20
XXII syezdida u o‘z Ustavi va «O‘zbekistonning siyosiy va iqtisodiy
mustaqilligi, ma’naviy yangilanish va aholining munosib turmush sharoiti
uchun» Harakat dasturini qabul qildi. Ustavda uning KPSS bilan bog‘liqligi
to‘la inkor etilmasa-da, O‘zbekiston kompartiyasining mustaqil siyosiy
tashkilot ekanligi e’lon qilindi
1
.
1991-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston
Kompartiyasi MQ va Markaziy
nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident
I.Karimovning SSSRda 19–21-avgust kunlari sodir bo‘lgan fojiali voqealar va
respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va
muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har
qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga,
uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 1991-
yil Rossiya Federatsiyasining Prezidenti B. N.Yeltsin
farmoni bilan KPSS
faoliyati Rossiya hududida to‘xtatildi va partiyaning tashkiliy tuzilmalari
tarqatib yuborildi. O‘zbekistonda ham KPSSning sho‘basi tugatilib, birpartiyali
tizimning hukmronligiga barham berildi
2
.
1980–90-yillar bo‘sag‘asidagi siyosiy jarayonlar ta’sirida yuzaga kelgan
ayrim ijtimoiy-siyosiy harakatlar, jamoat birlashmalari va tashkilotlar mavjud
muammolardan
foydalanib,
respublikada
siyosiy
boshboshdoqlik
va
beqarorlikning kelib chiqishiga ma’lum hissa qo‘shdilar. Jamiyatda demokratik
an’analar etarli rivojlanmagani va demokratiya
sharoitiga mos siyosiy
madaniyatning shakllanmagani sobiq Ittifoqning boshqa hududlari kabi
O‘zbekistonda ham mitingbozlikka berilishlarga olib keldi. Natijada bu va
boshqa obyektiv hamda subyektiv omillar ta’sirida tashkil topgan ayrim siyosiy
harakat va partiyalar jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmadilar.
Yuqoridagilardan ham ko‘rinib turibdiki, SSSR tarkibiga kirgan boshqa
respublikalar singari O‘zbekistonda
ham Markaz, uning ustuni hisoblangan
1
Қурбонов С.Ш. Ўзбекистон Халқ Демократик партияси (Ташкил топиши ва фаолиятидан лавҳалар).
– Тошкент, 2001. – Б.54.
2
O‘sha joyda. – Б.55.
21
kompartiya siyosatiga nisbatan ishonchsizlik, norozilik kuchaya boshladi. Bu
davrda Ittifoqdagi vaziyat respublikalarda vujudga kelayotgan ijtimoiy hayot
muammolarini Markazdan turib, o‘z vaqtida va to‘g‘ri
hal qilish mumkin
emasligini ochiq-oydin ko‘rsatib qo‘ydi. O‘z navbatida, SSSRda chuqurlashib
borgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz tazyiqi ostida ittifoq markazi bilan
respublikalar o‘rtasidagi munosabatlarni yangilashga qaratilgan muzokara
jarayoni ham boshlangan davlat emirilishining oldini ololmadi. Boltiqbo‘yi
respublikalarining birin-ketin mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lishi
uchun
intilishi kuchaya bordi. Yuqoridagi holatlar O‘rta Osiyo mintaqasidagi
ittifoqdosh respublikalar siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritishlari uchun muhim
turtki bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: