Haydar muhamedaliyev ssenariynavislik


I.  KATTA-KICHIK  EKRAN  BADIIY  SSENARIYNAVISLIG I



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana13.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#354519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ssenariynavislik mahorati (H.Muhamedaliyev)

I.  KATTA-KICHIK  EKRAN  BADIIY  SSENARIYNAVISLIG I
Ssenariyni qanday yozisli  kerak?
Birinchi  navbatda,  mavzu  tanlash  kerak.  A w alo ,  tan lan g a n   m avzuni 
ikir-chikirigacha chuquro'rganish taqozo etiladi. Va tomoshabinga aytmoqchi 
boMgan  fikrlarni,  aw alo,  m iyada  pishitib  olm oq,  uni  h azm   qilm oq  va 
undan so‘ng ssenariyni ishlab chiqarish holatiga keltirish kerak.  Bu uzoq va 
m ashaqqatli  m ehnat  talab  qiladi.
Mavzu qanday tanlanadi?
Y ozuvchi,  shoir,  dram aturglar  qalam ga  olingan  m avzularni  qanday 
lanlasalar, ssenariynavislar ham shunday mavzu tanlaydilar. Y a’ni yuragini 
o ‘rtab,  yozm asa  bolm aydigan  darajaga  kelib  qolgan  vo qea-h od islalarn i 
qog‘ozga tushuradilar. So'ngra uni  rejissyorlarga, badiiy kengashlarga taqdim 
etadilar. Yoki davlat tom onidan,  rejissyorlarga dolzarb m avzularda ssenariy 
yozib berish uchun buyurtm a-shartnom alar taklifqilinadi.  S h u n d an  so'ng 
agar kelishib olinsa,  ssenariy yozishga  kirishadilar.
Albatta boshlovchi ssenariynavislar aw al  o ‘zlari yozib,  h a m m a  to ‘siq- 
talablar,  badiiy kengashlardan  o ‘tib,  bir-ikki  filmda o ‘zlarini  iqtidorlarini 
ko‘rsatsalar,  keyin  bitta-yarim ta  m utasaddi tashkilotlar  b uy urtm a berishi 
m um kin.  K o‘pincha  kinorejissyorlar  o'zlari  ssenariy  yozishga  kirishib 
ketadilar.  0 ‘zlari syomka qilib,  film  ishlab chiqaradilar.  Bundny holda,  biz 
yuqorida aytganimizdek, ssenariynavis kabi  ijodiy iqtidorga ega b o lm ag an 
shaxslar yozganligi  uchun  chalak am -ch atti,  hissiyoti  sovuq,  ch ala  o 'lik  
film laryuzaga keladi.  Chunki  xalqim izda  «chum chuq  so‘ysa  h am ,  qassob 
so‘ysin»  degan  naql  bor.
D em ak,  kinosan’atningyuragi  b o lg a n  ssenariyni  iste’dodli yozuvchi- 
ssenariynavis yozish kerak.  Filin ijodkorlari bilan tomoshabin bahsga kirishib 
o'tirm aydi. Yoqmasa  kinozaldan  turib chiqib ketadi. Agar eshiklar qulflab 
q o ‘yilsa,  qaram asdan,  ko'zini  yum ib  o ‘tiradi,  televizorni  k o ‘rayotgan 
bo‘lsa, boshqa kanalga oladi. Bunday holda ssenariynavis ssenariy yozayotgan
www.ziyouz.com kutubxonasi


vaqtda ob-havo yom on edi,  kayfiyati chatoq edi,  xotin yo onasi  kasal edi, 
degan  bahon alar  film  titriga  yozilm aydi.  Yaxshi  ssenariy  yozish  uchun 
albatta,  yuksak  iqtidor  va  tafakkur,  tasaw ur,  iste’dod  kerak.  Ovozining 
shirasi yo‘q odam ashula aytib ko‘rsin-chi, olqishga emas,  nafratga uchraydi. 
S h e’rni hech qachon robot va kom pyuterlaryoza olmaydi.  Chunki ularning 
tafakkuri yo‘q,  hissiyot to la  yuragi yo‘q.  Iste’dod dangasalikni,  loqaydiikni, 
yom on  niyatni,  g‘arazgo‘ylikni  yoqtirm aydi  va  istamaydi.  Iste'dodsizlar 
ssenariy yozishga qo‘l  ursalar borm i?  Nari  borsa,  ular tom osha  dasturini 
tuzishlari  mumkin.  Binobarin, shartnom a va buyurtma asosida tavsiya etilgan 
m avzuda yaxshi ssenariy  yozib boMmaydi.
Yaxshi ssenariynavis, qaysi  m avzuda yozsam ekan,  ham m a mavzularda 
film lar yozib bo'lingan,  deb bosh  qotirib o‘tirmaydi.  Iqtidorli  ssenariynavis 
uch u n   m avzuiar cheksiz,  u lar  hali  qo'riq  yerday  o ‘zlashtirilm ay  turibdi. 
C h u n k i  haqiqiy  ijodkorga  m avzuiar  o ‘zi  eshik  qoqib  keladi.  Faqat  uni 
tu sh u n ib   qabul  qilib  olish  kerak,  hayotning  har  bir  qirrasi,  insonning 
turush-turm ush i  mavzudir.
Ssenariynavis ham m a ijodkorlardek hayotning ham m a  ikir-chikirlariga 
qiziqishi  kerak.  Shu  bilan  birga,  un i  idrok  qilib,  qissadan  hissa  chiqara 
bilishi  ham  kerak. Aks liolda  ham m a bilganlari  keraksiz, ortiqcha yuk boMib 
qolaveradi.
Ssenariynavis mukammal obraz yaratish uchun inson psixologiyasini  yaxshi 
bilishi  zarur.  Xarakterlarning ijobiy-salbiy  ko’rinishi jamiyat  uchun  qanday 
oqibatlar keltirib chiqarishini  bilish  kerak.  Shunga ko‘ra o ‘z qahramonlarini 
harakatlantirib, tomoshabinga namuna sifatida ko'rcata olishi kerak. Ijobiy holatdan 
zavqlanib,  unga  o ‘xshashga  intilish  ham,  salbiy  holatlardan jirkanish  ham 
tarbiya. Y a’ni xalq iborasi bilan aytganda, yomonlikdan yaxshilikni o'rganish 
lozim.  Shu jihatdan  har  bir yoziladigan  ssenariy,  u  qaysi janrda  bo'lmasin, 
ham m asining  g‘oyasi  insonga  ruhiy  ozuqa  berishi  va  adab  maktabining 
m a’naviyat darsligi sifatida  taqdim  etilishi lozim.
S senariyda  milliy qadriyatlar  m a'naviyati,  baynalm inal  ruhiyat,  ya’ni 
um u in so n iy  g ‘oyalar  uyg‘un  bo 'lishi  kerak.  Chunki  har  bir  millat  jahon 
xalqlarining bir bo'lagidir.  Bu a n 'a n a  qadimdan davom etib kelgan.
Eram izdan awalgi antik dunyo adabiyoti, aniqrog'i,  dunyo adabiyotining 
buyuk  nam unalari,  G om er,  Shekspir,  Shiller,  G yote,  Tolstoy,  Chexov, 
Sofokl asarlari, Oddesiya va llliada, Alpomish kabi epos va dostonlar,  Navoiy 
va A.Qodiriy asarlari ana shunday buyuk asarlardir.  Bu davrlarda ms adabiyoti 
ham o 'zining   Pushkin, Tolstoy,  Chexov kabi daho yozuvchilari bilan dunyo 
m adaniyatiga  ulkan  hissa  qo'shdi.  Bular  hamma davrlarning  va  ham m a 
xalqlarning  yozuvchilaridir.  U lar yer yuzida  insoniyat bor ekan,  yaxshilik-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ezgulik  uchu n  xizmat  qilaveradi.  Ssenariynavislam ing  yaratgan  sah n a  va 
ekran asariari ham  vaqti kelib, dunyo xalqlarining qalbini zabt etib,  kelajakka- 
abadiyatga yo‘l olishi  mumkin.
Buning uchun ssenariynavislarda tuhnia iste’dod, mukammal bilim yuksak 
falsafiy tafakkur  b o lish i  kerak.  S hund a  s a n ’at  olam ida  favqulodda  shaxs 
sifatida bo‘y ko‘rsatadi.  Iste’dod  ishchanlikni,  nozik ta’b lik n i,  o 'z  xalqiga 
muhabbatli  b o lish n i,  Vataniga  fidoyilikni,  o ‘zining  ishonch  va  irodasiga 
sodiqligini yoqtiradi.  Ssenariynavis  o ‘z xalqining ijobiy va salbiy tom onlarini 
yaxshi bilgan  holda asar  yaratishga  kirishishi zarur.  Chunki  ijobiy fazilatni 
elga  namoyish  qilish va uni  ibrat  m aktabiga  aylantirish va dunyo xalqlariga 
yuqtirish,  salbiy  holatga  nisbatan  kcskin  kurash olib  borish,  salbiy  illatdan 
xalos qilish  masalasi  ijodkor oldida  ko‘ndalang turishi  kerak.
Ssenariynavis — eng awalo, yozuvchilikning  ruhiyati bilan ekran falsafa- 
sini,  xarakter  iinkoniyatini  yaxshi  o ‘zlashtirgan  b o lish i  kerak.  M usiqa  va 
tasviriy san'at  turlarini  tushuna  bilishi  va  ulardan  foydalana olishi lozim . 
R om annavis  yozuvchidek  o ‘rab  turgan  m uhit  va  tabiat 
m an zarasini 
qahram onlarning  xoh  ijobiy,  xoh  salbiy b o ls in ,  ichki  dunyosini,  m aqsad 
va niyatini chuqur idrok qilib, tanlagan mavzusi va g'oyasiga  xizmat qildiradigan 
bo'lishi kerak.  U lirika — she’riyatni chuqur tushunishi va yozayotgan ssenariy 
ruhiyatiga qarab, she'riyatdan unumli foydalana bilishi lozim.  U yuksak falsafiy 
m ushohada bilan o ‘z asari ni yakunlay  bilishi kerak.
Ssenariynavis ayrim o ‘ziga bino qo‘ygan balandparvoz rejissyoming ongsiz 
quliga aylanib qolmasligi  kerak.  Lekin rejissyor fikrlarini  dabdurustdan  rad 
etmasdan,  ijodiy yondashib, chuqur m ulohazadan  keyin  o ‘z fikrini bildirib, 
haqligini  misol  va aniq  dalillar bilan  isbotlab berishi  va  haq  b o isa ,  be’m ani 
o'jarlikdan voz kechib,  ishlab berishni bo'yniga olishi ham kerak. Aks holda, 
ssenariynavis bilan rejissyor o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib,  tom oshabin 
yangi bir yaxshi filmdan bebahra qolishi  m um kin.  Fojeashu yerdagi aksariyat 
o'zbek ssenariynavislari rejissyorlar bilan murosaga borib, ko‘p narsayo'qotishadi. 
Nega deganda, ssenariynavisning boshqa boradigan eshigi yo'q.  Rejissyor esa 
q o l  uzatib,  yetib  bolm as,  ilohiy shaxs  hisoblaydi o'zini.
Ba’zan buyuk asarlar muallifnmg qism atiga aylanish  hollari  ham  u ch rab 
turadi,  Bu ko'rolmaslik, hasad va m unaqqidlam ing birtom onlam a yondashish 
holatlaridan  ham   kelib chiqadi.
Rivoyal  qilishlaricha,  H indistondagi  «Toj  mahal»  duny on in g  yetti 
m o'jizasidan  biri  sifatida  e 'tiro f etiladi.  Em ishki,  shu  binoning  tarixini 
yaratish  uch un  shoh  dunyo  m e’m orlariga  tanlov  e ’ion  qiladi.  S h u n d a  
Buxorolik bir m e’m or ushbu  bino tarixini  chizib boradi va tanlovda g 'o lib  
chiqadi.  Lekin shoh  bir  shart  qo'yadi:  loyiha bizga  m a’qul,  qabul  qilam iz.
www.ziyouz.com kutubxonasi


S hu  shart  bilanki,  bino  bitgandan  keyin  sening  qoMingni  bilagingdan 
kesam iz.  Chunki  sen  boshqa  biron  bir  m am lakatda  sh u  xildagi  boshqa 
b in o   qurm asliging  kerak,  deydi  va  o ‘ylash  uchun  bir  kun  m uhlat  beradi. 
M e ’m o r  kechasi  bilan  o ‘ylab  chiqadi.  Qo'lini  saqlay  desa,  loyiha  —  ijod 
ijobat boMmaydi. Loyihaga ijozat bersa,  nogironlik azobi.  Nihoyat, u o‘ylaydi. 
M ening um rim   nari  borsa,  yan a 30 yil. Im orat  qurilsa,  necha asrlar o ‘tsa 
ham   m eni  eslashadi.  N om -n ish o n siz  o‘lib  ketgandan  ko ‘ra,  uzoq  asrlar 
sendan  qolgan  ijod  insoniyatga  bezak b olsa,  bu  baxt, deydi-da,  qo llarin i 
kesishga rozilik beradi.  Im orat qurilishi 30 yil davom etadi.  Bitgach, barcha 
xizm atchilar in’om lar ila taqdirlanadi.  Me’morning esa qo‘li kesiiadi.  Shoh 
uning  um rining oxirigacha va bola-chaqalariga yetadigan  m ablag1 beradi. 
Lekin usta m e’m or uzoq yillar «Toj  mahal» qasri atroflda sharpaday aylanib 
yurganini  ko'rishgan  ekan.
Buyuk yozuvchi A.Qodiriyni quyma oltindek bashariyatga va abadiyatga 
daxldor « 0 ‘tgan kunlar»,  «M ehrobdan chayon» asarlari tufayli qirq yoshida 
sho‘rolar tuzumi «Xalq dushm ani» tamg'asi bilan uni otib tashlagan.  Usmon 
N osirni  otashin she’rlari u ch u n   27  yoshida qatag'on  qilishgan.  ChoMpon, 
F itrat  va  boshqa  iqtidorli  yozuvchi  va  shoirlar asarlari  tufayli  jonlaridan 
ju d o   boMganlar.  T arixda  M ashrab,  N odiralar  ham   shunday  qismatga 
uchraganlar.
Ssenariynavis  ham   o ‘z  ssenariylari  bilan  vatan  tuyg‘usi,  millat  erki, 
qayg'usi uchun  ham isha jasorat  bilan ekran maydoniga chiqm oqligi  kerak. 
Shundagina milliy va um um insoniy kino, teleseriallar dunyoga kelib, jahon 
ekranlaridan  munosib o 'rin   egallaydi.
B obur yozm oqchi:
«H abib boshidan  kech,  agar senga  ishq  kerak boMsa,
Bu y o lg a  qo‘ym a oyoq,  agar senga bosh  kerak bolsa».
Bu  millat va  insoniyat yuksak g'oyalarining  m ushtaraklik  ishqidir.  Joni 
shirinlarqo'ligaqalam  olib,joniniqiynam ayqo‘yaqolsin.  Boshqa bir tirikchilik 
m anbayi bilan  mashg‘ul  boMgani  m a’qul.  Ijodning  harnrna turi  ham azob, 
lekin  yaxshi  natijasi  shuki,  shu  asar bilan  bugun,  erta  va  kelajak  avlodlar 
quvonishi  mumkin.  Buning uchun azob sharobini totm oqlik ham  sharafdir. 
H a rb irjah o n sh u m u l  ijod  nam unasi o ‘z-o‘zidan  dunyoga kelmaydi.  Uzoq 
vaqt  o ‘qish-o‘rganish va idrok qilishdan  so‘ng dunyoga keladi.
S hu  o lrinda  0 ‘zbekiston  xalq  shoiri  M irtem ir  (1910-1978)  bilan  bir 
s h e ’r m ashq  qiluvchi  yigitning  suhbatini  aytib  o ‘tishni jo iz  deb bildim.
M irtem ir  m ashhur  va  m a n z u r  b o ‘lgan  shoirdir.  R am z  Bobojon, 
E.V ohidov,  Zulfiya,  T urob T o ‘la,  H .G 'ulom ,  S huhrat  kabi  shoirlar unga 
u sto z  deb  m urojaat  etishardi.  M irtem ir  yozuvchilar  uyushm asida  yosh
www.ziyouz.com kutubxonasi


yozuvchilar  sem inarini  boshqargan davrda b ir s h e ’r m ashq qiluvchi  yigit 
«ijod»  nam unalarini  tashlab  ketadi.  U stoz  sh o ir  bir  nechta  «she’rlarini» 
o ‘qib,  bu bitiklar,  hatto,  she’riy mashq  ham  em as,  fikr ham ,  hissiyot  h am  
yo'q   ekanligini  e ’tiborga  olib  qo‘yadilar.  O ra d an   b ir  necha  kun 
0
‘tgach , 
havaskor  keladi,  ustoz  yotig'i  bilan:  « 0 “g ‘lim ,  sh e ’r  yozish  uchun  hali 
ancha  o ‘qishingiz  kerak.  She’rning  o ‘z  q o n u n -q o id ala ri  bor.  «Adabiyot 
nazariyasi»  degan  kitobda  «Barmoq»  vaznida  yoziladigan  she’rlarning, 
bo‘g‘ini,  qofiyasi,  m a’lum  bir shakli b o lish i  haq id a yozilgan.  U juda k atta 
ilm.  Shularni  bir o 'rg an ib  olishingiz  kerak  ekan» ,  deydilar.
—  Ayting-chi,  yana  qanaqa  kitoblar  o 'q ish im   kerak?  -   so‘raydi  yigit 
zarda bilan.
— 0 ‘rta  m aktab darsligining «She’riyat»  boMimida qisqacha  m a’lum o t 
beriladi.  Shu  bilan  b ir  qatorda,  hozirgi  za m o n   shoirlarining  s h e ’riy 
to ‘plam larini,  xalq dostonlarini  ham o ‘qib chiqishingiz zarur.
—  V oy-bo‘y,  bitta  sh e’r yozish  uchun  s h u n c h a   kitob  o ‘qiym anm i?  — 
deydi  havaskor  kitoblar  o'qishdan  vahm i  kelib.  lin in g   shuncha  k itob 
o ‘qishdan  qo ‘rqib  ketganini  ko'rib  ustoz:
—  Bo‘tam , 
0
‘zingiz  nim a  ish  qilasiz?  —  d eb so'raydi.
— G 'ijjak chalam an,  — deydi yigit g'u ru rlan ib .
— Shu g‘i]jak chalish uchun qancha  yil  o ‘qigansiz?
—  0 ‘n  bir  yil  o 'qiganm an,  —  deydi  yigit.
—  B o'tam ,  shu  birgina  g‘ijjakni  chalishni  o ‘rganish  uchun  o ‘n  b ir  yil 
o'qigan  ekansiz.  S h e ’r  yozish  uchun  bir  u m r  o'qiysiz  va  o ‘rganasiz,  — 
degan ekanlar.  Men  u yigitni tanirdim.  S he’r yozdi, shoir b olm adi.  M usiqa 
bastaladi,  bastakor bo'lm adi.  Xullas,  hech  kim   b o ‘lmay, um ri o ‘tdi.  0 ‘zini 
ko‘rsata olmay qoldi.  Chunki Alloh berm agan  iste’dodi boMmagani  u ch u n  
uzoq mashaqqatli  m ehnatga bardoshi yetm adi.
Qissadan  hissa  shuki,  ssenariynavislikka  q o ‘l  urgan  yozuvchi  bir  u m r 
0
‘qishi, o ‘rganishi va idrok  qilishi  lozim b o lad i. Y a’ni ssenariynavis olim day 
tafakkuri  o ‘tkir,  yozuvchiday  so ‘zi  ravon,  rassom day  tasaw u ri  keng, 
bastakorday har bir tovushdan ohang topa olishi  kerak.  Chunki kino san ’ati 
sintez san’atdir.  Bir butun murakkab hayotning barcha  nozikliklarini  k o ‘ra 
bilish,  undan  falsafiy  xulosa  chiqarib,  ekran  muxlislariga  taqdim  etishdir. 
Teatr spektakllariga zarur bo‘lsa,  o ‘zgartirish  kiritib borish  m um kin, ekran 
asarlarida lentani kesib tashlab, qisqartirish  m um kin, lekin o kzgartirish kiritish 
mushkul.  Faqat qo'shim chasyom kalarqilib qo'yish  m umkin.  Lekin ularda 
oldingi  ijroning  ruhiyati bo'lmaydi.  C hip tay am o q d ay  ajralib turadi.  Ilgarigi 
ansambl to ‘qimasiga  singib ketmaydi.  Keyin jarrohlik  bilan yopishtirilgan 
teriday,  qovjirab tushib ketadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Adabiyot  va  kino
Bugun  ham   tay y o r  rom an  qissa,  hikoya,  rivoyatlarni,  inssenirovka 
qilib,  ekranlashtirish  m um kinm i?  Dastlabki  davrlarda  Tolstoyning  yirik 
asarlaridan  10  daqiqali,  40  daqiqali  filmlar q o ‘yishgan.  Lekin  bunda  bu- 
yuk  yozuvchilarning  m ash h u r  asarlari  uvol  qilingan.  M asalan,  « 0 ‘tkan 
kunlar»  rom ani  dastlab  ekranlashtirilganda  o ‘quvchining  tasaw uridagi 
Kumushbibi oddiy, jo ‘n o ‘zbek qiziday ko‘ringan.  Otabek ham oddiy o'zbek 
yigitidek gavdalangan.  Romandagi  yozuvchining go'zal tasviriy tili ekranga 
oddiy surat  bo'lib  ko'chgan.  Lekin bu asarlarssenariynavislikning  m ukam - 
mallashib  borishida  b ir m aktab  bo‘lib xizmat  qilyapti.
Shuning  u c h u n   te a trd a   ham   m ashhur  rom an lard an   inssenirovka 
qilingan  asarlardan  k o ‘ra,  dram aturgiya  ja n rid a   yozilgan  yangi  asarlar 
ko‘p ro q u m r  ko‘rgan.  M asalan,  U yg'unva  I.Sultonning «Alisher Navoiy» 
dram asi,  A .Q ah h o rn in g   «Tobutdan  tovush»  satirik  kom ediyasi,  0 ‘lmas 
U m arbekovning  «Q iyom at  qarz*  dram asi,  A b d u qah ho r  Ibrohim ovning 
«Birinchi  bo‘sa»  asari,  H .G 'u lo m n in g   «T oshbolta  oshiq»  kom ediyasi, 
H aydar  M u h am m ad n in g   «Toshkentning  nozan in  malikasi»  m usiqali 
dramasi va hokazolar.
Xuddi  shuningdek,  kino  ekranda  original  ssenariylar  bilan  yaratilgan 
«M aftum ngm an»,  «M ahallada duv-duvgap»  k a b io ‘nlab  filmlar fikrimiz 
dalili bo'la oladi.
Bugun  maxsus sahna va ekran dramaturgiyasi bo'limlarida tahsil olayot- 
gan  talabalarim iz  kelajakda  yetuk  ssenariynavis,  dram aturglar  b o‘lib 
yetishadi,  degan  um iddam iz.
Kinofilm larning  dastlabki  davrlarida ssenariysiz  film lar olish  holatiari 
bolgan,  m a’lum sujet-voqealarning kompozitsion Cizimi bo'lmagani uchun 
m ontajxonalarda kinolentalarxirm ongaaylanib ketgan.  U ndan  maqsadga 
muvofiq filmlar yaratish  mushkul bo'lgan. Q ahram onlar ko‘pligidan fikrlar 
qovushmagan,  mavzu aniqligi bo'lmagan.  Ana shu yerda ssenariynavisning 
m ahorati,  iste’dodi,  iqtidori,  dunyoqarashi,  mavzuga  ijodiy  m unosabati 
yaqqol  ko'ringan.  S senariy  yozish  uchun  katta  iqtidor va  qobiliyat  talab 
etilishi  his  qilingan.
0 ‘zbekistonda biz yuqorida gapirib o‘tganimizdek, kinofilm uchun ssenariy 
rus tilida yozilishi  kerak,  degan a n ’ana zo'rlab singdirilgan.  « 0 ‘zbekfilm» 
mahsulotlariga albatta  rusiyzabon yozuvchilar asosiy ssenariynavis sifatida 
qo ‘shib qo‘yilgan.  M asalan,  Bedilning «Komde va  Mudan» dostoni asosida 
yaratilgan  «Ikki  dil  dostoni»  filmi  ssenariysi  mualliflari  Sharof Rashidov, 
Viktor Vitkovichlar bo'lib,  1959-yili  «Qizil 0 ‘zbekiston», «Pravda Vostoka»
www.ziyouz.com kutubxonasi


va  « 0 ‘zbekistoni  Surx»  birlashgan  nashriyoti  d oston  asosida  yaratilgan 
ssenariyni  kitob  holida  o ‘zbek  tilida  chop etgan.
Ssenariynavislarning yaxshi asarlarini  mukofotlarga,  unvonlarga tavsiya 
qilib,  rag'batlantirib  turish  kerak.  U lam i  m atbuot  sahifalarida,  radio, 
televideniyelarda  keng  y oritish  kerak,  ak ty o rla r  rejissy o rlarn i  keng 
yoritgandek.  C hunki  ssenariynavislarning  ko ‘z  o ‘n gida  qahram onlari 
to‘qnashuvlari, quvonch-u tashvishlari gavdalangan boMadi.  0 ‘zining ssena- 
riy  yozish  tajribasi  bilan,  bilimi  va  hayotiy  xotiralari  va  m antiqan  asosli 
dalillari,  falsafiy xulosalari bilan vujudi  sug'orilgan boMadi.  U nda o ‘z Vataniga, 
m illatiga,  tizimiga  nisbatan  tuyg‘ulari  shakllangan  boMadi.  U  illatlardan 
nafratlanish,  ularni barlaraf qilish yoMlarini izlash qobiliyatiga  ega  boMadi. 
U  tanlagan  mavzuni qalamga olishidan oldin  ruhan  tayyorlangan  boMadi. 
Aks  holda,  ssenariynavisning qalam i sarkashlik qilib,  yurm ay  qoladi.
V atan  tuyg‘usi  —  millat  qayg‘usi
Vatan tuyg‘usi — millat  qayg‘usi,  degan yuksak  tu s h u n c h a  ssenariyna­
visning  yuragiga  qachon  m ustahkam   o'rnashishi  m u m k in ?  degan  savol 
tugMlishi  mumkin.
Bu  o krinda  Navoiyning  « F arhod   va  Shirin»  dostonidagi  Xisrav  bilan 
F arhodning m ana bu dialogini  eslash  kifoya:
Dedi:  Qay chog'dan oMding  ishq  aro  mast?
Dedi:  Ruh  tanga ermas edi  payvast.
Y a’ni  Xisrav  kinoya  bilan,  sen  qay  vaqtdan  beri  ishq  aro   m ast  boMib 
qolding?  deb  sobrasa,  hali  tanim ga  ruh  kirm asdan  o ld in   m enga  ishq  kel- 
gan,  ~   deb javob  beradi  Farhod.
Xuddi  shutiingdek,  bizlarga  V atan  tuyg‘usi  —  m illat  qayg‘usi  hali  biz 
dunyoga kelmasdan oldin ota-bobolarimiz, ona-inom olarim iz yuragida paydo 
boMib,  bizga  qondan  oMganligini  e ’tiro f etishim iz  kerak.  A lisher  Navoiy 
hazratlarining:
G 'urbatda g‘arib shodm on boMmas emish,
El anga shafiq-u  m ehribon  boMmas emish.
Oltin  qafas  ichra gar qizil  gui  butsa,
Bulbulg'a tikondek oshyon  boMmas emish! —
ruboiysi  har  bir ssenariynavis  qulog‘ida  m illatning  ab adiy   m adhiyasiday 
jaranglab turishi  lozim. Ssenariynavislarimizning ko‘zlari  0 ‘zbekistonimiz- 
ning  Mustaqilligi, uning adolatli siyosati xalqning buyuk  ijodkorlarini  ko‘ra 
bilishi,  uni sahna,  katta-kichik  ekranlarda va om m aviy to m o sh alar orqali
www.ziyouz.com kutubxonasi


nam oyish  etishi  lozim.  Blindan  maqsad  M ustaqillikni  m ustahkam lash, 
uni  keng  o m m a   ruhiyatiga  sahna  orqali  singdirish  m as’uliyati  bo‘lishi 
kerak,  ijodkorlarimizning xalqiga, Vataniga bo‘lgan yuksak muhabbat (uyg'usi 
faqat  ishonchli  voqealar,  kuchli  xarakierlar,  falsafiy  dialoglar,  go ‘zal  va 
hayratli  m anzaralar orqali  yaralilajak  ssenariylarida  balqib  turishi  kerak. 
A na  sh u n d a ssenariynavisning  milliy  ruhiyati,  milliy  tushunchasi,  Vatan 
va xalq  m uhabbati tuyg‘usi aks etib turadi. Ana shundan  keyin ssenariynnvis 
qalam idan  m illiy  va  bir vaqtda  um um insoniy,  ham m a  xalqlar  uch un   va 
ham m a vaqtlarda birday sevimli bo‘lgan Navoiy,  Bobur,  Mashrab kabilarning 
abadiy asarlaridek, sahna va ekran asarían yaralishi  mumkin.  Buning uchun 
ssenariynavis mavzu tanlashi,  milliy va umuminsoniy g'oyalarni o ‘zyuragiga 
singdirishi  taiab  qilinadi.
Sizning  asaringiz  sahna,  ekran  filmlari  va  teleseriallar  orqali  butun 
dunyoni  kezib chiqib, abadiyatga qadam  tashlashi  mumkin. S hunda dunyo 
xalqlari  film   ijodkorlariga,  birinchi  navbatda,  kinoning  gavhar  m ag‘zi 
boMgan ssenariyning yuksakligiga ssenariynavisning mahoraliga va boshqa 
ijodkorlarga  olqishlar  yog‘iladi.  Jum ladan,  milliy  kinoning  rejissyoriga, 
aktyorlariga va ularning qahramoniariga ham.
Shunda xalq qahramonlarni sevib qolib, yurtimizga, xalqimizga muhabbat 
bilan  q aray d i.  Bu  m am lak atim izning   nufuzini  oshirishga,  m a ’naviy 
yuksalishga olib keladi.
0 ‘zbek  polvonlarining  «Kurash»i  dunyo  xalqlari  sport  m usobaqalari 
qatoridan m unosib o ‘rin olganidek.  Dunyoda « 0 ‘zbek boks maktabi» o ‘zining 
qator chem pionlari bilan dunyo xalqlarini hayratga solganlaridek.  Favqulodda 
24  yoshlik  T oshkentlik  Rustam   Qosim jonov  «Jahon  chem pioni»  bo ‘lib, 
shaxm at  tojini  kiygandek.  Bular aslida favqulodda  emas.  Bizda shaxm at, 
kurash,  ot poygasi, chavgon (ot ustida xokkey) kabilarqadimdan rivojlangan. 
Lekin  sobiq  sh o ‘rolar tizimi  o ‘zbek  xalqining  dunyoga  yuz  tutishiga  har 
to m o n lam a  to ‘sqinlik qilishgan.  Xuddi  kinodramaturgiyada  o ‘zbek tilida 
ssenariylar yozishga  ruxsat  berilm aganidek.  Biz  bu  haqida  oldingi  betda 
gapirib o ‘tgan  edik.
Ssenariynavis mavzu tanlashda milliy va insoniyatning baxt-saodati uchun 
xizm at  qiladigan  voqealarni  tanlashi  kerak.  Tanlangan  mavzu  asosida 
yozilgan  ssenariydan  yaratilgan  film  katta-kichik  ekranlarda  nam oyish 
qilingandan keyingina har bir tom oshabin o ‘ziga qandaydir m a’naviy ozuqa 
oladi.  T om oshabinning  yoshidan  qat'iy  nazar,  ham m ada  bir  xil  fikr 
uyg‘onishi  kerak.  «Ko‘ngil  ko‘chalari»,  «Charxpalak»  kabi o ‘zbek seriallari 
xalqim izning  h am m a  qatlam lari  u chu n  m a ’naviy  ozuqa  bo'lishi  kerak. 
Sahna va ekran asarlarida román, qissa, hikoya yoki she’rdagidek muallifning
www.ziyouz.com kutubxonasi


îasviri,  tushuntirishi,  b irs o ‘z bilan aytganda,  «M en»i b o lm ayd i.  S yom ka 
ichida  m uallif  qiladigan  ish  yo‘q.  V oqealarning  m ohiyatini,  tab iatin i, 
go‘zalligini tushuntirib turadigan,  ijobiy yoki salbiy m unosabatlarga e ’tiro z 
yoki  xayrixohlik  fïkr  bildiradigan  h o latlar  boMmaydi.  Barcha  m an za ra, 
xatti-harakatlar voqeaning rivoji va boshqa ekrandagi hayotni gavdalantirish 
rejissyor,  operator va aktyorlar,  bastakor va rassom larzim m asiga yuklanadi. 
Ularning badiiy iqtidorlariga havola qilinadi.
Ba’zan  ekran  ortidan  m ualiif nom idan   tushuntirish  m atniari  o 'q ila d i 
yoki ekranga yoziladi.  Bu voqealarning tarixi, zam oni, makoni haqida m a’lum  
darajada oydinlik kiritadi.  Bunday holat kam dan-kam  qo ‘llaniladi.  Binobarin, 
«11m o ‘rgatadi,  san ’at  ko'rsatadi»  naql  bor.  Shu  naqlga amal qilgan  ho ld a, 
san’at  asarlari  kino  va  serial  film larda  k o 'p ro q   k o‘rsatishga  m o lja lla b  
yaratiladi.  T u sh u n tirish   m atniari  b a ’z a n  
o rtiq c h a ro q d e k   tu y u la d i. 
Ssenariynavis manzi! va makon, tarix va davrlarni xatti-harakatga, liboslarga, 
qurilgan  bino lar  ko'rinishiga  va  q ah ram o n larn in g   so‘zlariga  singdirib 
yuboradi.  M asalan,  Butun dunyo xalqlari u ch u n   birday ulug‘  insonlar ibn 
Sino,  al-B eruniy,  al-X orazmiy,  al-B uxoriy,  A m ir  Tem ur,  Bobur  kabi 
tarixiy  buyuk  shaxslar,  yaqin  tarixda  d u nyo  xalqlariga  o ‘z  san ’ati  b ilan  
m ashhurva m an zu rb o ‘lgan  raqqosa M ukarram a Turg‘unboyeva, qo‘shiqchi 
Botir  Zokirov,  bokschi  Rufat  Rixsiyev,  hozirda  shaxm at  tojini  kiygan 
Rustam   Q osim jonov  kabilarning  n o m larin i,  ularning  o ‘zbek  xalq in ing  
farzandi  ekanligi  va  0 ‘zbekiston  ularning V atani  ekanligini ssenariylarda 
alo h id a   faxr  b ilan   tasvirlab  b erib   k e tish   k erak.  Bu  faxr,  a v v a lo , 
ssenariynavisning vatanparvarlik,  m illatparvarlik tuyg‘usi orqali  tug  ilishi 
kerak.
Biz,  m avzu  d e g a n d a ,  m a y d a -c h u y d a   n a rsa la r  bilan  o 'r a la s h ib  
qolmasligimiz kerak.  Mustaqil Respublikamiz uzoq yillar tobelikni  boshidan 
kechirdi.  B u lar  hali  q a n c h a -q a n c h a   film la rg a   m avzu  b o ‘ladi.  Biz 
mustaqillikning,  aw alo,  tub m ohiyatini tushunib olm og‘imiz kerak.  N im a  
yolg‘on,  nim a  rost  boMganligini  anglab  olishim iz  zarur.  Ba’zan  do lzarb  
mavzular «savdogarchiligi»ga berilib ketmasligimiz kerak.  Dolzarb m avzulami 
ko'tarish  kerak,  deb xom-xatala shiorbozlik yo'lidan  borib,  tom o sh abinn i 
zeriktirib q o ‘ymasligimiz kerak.  H ar bir m avzu  ildizini,  tarixini jam iyatga 
kerakli  yo'n alish d a  yaratish  o ‘rinli  b o ‘ladi.  M asalan,  «Sensan  sevarim » 
filmida tadbirkorlik hayotiy qilib qilib tasvirlanadi.  Bir so‘z bilan aytganda, 
oltinlarni chaqalarga almashtirmaslik  kerak.  H ar xil  ko'ngilochar v oq ealar 
bilan  chalg'ib,  m uhim   masalalarni  b e e ’tib o r qoldirm aslik  kerak.
Asarning g ‘oyasi ekran asarida qahram onlarning xatti-harakatlari orqali 
ro'yobga chiqadi.  G 'oyalarkonflikt  orqali  nam oyonj?o‘ladi.
2  -   H .M u h a m e d a ly e v
17
www.ziyouz.com kutubxonasi


Konflikt
K o ‘p in cha  konflikt  b ilan   kolliziya  birm i?  degan  savol  tu g ‘iladi. 
Nazariyotchilar konflikt tarqoq m a’noni anglatib,  kolliziya terminiga yaqin 
turadi va ular bir-birini te z -te z  almashtirib turadi,  deyishadi.
Ssenariyda kolliziya keskinlashgan vaqtda kinofilmda konflikt boladi. Konflikt 
ko‘proq keskin dramatik sujetli voqealarda ishlatiladi. Ayniqsa kuchli qahramonlar 
to'qnashuvida keskin konflikt kelib chiqadi. Shu bois konflikt asar voqealarini 
harakatga  keltiruvchi  m o to r  hisoblanadi.  Konflikt  muallifning  maqsadini, 
tomonlarning o ‘zaro aloqalar kurashini ifoda etadi.  Xulosa shundan iboratki, 
voqelikdagi ziddiyatlarning badiiy ko‘rinishi  konfliktdir.
Nazariyotchilar konfliktni quyidagicha ta’riflaydilan qarama-qarshi bolgan 
k u c h la ro ‘zaro tarafkashlik  tendensiyalari usulidagi  konflikt,  nom utanosib 
xarakterlar  to ‘qnashuvi  tarzidagi  konflikt,  bir-biriga  zid  tuyg‘ular jangi  -  
tashqiyoki ichki kolliziya yo‘sindagi konflikt. Demak, murosasizto‘qnashuvlar 
oqibatida  konflikt  yuzaga  keladi.  T o ‘qnashuv  turlicha  dunyoqarashga  ega 
bo'lgan  kishilar aro  boMishi  m um kin,  ya’ni  qonuniylik  yoki  noqonuniylik 
o ‘rtasida yuzaga kelishi ehtim oldan xoli emas.
Bizga m a’lumki,  konflikt  ikki xil bo‘ladi  antagonistik va  noantagonistik 
konflikt.  Bunday konfliktlar bir-biridan farq qiladi.
Antogonistik konflikt  asosida sinflar, guruhlar kurashi yotadi.  Bularda 
manfaatlar va taraflaming keskin  kurashi ifodalanadi.  U lar keltirib chiqargan 
antagonistik ziddiyatlar isyonlar,  inqiloblarni o ‘zida aks ettiradi.  Konfliktlar 
keskinligi  -  xarakterlar tolaqonligining badiiy nam oyon bo'lishidir.  0 ‘zbek 
kino  asarlaridan  T o g ‘ay  M u ro d   rom ani  aso sid a  S h u h rat  Abbosov 
rejissyorligidagi  bu  holning  ifodasi  «Otamdan  qolgan  dalalar»  filmida 
nam oyon  bo'ladi.  B osqinchilarning  o lz  tizim larini  o ‘rnatish  uchun 
shafqatsizliklar qilishi,  m ahalliy aholining azob-uqubatlari va antagonistik 
ziddiyatlarning yorqin  misolidir.  Filmda asosiy kolliziyaning sodir etilishidan 
aw al  kurashga tushgan  shaxslar o ‘zlarining nim alarga qodir ekanliklarini 
bildiradilar.  Bosqinchlik va mahalliy aholi o‘rtasidagi to'qnashuv o ‘sha zamon 
uchun  xarakterli ziddiyatning  hayotiy namunasi  bo‘lib gavdalanadi.
Q ahram onlar taqdirida sodir boMadigan fojealar, yuragidagi  kechinmalar, 
iztiroblar portlab chiqadi va buni  ichki olam ziddiyatlarining natijasi sifatida 
konfliktning  uchinchi  ttiri,  deb  tasaw ur  qilsak  o ‘rinli  b o ‘ladi.  Yurakdan 
kechadigan  ichki  kurash  antagonistik  konfliktlarda em as,  noantogonistik 
ssenariy voqealarida  ham   nam oyon bo'ladigan  konfliktdir.
K o n flik t  a s a rd a   n a f a q a t   p e r s o n a jla rn i  h a r a k a tg a   k e ltir a d i, 
qahram onlarning  qilm ishlarini  ham   fosh  qiladi,  balki  ruhiyatini  ham
www.ziyouz.com kutubxonasi


namoyish  qiladi.  Q ahram onlar  ichki  olam in in g   shaxslar  orasida  o'sishi 
va rivojlanishi  film davom ida nam oyon  b o ‘la beradi.
Qahram onlarning ozodlik yo‘lidagi chekkan iztiroblari kolliziyaning aniq 
va tiniq ko'rinishiga xizmat qiladi. Xarakterlar o ‘rtasidagi ziddiyat ichki kurashni 
keltirib chiqaradi. Qahramonning ongida boMadigan o'zgarish xoh  u salbiy, 
xoh  ijobiy  bo'lsin,  iztiroblar,  gum onsirashlar bu  konfliktning  tashqi  turtki 
natijasi sifatida ko‘rinadi.  Buni ichki kolliziya,  deb qabul qilsa ham  b o‘ladi.
K onfliktlar  qahram onlarning  ichki  dunyosi,  ruhiy  kolliziyasi,  ong 
tuyg‘ulari bilan bevosita boglanishi  m um kin.  Konflikt  ikki xil qiyofaga ega, 
ya’ni  biri  ichki  qiyofa,  ikkinchisi  tashqi  qiyofa.
Tashqi  qiyofadagi konflikt ochiq  kurash  ko‘rinishida  nam oyon b o ‘ladi. 
Ichki  konflikt  (kolliziya)  qahram onlarning ongi-ruhiyatida  b o lib   o ‘tadi. 
Bu holat qahramonlarning voqealarga turli munosabatlarida, ya’ni sharhlash, 
tushunish,  idrok  qilish  sharoitga  qarab  ish  tutish,  qiyinchiliklarga  d u ch  
kelishi, to ‘qnashuvlar in'ikosi sifatida  yuzaga keladi.  Bir so‘z bilan aytganda, 
ularni  nozik  hissiyotlardan  izlamoq  kerak.  B undan  xulosashuki,  ziddiyat 
kishi  ruhiyati,  psixologiyasiga borib taqaladi.
Tashqi  konflikt  ichki ziddiyatlarni  keltirib chiqaradi.
H ayotda  shunday  shaxslar  uchraydiki,  ulam ing  xatti-harakati  ham  
antaganistik,  ham   noantaganistik  konfliktlar  bilan  aloqador  b o ‘ladi.  Bu 
o ‘rinda biz konfliktlarga qat’iy chegara q o ‘yish o ‘rinsiz, deb bilamiz.  K onf- 
liktga voqea va  qahram onlarning o ‘zaro kurashuvi yig‘indisi sifatida t a ’rif 
berishni  to ‘g ‘ri deb tushunamiz.
Konflikt asarda mazmun va shaklning o ‘ziga xos xususiyatlarini k o‘rsatib 
beradi.
Zam onaviy filmlar konfliktda  noantaganistik ziddiyatlarni  aks ettirishi 
bilan xarakterlidir.  Bunday aks ettirish  hayotdagi  konflikt  bilan s a n ’atdagi 
konfliktning  m ohiyatini  to*g‘ri  anglashga  yordam   beradi.  B unday tadq iq  
estetik m unosabatni  haqqoniy  ko‘rsatishga imkon  tug'diradi.
Lekin  ijtim oiy  taraqqiyotning  o ’ziga  xos  ziddiyatlari  g‘oyaviylik  bilan 
badiiylik o ‘rtasidagi  konfliktni  topib,  asarga singdirishda  m uallifdan a n c h a 
m ahorat  talab  qiladi.  Masalan,  «Sensan  sevarim»  filmida  A fzalxon  o ‘z 
inanfaatini  ko'zlab,  Azizdan  to rtib   olib,  qizni  kelin  qilish  niyatida  soliq 
inspeksiyasiga  borib chaqadi.  T o sh k en td an   kelgan  usta tadbirkorlik qilib, 
soliqdan  qochib yurganligini aytadi.
«Sensan sevarim»  filmidan  parcha:
Afzalxon.  B orgapshu,  Nusratjon.  Q ing’ir ish ko'rganimiz u chu n sizlarga 
yetkazib  q o ‘yay,  dedik.  Qallobligi  T oshkentd a  o ‘tm aganidan  buyoqqa 
survorgan.  Bizning odam larsodda em asm i,  istaganicha shilaveradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xodim. Axborot  u c h u n   rahm at.  Darom adni tekshirib ko ‘ramiz.  Ochil 
pichoqchining qaynisi dedingiz-a,  bugunoq topam iz.
Afzalxon. Shunday qiling.
Xodim.  Bo‘ptj,  akaxon...  Lekin bir narsaga hayronm an. Nega endi g ‘o ‘r 
bir o'spiringa o'chakishib qoldingiz?
Afzalxon.  Q o n u n n i  him oyaiash  har  bir  vijdonli  odam ning  burchi. 
Shundaym asmi?
Xodim.  G apni  boplaysiz,  am m o  gap shundaki...
Afzalxon. Yaxshi, Nusratjon. Ochiqgaplashaylik.  Eshitishimga qaraganda, 
o ‘sha  Toshkentlik  olg‘ir o ‘g ‘limizga  moMjallab  yurgan,  kelin  qilm oqchi 
b o ‘lgani qizimizga ko‘z olaytirayotgan emish.  0 ‘g‘limiz o'qishda,  shundan 
foydalanib,  bir  kelgindi  qizni  ilib  ketmasin,  deym an-da.
Xodim.  E, gap bu yoqda deng.
Afzalxon.  D em ak  gap  shunday,  yashirincha  ish  tutgani  uchun  bir 
chaqirtirib, jinoiy javobgarlikka tortamiz, deb cho'chitsangiz, juftagini rostlab 
qoladi.
Xodim.  B o‘pti,  akaxon,  bu  yog‘ini  bizga  q o ‘yib  bering,  qonuniy qilib 
yasaymiz bolapaqirni! Yashang! Baraka toping!
A fzalx o n .  R a h m a t,  N u s r a tjo n ,  om on  boMing,  y ax shiligin gizn i 
u n u tm a y m iz .  A ybga  b u y u rm a y s iz .  O ta  o ‘g*il  u c h u n   q a y is h a r- 
kan-da.
Biz  yuqorida  ay tg an im izd ek ,  soliq  undirish  ijtim oiy  siyosat  b o 'lib , 
u  antaganistik ziddiyatni  keltirib  chiqarishi  m um kin.  Afzalxon o ‘zining 
ichki  noantaganistik  z id d iy atin i  antaganistik  ziddiyatga  aralashtirib  hal 
q ilm o q c h i.  Asar d av o m id a  so liq   inspeksiyasi  Azizga  k atta  soliq  soladi. 
U n in g   d o ‘sti  ikkita  q o 'y in i  so tib ,  soliq  pulini  to ‘laydi.  Shu  bilan  yigit 
T o sh k e n tg a   qochib  k etm ay d i.  A ndijon  avtozavodiga  ishga  kirib,  o ‘z 
iqtid ori  bilan  konstruktorlik tanlovida g'olib  chiqib,  sevgilisiga uylanadi 
va  G erm an iy ag a  o 'q ish g a   k etad i.  Bu  yerda  ssenariynavist  F .M usajon 
k a tta   yozuvchiligi  tufayli  ich k i  kolliziya  bilan  tashqi  k on fliktning  bir- 
birig a  q orishib   ketishini  a n iq   k o ‘rsata oigan.
D ra m a tik   konflikt
Ssenariy  yozish  uchun  tan lan g an   voqealarning  xaraklerlariga  qarab, 
konfliktlarni dramatik,  tragik va komik konfliktlarç>a ajratamiz. Agaryozilgan 
ssenariyda dramatik voqealaraks etsa, qahramonlarning to'qnashuvi asosida 
asar dram atik tarzda davom   ettiriladi va dramaturgik  konfliktlar ekran  or- 
qali  nam oyish  ettiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


...U  Qora shoh qarshisida hind xalqining  m ash h u r raqsini ijro etm oqda: 
raqs shu qadar nafis,  shu qadar go‘za!ki,  tasvirga til  ham  ojizlik qiladi.
(Rassom)  O tup C h a tr  qo‘li  m iniatura ustid an  so ‘nggi  m arta o ‘tdi-y u, 
mo'yqalamni yerga q o ‘ydi.
Cholg'u o voz i tinadi.  Komde o ‘yindan to ‘xtaydi.  Shoh miniaturaga diqqat 
bilan tikilarkan,  rassomga qarab deydi:
-   San’atingga m ing borofarin!
