II-BOB. O‘ZBEKISTONDA DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO‘LGA KIRITILISHI.
HUQUQIY-DEMOKRATIK DAVLAT QURISH VA FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINI
SHAKLLANTIRISH........................................................................................................................... 51
1-§. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning
tarixiy ahamiyati .............................................................................................. 51
2-§. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
Ko‘ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi ........................................................ 65
3-§. Respublikada oliy davlat hokimiyat organlarining shakllanishi va
faoliyati ............................................................................................................ 83
4-§. Mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqaruv organlari ............. 102
5-§. Millatlararo tinchlik va totuvlikning ta’minlanishi. Axborot tizimini
erkinlashtirish ................................................................................................. 113
Savollar va topshiriqlar .................................................................................. 118
XULOSA ............................................................................................................................................ 122
ILOVALAR ....................................................................................................................................... 124
GLOSSARIY ..................................................................................................................................... 172
FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR ........................................................... 183
4
KIRISH
O‘zbek xalqi mustaqillikni qo‘lga kiritib, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘z
davlatchiligini o‘zi yaratish, jamiyat va davlat boshqaruvida keng ishtirok etish
huquqiga ega bo‘ldi. Tarixan qisqa davrda jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining
barcha sohalarida keskin burilish yasaldi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish,
faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq qator islohotlar
oʻtkazildi. Jumladan, ana shu buyuk oʻzgarishlarni asrlar davomida orzu qilgan
xalqimizning koʻhna tarixiga boʻlgan munosabati tubdan oʻzgardi.
Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida
vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yanada
yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli gʻoya va mafkuralar
ta’siridan saqlash va himoya qilishda Vatanimiz tarixini har tomonlama va chuqur
tadqiq etish, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak avlodga haqiqiy
tariximizni oʻqitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash
dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy-demokratik
davlat
qurish,
kuchli
fuqarolik
jamiyatini
shakllantirish jarayonida davlat hokimiyatining bo‘linish printsipini amalga
oshirishga, ko‘ppartiyaviylikning rivojlanishiga, mustaqil, faol, aholining keng
qatlami tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan siyosiy partiyalar va boshqa
jamoatchilik tashkilotlarining shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga
katta ahamiyat berildi.
Mamlakatda huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurilayotgan,
iqtisodiyot modernizatsiya qilinayotgan, respublika rivojlangan jahon davlatlari
bilan hamkorlik qilayotgan sharoitda O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining
manfaatlarini ifoda etishi lozim bo‘lgan demokratik institutlar hamda boshqa
jamoat tashkilotlarining qaror topishi ulkan ahamiyat kasb etmoqda.
Mustaqillik yillarida huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati
qurish borasida o‘tkazilayotgan tub islohotlar, duch kelinayotgan qiyinchilik va
5
muammolarga qaramasdan, o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi. Ushbu
o‘zgarishlarning tarixiy ahamiyatini anglab etish, tushunish va ularga baho
berish O‘zbekiston tarixi fanining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Shu bois, tarixan qisqa, mohiyatan esa asrlarga teng bu yillarda
O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlarni
tahlil qilish hamda mavjud muammolarni aniqlab, ularning amaliy yechimlari
borasida takliflar berish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Mazkur oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Harbiy-texnik instituti kursantlari uchun moʻljallangan. Oʻquv qoʻllanma
Oʻzbekiston tarixining eng yangi davrida (1989-yildan to hozirga qadar) sodir
boʻlgan tarixiy voqealarni tahlil qilishga, ularning sabablari va mohiyatini
yoritishga, shuningdek olingan bilimlarni pedagogik texnologiyalar asosida
mustahkamlashga bagʻishlangan. Mashgʻulotlarni oʻtishda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish kursantlarni yangi mavzuga qiziqtiradi, bilimlarini
chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Oʻquv qoʻllanmada keltirilgan test savollaridan
joriy nazoratlarda kursantlarning bilimini baholashda keng foydalanish mumkin.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |