I-BOB. O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH YO‘LIDA (1989-
1991 yillar)
1-§. Mustaqillik arafasida O‘zbekistondagi siyosiy vaziyat
Kommunistik partiyaning “butun xalq manfaatlarini ifodalash”ga urinishi,
“xalq partiyasi” niqobi ostida siyosiy hokimiyatni monopollashtirishi og‘ir
oqibatlarga olib keldi. 1980-yillar o‘rtalariga kelib siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
sohada yillar davomida to‘planib kelgan muammolar yuzaga chiqib, ortga
qaytarib bo‘lmaydigan mantiqiy ketma-ketlikdagi voqea-hodisalarni boshlab
berdi va Sovet Ittifoqi nomli ulkan imperiyaning parchalanishiga xizmat qildi.
Jumladan, KPSSning milliy masalada yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolari orasida
eng mudhishi Stalinning bevosita rahbarligi ostida 1930-yillar o‘rtalaridan 1950-
yillarning boshlarigacha davom etgan xalqlarni deportatsiya qilish (majburiy
ko‘chirish) siyosatidir. Uning amalga oshirilishi natijasida mamlakat miqyosida
58 ta millat va elatga mansub taxminan 3,5 mln. kishi o‘z yerlaridan olislarga
majburan ko‘chirib yuborildi
1
. Binobarin, keyingi davrda baynalmilal madaniyat
hamda yangi tarixiy birlik – “sovet xalqi”ni yaratish borasidagi tajribaning
oqibatlari ham fojiali kechdi.
80-yillar o‘rtalaridan millatlararo munosabatlar milliy nizolarga aylanib,
sovet Ittifoqini larzaga soldi. Ozarbayjonda – Qorabog‘, Gruziyada – Abxaziya,
Moldovada – Pridnestrove, Qirg‘izistonda – O‘sh, O‘zbekistonda – Farg‘ona
voqealari nihoyatda mudhish oqibatlarga, minglab begunoh insonlarning qurbon
bo‘lishlariga olib keldi
2
. Umuman olganda, “bu tuzum o‘z xalqining tarixini,
uning ruhi va urf-odatlarini, o‘z avlod-ajdodlarini bilmaydigan manqurtlarga
tayanar edi. Shuning uchun ham eski sovet tuzumining bayroqlarida va
1
Берия-Сталину: «настоящим докладываю... // Книга исторических сенсаций. – М., 1993. – С. 90.
2
Зубов А., Салмин А. От конфликта к консенсусу // Новое время. – 1989. – №89; Опыт политической
этнографии // Новое время. – 1989. – №89; Некрич А. Наказанные народы // Родина. – 1990. – №6; Панеш
Э.Х., Ермолов Л.Б. Месхетинские турки // Вопросы истории. – 1991. – № 9–10; Скворцова Е.
Самовозврат // Родина. – 1990. – № 12; Шувалов В. Ош и Фергана // Новое время. – 1990. – № 25;
Крупник И. Ферганская трагедия //Дружба народов. – 1990. – № 11, Карабахский узел // Новое время. –
1991. – № 33, Баку–Ереван сводки с поля боя // Новое время. – 1991. – № 19; ва бошқ.
7
shiorlarida bayon qilingan g‘oyalar amaldagi ishlardan nihoyatda uzoq edi.
Xuddi shu bois bu davlatning ijtimoiy tizimi bilan xalq ehtiyojlari o‘rtasida
jarlik paydo bo‘ldi. Ya’ni inson, uning moddiy, ma’naviy, shu jumladan, milliy
qadriyatlari bu tizimda orqa o‘rinda turar edi”
1
.
1990-yilga kelib barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha
O‘zbekiston mamlakatda oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan,
respublika aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha
mamlakatda 12-o‘rinda, milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha esa ittifoqdagi
o‘rtacha darajadan ikki hissa past ko‘rsatkichga ega edi
2
.
Shuni ta’kidlash zarurki, Kommunistik partiyaning bir necha o‘n yillar
davomida yangi jamiyat qurish borasidagi tajribalari muvaffaqiyatsizlikka
uchrashida iqtisodiy omil muhim rol o‘ynadi. Natijada, iqtisodiy inqirozning
kuchayib borishi 80-yillar o‘rtalaridan siyosiy inqirozning yuzaga kelishiga
sabab bo‘ldi.
Mustaqillik arafasida O‘zbekiston siyosiy hayoti bir qator ittifoq
respublikalari qatori ziddiyatli kechdi. Sovet ittifoqida boshlangan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy islohotlar bevosita 1985-yil KPSS MKning Aprel
plenumi voqealari bilan bog‘liq.
KPSS yetakchisi va SSSR rahbari Konstantin Ustinovich Chernenko vafoti
(1985-yil 10-mart)dan so‘ng KPSS Markaziy Komiteti Bosh kotibi lavozimiga
saylangan Mixail Sergeyevich Gorbachyov oradan 40 kun o‘tgach, o‘zining
g‘oyaviy prinsiplari va yangi yo‘lini ilk marta 1985-yil 23-aprelda Moskvada
bo‘lgan KPSS MKning Aprel plenumida keng jamoaatchilikka e’lon qildi. Bu
keng jamoatchilikda “Qayta qurish” siyosati nomi bilan mashhur bo‘lib, uning
asosiy tarkibiy qismlari ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy
islohot o‘tkazishdan iborat edi
3
. “Qayta qurish” ikki davrni o‘z ichiga olgan.
1
Каримов И. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т. 3. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – Б. 7.
2
Совет Ўзбекистони. – 1990. – 25 июнь.
3
Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиш тарихи: 1980-1990-йиллардаги ижтимоий-сиёсий,
иқтисодий ва маданий омиллар. Илмий тўплам. – Тошкент: “TURON-IQBOL”, 2019. – Б.13.
8
Birinchi bosqichi (1985-1986-yillar) – ma’muriy-tashkiliy tadbirlarning
an’anaviy usullarda olib borilishi. Unda ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti yutuqlarini
ishlab chiqarishga joriy etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni
jadallashtirish va uning asosida inson omilini faollashtirish mo‘ljallangan edi.
Ikkinchi bosqichi (1987-1989-yillar) – jamiyatning barcha jabhalarini
kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. 1987-yil 27-28-yanvarda
bo‘lib o‘tgan KPSS MKning Plenumida ushbu bosqichning asosiy maqsadi
oshkoralik va kadrlar siyosatini to‘g‘ri yuritish asosida sovet jamiyatini to‘liq
demokratlashtirishga e’tibor qaratildi. Biroq, ushbu islohotlar Moskva
tomonidan boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yildi. Oqibatda, 1989-yili nafaqat
qayta qurishning ikkinchi bosqichi, balki SSSR aholisi, shu bilan birga, butun
taraqqiyparvar insoniyat umid ko‘zi bilan qarayotgan qayta qurish siyosatining
o‘zi ham butunlay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holat SSSR inqirozini teshlashtirdi
va uning parchalanishiga olib keldi
1
.
Ana shunday islohotlar, oshkoraviylik va demokratik harakatlar avj olgan
bir sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati Markaz oldida
o‘zining uquvsizligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti
rahbariyati Markazdan qochish va uni inkor etish siyosati o‘rniga ko‘proq unga
yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lini tanladi.
Bu paytda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ideologiya
masalalari bo‘yicha sekretari bo‘lib turgan Ra’no Abdullaeva hamda 1985-yili
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetiga kelgan Rafiq Nishonov Markaz
topshiriqlarining asosiy ijrochilaridan bo‘lgan. Rafiq Nishonovich Nishonov
1986-1988-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi, 1988-yil
12-yanvardan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari
kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi.
Bu yillarda ishlab chiqarish sohasida ham pasayishni ko‘rish mumkin.
1986-yili O‘zbekistondagi 321 ta korxona va tashkilotlar davlat rejasida
1
O‘sha joyda. – B.17-18.
9
ko‘rsatilgan vazifalarni bajara olmaganligi aholi ijtimoiy turmush tarzi
farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi
1
.
Binobarin, qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama-qarshilik va
noizchilliklar natijasida XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab mamlakat
hayotining barcha sohalarida buhronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish SSSrda
to‘planib qolgan muammolarni to‘la hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik,
demokratiya va erkinlik g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy
samara bermadi. Natijada, u KPSSning halokati va SSSRning tugashiga
muayyan turtki berdi.
Ana shunday vaziyatda, ya’ni tarixda “paxta ishi”, “o‘zbek ishi” deb nom
olgan siyosiy kampaniyalar, .... turli zug‘um va qatag‘onlar avj olgan o‘sha
qaltis zamonda ...”
2
O‘zbekistonda iqtisodiy, demografik muammolar ham
mavjud edi. Xususan, O‘zbekistonda aholining turmush darajasi sobiq
Ittifoqdagi respublikalar ichida eng past holatga kelib qoldi. Mustaqillik
arafasida O‘zbekistonda “paxta ishi”, keyinchalik “o‘zbeklar ishi” deb
nomlangan siyosiy kompaniya natijasida Gdlyan guruhi tomonidan hammasi
bo‘lib 800 dan ko‘proq jinoiy ish tergov qilingan. Shu ishlarga ko‘ra 5000 dan
ortiq kishi sudlangan
3
.
Mustaqillik arafasida O‘zbekiston aholisining turmush-tarzi va yashash
sharoiti ham ayanchli ekanligining guvohi bo‘lamiz.
Sho‘ro davrida shaxsiy chorva ham “xususiy mulkchilik” sifatida davlat
tomonidan shafqatsizlarcha talon-taroj qilingan. Millionlab shahar, ayniqsa
qishloq aholisi uy-joysiz va tomorqasiz qiynalib yashadi. Ko‘pgina
muammolarning negizi aynan shu masalaga borib taqalar edi. O‘sha vaqtda
1
Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиш тарихи: 1980-1990-йиллардаги ижтимоий-сиёсий,
иқтисодий ва маданий омиллар. Илмий тўплам. – Тошкент: “TURON-IQBOL”, 2019. – Б.23.
2
Мирзиёев Ш.М. Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир. 2 –
жилд. Тошкент: “Ўзбекистон”, 2018. – Б. 301.
3
Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиш тарихи: 1980-1990-йиллардаги ижтимоий-сиёсий,
иқтисодий ва маданий омиллар. Илмий тўплам. – Тошкент: “TURON-IQBOL”, 2019. – Б.50.
10
qishloqlarda 240 ming oilaning yeri, 1 million 800 mingdan ko‘proq hovli esa
uy-joy qurilishiga muhtoj bo‘lib turgan
1
.
Bunday vaziyatda, ya’ni 1989-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston
Kompartiyasi
MKning
XIV
Plenumida
R.Nishonov
o‘rniga Islom
Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MKning birinchi kotibi
etib saylanishi inson huquqlari poymol etilishining oldini olish va
O‘zbekistonning mustaqillik sari yo‘l tutishi davrini boshlab berdi.
Dastlab, 1989-yil 17-avgustda Islom Karimov boshchiligida Respublika
hukumatining Toshkentda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida, aholiga
tomorqa va shaxsiy uchastkalar ajratish muhokama qilindi. Qishloqda yashovchi
har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish
uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish” haqida qaror qabul qilindi. Ushbu
tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi har bir kishiga o‘rtacha 25 sotixdan yer
ajratib berish va tomorqa maydonlarini asta-sekin ko‘paytirib borish nazarda
tutilgan edi. Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990-yillarda 1,5
milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 mingga yaqin oilaga
yangi tomorqa yerlari berildi.
O‘zbekistonda “paxta ishi” bilan bog‘liq bo‘lgan qonunbuzarliklarni fosh
etish, begunoh kishilarni oqlashda mamlakatning yangi rahbari Islom Karimov
boshchiligida keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Bu ishlar Markazdan hech qanday
ruxsat so‘ramasdan, mustaqil tarzda olib borildi. Shunday murakab sharoitda
ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo‘lib, Respublika Bosh prokurori Islom
Karimov tavsiyasiga ko‘ra tayinlandi. O‘zbekistonning birinchi rahbari Bosh
Prokuror oldiga respublikamiz manfaatlarini himoya qilish, birinchi navbatda,
“Paxta ishi” bo‘yicha nohaq qamalgan fuqarolarning haq-huquqini tiklash
masalasini qo‘ydi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989-yil 12-
sentabrda “Paxtachilikda qo‘shib yozishda yo‘l qo‘ygani uchun jinoiy
javobgarlikka tortilgan kishilarni avf etish maqsadida hujjatlar tayyorlaydigan
1
Каримов И. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2011. – Б. 57.
11
komissiya tashkil etdi. Bu komissiya tergov hujjatlarini O‘zbekistonga qaytarib,
minglab ishlarni qayta o‘rgandi. Uzoq davom etgan mashaqqatli kurash
natijasida 2940 kishining haq-huquqi qayta tiklandi, 1015 kishi asossiz
sudlanganligi aniqlandi
1
. Noqonuniy ravishda hibsga olingan vatandoshlarimiz
ozodlikka chiqarildi.
1988–1990-yillarda mamlakatda yangi partiyalar va harakatlar, yangi
ijtimoiy-siyosiy
tashkilotlar
shakllanishi
intensiv
jarayoni
boshlandi.
Siyosatshunos mutaxassislar turli yo‘nalishdagi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar
faoliyati va ularning yetakchilari chiqishlari, dasturlari asosida yigirmaga yaqin
mafkuraviy oqimlar guruhi va o‘z navbatida ijtimoiy harakatlarga ajratishadi.
KPSSdan tashqari eng taniqlilari ijtimoiy-demokratik va islohotchi partiyalar va
birlashmalar hisoblanadi; milliy vatanparvarlik va milliy fundamentalistik
ruhidagi tiklanish uchun harakatlar (“Vatan”, “Vatanparvarlar” va boshqalar);
qayta qurishni qo‘llab-quvvatlovchi millatlararo frontlar; xristian-demoktratik
tashkilotlar; antisotsialistik xarakterdagi liberal-demokratik, neoburjuaz oqimlar
(liberal demokratik partiya, demokratik ittifoq); ortodoksal kommunistik
guruhlar (OFT, proletariat diktaturasi partiyasi); anarxo-kommunistik va
anarxosindikal harakatlar; yashillar va boshqalar. Ayirmachi va millatchilik
shiori ostida qator hududlarda chiqayotgan xalq frontlari va boshqa birlashmalar
(asosan Boltiqbo‘yi, Kavkazorti, Ukrainada) mustahkam kuchga aylandi.
O‘zbekistonda siyosiy yo‘nalishdagi guruh va oqimlar asosan 1988-yilning
ikkinchi yarmidan shakllana boshladi. Ular keyinchalik turli shiorlar ostida o‘z
harakat va birlashmalarini shakllantira bordilar hamda yillar davomida yig‘ilib
kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni “bayroq” qilib, siyosiy jarayonga kirib
keldilar. 1980–1990-yillar bo‘sag‘asida ko‘zga tashlangan ijtimoiy-siyosiy
birlashmalardan quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: “Birlik”,
O‘zbekiston demokratik harakati, “Intersoyuz”, “Erk”, “To‘maris”, O‘zbekiston
1
Ўзбекистоннинг мустақилликка эришиш тарихи: 1980-1990-йиллардаги ижтимоий-сиёсий,
иқтисодий ва маданий омиллар. Илмий тўплам. – Тошкент: “TURON-IQBOL”, 2019. – Б.52-53.
12
ozod yoshlari kabi siyosiy tashkilotlari, Ijodkor ziyolilarning “Sayqal”
demokratik harakati, Suveren Qoraqalpog‘iston harakati, “Oftobi So‘g‘diyona”,
“Surqash”, “FAN” kabi mahalliy yo‘nalashidagi harakatlar va boshqalar.
Ma’lumki, bir partiyali tizim butun jamiyat manfaatlariga javob bermaydi,
aholining ba’zi qatlamlari huquqlarini poymol etadi
1
. Bu tizim xalqning, turli
aholi qatlamlarining manfaatlarini emas, balki davlat hokimiyatini saqlab
qolishga intilishi bilan ajralib turadi. Professor A.A.Azizxo‘jayevning fikricha,
bir partiyaviylik tizimda «partiya» tushunchasi o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Chunki
u yagona va hukmron siyosiy tashkilot bo‘lib qoladi
2
.
Qayta
qurish
siyosati
mamlakatda
demokratik
jarayonlarni
chuqurlashtirish, fuqarolarning haq-huquqlari va erkinliklarini kengaytirish
borasida ma’lum ijobiy siljishlarga olib keldi. Turli-tuman ijtimoiy guruhlarning
manfaatlarini ifoda etuvchi jamoat birlashmalari, jumladan, partiya va harakatlar
tuzila boshlandi. Butun sobiq Ittifoq bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy birlashmalar,
tashkilotlarning soni keskin ko‘paya bordi va 1990 yil oxiriga kelib 300 dan
ortib ketdi
3
.
R.Jumayevning fikricha, Sobiq KPSS inqirozi paytida ijtimoiy-siyosiy
diagrammadagi tig‘iz faollik partiyalar va harakatlar sonining ko‘payishiga olib
keldi.
Birinchidan, jamiyat yoki hech bo‘lmaganda aholining katta sotsial guruhi
manfaatlarini himoya qilish ularning diqqat markaziga tushishiga sabab bo‘ldi.
Ikkinchidan, mazkur partiya va harakatlar, ularning alohida rahbarlari o‘z
strategik yo‘nalishi va taktikasiga ega bo‘lishga intildi
4
.
1
Адилходжаева С. М. Роль политических партий в механизме демократии. – Ташкент: ТГЮИ, 2009. –
С.45.
2
Хорижий мамлакатларнинг конституциявий ҳуқуқи: дарслик / Масъул муҳаррир: проф.
А.А.Азизхўжаев. – Тошкент: ТДЮИ, 2010. – Б.199.
3
Абдунабиев А. Многопартийность – форма политической организации общества. – Ташкент:
Узбекистан, 1991. – С. 77.
4
Жумаев Р. Давлат ва жамият: демократлаштириш йўлида. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б.35-36.
13
O‘zbekiston ham bu jarayonlardan chetda qolmadi hamda respublikada
ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishining yangi tarixiy bosqichi boshlanishiga
sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |