2-§. Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish
Jinoyat sodir etishning birinchi bosqichi – bu
jinoyatga tayyorgarlik
ko‘rishdir.
JK 25-moddasi 1-qismida
«Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni
sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga
bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar
to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb
topiladi» deyiladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, aytib o‘tilganidek, faqat to‘g‘ri
qasddan sodir etiladigan jinoyatlardagina bo‘ladi. Jinoyatga tayyorgarlik
ko‘rish orqali shaxs o‘z harakatining ijtimoiy xavfliligini bu harakatlari
orqali o‘ziga jinoyat sodir etish uchun sharoit yaratayotganligini anglaydi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoiy faoliyatning dastlabki bosqichi
hisoblanganligi bois, boshqa bosqichlarga qaraganda ijtimoiy xavflilik
darajasining yuqori emasligi bilan tavsiflanadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb, jinoyat sodir etish uchun shart-
sharoit yaratishga, shuningdek, bundan keyin jinoyatni yashirishga
qaratilgan istalgan faoliyatni tushunish lozim. Jinoyatni sodir etishga qasd
shakllanishidan farqli ravishda, tayyorgarlik ko‘rish bosqichi nafaqat
jinoyat sodir etishni niyat qilish, balki uni sodir etish uchun sharoit
yaratuvchi va zarur bo‘lgan konkret ishlarni bajarish bilan tavsiflanadi.
Bunda mazkur harakatlarning qay darajada chuqur o‘ylanganligi va qancha
vaqt davomida amalga oshirilishi bevosita tayyorlanayotgan jinoyat turiga
bog‘liq. Jinoyat qanchalik xavfli va murakkab bo‘lsa (masalan,
«buyurtma» qotillik, terroristik akt, josuslik, garovga olish va h.k.), unga
tayyorgarlik ko‘rish ham shunga yarasha talab etiladi. Ushbu jinoyatni
sodir etish bosqichiga oldindan o‘ylangan qasd mavjudligi xosdir. Situativ
xarakterga ega, to‘satdan paydo bo‘ladigan qasddan sodir etiladigan
jinoyatlarda esa, tayyorgarlik bosqichi deyarli yo‘q (masalan, bezorilik
harakatlarini sodir etishga bo‘lgan niyat shu zahoti amalga oshiriladi).
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlari suiqasd qilishdan shunisi
bilan farqlanadiki, ularning sodir etilishi jarayonida jinoyat qonuni
tomonidan muhofaza qilingan obyektlarga bevosita tajovuz qilinmaydi,
267
ya’ni JK Maxsus qismi konkret moddalari dispozitsiyasida ko‘zda tutilgan
qilmish hali sodir qilinmaydi. Boshqacha aytganda, jinoyatga tayyorgarlik
ko‘rish va suiqasd bosqichlari orasidagi tafovut, jinoyat sodir etish
harakatlariga asoslanadi. Bu harakatlar ikki xil turda bo‘ladi: biri jinoyat
tarkibining elementi bo‘lsa, ikkinchisi jinoyat sodir etilishini ta’minlovchi
aktdir. Bu harakatlarning birinchi turi suiqasd bosqichiga xos bo‘lsa,
ikkinchisi jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida namoyon bo‘ladi.
Jumladan, harakat jinoyat tarkibining unsuri sifatida, qonunda
ko‘rsatilgan muayyan alomatlar (talon-toroj qilish, yolg‘on ma’lumot
tarqatish, targ‘ib qilish va h.k.)ga ega. Shu sababli, har qanday harakat,
hatto u jinoiy suiqasd bilan sodir etilgan bo‘lsa ham, tegishli jinoyat
tarkibining obyektiv tomoni sifatida harakatni hosil qilavermaydi. Misol
uchun, o‘t qo‘yish maqsadida benzin sotib olish, shubhasiz, harakat
bo‘lgani holda, o‘t qo‘yish (mulkni qasddan nobud qilish, JK 173-
moddasi) tarkibining unsuri hisoblanmaydi, xuddi shuningdek, birovni
urish uchun tayoqning egallanishi ham badanga shikast yetkazish
tarkibining unsurini hosil qilmaydi va h.k. Bundan tashqari, shuni
unutmaslik kerakki,
Do'stlaringiz bilan baham: |