Otup C hatr yer o 'pib,  ta’zim qiladi.  Mag‘rur shoh so ‘zida davom qiladi:
-   Xizmatingni  hotam lik  bilan taqdirlaym iz.  S ho h  qarsak  chaladi.  Bir 
ko‘zi  ko‘r  am ir  kirib  keladi.
-   Bugunoq ko‘zlarini o ‘yib olsinlar, toki uning suratini qayta chizmasin. 
B undan  aslo  z a ra r  k o 'rm a y d i,  k o 'z la rin in g   o ‘rn iga  x azin am izn in g  
qim m atbaho gavharlaridan ikki  dona qo‘yib q o ‘yam iz,  -  deydi Amirga va 
O tup Chatrga yuzlanib davom  etadi. — Seni  esa  k o ‘chaga tashlam aym iz, 
saroygajoylashtiram iz,  istaganingni yeb,  istaganingni  ichaverasan.
Otup Chotra ko'zlarida chaqnab turgan  nur bir zum da o'chadi, u darhol 
mukka tushib ta’zim qiladi.
~   Ey,  taxtim izning husni jam oli.  Q udratli shohim !  M arham atingizdan
g‘oyat  m innatdorm an!
Kom dening norozilik ovozi eshitiladi:
-   M ening bilaguzugim sariq bo‘lsa ham ,  rassom  qizil qilib oigan.
Shoh  miniaturaga tikiladi:
-   Darhaqiqat,  uning bilaguzugi sariq-ku,  nega sen qizil qilib chizding?
Rassom ehtirom   bilan boshini egadi:
-   Sariq  bo‘yog‘im   tugab  qolgan  edi.  S o 'n g ra   K om dening  ko‘ylagi 
za’faronday tovlanib turibdi.  Bu  rangga qizil ju d a  yarashadi, shohim!
-  Qizil  bilaguzuk taqishni istasam,  qizilini taqardim ! -  deydi  K om de.
-  Am m o  m en sarig'ini  taqdim .  Q ani,  sariq bilaguzukni  chizsin.
Shoh  bir  ko‘zí  ko‘r  amirga  tikiladi:
-   Bo‘yoqchilarga buyur.  Sariq rang olib kelishsin!
A m irchiqib  ketdi.  Shoh so ‘zida davom  qiladi:
-   H ozirb o 'y o q  olib  kelurlar.  Rassom senga sariq bilaguzuk yasar.
-   Bilasizmi,  baribir u sariq  bilaguzuk o ‘rniga  qizil bilaguzuk chizibdi. 
Endi  ko'kini  solsa  ham   mayli.  M ening  ko'ylagim ga  ko‘k  bilaguzuk ju d a  
yarashadi.  Men  ko‘k bilaguzugimni olib kelay,  u  rasmga olsin...
-   G aplaring  ham  jonga  tegdi,  mayli  ko‘k  boMsa,  kolk  bo'lsin!  M ayli 
ko‘k bilaguzuk taqib, suratga tushsin.
U  eshik  tom on  b ir  necha  qadam   bosgach,  asta  t o ‘xtaydi  va  rassom ni 
ogohlantiradi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


-   Bizdan q o chib ketishni xayolingga ham  keltirma! Dengizning tubiga, 
baliqning qorniga yashirinsang ham ,  b arib irto p ib  olamiz.
Shoh  chiqib  ketadi.
....K om de  rassom ni  to r yo‘lakdan  boshlab  boradi va unga zaharxanda 
bilan gapiradi:
-  Ko‘zlarini shoh o ‘yib olishiga faqat tentak odamgina quvonishi mumkin.
M ana shunday dram atizm  asarda rivojlanadi.
O tup  C h a tr  sam im iy  tabassum  bilan  deydi:
-  A norni  m en  esa m -u ,  sening  tishing  qamashsa!
-   Shoh  kunduzi  desa,  agar  bo‘lsa  tun  quyosh,  oyni  ko‘rdim ,  degin 
shoh  u chu n,  degan  baytni  eshitganing yo‘qm i?
Komde taqqa to ‘xtaydi:
-  Shunday deng!  M ayli, qizil  bo‘lsa qizil boMsin,  -  suratni unga beradi.
-  Bog‘ga chiqib,  eshik og‘asiga  mana bu uzukni bersangiz, sizni tashqariga 
chiqarib yuboradi,  boring!
Orqa eshikni ochadi.
-   Qaytib  kelishim   zarurm i?  -   Sekingina so ‘raydi O tup C hatr.
-   Agar ko‘zlaringiz  evaziga  qim m atbaho  tosh  olishga shoshilayotgan 
bo‘lsangiz,  albatta qaytib kelasiz.
K o‘rinib  turibdiki,  rassom   endi  shundoqqina  qaytib kelmaydi.  Kelsa, 
shoh uchun  bir og‘iz so‘z bo'lgan  «Jallod» deyishi bilan buyuk iste’dodning 
boshi kesiladi.  Raqqosa  Komde ham deyarli shu qismatga yoliqadi. Rassom 
qo'yniga K om dening rasmini solib, boshi og‘gan tom onga ketadi.  U ni  endi 
boshqa taqdirlar bilan birga,  dramatik voqealar kutm oqda.  Shunday qilib, 
choyxonaga  kelib  q oladi,  m usofir  bo‘lib.  Bu  yerda  yangi  konfliktlar 
boshlanadi.
S senariyda  d a stla b   sh o h ,  rassom ,  K om de  o 'rta s id a   keskinliklar 
boshlanadi,  sekin -asta  K om dening  surati  orqali  M udan  sevib  qoladi  va 
konfliktning  ikkinchi yo'nalishi  boshlanadi.
Konflikt o ‘tk ir shiddat  bilan  namoyon  boMadi.  Oqibatda  faqat asosiy 
qahram onlargina em as,  uncha e'tiborga loyiq boMmagan  personajlar ham 
keskin dram atizm ga duch  keladi.  Masalan,  bog‘bon  Boxunadji  M udanga 
«Sehrli tanbur»ni sovg‘a qiladi.  Saroy shoiri M uham m ad Muhsin  aralashadi.
Bu  ssenariy n in g   y u tu g 'i  shundak i,  u n d a  zid diyatlar  va  q aram a- 
qarshiliklarni.  keskin  to'qnashuvlarni o'zida  ifodalovchi  kuchli konfliktni 
ko‘ramiz,  q a h ra m o n la rn i  uch  nozik  qirralari  yaqinlashadi,  konflikt 
dram atizm ning badiiy  m aydonida  ishtirokchilar b o lib  xizmat qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


T ragik  konflikt
Tragik ssenariyda o‘ziga xos konfliktlar mavjud bo'ladi.  Ulami dramaturgik 
va komik konfliktlar bilan solishtirib bo'lm aydi.  Ijtimoiy ziddiyatlarni ifoda 
etgan konfliktlar ko‘pincha fojeali  xarakterlarga ega bo'ladi. A garda sotsial 
yovuzliklar  tantana  qilgan taqdirda  ham   ssenariyda qahram on ning  fojeasi 
tom oshabinlar yuragidagi g'alabaga aylanib qolishi  kerak.
Tragik  konfliktga  ssenariynavis  F arh o d   M usajonning  « H ak im   at- 
Termiziy»  hujjatli  ilmiy-badiiy  film i  ssenariysidagi  bir  rivoyat  hayajonli 
qilib tasvirlangan.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish