Haydar muhamedaliyev ssenariynavislik



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana13.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#354519
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ssenariynavislik mahorati (H.Muhamedaliyev)



0 ‘Z B E K IST 0N   RESPUBLIK ASI
 
OLIY VA  0 ‘RTA  M AXSUS  TA’L IM   VAZIRLIGi
HAYDAR  MUHAMEDALIYEV
SSENARIYNAVISLIK
 
MAHORATI
Darslik
0 ‘zb ekiston  R esp u b lika si  O liy  va  o ‘rta   m a x s u s   t a ’lim  vazirligi
 
to m o n id a n   sa n   'at  va  m a d a n iy a t  o liy   о ‘q u v  yu rtla ri
 
u c h u n   darslik  sifa tid a   ta v s iy a   etilgan
.—
________
Q )
N i z o m i y   n o m l i
TDPU
kutubxonasi
4-b9L(oi, 
i
  '
«Musiqa»  nashriyoti 
Toshkent
 
2009
www.ziyouz.com kutubxonasi


85.334.3(5Ÿ)
h
73 
M  96
Ushbu  darslik  yuzlab  q o ‘shiqlar¡,  o ‘nlab  dram alari,  o ‘n  beshdan  ortiq 
she’riy va sahna asarían nashr etilgan, asarían asosida kinofilm, qator telefilm, 
spektakllar yaratilgan  hassos  shoir va  dramaturg  H aydar  M uham m adning 
qalamiga  mansub.  M uallifning  qariyb  50  yilllik  ijodiy  tajribalari,  0 ‘zbek 
Milliy akademik dram a  teatrida  ko‘p yil adabiy  rahbar  bo'lib  ishlaganligi, 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  M adaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi  Repertuar 
redaksion  kollegiyaga  a'zolik  (muharririik)  faoliyati,  0 ‘zbekiston  Milliy 
teleradiokompaniyasining « 0 ‘zbekiston» radiokanali «Dramaturgiya» boMimida 
mudirligi, 0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi dram atuigiya kengashining 
a ’zosi,  raisi,  rais o ‘rinbosarligi lavozimlarida ishlaganligi, 0 ‘zbekiston davlat 
san’at institutining katta o'qituvchisi lavozimidagi faoliyatlari kinodramaturgiya, 
teled ram atu rg iy ad a,  o m m av iy   to m oshalar  u ch u n   ssenariylar  yozish 
yo‘riqlarini o ‘igatuvchi darslik yaratishga asos bo'ldi.  Bu kitob nafaqat  San’at 
va  M adaniyat institutlari  talabalariga,  balki ssenariy yozishga qiziquvchilar 
uchun ham  m uhim  q o ‘llanm a bo‘ladi,  degan  flkrdamiz.
T aq riz ch ilar:
N .S A Y F U L L A Y E V   —  tarix   fa n la ri  n o m z o d i,  d o tse n t. 
M .M U H A M M E D O V   —  0 ‘zb e k isto n   s a n ’at  a rb o b i,  d o ts e n t.
ISBN  978-9943-307-41-4
©   «M usiqa»  nashriyoti,  2009 
©   H ay d a r  M uham cdaliyev,  2009
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIR1SH
«Ssenariy»  — italyancha so‘z  b o ‘lib,  kinoda,  televideniyeda,  teatrlarda 
qo‘yi!adigan  pyesalar, om maviy tom o sh alar dasturi,  rejasi,  sujet, sxemasi, 
kirish  payti,  chiqish  vaziyatidir.
«Ssenariy»  so ‘ziga forscha  «N avisanda»  — yozuvchi,  adib  m a ’nosidan 
«navis»  q o ‘shilib,  «Ssenariynavis»  atam asi  yaratilgan va tatbiq qilingan.
Ssenariynavislik tarixiga nazar  tashlasak, yozuvchilik  tarixini  ko ‘ramiz.
Adabiy  turlar —  nazm,  nasr,  d ra m a va  eposlar q ac h o n   p ayd o  b o lg a n  
b o klsa,  ssenariylar  ham  o ‘shanda  paydo  b o lg a n ,  deyishga  asosim iz  bor. 
C hunki ssenariylarda  epik  kenglik,  dram aturgik o ‘tkir  ziddiyatlar,  nasriy 
tasvirlar,  nazm iy nafosat aks etadi.
Biz  ssenariynavislik  tarixini  o ‘rganish  uchun  adabiyot  tarixiga  bir 
nazar  tashlab o'tishim iz shart,  deb o lylayman.  Ssenariynavis-yozuvchilar 
ko'proq b o lib  o ‘tgan voqealar haqida  yozib,  ko‘z o ‘ngim izda,  ekranlarda 
gavdalantirib,  o ‘z  g‘oyalarini  tadqiq  qiladilar.  Sodda  qilib  aytganda,  har 
biryozuvchi faqat yaxshilikni,  adolatni,  m ehr-m uhabbatni  o ‘z  g'oyalariga 
m azm un  qilib  oladilar.  Shu  g 'o y a la r  orqali  o ‘q u v ch i,  to m o sh a b in , 
tinglovchilarni  yaxshilik tom on yetaklaydilar,  yomonlikni  yo‘qotish uchun 
kuzatuvchan  ruhiyatni  tarbiyalaydilar.  C hunki  inson  tafakkuri  kuchli, 
qudratli  mavjudotdir.  A garunga  yovuzlik g'oyasini  singdirsalar,  insoniyat 
boshiga  qirg‘in-u  falokatlar  keltirishi  shaksiz.  U nga  yaxshilik  g ‘oyasi 
singdirilsa,  dunyoni yashnatib,  insoniyat uchun  ruhiy  va  farovon  davrni 
yaratish  m um kin.
Bizga adabiyot tarixidan  m a'lu m k i,  eram izdan  aw alg i  X lll-V a s r la r- 
da  —  d u n y o   adabiyoti,  a n iq ro g 'i  grek  adabiyoti  rivoj  to p d i.  G rek 
ad ab iy o tin in g   o ‘lmas  d ah o lari  G o m e r,  Sofokl,  Esxil,  A risto fa n la r 
dunyoga  keldi.  U larning  b ad iiy   asarlari  qariyb  u ch  m in g  y ild an  beri 
dunyo  xalqlarining  m a’naviy d u rd o n a la ri  b o ‘lib  k elm o q d a.
U ndan  keyin  Rim  adabiyotida  yuksalish  bo'ldi.  XVI  asrda  Yevropa 
xalqfaridan  ingliz  adabiyotida ad ib  Shekspir,  M ario  kabilarning adabiyot
www.ziyouz.com kutubxonasi


m aydoniga chiqishlari  dunyo  m adaniyati  rivojiga yorqin  rang bo ‘lib kirdi. 
X V III  asrda  G yote,  S hillerlar  o lm o n   xalqi  m adaniyatiga  shon-shuhrat 
keltirdi.  XIX asrda Gyugo,  D yum a,  Standel,  Flober,  M opassanlarfransuz 
adabiyotining  o ‘lmas daholari  bo‘lib qad ko‘tardi.  Bu davrlarda rus adabiyoti 
ham   o ‘zining  Pushkin,  T urgenev,  Chexov,  Gogol  kabi  m ashhur adiblari 
bilan dunyo m a’naviyatiga ulkan  hissa qo'shdi.
0 ‘zbek adabiyoti ham   qariyb  ming yillik davrida  «Alpomish»,  «Tohir 
va  Z uhra»  kabi  qator  xalq  d oston lari,  M ahm ud  Q oshg‘ariy,  Yassaviy, 
N avoiy,  Bobur,  Ogahiy,  N o d ira   kabi  o ‘nlab  daho  adiblarning  asarlari 
bilan  d unyogayuztutdi.
XX  asrda  o ‘zbek adabiyoti  A bdulla Qodiriyning  nasriy-rom anchilik 
asarlari bilan  boyidi.  Dram aturgiyaga asos solindi. Oybek,  Abdulla Qahhor, 
Said  A hm ad,  M irm uhsin,  O dil  Yoqubov,  Pirimqul  Q odirov,  0 ‘lmas 
U m arbekov,  0 ‘tkir  H oshim ov  kabi  iste’dodli  adiblar  nasriy  asarlarni 
rivojlantirgan  bo‘lsalar,  o ‘zbek  adabiyotining  nazm  yo'nalishida  XX  asr 
g ulshanini  yaratgan  G 'a fu r G ‘u lo m ,  Oybek,  H am id  O lim jon,  M irtem ir, 
Zulfiya,  Shayxzoda,  Shukrullo,  S huhrat,  Asqad  M uxtor,  Turob  T o ‘la, 
R am z  Bobojon,  Hamid  G ‘ulom ,  Erkin  Vohidov,  Anvar  Isroilov,  Jam ol 
K am ol,  Abdulla  Oripov  kabi  o ‘nlab  iste’dodlar qad  ko‘tardi.
Dram aturgiyada yorqin iz qoldirgan adiblar haqida  Hafiz Abdusamatov 
«Drama nazariyasi» kitobida shunday yozadi: «milliy adabiyotimiz xalq hayotiga 
ju d a yaqinlashib ketdi,  u bilan  uyg'unlashdi,  uning sevimli adabiyoti  bo‘lib 
qoldi. Xuddi ana shu davrda eng qiyin jan rb o lg an  dramaturgiya paydo bo'ldi 
va u baquw at  namunalarini bera boshladi. Nihoyat,  ular rivoj topgan mamla- 
katlarda yaratilgan  pyesalar bilan  raqobatlasha oladigan saviyaga ko‘tarildi. 
Bunga  Behbudiy,  Hamza,  F itrat,  C ho'lpon,  Yashin,  Abdulla  Qahhor, 
Uyg‘un,  Shayxzoda, Sobir Abdulla,  G 'ulom  Zafariy,  Xurshid, Said Ahmad 
a sa rla rin in g   ayrim lari  c h e t  m am lak atlarn in g   sah n alarid an   jo y   olib, 
tom oshabinlarning ijobiy baholariga  sazovor boMganini asos qilib olishimiz 
m um kin.  Bulardan tashqari,  Izzat Sulton, Nazir Safarov,  Ziyo Said,  Zinnat 
F a tx u llin ,  U m arjo n   Ism oilov,  S h u k ru llo ,  Erkin  V ohidov,  0 ‘lm as 
U m arbekov,  Ramz  Bobojon,  H am id  G ‘ulom,  Odil  Yoqubov,  Abdulla 
O ripov,  A bduqahhor  Ibrohimov,  S h arof Boshbekov,  H aydar M uham m ad, 
M uham m ad Xayrullayev, Sanjarali  I momov kabi qator dramaturglar yetishib 
chiqdiki,  ulardan  har birining o ‘ziga xos badiiy  xizmatlari bor».  Bu nom lar 
qatoriga  hozirgi  kunda  dram aturg  Hayitmat  Rasul,  Erkin  Xushvaqtov, 
Salohiddin  Sirojiddinovlarni  q o ‘shish  mumkin.
Ssenariy — adabiy tur sifatida  dramaturgiyaga  yaqinligi  bilan  boshqa 
adabiy  turlardan  keskin  farq  qiladi.  C hunki  ssenariy,  dram atik asar ham
www.ziyouz.com kutubxonasi


yakka o'qish  bilan bir qatorda,  ekranlashtiriladi, sahnalashtiriladi. Ssenariy 
esa sahnalarda ommaviy teatrlashtirilgan  holda kino, tele va boshqa ekranlar 
uchun  kinofilm,  telefilm, videofilm,  teleseriallar shaklida syomka,  m ontaj 
qilib tomoshabinlarga havola etiladi.
Ssenariynavis o ‘z badiiy ssenariy asarini yakka holda o ‘qish uchun  ham  
to liq  badiiy tasvirlar bilan yozish kerak.  U larni kitob holida nashr qildirib, 
kitobxonlarga yetkazish kerak.  Kutubxonalaiga yuborilishini ta’minlash zarur. 
Bir m arta film olinganidan  keyin  arxiv sandig'iga tashlab yuborish,  kelajak 
avlodlarni tayyor badiiy asarlardan foydalanishdan bebahra qiladi.  Kelajakda 
rejissyorlaroldin qo‘ytlgan ssenariylaiga m urojaat qilib, zam ona kinosanoati 
bilan  ajoyib biryangi  ftlmlar ishlash  m um kin.  M asalan, yaqin-yaqingacha 
sahna  asarlarini  nashr  qilishda  ayrim   n o sh irlar  dram atik  asarlar  sah n a 
uchun,  ssenariylar ekranlar uchun  yozilgan,  ularni  nashr  qilib,  qog‘o zn i 
uvol  qilish  kerak  em as,  deyishardi.
Tarix shuni  isbotladiki,  Shekspir,  M oller,  Ostrovskiy,  H am za,  C h o ‘1- 
pon, Yashin,  U yg'un,  I.Sulton, A .Q ahhor,  M .Shayxzoda,  Xurshid d ram a- 
iari  kitob holida  nashr qilinganligi,  birinchi  navbatda,  sahna asarlari bilan 
qiziquvchi o ‘quvchi!arning ehtiyojini qondirib,  kutubxonani bezash,  ikkinchi 
navbatda,  teatr,  kino,  televideniye  rejissyorlari qayta-qayta murojaat  qilib, 
sahnalashtirilib,  ekranlashtirish  im koniyatlari  paydo boMmoqda.  «S an ’at» 
va «M adaniyat»  institutlari va kollejlar,  m aktab o ‘qituvchi va o ‘quvchilari 
foydalanishmoqda.  XXI asrning kom puter rivoji san’at va adabiyotni ja h o n  
aro targ‘ib etishda ssenariy kitoblarisiz  kem tik bo‘lib qolish  hech gap em as. 
Xuddi  shuningdek,  teleseriallar,  kinofilm lar rivojlanib borayotgan  paytda 
barcha turdagi ssenariylarni  kitob holida nashr qilish yo‘lga qo'yilsa,  maqsadga 
muvofiq  b o 'la r edi.
Milliy m a’naviyatimiz  ekran ssenariy kitoblari  bilan boyitilgan bo ‘lardi.
Men  0 ‘zbekiston  fanlar akadem iyasining  kutubxonasida,  0 ‘zbekiston 
davlat san’at instituti kutubxonasida russsenariynavislaridan E.Gabrelovichning 
4  jildlik  ssenariylar  to'plam ini  ko‘rib,  behad  xursand  boMdim.  0 ‘zbek 
ssenariynavislarning shunaqajild-jild ssenariy to ‘plamlarining nashr qilinishini 
orzu  qildim .  Rus  tilida  S.M uham edov  to ‘plagan  ayrim  ssenariylar  va 
Sh.Rashidov va V.Vitkovichning  «Ikki  dil dostoni» ssenariysi  kitob  holida 
chiqqandan  keyin  boshqa nashr qilingan  kinossenariy topolmadim .
Ssenariy yozishda  adabiyotning, ayniqsa dramaturgiyaning barcha  qonun- 
qoidalariga  amal qilinadi.  Kinematografiya  talablarini  hisobga oigan holda, 
albatta.  Bular keyingi boblarda alohida-alohida o'rganiladi.  Shuning u ch u n  
ssenariynavislar  yozuvchi-kinem atografiar  deyiladi.  Ssenariynavislik  — 
yozuvchilik.  Lekin o ‘ziga xosyozuvchilikdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ssenariynavislikning  nazariy  asoslari
O 'zbek  K inem atografiyasida ssenariynavislikning  nazariyasi  ustida  bir 
m u n c h a   u m u m iy -ijo d iy   is h la r  qilingan,  d esa  b o 'la d i,  Bu  h aq d a 
X .A b u lq o s im o v a ,  J o 'r a   T e s h a b o y e v ,  H a m id u lla   A k b a ro v   kabi 
kinoshunoslar  tom o n id an  yaratilgan  kitoblarda ayrim   boblar bor.  Lekin 
I.S u lto n n in g   «A dabiyot  nazariyasi»,  H .A b d u sam ato v n in g   «D ram a 
n azariyasi»ga  o ‘x sh a g a n   a lo h id a   nazariy  d a rslik   va  qoM lanm alar 
yaratilm agan.  0 ‘zbek  tilid a  faqat  H amidulla A kbarovning  «Adabiyot  va 
k in o »   k ito b in in g   « S s e n a r iy - a d a b iy o t  va  k in o   m u lk i»   q is m id a  
ssenariynavislik  h a q id a   b a ’zi  nazariy  fikrlar berilgan.  U  ham   ko ‘proq 
badiiy  adabiyot  bilan  b o g ‘liqlik  yo‘nalishida.
H am idulla  Akbarov:  «Ssenariynavis  ham  nosir  va  shoir  kabi  yagona 
qurol,  ya’ni  badiiy so ‘z  bilan  obraz  yaratadi.
U  ham   rom an  yoki  s h e ’riy  poem a  y aratayo tg an  san ’atk o r  kabi 
adabiyotning qonun-qoidalariga  rioya qiladi», — deb yozadi.
Shundan ko'rinib turibdiki,  ssenariyyozayotganda  adabiyot  nazariyasi 
asoslariga  amal  qilish  talab  etiladi.  Ssenariynavis  o ‘ziga  xos yozuvchi,  u 
adabiyot  va  d ram aturgiya  nazariyalarni  m ukam m al  o ‘rganishi  kerak. 
Ssenariynavis  ko'rish  va  eshitish  uchun  yozgan  asari  qaysi  ekran  san’ati 
orqali amalga oshirilishini  inobatga olishi shart.  Buning uchun qaysi ekranni 
moMjallab yozayotganligini  bilib,  ish  boshlashi  kerak b o ‘ladi.
U  birdunyo  obrazlar,  xarakterlarni o'zining tafakkuri va hissiyoti bilan 
gavdalantiradi.  U nga  davr  m uam m olarini  singdiradi.  U ni  jam oatchilik, 
davlatchilik  jamiyati qonuniyatlariga amal qilgan  holda harakatga keltiradi.
Buning uchun xarakterlarni yaratish, hayotiy kompozitsiyalarni qurish, 
mukammal sujetni yuzaga keltirish  lozim bo'ladi.  Kompozitsion yetuklik esa 
rom an, qissa,  dram a,  hikoya va dostonlar yaratish  nazariyasiga amal  qilish 
orqali  yaratiladi.
S senariy  yaratishning  o‘ziga  xosligi
Ssenariynavis birinchi navbatda,  inson  psixologiyasini,  ruhiyatini yaxshi 
bilishi  kerak. Adabiyot va san ’atni oddiygina emas,  sevib o ‘rganishi zarurat. 
Zam on  siyosatidan bir siyosatdon darajasida xabardor bo‘lishi kerak.  Lekin 
o ‘zi  siyosatchi  b o lis h i  shart  em as,  chunki  o ‘zi  a ’zo  bo ‘lgan  partiyaning 
d a ’vatchisiga  aylanib,  s a n ’atni  qurol  qilib  yuborishi  m um kin  emas.  0 ‘zi 
a ’zo boMgan  partiyaga uning a ’zosi emas, ssenariynavis sifatida, o ‘z ssenariy 
asarlarining um um insoniyg'oyalar, vatan va milliy manfaatlar yolida xizmai
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilishi zarurligini unutm aslik  kerak.  S hundagina o 'z b e k   kinosi  milliy, shu 
bilan  bir qatorda,  um um insoniy g ‘oyalarga  xizm at  qiladigan  asarlarimiz 
dunyoga keladi va shunday asarlar dunyo ekranlarini  bezaydi.
0 ‘zbek tilida kino uchun ssenariy yozish endi  tetapoya qilib, shakllanib 
kelmoqda. Garchand  1924-yildan « 0 ‘lim minorasi»  kabi o'zbek kinofilmlari 
chiqaboshlagan bo'lsa ham , ulam ing ssenariylari faqat  rus tilida yaratilgan. 
Bu  hol  1991-yil 0 ‘zbekiston  Respublikasi o ‘z Mustaqilligini e ’Ion qilguncha 
va  m ustaqillikdan  keyin  ham   anch a  davom   etib  keldi.  H ozir  ssenariylar 
asosan o'zbek tilida yozilayotganligi  haqiqatdir.
Lekin  Respublika  televideniyesida  70-yillardan  boshlab  o'zbek  tilida 
ssenariylar  yozilgan,  teleekranlashtirilgan.  0 ‘.H o sh im o v n in g   «Inson 
sadoqati»,  «Oybek»ning rom ani  asosida «Navoiy»,  Pirim qul Qodirov asari 
asosida «Yulduzli tunlar»  kabi videofilmlar, «Teleminiaturalar teatri»,  «Otalar 
so‘zi  -  aqlning  ko‘zi»  ko‘rsatuvlari  ssenariylari  ham   ssenariynavislikning 
dadil  qadamlari  hisoblanadi.
E strada  ssenariynivisligi  h am   m ustaqillikdan  keyin  rivojlanganligi 
sir  em as.
Ilgari om maviy sayillar,  teatrlashtirilgan  lom oshalar,  yubileylar,  archa 
bayram lari  ssenariylari  ham   rus  tilida  yozilib,  keyin  o ‘zbek  tiliga  pala- 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish