Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Qoraqalpog’iston Respublikasida sud hokimiyati tizimi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

5-§. Qoraqalpog’iston Respublikasida sud hokimiyati tizimi 
Qoraqalpog’iston Respublikasida sud O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, 
Qoraqalpog’iston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to’g’risidagi 
xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan 
qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishga qaratilgan 
faoliyat hisoblanadi. 
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar 
tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, sudyalar qonunga 
muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslardir. 
Qoraqalpog’iston Respublikasida barcha sudyalar bir xil maqomga 
ega va sudlarning raislari, rais o’rinbosarlari ayni vaqtda sudyalardir. 


424 
Sud tizimining bosqichma-bosqich demokratlashtirilishi, inson huquq 
va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan sud hokimiyatining 
mustaqilligi to’g’risidagi konstitutsiyaviy tamoyilga qat’iy rioya etilishi 
mamlakatda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar 
orasida markaziy o’rinni egallaydi.
Jumladan, 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya 
qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, 
sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni
tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish 
sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim 
yo’nalishlari sifatida mustahkamlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi 
sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini 
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida
190
”gi Farmonining qabul qilinishi
qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishdagi muhim qadam bo’lib, mazkur 
sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tardi.
Farmonga ko’ra sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va 
O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining 
konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko’maklashadigan 
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi o’rinlarda–
Kengash) tashkil etildi.
Ilk marotaba davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari 
g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning sudga 
shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga 
oshirishni ta’minlashga xizmat qiladigan O’zbekiston Respublikasi Oliy 
sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tuman 
(shahar) ma’muriy sudlari tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi 
PF-4966-sonli Farmonining 10
1
-ilovasiga ko’ra Qoraqalpog’iston 
Respublikasida ham yangi tashkil etilgan tuman (shahar) ma’muriy 
sudlarining yurisdiktsiya hududlari belgilandi. 
190
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017 
й
., 8-
сон
, 109-
модда

Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 29.09.2017 
й
., 06/17/5195/0033-
сон
, 20.07.2018 
й
., 
06/18/5487/1543-
сон


425 
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi 
sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini 
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sud tizimida ham bir qator o’zgarishlar 
sodir bo’ldi. Jumladan,Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining raislari 
va rais o’rinbosarlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi 
Raisining O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 
xulosasi asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan 
taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i 
Kengesi tomonidan saylanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining sudyalari, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining 
raislari va sudyalari O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga 
binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan 
tayinlanadi
191

Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o’n yillik 
muddatga va sudyalik lavozimida bo’lishning muddatsiz davriga 
belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi. 
Sudya o’z vakolati muddati davomida Qoraqalpog’iston 
Respublikasi sudining sudyasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi 
tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga 
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga 
binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan
qayta tayinlanishi mumkin. Bunda bir sudning o’zida sudyalik lavozimida 
bo’lish muddati ikki yildan kam bo’lmasligi kerak. 
Sudyaning qayta tayinlanishi masalasi uning arizasiga asosan 
Sudyalar oliy malaka hay’atining tavsiyasiga binoan kiritiladi. 
Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat 
yuritgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. 
Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir 
shaxs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi 
yoki tayinlanishi mumkin emas. 
191
Ўзбекистон
Республикасининг

Судлар
тўғрисида

ги
Қонуни

Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 12.10.2018 
й
., 03/18/496/2043-
сон



426 
Sud raisining rais sifatidagi vakolat muddati tugagach, u o’zining 
faoliyatini o’z roziligi bilan shu sudda sudyalik lavozimida davom ettiradi 
yoxud qolgan vakolat muddatiga o’z roziligi bilan boshqa sudyalik 
lavozimiga saylanadi yoki tayinlanadi. 
Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs 
quyidagi mazmunda qasamyod qilganidan keyin o’z vazifasini bajarishga 
kirishadi: 
–“Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, 
odil sudlovni faqat qonunga bo’ysungan holda amalga oshirishga, sudyalik 
burchim va vijdonim buyurganidek beg’araz, xolis va adolatli bo’lishga 
tantanali qasamyod qilaman”. 
Sudyalar Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat bayrog’i oldida 
tantanali vaziyatda qasamyod qiladilar. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining sudyalari – 
Qoraqalpog’iston Respublikasining tegishli sudlari rayosati majlisida 
qasamiyod qiladilar. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudi 
rais, rais o’rinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat bo’ladi 
hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo’yicha sudi
rais, rais o’rinbosari, sudyalardan iborat bo’ladi hamda sud rayosati va 
sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi iqtisodiy sudi rais va sudyalardan 
iborat bo’ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari tarkibida ish olib 
boradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy sudlari rais va 
sudyalardan iborat bo’ladi hamda sud rayosati va sudlov hay’atlari 
tarkibida ish olib boradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi: 
– o’z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instantsiya sudi sifatida, 
apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko’radi; 
–tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sud faoliyati ustidan nazo-
rat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi; 
–sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshi-
radi; 
–sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi; 
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi rayosati shu sudning sudyalari-
dan iborat tarkibda ish olib boradi. 


427 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi rayosati majlislari har oyda 
kamida ikki marta o’tkaziladi va Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi ray-
osati a’zolarining ko’pchiligi hozir bo’lgan taqdirda vakolatli hisobla-
nadi
192

Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi rayosatining qarorlari ovoz ber-
ishda ishtirok etgan Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi rayosati 
a’zolarining ko’pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sud raisi 
tomonidan imzolanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi rayosati: 
–sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko’rib chiqadi; 
–hay’atlar faoliyati to’g’risidagi ma’ruzalarni, tumanlararo, tuman 
(shahar) sudlari raislarining shu sudlar faoliyati to’g’risidagi va qonun hu-
jjatlarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi ma’ruzalarini tinglaydi; 
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining sudlov hay’atlari: 
–o’z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada ko’radi; 
–apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bild-
irish) huquqiga ega bo’lgan shaxslarning xohishiga ko’ra, ishlarni apel-
lyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’radi. Apellyatsiya tartibida ko’rilgan 
ish kassatsiya tartibida ko’rilmasligi kerak; 
–sud amaliyotini umumlashtiradi; 
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining raisi: 
–sud faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi; 
–sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi; 
–sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish ishini tashkil etadi; 
–sud majlislarida raislik qiladi; 
–tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko’maklashadi; 
–sudyalar, sudning boshqa xodimlari hamda xalq maslahatchilari 
malakasini oshirish ishini tashkil etadi; 
–sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishini 
tashkil etadi; 
–fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shi-
koyatlarni ko’rib chiqish ishini tashkil etadi; 
192
Ўзбекистон
Республикасининг

Судлар
тўғрисида

ги
Қонуни

Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 12.10.2018 
й
., 03/18/496/2043-
сон



428 
–sudyalarning malaka hay’ati qarorlari ustidan Sudyalarning oliy 
malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi; 
–sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun
bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishni amalga 
oshirishga doir faoliyati to’g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi; 
–bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan 
uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek, jamoatchilikni sudning faoliyati 
to’g’risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi; 
–sud idorasi ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat 
shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi; 
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi raisining o’rinbosari: 
–sudlov hay’atlarining ishini tashkil etadi; 
–sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi; 
–sud rayosatiga sudlov hay’atlarining faoliyati to’g’risida 
ma’ruzalar taqdim etadi; 
–fuqarolarni shaxsan qabul qiladi; 
–sud raisi yo’qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi; 
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi raisining o’rinbosari yo’qligida 
uning vakolatlari Sudyalarning oliy malaka hay’ati qaroriga ko’ra
sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin
193

O’ttiz yoshdan kichik bo’lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va
yuridik ixtisosligi bo’yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi or-
ganlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo’lgan O’zbekiston 
Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (sha-
har) sudining, jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudining, tumanlara-
ro, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining, 
hududiy harbiy sudning sudyasi bo’lishi mumkin. 
Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo’yicha kamida etti 
yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik 
193
Ўзбекистон
Республикасининг

Судлар
тўғрисида

ги
Қонуни

Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 12.10.2018 
й
., 03/18/496/2043-
сон



429 
mehnat stajiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining sudyasi bo’lishi mumkin. 
Shuningdek, sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo’lishi, 
siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek, ilmiy va pedagogik
faoliyatdan tashqari haq to’lanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat
bilan shug’ullanishi mumkin emas. 
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan trans-
portiga kirish, ularni ko’zdan kechirish, ularda tintuv o’tkazish yoki 
ulardan ashyoni olish, telefondagi so’zlashuvlarini eshitish, sudyani shax-
san ko’zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek, uning xat-
xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko’zdan kechirish, olib 
qo’yish yoki olishga faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurorining 
ruxsati yoki sudning qarori bilan yo’l qo’yiladi. 
Sudyalarning faoliyatini muddatidan oldin to’xtatish uchun asoslar 
mavjud bo’lsa Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlari sudyasining vako-
latlari –Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisining 
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasiga asosan 
kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlari sudyalarining malaka 
hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil 
muddatga saylanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasisudlarining sudyalariga guvohnoma-
lar O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi. 
Sudlarning ish tartibi va ularni tashkil etish, O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, Qoraqalpog’iston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi 
Qonuni, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual 
Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual Kodeksi, 
O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual Kodeksi va boshqa 
qonunlar bilan tartibga solinadi. Favqulodda sudlarning tuzilishiga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Barcha sudlarda ishlar ochiq ko’riladi. Ishlarni yopiq majlisda ko’rib 
chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo’l quyiladi. Sud 
majlislarini ochiq turda yuritish unga barcha fuqarolarning qatnashishi 
mumkinligini anglatadi.
Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat 
birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor 
shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir. Odil sudlovni amalga oshirish 


430 
qonun bilan faqat sud organlari vakolatiga berilgan. Sud o’z qarorlarini 
O’zbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi.
Qoraqalpog’istonda davlat tili qoraqalpoq va o’zbek tili hisoblanadi. 
Shuning uchun sud ishi shu tillarda olib boriladi. Ayrim chegaradosh
joylardagi xalqning ko’pchiligi boshqa tillarda so’zlashsa o’sha tilda
sud ishi yuritilishi mumkin. Sud jarayonining tiliga ishga qatnashuvchilar 
tushunishlari shart. Shuning uchun, agar qatnashuvchilar sudlov tilini 
tushunmasalar ularga tarjimon beriladi. Shuningdek, ayblanuvchiga, 
sudlanuvchiga yoki prosessga qatnashgan boshqa shaxslarga berilishi 
kerak bo’lgan tergov va sud hujjatlari ularning ona tilida yoki ular bilgan 
boshqa tilga o’girilishi shart. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish