Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 
konstitutsiyaviy maqomi 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi respublikaning ijro 
hokimiyati organlari tizimini mustahkamlagan. Unga asosan ijro 
hokimiyati organlarining bir necha turi mavjud bo’lib, ular shartli rav-
ishda alohida guruhlarga bo’lingan:
– birinchidan
, ijro hokimiyatining oliy (markaziy) va mahalliy 
(quyi) organlari. Respublika miqyosida ijro hokimiyatini amalga oshiru-
vchi oliy organ Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashidir. 
Mahalliy ijro hokimiyati organlari, tuman, shaharlar hokimliklari 
hisoblanadi; 
–ikkinchidan,
umumiy vakolatli ijro organlariga Vazirlar 
Kengashi, hokimlar kiradi. Maxsus vakolatli organlar vazirliklar, 
qo’mitalar, mahalliy ijro hokimiyati bo’lim va boshqarmalaridir; 
–uchinchidan,
kollegiallik asosida va yakkaboshchilik asosida
ish Yurituvchi organlar. Birinchisiga Qorakalpog’iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, ikkinchisiga esa hokimlar, vazirliklar, qo’mitalar, 
mahalliy ijro hokimiyati bo’lim va boshqarmalari rahbarlari kiradi; 
–to’rtinchidan,
tayinlanadigan organlar. Qoraqalpog’iston Respu-
blikasi Vazirlar Kengashi Raisi, hokimlar, vazirlar, ko’mitalar, mahalliy 
ijro hokimiyati bo’lim va boshqarmalari boshliqlari. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huquqiy 
maqomining asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
70-moddasida, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 
XX-bob 86-91-moddalarida hamda Vazirlar Kengashi to’g’risidagi 
qonunlarda mustahkamlangan.


418 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Respublikaning 
Jo’qorg’i Kengesi oldida ma’suldir va unga hisobot berib turadi.
O’zbekiston bilan Qoraqalpog’iston Respublikalari o’rtasida o’zaro 
munosabatlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash uchun Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashining 1999-yil 15-yanvardagi qaroriga 
binoan “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy 
Vakolatxonasi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi. Ushbu Nizomga 
muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy 
Vakolatxonasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, shuningdek, 
O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari, idoralari va 
boshqa tashkilotlari bilan xo’jalik hamda madaniy aloqalarni amalga 
oshiruvchi organ hisoblanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatini 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yo’naltirib turadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi-hukumat boshlig’i 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o’z lavozimi 
bo’yicha kiradi. Vazirlar Kengashi Raisi Respublika Jo’qorg’i Kengesi 
Raisining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti roziligi bilan qilingan 
taklifiga binoan Jo’qorg’i Kenges tomonidan lavozimga tayinlanadi va 
lavozimdan bo’shatiladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakolatlari, uning 
ish tartibi, Qoraqalpog’iston Respublikasining boshqa davlat organlari 
bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining munosabatlari 
Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Vazirlar Kengashi tarkibiga: Vazirlar Kengashi Raisi, uning 
o’rinbosarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirlari, davlat 
qo’mitalarining raislari, davlat va xo’jalik boshqaruvi hamda boshqa 
organlarning rahbarlari kiradi.
Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari, Vazirlar Kengashi a’zolari 
Vazirlar Kengashi Raisining taklifiga binoan Jo’qorg’i Kenges Raisi 
tomonidan keyinchalik Jo’qorg’i Kengesning tasdiqlashi bilan lavozimga 


419 
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Konstitutsiyaning 87-moddasiga asosan Vazirlar Kengashini tuzish 
tayinlash va tasdiqlash yo’li bilan amalga oshiriladi, ya’ni Jo’qorg’i 
Kenges Raisi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosarini, vazirlarni, 
qo’mita raislarini va boshqalarni prezidium qarori bilan lavozimga 
tayinlaydi. So’ng ular Jo’qorg’i Kengesda tasdiqlanadi. Vazirlar Kengashi 
- Qoraqalpog’iston Respublikasining hukumati – iqtisodiy, ijtimoiy va 
ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko’rsatishiga, O’zbekiston 
Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
boshqa qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari 
va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari 
va farmoyishlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi farmonlari, 
qarorlari va farmoyishlari ijro etilishga rahbarlikni ta’minlovchi 
Qoraqalpog’iston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Vazirlar Kengashi vakolatlari. 1993-yil 6-avgustda Vazirlar 
Kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolatlari doirasini 
aniqlovchi “Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 
to’g’risida”gi Qonuni qabul qilingan. 1998-yil 29-yanvarda mazkur
qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu qonun talablariga binoan 
Vazirlar Kengashi:
-
iqtisodiy, ijtimoiy – madaniy jarayonlarni boshqaradi;
-
mulkchilikning barcha shakllarini uyg’unlashtirish va ularning 
tengligi, bozor iqtisodiyotining huquqiy qurilishini ruyobga chiqarish 
asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, xo’jalik 
yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga 
ko’maklashadi;
-
Respublikada pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-
tadbirlarini ko’radi, Respublika byudjetini, shuningdek, Respublika 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim 
dasturlarni ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv 
idoralari tizimini takomillashtiradi, vazirliklar, davlat qo’mitalari, 
idoralari va xo’jalik tuzilmalarini tashkil qilish va tugatish to’g’risida 
Respublika Jo’qorg’i Kengesiga takliflar beradi;
-
fan va texnikani rivojlantirish chora-tadbirlarini, shuningdek, 
tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish bo’yicha 
dasturlarni amalga oshiradi;


420 
-
fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat 
qilish huquqlarini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, 
ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtirish, sog’liqni saqlash, xalq 
ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini 
belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga yordamlashadi; 
-
Respublika davlat xavfsizligini ta’minlash, O’zbekiston 
Respublikasining davlat chegaralarini qo’riqlash, davlat manfaatini 
qo’riqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga 
ko’maklashish, Respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan yirik 
ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, 
tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar 
ko’radi, O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi 
qonunlariga muvofiq hukumatlararo shartnomalar va bitimlar tuzadi,
ularni bajarish chora tadbirlarini ko’radi.
Vazirlar Kengashi vazirlarning o’rinbosarlarini, davlat qo’mitalari 
raislarining o’rinbosarlarini, bosh boshqarmalar hamda davlat boshqaruvi 
boshqa idoralari rahbarlari va ularning o’rinbosarlarini lavozimiga 
tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi. Xo’jalik boshqaruvi tuzilmalari 
rahbarlarini va vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hay’atlari 
a’zolarini tasdiqlaydi. Shuningdek, vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar 
hamda davlat va xo’jalik boshqaruvining boshqa tuzilmalari haqidagi
nizomlarni tasdiqlaydi. Yuqorida nomi tilga olingan davlat va xo’jalik 
boshqaruvi tuzilmalarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, 
agarda ular qabul qilgan aktlar amaldagi qonunlarga zid bo’lgan hollarda, 
ularni bekor qilish huquqiga ega.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o’z faoliyatida 
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy – madaniy rivojlantirishni ta’minlash
bilan bog’liq masalalar bilan ham shug’ullanadi. Shu maqsadda u
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tuzulmalarining faoliyatini 
muvofiqlashtiradi. Hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning 
asosiy ko’rsatkichlarini tasdiqlaydi, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat 
majmuining soni va namunaviy tuzilmasini belgilaydi. 
Tuman va shahar hokimlarining amaldagi qonunlarga zid b
o’
lgan 
qarorlari va farmoyishlarini to’xtatib q
o’
yish va ularni bekor qilish 
to’g’risida Jo’qorg’i Kengesga takliflar berish huquqiga ega. Vazirlar 
Kengashi tegishli bo’limlardan iborat. Har bir bo’lim tarkibi, uning 
vakolatlari Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizomda 
belgilanadi.


421 
Vazirlar Kengashi ish tartibi. Vazirlar Kengashi o’z ishini majlislar 
ko’rinishida tashkil qiladi. Majlislarni tayyorlash va o’tkazish tartibi 
Qoraqalpog’iston Respublikasining Vazirlar Kengashi ish tartibi bilan 
belgilangan. Vazirlar Kengashi Raisi Vazirlar Kengashining ishini tashkil 
etadi, o’rinbosarlar o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi va keyinchalik uni 
Vazirlar Kengashi Rayosatida tasdiqlatadi. Xalqaro munosabatlarda 
Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining vakili bo’lib hisoblanadi, 
hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi. Vazirlar Kengashi
va uning rayosati majlislarida qarab chiqilishni talab qilmaydigan davlat
va xo’jalik boshqaruvining boshqa barcha masalalari bo’yicha qarorlar 
qabul qiladi. 
Vazirlar Kengashi Raisi bo’lmagan hollarda uning vazifalarini uning 
topshirig’iga binoan o’rinbosarlaridan biri bajaradi. Vazirlar Kengashi 
o’rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq o’zlari rahbarlik qiladigan, 
turkum tarmoqlari faoliyati uchun javob beradilar. Tegishli vazirliklar, 
davlat qo’mitalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning faoliyati 
yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, ularga topshiriqlar beradi, Vazirlar 
Kengashiga kiritilgan takliflarni, qarorlar va farmoyishlarning 
loyihalarini qarab chiqadi. Vazirlar kengashi a’zolari o’zlariga topshirilgan 
soha faoliyati uchun javob beradi. Vazirlar Kengashining doimiy 
tuzilmasi sifatida Vazirlar Kengashi Rayosati faoliyat ko’rsatadi. Vazirlar 
Kengashi Raisi qaroriga binoan Rayosat tarkibiga Qoraqalpog’iston 
Respublikasi hukumatining boshqa a’zolari ham kiritilishi mumkin. 
Vazirlar Kengashi rayosatining hujjatlari: qarorlar, farmoyishlar, bayon 
qarorlar shaklida chiqariladi.
Alohida topshiriqlarni bajarish uchun Vazirlar Kengashi muvaqqat 
komissiyalar va boshqa ishchi guruhlarni tuzishi ham mumkin. Vazirlar 
Kengashi Qoraqalpog’iston Respublikasining butun hududida barcha 
tuzilmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar 
chiqaradi. Vazirlar Kengashining maromiy tusdagi yoki juda muhim 
ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlari Vazirlar Kengashi qarorlari shaklida 
chiqariladi. Shoshilinch va boshqa joriy masalalar bo’yicha hujjatlar 
Vazirlar Kengashining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi. 


422 
Vazirlar Kengashining qarorlari Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan 
imzolanadi. Vazirlar Kengashi farmoyishlari Vazirlar Kengashi Raisi, u 
bo’lmagan hollarda uning topshirig’iga binoan o’rinbosarlardan biri 
tomonidan imzolanadi. Vazirlar Kengashi qarorlari va farmoyishlari, agar 
ularda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, imzolangan kundan 
boshlab kuchga kiradi.
Vazirlar Kengashi o’zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan 
bevosita yoki vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va xo’jalik 
boshqaruvi tuzilmalari orqali nazoratni amalga oshiradi. Vazirlar Kengashi 
va uning Rayosati majlislarini hamda tegishli qarorlar loyihalarini 
tayyorlash, Vazirlar Kengashi qarorlarining bajarilishini muntazam 
ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Kengashining bo’limlari faoliyat 
ko’rsatadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasida Vazirliklar ijroiya hokimiyatining 
markaziy organlari hisoblanib, ular halq xo’jaligi tarmoqlari va ijtimoiy 
madaniy sohalarni boshqarib boradilar. Alohida vazirlik esa markaziy 
boshqaruvning tarmoq bo’yicha ijroiya hokimiyati organi hisoblanib, 
ushbu sohaga oid qonunlar ijrosi bo’yicha ish yuritadi. Ularning davlat 
hokimiyati vakolati berilgan o’z vazifalari, o’z quyi va tobe organlari, 
tarmoqni rivojlantirish turli jabhalariga mas’ul bo’lgan idoralari bo’ladi.
Vazirlik – bu boshqaruvning sohaviy shaklidir. Ular jabhani 
boshqarish tarmog’ida asosiy bo’g’inni tashkil etadi. Shu sababli vazirlik 
tushunchasi ma’lum toifadagi soha bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, 
Qoraqalpog’iston Respublikasining Ijtimoiy ta’minot va mehnat vazirligi 
to’g’risidagi nizomning 1-moddasida: Ijtimoiy ta’minot va mehnat 
vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasida nafaqaxo’rlar, nogironlar va 
kam ta’minlangan bolalari bor oilalarni ijtimoiy himoyalashda yagona 
davlat siyosatini ta’minlash bo’yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi, 
Respublikada ularga nafaqa va ijtimoiy xizmat ko’rsatishni tashkil etadi 
deyilgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z davlat mustaqilligiga erishgandan 
so’ng boshqaruvning markaziy ijroiya organlari faoliyatida sezilarli 
o’zgarishlar ro’y berdi. Respublikada yuz bergan va berayotgan tub iqti-
sodiy o’zgarishlar sohaviy boshqaruvni isloh qilishda o’z aksini topa bordi.


423 
Xo’sh, Qoraqalpog’iston vazirliklari bilan O’zbekiston vazirliklari 
munosabatlari qanday? 
Bu yerda hal qiluvchi holat – O’zbekiston Respublikasining sohaviy 
vazirligi Qoraqalpog’istonning shu nomdagi vazirligi faoliyatini 
muvofiqlashtirishidir. O’zbekiston Respublikasining Vazirliklari nisbatan 
kengroq rahbarlik vakolatlariga ega. Bunda ijobiy taraf shundaki, 
Qoraqalpog’iston vazirligi yangi tashkilotlar tashkil etishda, shu nomdagi 
O’zbekiston vazirligi bilan kelishadi, bu bilan yangi tizimda nafaqat 
Qoraqalpog’iston vazirligi balki O’zbekiston Respublikasi vazirligi 
tarkibiga kirganligi ta’kidlanadi va O’zbekiston Respublikasida yaxlit soha 
– tizim amalda bo’lishi qayd etiladi. 
Qoraqalpog’iston vazirliklarining boshqaruv faoliyatida ularning 
tuman, shahar hokimlari bilan aloqalari muhim o’rin tutadi. Ular 
hamkorlikda joylardagi ishlab chiqarish komplekslariga rahbarlik qiladilar. 
Korxona, muassasa, tashkilotlarning qonunlarga asosan faoliyat 
ko’rsatishini nazorat qiladilar, boshqa soha va tarmoqlar bilan bog’liq 
masalarini hal etadilar. Masalan, yerdan foydalanish, tabiatni muhofaza 
qilish, kapital qurilish, mehnat resurslaridan foydalanish, ijtimoiy – 
madaniy, maishiy va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida hamkorlik 
qiladilar. Vazirlik bilan mahalliy hokimiyat amalga oshiriladigan ijroiya – 
boshqaruv faoliyatida vazirlik respublika miqyosida o’z sohasi bo’yicha 
barcha ishlarga rahbarlik qiladi, mahalliy davlat hokimiyati organlari esa 
tegishli hududda davlat, xo’jalik hamda ijtimoiy – madaniy qurilishni 
boshqaradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish