NOTA BENE !
To‘g‘ri qasd
– qasdning shunday ko‘rinishiki, unda shaxs o‘z harakati
(harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfliligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlar
kelib chiqishining real imkoniyatini va muqarrarligini oldindan ko‘ra oladi
va ularning kelib chiqishini istaydi.
JK 21-moddasi 4-qismiga
ko‘ra, «agar shaxs o‘z qilmishining
ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga
ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa,
bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi».
Egri qasdda ham to‘g‘ri qasdda bo‘lganidek intellektual va irodaviy
holatlar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |