
mukka tushib ta’zim qiladi.
~ Ey, taxtim izning husni jam oli. Q udratli shohim ! M arham atingizdan
g‘oyat m innatdorm an!
Kom dening norozilik ovozi eshitiladi:
- M ening bilaguzugim sariq bo‘lsa ham , rassom qizil qilib oigan.
Shoh miniaturaga tikiladi:
- Darhaqiqat, uning bilaguzugi sariq-ku, nega sen qizil qilib chizding?
Rassom ehtirom bilan boshini egadi:
- Sariq bo‘yog‘im tugab qolgan edi. S o 'n g ra K om dening ko‘ylagi
za’faronday tovlanib turibdi. Bu rangga qizil ju d a yarashadi, shohim!
- Qizil bilaguzuk taqishni istasam, qizilini taqardim ! - deydi K om de.
- Am m o m en sarig'ini taqdim . Q ani, sariq bilaguzukni chizsin.
Shoh bir ko‘zí ko‘r amirga tikiladi:
- Bo‘yoqchilarga buyur. Sariq rang olib kelishsin!
A m irchiqib ketdi. Shoh so ‘zida davom qiladi:
- H ozirb o 'y o q olib kelurlar. Rassom senga sariq bilaguzuk yasar.
- Bilasizmi, baribir u sariq bilaguzuk o ‘rniga qizil bilaguzuk chizibdi.
Endi ko'kini solsa ham mayli. M ening ko'ylagim ga ko‘k bilaguzuk ju d a
yarashadi. Men ko‘k bilaguzugimni olib kelay, u rasmga olsin...
- G aplaring ham jonga tegdi, mayli ko‘k boMsa, kolk bo'lsin! M ayli
ko‘k bilaguzuk taqib, suratga tushsin.
U eshik tom on b ir necha qadam bosgach, asta t o ‘xtaydi va rassom ni
ogohlantiradi:
www.ziyouz.com kutubxonasi
- Bizdan q o chib ketishni xayolingga ham keltirma! Dengizning tubiga,
baliqning qorniga yashirinsang ham , b arib irto p ib olamiz.
Shoh chiqib ketadi.
....K om de rassom ni to r yo‘lakdan boshlab boradi va unga zaharxanda
bilan gapiradi:
- Ko‘zlarini shoh o ‘yib olishiga faqat tentak odamgina quvonishi mumkin.
M ana shunday dram atizm asarda rivojlanadi.
O tup C h a tr sam im iy tabassum bilan deydi:
- A norni m en esa m -u , sening tishing qamashsa!
- Shoh kunduzi desa, agar bo‘lsa tun quyosh, oyni ko‘rdim , degin
shoh u chu n, degan baytni eshitganing yo‘qm i?
Komde taqqa to ‘xtaydi:
- Shunday deng! M ayli, qizil bo‘lsa qizil boMsin, - suratni unga beradi.
- Bog‘ga chiqib, eshik og‘asiga mana bu uzukni bersangiz, sizni tashqariga
chiqarib yuboradi, boring!
Orqa eshikni ochadi.
- Qaytib kelishim zarurm i? - Sekingina so ‘raydi O tup C hatr.
- Agar ko‘zlaringiz evaziga qim m atbaho tosh olishga shoshilayotgan
bo‘lsangiz, albatta qaytib kelasiz.
K o‘rinib turibdiki, rassom endi shundoqqina qaytib kelmaydi. Kelsa,
shoh uchun bir og‘iz so‘z bo'lgan «Jallod» deyishi bilan buyuk iste’dodning
boshi kesiladi. Raqqosa Komde ham deyarli shu qismatga yoliqadi. Rassom
qo'yniga K om dening rasmini solib, boshi og‘gan tom onga ketadi. U ni endi
boshqa taqdirlar bilan birga, dramatik voqealar kutm oqda. Shunday qilib,
choyxonaga kelib q oladi, m usofir bo‘lib. Bu yerda yangi konfliktlar
boshlanadi.
S senariyda d a stla b sh o h , rassom , K om de o 'rta s id a keskinliklar
boshlanadi, sekin -asta K om dening surati orqali M udan sevib qoladi va
konfliktning ikkinchi yo'nalishi boshlanadi.
Konflikt o ‘tk ir shiddat bilan namoyon boMadi. Oqibatda faqat asosiy
qahram onlargina em as, uncha e'tiborga loyiq boMmagan personajlar ham
keskin dram atizm ga duch keladi. Masalan, bog‘bon Boxunadji M udanga
«Sehrli tanbur»ni sovg‘a qiladi. Saroy shoiri M uham m ad Muhsin aralashadi.
Bu ssenariy n in g y u tu g 'i shundak i, u n d a zid diyatlar va q aram a-
qarshiliklarni. keskin to'qnashuvlarni o'zida ifodalovchi kuchli konfliktni
ko‘ramiz, q a h ra m o n la rn i uch nozik qirralari yaqinlashadi, konflikt
dram atizm ning badiiy m aydonida ishtirokchilar b o lib xizmat qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
T ragik konflikt
Tragik ssenariyda o‘ziga xos konfliktlar mavjud bo'ladi. Ulami dramaturgik
va komik konfliktlar bilan solishtirib bo'lm aydi. Ijtimoiy ziddiyatlarni ifoda
etgan konfliktlar ko‘pincha fojeali xarakterlarga ega bo'ladi. A garda sotsial
yovuzliklar tantana qilgan taqdirda ham ssenariyda qahram on ning fojeasi
tom oshabinlar yuragidagi g'alabaga aylanib qolishi kerak.
Tragik konfliktga ssenariynavis F arh o d M usajonning « H ak im at-
Termiziy» hujjatli ilmiy-badiiy film i ssenariysidagi bir rivoyat hayajonli
qilib tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |