NOTA BENE !
Jismoniy majburlash
boshqa shaxsga nisbatan majburiy xarakterga
ega, ya’ni uning irodasiga qarshi, irodasini so‘ndirish yoki uni
bo‘ysundirish yoxud shaxsning harakat erkinligini cheklash maqsadida
sodir etiladigan jismoniy choralarning qo‘llanilishidan iborat.
Jismoniy majburlashda zo‘rlik ishlatish xarakteriga ega choralar
sog‘likka turli darajada og‘ir tan jarohatlarini yetkazish, turli kuchli ta’sir
etuvchi va giyohvandlik moddalarining qo‘llanilishi, izolyatsiya qilish va
boshqalarda ifodalanishi mumkin – malakalash uchun bu choralarning
konkret belgilash xarakteri mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |