Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet442/578
Sana03.01.2022
Hajmi1,99 Mb.
#315596
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   578
Bog'liq
Ozbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 30-moddasi 1-qismiga

  muvofiq, tashkilotchi, 

dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining 

bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha 

1

 

Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., 



проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 441. 

326 


 

                                                           




javobgarlikka tortiladilar. Bu o‘rinda birgalikda jinoyat sodir etgan 

shaxslarning javobgarligi qilmishni sodir qilishdagi ishtirokining xarakteri 

va darajasi bilan belgilanadi. Jinoyat sodir etilishida shaxs ishtirokining 

darajasi va xarakteri esa, o‘z navbatida,  tegishli shaxs ijtimoiy xavfliligi 

darajasini belgilaydi. 

Jinoyatdagi ishtirok xususiyati aybdorning ishtirokchilikda sodir 

qilingan jinoyatdagi funksional rolini aniqlaydi. Xususan, agar ishtirokchi 

jinoiy qilmishning obyektiv tomonini to‘liq yoki qisman bajarsa, u 

bajaruvchi yoki muvofiq ravishda birgalikda bajaruvchi deb tan olinib, 

uning harakatlari, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, faqat JK Maxsus qismi 

tegishli moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Agar ishtirokchi 

bajaruvchiga (bajaruvchilarga) ko‘mak bergan holda tashkilotchi, 

dalolatchi yoki yordamchi  rolini bajargan bo‘lsa, uning harakatlari, 

bajaruvchi (bajaruvchilar) qilmishini qamrab oluvchi modda bilan 

kvalifikatsiya qilinib, JK 28-moddasining tegishli qismiga ham havola 

qilinadi


1

.  Bunda ishtirokchi tomonidan tanlangan rol uning xatti-

harakatlarining ijtimoiy xavfliligi darajasini belgilaydi. Shu bilan birga, 

funksional  vazifaning bir xilligida har bir ishtirokchi harakatlarining 

takroriyligi darajasi, irodaning jinoyatni tashkillashtirishga 

yo‘naltirilganligi (qaratilganligi), bajaruvchini ijtimoiy xavfli qilmish sodir 

etishga qiziqtirish yoki unga bunda yordam berish turlicha bo‘lishi 

mumkin. Shunday qilib, ishtirokchilar harakatlarini kvalifikatsiya qilishda 

hamda ularga jazo tayinlashda birgalikdagi jinoiy faoliyatga amalda 

kiritgan ulushi inobatga olinishi zarur. 

Umumiy qoidaga ko‘ra, jinoyatning barcha ishtirokchilari JK Maxsus 

qismining bitta moddasi, bitta qismi (bandi) bo‘yicha javobgar bo‘lishadi. 

Shu bilan birga, ishtirokchilar ayblanayotgan jinoyatlar JK moddasining 

turli qismlarida (turli bandlarida), turli moddalarida, hattoki, turli boblari 

va bo‘limlarida nazarda tutilishi mumkin. Bu ishtirokchilikda sodir etilgan 

jinoyatni hamda ishtirokchining o‘zini tavsiflovchi turli xil obyektiv va 

subyekt belgilarni hisobga olish bilan bog‘liqdir. 

1

 



Такой подход к юридической оценке сложного вида соучастия обусловлен тем, что описание объективной 

стороны конкретного состава преступления рассчитано именно на индивидуальные действия субъекта. 

 

327 


 

                                                           




Jumladan, ijtimoiy xavfli qilmishni, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini 

tavsiflovchi obyektiv belgilar boshqa ishtirokchilarning qasdi bilan qamrab 

olingan bo‘lsa, javobgarlik ularning zimmasiga yuklatilishi mumkin. 

Masalan,  o‘zga shaxsning mulkini  uy-joyiga kirib o‘g‘irlashga 

qiziqtirishda dalolatchi hamda bajaruvchiga o‘g‘rilikning aynan shu yo‘l 

bilan sodir etilishi ma’lum bo‘lsa, mazkur baholovchi belgi har ikkala 

ishtirokchini ayblashga asos bo‘ladi.  Obyektiv belgilar jinoyat qonuni 

bilan qo‘riqlanadigan  obyektning ma’lum bir individual belgilariga 

taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, agar kichik yoshdagi voyaga 

yetmagan shaxsning nomusiga tegishda jinoyat bajaruvchisi jabrlanuvchi 

o‘n to‘rt yoshga yetmaganligini bilmaganida, biroq bu haqda jabrlanuvchi 

o‘n olti yoshda deb bajaruvchiga xabar qilgan jinoyat tashkilotchisiga 

ma’lum bo‘lganida, bajaruvchi o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning 

nomusiga tegish jinoyati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 

Yoki, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga tajovuz 

qilish jinoyati (JK 158-moddasi 1-qismi) faqat, jabrlanuvchi O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti ekanligi ma’lum bo‘lgan sharoitda sodir qilinishi 

mumkin. Agar ishtirokchilardan biri, boshqa shaxslar bilan birgalikda 

harakat qilgan holda, ko‘rsatilgan  vaziyatni anglamasa, uning harakatlari 

boshqa ishtirokchilardan farqli, JK 158-moddasi 1-qismi bo‘yicha emas, 

JK 97-moddasi bo‘yicha qasddan odam o‘ldirish deb kvalifikatsiya 

qilinishi shart. 

Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar tarkibi subyekt  tomonining 

aqliy (intellektual) elementi jinoyat ishtirokchilari o‘z qilmishlarining, 

birgalikdagi harakatlarining ijtimoiy xavfliligini anglashi, irodaviy 

elementi esa, jinoiy natijaga erishish niyati yoki birgalikdagi xatti-

harakatlarini birlashtirish orqali bu natijaga erishilishiga ongli yo‘l 

qo‘yishda ifodalanadigan qasd bilan belgilanadi. Biroq, shuni yana bir bor 

ta’kidlab  o‘tamizki, sud-tergov amaliyotida moddiy mukofot evaziga 

(yollanma tarzda) odam o‘ldirish holatidagi ishtirokchilarning harakatlarini 

yuridik baholashda alohida yondashuv ishlab chiqilgan. Jumladan, 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlariga muvofiq, 

«Qotillik uchun haq va’da qilgan tashkilotchi (buyurtmachi)ning 

328 


 


harakatlari u qaysi sabablarga ko‘ra shunday qilganligidan kelib  chiqib, 

Jinoyat kodeksining 28, 97-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya 

qilinmog‘i kerak»

1

. Masalan, agar qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir 



etilganda yordamchi bajaruvchining jabrlanuvchi bilan yomon 

munosabatda bo‘lganligi sababli «oddiy» qasddan odam o‘ldirish (JK 97-

moddasi 1-qismi) sodir etilgan bo‘lsa-yu, keyinchalik jabrlanuvchiga 

nisbatan hech qanday nafrat bo‘lmaganligi va bajaruvchi tamagirlik 

niyatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganligi aniqlansa, 

yordamchi bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat kvalifikatsiya belgili 

emas, balki oddiy qasddan odam o‘ldirish jinoyati uchun javobgarlikka 

tortiladi. 

Agar obyektiv yoxud subyekt belgilar qaysidir ishtirokchi shaxsi bilan 

bog‘liq bo‘lsa, bu belgi haqida boshqa ishtirokchilar bilish-bilmasligidan 

qat’i nazar, shu shaxsni ayblashga asos bo‘ladi. Masalan, o‘g‘rilikni 

takroran sodir etishda takroriylik belgisi jinoyatni takroran sodir etgan 

shaxsga tegishli bo‘ladi, ishtirokchilarning birida retsidiv bo‘lishi esa 

aynan mana shu ishtirokchiga nisbatan retsidivning tan olinishini 

anglatadi. 

Ishtirokchilarning jazosini individuallashtirishda ham xuddi shu qoida 

amal qiladi. Ishtirokchilardan birining shaxsiga mansub yengillashtiruvchi 

va og‘irlashtiruvchi holatlar faqat shu ishtirokchiga jazo tayinlashda 

hisobga olinadi. 

Bajaruvchining qilmishi jinoyat barcha ishtirokchilarining harakatlari 

natijasi bo‘lganligi sababli bu ishtirokchilar muayyan tarzda 

bajaruvchining qilmishlari bilan bog‘langandir. Bu bog‘lanish tashkilotchi 

yoki dalolatchi tomonidan ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibi obyektiv tomoni 

ular jinoiy qasdga undagan shaxs tomonidan amalga oshirilishi bilan 

to‘ldiriladi. Shu bilan birga tashkilotchisi, dalolatchisi bilan ular 

tomonidan tashkil etilgan bajaruvchi faoliyati sababiy bog‘lanish jinoiy-

huquqiy ma’nodagi oqibat bo‘lib keluvchi bu faoliyatning natijasi yuzaga 

kelishigacha davom etadi. Shu sababli, ishtirokchi harakatlaridagi 

1

 

Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  2004  йил  24  сентябрдаги  «Қасддан  одам 



ўлдиришга  оид  ишлар  бўйича  суд  амалиёти  тўғрисида»ги  13-сонли  қарори,  14-банд,  2-хатбоши  //  Тўплам,  2-

жилд. – 197-б. 

329 

 

                                                           




tugallangan  jinoyat tarkibi bajaruvchi tomonidan muayyan jinoyat 

tarkibining  obyektiv tomoni barcha majburiy belgilarining amalga 

oshirilishida bo‘ladi. 

Moddiy tarkibli jinoyatlarda bajaruvchining xatti-harakatlari 

(harakatsizligi) natijasida qonunda nazarda tutilgan  oqibatlarning yuzaga 

kelishi  yetarli  hisoblanadi. Formal tarkibli jinoyatlarda bajaruvchi qonun 

bilan taqiqlangan qilmishni sodir etishi lozim. Faqat shu holdagina 

tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilarning harakatlari tugallangan deb 

baholanishi kerak. Agar bajaruvchi u yoki bu sabablarga ko‘ra,  o‘z 

qilmishini oxiriga yetkazmagan bo‘lsa, javobgarlik jinoyatga suiqasd qilish 

yoki jinoyat sodir etishga tayyorgarlik uchungina yuzaga keladi. Xuddi 

shunday tarzda boshqa ishtirokchilarning harakatlarini ham  kvalifikatsiya 

qilish lozim: ular suiqasdni tashkillashtirganlari yoki jinoyatga 

tayyorgarlik ko‘rganlari uchun, suiqasdga yoki jinoyatga tayyorgarlikka 

qiziqtirganlari uchun, va nihoyat, jinoyatga suiqasd yoki tayyorgarlikka 

yordam berganliklari uchun javobgarlikka tortiladi. 

Ishtirokchilar boshlab bergan sababiy qatorni davom ettiruvchi 

bajaruvchi faoliyati ularning qasdi bilan qamrab olingan natijada ayblash 

hajmini belgilab beradi. Bajaruvchi jinoyat rivojlanishining muayyan 

bosqichida jinoyatga suiqasd qilish yoki tayyorgarlik ko‘rish bosqichida 

to‘xtagan hollarda yuzaga kelmagan natijada ishtirokchilarni ayblash 

mumkin emas. Ular bajaruvchi sodir etgan qilmish uchungina 

javobgarlikka tortilishlari mumkin. 

Jinoyat ishtirokchilari harakatlarining kvalifikatsiyasi, shuningdek, 

ishtirokchilik shakliga bog‘liq bo‘ladi va maxsus belgilar bilan 

ifodalanadi. Jumladan, JKda qayd etiladiki, oldindan til biriktirgan guruh, 

jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda a’zolari 

tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari qatnashgan barcha 

jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar 


Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   578




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish