6-§. Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining konstitutsiyaviy
asoslari
Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul
qilingandan so’ng, mahalliy vakillik organlarining yangi tizimi o’rnatildi
va ushbu organlarning tavsifi, mavqei sifat jihatdan takomillashdi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyatining vakillik
organlari tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladigan xalq deputatlari
Kengashlari bo’lib hisoblanadi.
Qoraqalpog’iston RespublikasiKonstitutsiyasining XXI bobi
“Mahalliy davlat hokimiyati asoslari” deb ataladi va 92-moddada mahalliy
davlat hokimiyati vakillik va ijro hokimiyatiga bo’linishi belgilandi.
Konstitutsiyaning 94-moddasida mahalliy davlat organlarining - faoliyatini
tashkil qilish, vakolat doirasi, saylash tartibi qonun bilan belgilanadi,
deyilgan. Shu bois, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi
1993-yil 24-dekabrda “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunni
qabul qildi
194
. Unga asosan Xalq deputatlari Kengashlari tuman va
shaharlarda, (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan tashqari) davlat
hokimiyatining vakillik organlari deb belgilandi va natijada avvalgi ikki
pog’onali hokimiyat organlari tizimi o’rniga bir pog’onali hokimiyat
organi tizimi o’rnatildi. Kishloq, shahar, ovul, tumanga bo’ysunuvchi
shaharlarda davlat hokimiyatining vakillik organlari tugatildi.
Konstitutsiya va Qonunda mahalliy vakillik organlari fuqarolarning o’zini-
o’zi boshqarish organlari tizimidan ajratilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi,
194
Қорақалпоғистон
Республикасининг
“
Маҳаллий
давлат
ҳокимияти
тўғрисида
”
ги
Қонуни
. –
Нукус
: “
Қорақалпоғистон
”, 2011. – 44
б
.
431
ya’ni bu mahalliy vakillik organlarining davlat organlari sifatidagi
mavqeini oshirdi, ularning mas’uliyatini kuchaytirdi.
Mahalliy vakillik organlarining samarali ishlashi, o’z faoliyatini
to’la amalga oshira olish, mavqei ko’p jihatdan ularga saylangan
deputatlar tarkibiga bog’liq. Deputatlarning bilimi, dunyoqarashi,
fikrlashi, mustaqilligi Kengashlar ishi mazmunini belgilab beradi.
Ushbu masalalarni maqsadga muvofiq hal qilishda saylov qonunlari
muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya qabul qilingach, saylov
qonunlari ham yangilandi. Ularda demokratik huquqiy davlatga xos
xususiyatlar o’z ifodasini topdi. Bular ichida eng avvalo, saylovning
ko’ppartiyaviylik tamoyili asosida o’tkazilishi, saylov komissiyasi
tarkibiga biror-bir partiyaga mansub shaxslarning kiritilmaslik
qoidalarining o’rnatilishiga alohida e’tibor berildi. Mahalliy vakillik
organlariga saylov, avvalgi vakillik organining vakolati tugashiga kami
bilan 3 oy qolganda Jo’qorg’i Kenges tomonidan tayinlanadi. Deputatlar
bir mandatli okruglardan saylanadi. Xalq deputatlari tuman va shahar
Kengashlariga siyosiy partiyalar va fuqarolarning yig’inlari (vakillarning
yig’ilishlari) nomzod ko’rsatish huquqiga ega.
Xalq deputatlari Kengashlari o’z faoliyatiga ko’maklashib turishlari
uchun deputatlardan iborat, vakolat muddati davomida doimiy ishlovchi
komissiyalar tuzadi. Yangi chaqiriq 1-sessiyada xalq deputatlari
Kengashlari dastlab mandat komissiyasini tuzadi. Qancha va qanday
doimiy komissiyalar bo’lishini ishning hajmi va hududiy
xususiyatlar hisobga olingan holda Kengashning o’zi belgilaydi. Doimiy
komissiyalar rais, rais o’rinbosari, kotib va a’zolardan iborat bo’ladi.
A’zolarning sonini ham Kengash o’zi belgilaydi.
Doimiy komissiyalar sessiyalarda ko’riladigan masalalarni dastlab
ko’rib chiqib, xulosa tayyorlash, sessiyaga ko’riladigan masalalarni taqdim
qilish, Kengash va yuqori davlat organlari hujjatlarining mazkur hududda
bajarilishini nazorat qilish kabi vazifalarni bajaruvchi organ sifatida
tuziladi. Xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalarining faoliyati
qonun va nizomlar bilan belgilanadi. Xalq deputatlari Kengashlari zarur
paytlarda muayyan masalalar yuzasidan muvaqqat komissiyalar ham
tuzishlari mumkin.
Tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlarining ish tartibi tegishli
xalq deputatlari Kengashining Reglamenti bilan belgilanadi. Xalq
deputatlari Kengashi sessiyalari bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi.
Sessiya zaruratiga ko’ra hokim tomonidan, shuningdek, tegishli Kengash
432
deputatlarining uchdan ikki qismining tashabbusi bilan chaqirilishi ham
mumkin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida
mahalliy hokimiyat organlari vakolatlarining asoslari berilgan. O’z
navbatida, mazkur moddada mahalliy vakillik hokimiyati va ijro
hokimiyati organlarining vazifalari ajratilib ko’rsatilmagan, shuning uchun
u vakillik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham taalluqlidir. Ushbu
vakolatlarga quyidagilar kiradi:
-
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini
ta’minlash;
-
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
-
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy
soliqlarni, yig’imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil
qilish;
-
mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
-
atrof muhitni muhofaza qilish;
-
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
-
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Qoraqalpog’iston
Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa
vakolatlarni amalga oshirish
195
.
Xalq deputatlari Kengashlari o’z faoliyati davomida, o’zining
vakolatlari doirasida kollegial asosda normativ hujjatlar qabul qiladi. Ular
qabul qilgan normativ hujjatlar o’z hududida bajarilishi majburiydir.
Mahalliy hokimiyat organlari Konstitutsiya va qonunlarga zid
kelmaydigan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Mahalliy hokimiyat organlari o’zlarining butun faoliyatini davlat hamda
fuqarolarning manfaatini ko’zlab olib boradi, natijada davlat manfaati
bilan fuqarolarning manfaati o’rtasida mushtaraklik vujudga keladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining mahalliy Kengashlar
vakolatlarini belgilaydigan 1993-yil 24-dekabrda qabul qilingan Qonunda
vakillik va ijro hokimiyati organlarining vakolatlari alohida berilgan.
Qonunning 23-moddasiga binoan Kengash quyidagilarni amalga oshiradi:
-
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari hokimning
taqdimiga binoan o’z hududi budjeti va uning ijrosi haqidagi hisobotni,
195
Қаранг
:
Қорақалпоғистон
Республикаси
Конституцияси
. –
Нукус
: “
Қорақалпоғистон
”, 2006. –
Б
.72-73.
433
hududni rivojlantirish rejasini, tuman va shaharning bosh loyihasi va uni
qurish tartibini tasdiqlaydi;
-
amaldagi qonunlarga muvofiq mahalliy soliq, yig’im va bojlar
miqdorini belgilaydi, mahalliy budjetga tushadigan mahalliy soliq,
yig’imva to’lovlar bo’yicha imtiyozlar belgilaydi;
-
hokim va uning o’rinbosarlarini lavozimiga tasdiqlaydi,
lavozimdan ozod etish ishlarini amalga oshiradi, ularning faoliyatiga doir
hisobotlarni eshitadi;
-
qonunda nazarda tutilgan hollarda hokimlar qarorlarini
tasdiqlaydi;
-
xalq deputatlari Kengashlarining ish tartiblari, doimiy
komissiyalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi va zarur bo’lsa, ularga
o’zgartirishlar kiritadi;
-
Kengashning doimiy va muvaqqat komissiyalari hamda boshqa
organlarini tuzadi, saylaydi va tugatadi, ularning tarkibini o’zgartiradi,
faoliyati haqida hisobotlarni tinglaydi;
-
deputatlarning vakolatlarini tasdiqlaydi, vakolatini muddatidan
avval to’xtatadi yoki ularni javobgarlikka tortish, ishdan bo’shatishga
rozilik beradi;
-
ijroiya hokimiyati bo’limlari, boshqarmalari, boshqa tashkiliy
bo’linmalar hisobotini eshitadi;
-
xalq deputatlari so’rovlarini ko’rib chiqadi va ular yuzasidan
qarorlar qabul kiladi;
-
hokimning O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston
Respublikasi qonunlariga zid qarorlarini bekor qiladi;
-
hokimning taqdimiga binoan hokimlik tuzilishini, uning shtatlarini
va xodimlarning ish xaqi fondini tasdiqlaydi.
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini ikki turga bo’lish
mumkin. Birinchisi, xalq deputatlari Kengashlarining mutloq vakolatlari
bo’lib, ular faqat Kengashlar tomonidangina amalga oshiriladi.
Masalan, budjetni, uning ijrosi haqidagi hisobotni tasdiqlash, yordamchi
organlarni tuzish, deputatlar vakolatlarini tasdiqlash, muddatidan avval
tugatish, hokimni lavozimga tasdiqlash va boshqalar. Ikkinchi turga
boshqa vakolatlari kiradi, ya’ni ularni sessiyalar oralig’idagi vaqtda
hokimlar bajara oladi, lekin bu masala sessiyada albatta tasdiqlanishi
kerak. Masalan, hokimlik tuzilish bo’linmalari (tarmoq boshqaruv
organlari) boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishni
sessiyalar oralig’idagi vaqtda hokim amalga oshirishi mumkin. Lekin
hokimning qarori albatta sessiyada tasdiqlanishi lozim.
434
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasiga
muvofiq vakillik va ijro hokimiyati tegishligiga qarab tuman va shahar
hokimlari boshqaradi.
Tuman va shahar hokimlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisining taqdimiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesining Raisi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod
qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi
(96-modda). Tuman va shahar hokimlari o’z vakolatlarini yakkaboshchilik
asosida amalga oshiradilar va o’zlari rahbarlik qilayotgan organlarning
qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar.
Hokimlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini
tashkil qilish, ularning vakolat doirasi va xalq deputatlari mahalliy
Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi (97-modda). Hokim
o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi
(98-modda)
196
.
Do'stlaringiz bilan baham: |