Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi faoliyatining



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3-§. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi faoliyatining 
konstitutsiyaviy asoslari 
Ma’lumki, vakillik organlari faoliyatining qonuniyligi ularning o’z 
vakolatlarini bevosita xalqdan olganligi bilan belgilanadi. Bu davlat 
hokimiyati boshqa tarmoqlarini vakillik organlari tomonidan tashkil 
qilishning qonuniyligi uchun zamin yaratadi. 
1993-yil 9-aprelda qabul qilingan Qoraqalpog’iston Respublikasining 
Konstitutsiyasi huquqiy davlat tavsifiga mos keladigan va hokimiyatning 
taqsimlanish prinsipi talablariga javob beradigan davlat hokimiyati vakillik 
organlarining yangi tizimini belgiladi
185

Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi mahalliy hokimiyat 
organlarining avvalgi uch pog’onali tizimi o’rniga (qishloq, ovul, 
posyolka, tuman, shahar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Soveti) 
ikki pog’onali vakillik organlari tizimi (tuman-shahar; Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi)ni o’rnatdi. Shuningdek, ba’zi shaharlarda 
(tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda) vakillik organlari tuzilishi nazarda 
tutilmadi. Vakillik organlarini tashkil etish va ularning faoliyatida 
fuqarolarining keng ishtiroki, qonuniylik, millatlarining tengligi, 
kollegiallik, oshkoralik ko’pchilik e’tirof etgan umumiy prinsiplarga 
tayanilgan.
Hokimiyat vakolatlarining taqsimlash prinsipi Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu prinsip 
mamlakatning muayyan tarixiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda 
oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlarining tengligini va 
muvozanatini ta’minlash mumkin bo’ladi. Shuningdek, ushbu tamoyil 
185
Қаранг

Қорақалпоғистон
Республикаси
Конституцияси
. –
Нукус
:“
Қорақалпоғистон
”,2006. – 124 
б
.


411 
“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunda ham o’z ifodasini 
topgan
186

Hokimiyatning taqsimlanish prinsipi faqat turli hokimiyat organlari 
vakolatlarining aniq bo’linishigina emas, hatto bir turdagi hokimiyat 
organlarining turli pog’onalari vakolatlarining ham aniq chegaralanishini 
maqsad qilib qo’yadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasiga 
muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi - Oliy davlat 
vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 
Jo’qorg’i Kenges Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlarini qabul 
qiluvchi, unga o’zgartirish kiritish huquqiga ega bo’lgan yagona davlat 
organidir. 
Jo’qorg’i Kenges tub mohiyati bilan parlament organidir. U vakillik 
tavsifiga ega. Bu avvalo uning tashkil topishida va bunda Qoraqal-
pog’iston fuqarolarining bevosita ishtirok etishida yaqqol ko’rinadi. U 
o’zida vakillik va bevosita demokratiya xususiyatlarini 
mujassamlashtirgan. Uning tarkibida ish olib boruvchi deputatlar 
fuqarolarning vakilidir, ular o’z vakolatini saylovchilardan oladi, ular no-
midan ish olib boradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasida Jo’qorg’i Kenges 
orqali xalq hokimiyatchiligi mustahkamlab qo’yilgan. Respublika 
parlamenti -Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi deb ataladi. 
Jo’qorg’i Kenges respublikadagi butun davlat apparatining yagona va 
doimiy asosi bo’lib, u davlatni boshqa organlarini saylaydi yoki tuzishda 
ishtirok etadi, ular faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi davlat 
hokimiyatining oliy organi sifatida Qoraqalpog’iston ixtiyoriga berilgan 
barcha masalalarni hal etish huquqiga ega. Jo’qorg’i Kenges vakolat 
doirasiga respublika Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartishlar, 
qo’shimchalar kiritish; qonunlar qabul qilish, unga qo’shimchalar, 
o’zgartishlar kiritish; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun 
yo’li bilan tartibga solish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat 
strategik dasturlarini qabul qilish; davlat hokimiyati organlariga 
saylovlarni tashkil etish; davlat mukofotlarini belgilash va Konstitutsiyada 
nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi. 
186
Қорақалпоғистон
Республикасининг

Маҳаллий
давлат
ҳокимияти
тўғрисида

ги
Қонуни
. – 
Нукус
: “
Қорақалпоғистон
”, 2011. – 44 
б



412 
Jo’qorg’i Kengesning faoliyati masalalarini jamoa bo’lib, erkin, 
amaliy muhokama qilish va hal etish, oshkoralik, uning tomonidan 
tuzilgan davlat organlarini hisob berib turishi, davlat va jamiyat ishlarini 
boshqarishda fuqarolarning keng ko’lamda faol qatnashishi, jamoatchilik 
fikrini hisobga olib borish asosida amalga oshiradi. 
Jo’qorg’i Kengesning huquqiy maqomi respublika Konstitutsiyasi, 
Jo’qorg’i Kengesning ish tartibi to’g’risidagi qonun, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi to’g’risidagi qonunlarda belgilangan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi ishining tashkiliy 
shakli uning sessiyasi hisoblanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesi ishi faoliyatining bu shakliga oid 
masalalar“Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi to’g’risida”gi 
Qonunida mustahkamlangan. Shuningdek, Qoraqapog’iston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 72-moddasida Jo’qorg’i Kenges yig’ilishi, jami 
deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina 
vakolatli hisoblanishi haqidagi qoida mavjud. Konstitutsiyada Jo’qorg’i 
Kenges yig’ilishlarida kimlar ishtirok eta olishi (73-modda), birinchi 
yig’ilishning qachon, kim tomonidan chaqirilishi (74-modda), yig’ilishga 
kim raislik qilishi (81-modda) masalalari belgilab qo’yilgan. 
Jo’qorg’i Kengesning faoliyati faqatgina deputatlarning umumiy 
yig’ilishi, yalpi majlisidan iborat bo’lmay, u o’z ichiga boshqa bir qator 
tadbirlarni ham oladi. Jo’qorg’i Kenges sessiyalari bir yilda kamida ikki 
marta chaqiriladi. Uning saylovdan keyingi birinchi sessiyasini Markaziy 
saylov komissiyasi chaqiradi, qolgan sessiyalar Jo’qorg’i Kenges Raisi 
tomonidan chaqiriladi. Sessiyada jami deputatlarining uchdan ikki qismi 
ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi (7-modda).
Konstitutsiyani qabul qilish, unga o’zgartirish va qo’shimchalar 
kiritish, qonun va qarorlar qabul qilish faqat Jo’qorg’i Kenges majlislarda 
amalga oshiriladi. Jo’qorgi Kengesning navbatdan tashqari sessiyasi 
Jo’qorg’i Kenges Raisi tashabbusi bilan yoki Jo’qorgi Kenges 
deputatlarining kamida uchdan bir qismi taklifi bilan chaqiriladi 
(8-modda). Jo’qorg’i Kengesning ishini tashkil qilish va uning faoliyatiga 
yordam berish uchun turli lavozimlar va organlar tuzish nazarda tutilgan. 
Bu organlarni rahbar va yordamchi organlarga bo’lish mumkin. 
Rahbar organlarga Jo’qorg’i Kenges Raisi, uning o’rinbosari kirsa, 
Jo’qorg’i Kenges qo’mitalari va komissiyalari, Jo’qorg’i Kenges kotibiyati 
yordamchi organlar hisoblanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Jo’qorg’i 
Kenges ishiga rahbarlik qilish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasining 


413 
Jo’qorg’i Kengesi deputatlarining orasidan 5 yil muddatga, yashirin ovoz 
berish yo’li bilan Jo’qorg’i Kenges Raisi va uning o’rinbosari saylanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kenges Raisi Qoraqalpogiston 
Respublikasining eng yuqori lavozimli mansabdor shaxsidir. 
Jo’qorgi Kenges Raisi va uning o’rinbosari faqat Jo’qorg’i Kenges 
oldida hisobot beradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i 
Kengesining qo’mitalari va komissiyalari qonun loyihalarini tayyorlash, 
Jo’qorgi Kengesda ko’riladigan masalalarini dastlab muhokama qilish, 
shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va Jo’qorg’i 
Kengesning boshqa hujjatlarini amalga oshirishga yordam berish, ularning 
ijrosini nazorat qilib turish uchun deputatlar tarkibidan tuziladi. Ushbu 
masala Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida 
aks ettirilgan. Qo’mita va komissiyalarning faoliyati haqida 1998-yilda 
alohida “Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi qo’mitalari
va komissiyalari to’g’risida”(yangi tahrirda) Qonun qabul qilingan. 
Qo’mita va komissiyalar Jo’qorg’i Kengesning vakolat muddatiga 
tuziladi. Jo’qorg’i Kenges deputati qoida bo’yicha faqat bitta qo’mita yoki 
komissiyaga a’zo bo’ladi. Qo’mita va komissiyalarning ro’yxati va 
a’zolarining soni Qoraqalpogiston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi 
tomonidan tasdiqlanadi. Zarur hollarda Jo’qorg’i Kenges qo’mitalar va 
komissiyalar tuzishi, ilgari tuzilganlarini tugatishi yoki qayta tashkil
qilishi mumkin. 
Jo’qorg’i Kenges yig’ilishida qo’mita va komissiya raislari Jo’qorgi 
Kenges Raisi taqdimiga asosan saylangach, ularning tavsiyasi bilan 
a’zolari saylanadi. Har bir qo’mita va komissiya raisi o’rinbosarlari va 
kotiblari Jo’qorg’i Kenges Raisi tomonidan tayinlanadi. Ko’mita va 
komissiyalarining faoliyati Jo’qorg’i Kenges Raisi tomonidan 
muvofiqlashtirilib turiladi. 
Qo’mita va komissiyalar o’z faoliyatini majlislar orqali olib boradi 
va ko’rilgan masalalar yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi.
Jo’qorg’i Kengesning deputati faqat bir qo’mitaning yoki 
komissiyaning a’zosi bo’lib saylanishi mumkin. Ularning tarkibiga 
Juqorg’i Kengesning Raisi va uning o’rinbosari saylanishi mumkin emas. 
Qo’mita va komissiyaning barcha a’zolari teng vakolatlardan 
foydalanadilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 
77-moddasiga asosan, Jo’qorg’i Kenges zarur bo’lgan taqdirda doimiy 
hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish va boshqa komissiyalarni 


414 
tuzadi
187
. Bu komissiyalar tegishli vazifasini bajarib bo’lgach, o’z 
faoliyatini to’xtatadi. Jo’qorg’i Kenges o’z ish faoliyatini mustaqil 
belgilaydi. Ichki tarkibiy qismini, ya’ni faoliyatiga yordam beruvchi 
organlarni mustaqil tashkil etadi.
Jo’qorg’i Kenges mustaqil vakolatlari asosida quyidagilarni hal 
qiladi: 
-
ish tartibi (reglamenti)ni qabul qilish; 
-
sessiyalarga to’planish; 
-
Jo’qorg’i Kengesga saylovning to’g’ri o’tkazilganligini tekshirish 
va o’z organlarini tuzish. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi reglamentida 
Jo’qorg’i Kengesning ish tartibi belgilab qo’yiladi. Jo’qorg’i Kenges
ishini tashkil qilishda uning tarkibida tuziladigan kotibiyat alohida 
ahamiyatga ega. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kenges 
faoliyatida deputatlar guruhlarining ahamiyati muhim hisoblanadi. Turli 
masalalar yuzasidan fikrlar berish maqsadida hududiy guruhlar ham tashkil 
qilinadi. Hududiy guruhlardan tashqari, Jo’qorg’i Kenges deputatlari
kasb-kori, tarmoqlar bo’yicha va boshqalarga ko’ra ham guruhlar tuzilishi 
mumkin. Deputatlar guruhi ro’yxatga olingandan so’ng o’z faoliyatini 
amalga oshiradi. Deputatlar guruhi Jo’qorg’i Kengesning Raisi, 
shuningdek, Jo’qorg’i Kenges qo’mita va komissiyalari bilan yaqin 
aloqada ishlaydi. Deputatlar guruhlarining tuzilish tartibi va faoliyati 
Jo’qorg’i Kenges reglamentining 38, 39-moddalarida o’z aksini topgan. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining vakolatlari, uning 
oliy davlat vakillik organi ekanligi bilan belgilanadi. Jo’qorg’i Kenges eng 
oliy vakillik organi bo’lgani uchun uning zimmasiga qonunchilikdan 
boshqa vazifalar ham yuklanadi. Jo’qorg’i Kenges boshqa davlat 
organlarini o’ziga bo’ysundirishni ko’zlamagan va ularning vakolatini 
egallashga urinmagan holda, davlat organlarini tashkil qilishda, ularning 
faoliyatini nazorat qilishda va boshqa masalalarda ishtirok etadi. 
Jo’qorg’i Kengesning vakolatlari Konstitutsiyaning 70-moddasida 
mustahkamlangan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasiga 
binoan Qoraqalpog’iston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika 
Jo’qorg’i Kengesi ish olib borishi mumkin
188
. Jo’qorg’i Kengesning 
187
Қорақалпоғистон
Республикаси
Конституцияси
. – 
Нукус
: “
Қорақалпоғистон
”, 2006. –
Б
.65. 
188
Қорақалпоғистон
Республикаси
Конституцияси
. – 
Нукус
: “
Қорақалпоғистон
”, 2006. –
Б
.52. 


415 
Konstitutsiyada belgilangan vakolatlari mazmuni, tavsifi, maqsadi, nimaga 
qaratilganligiga ko’ra bir necha guruhlarga bo’lish mumkin, bular:
-
qonunchilik sohasidagi vakolatlar;
-
Jo’qorg’i Kengesni va o’z organlarini tuzish sohasidagi vakolatlar;
-
ma’muriy-hududiy tuzilishni belgilash va boshqa davlat 
organlarini tuzish (tashkil qilish) sohasidagi vakolatlar;
-
Jo’qorg’i Kengesning nazorat vazifasi;
-
fuqarolar manfaati bilan bog’liq vakolatlar. 
Jo’qorg’i Kengesning asosiy faoliyati qonun chiqarishdir. Jo’qorg’i 
Kengesning qonunchilik sohasidagi faoliyati deganda, uning 
konstitutsiyaviy qonunchilik va oddiy qonunchilik faoliyatini farqlash 
kerak. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilish va ularga 
o’zgartirshlar kiritish uchun alohida, oddiy qonun qabul qilish va unga 
o’zgartirish kiritishga alohida tartib belgilangan.
Oddiy qonunlar Konstitutsiyaning 76-moddasiga asosan oddiy 
ko’pchilik ovoz bilan, Konstitutsiya esa 118-moddaga asosan 
deputatlarning uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadi va 
o’zgartiriladi. Konstitutsiyaviy qonunlar ham shu tartibda qabul qilinadi va 
o’zgartiriladi. 
Jo’qorg’i Kengesga qonunchilik tashabbusi huquqiga, 
Konstitutsiyaning 75-moddasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesining deputatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat 
qo’mitasi, Fuqarolik ishlari bo’yicha Oliy Sud, Jinoyat ishlari bo’yicha 
Oliy Sud, Iqtisodiy Sudi, Respublika Prokurori egadir
189

Jo’qorg’i Kengesda qarab chiqilishi lozim bo’lgan qonun loyihalari 
yoki qonun chiqarish haqidagi takliflar Jo’qorg’i Kenges Raisiga taqdim 
etiladi va u Jo’qorg’i Kenges kotibiyatida ro’yxatga olinadi. Qonunlar 
yig’ilishlarda bir necha o’qish yo’li bilan qabul qilinadi. Qonun loyihalari 
Jo’qorg’i Kenges qarori bilan umumxalq ovozi (referendum)ga ham 
qo’yilib, qabul qilinishi mumkin. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorgi Kengesining qonunchilik 
faoliyatiga Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlarini sharhlashni ham 
qo’shish mumkin, ular ham majburiy xarakterga ega bo’ladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi hujjatlari, ular 
imzolangan kundan keyin kechi bilan bir haftalik muddatda e’lon qilinishi 
189
Ўша
манба
. –
Б
.64. 


416 
kerak. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Reglamentida 
ham bu vakolatlar qayd etilgan. Agar qonunning o’zida boshqa holat 
belgilanmagan bo’lsa, u e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. 
Jo’qorg’i Kengesning o’z organlarini tuzish sohasidagi vakolatlari. 
Jo’qorg’i Kenges Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi deputatlaridan 
tashkil topadi. Jo’qorgi Kengesning konstitutsiyaviy vakolatlaridan biri bu 
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining saylovini tayinlash 
va saylov komissiyasining tarkibini tasdiqlashdir. Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga saylov Jo’qorg’i Kenges tomonidan, 
Jo’qorg’i Kenges vakolati tugashidan kamida 3 oy ilgari tayinlanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorgi Kengesi o’z faoliyatini 
samarali olib borish uchun Jo’qorg’i Kenges deputatlaridan iborat rahbar 
va yordamchi organlarni tuzadi. Majlislar davrida majlis stenogrammasi
va bayonlarini yuritish, so’zga chiqish istagini bildirganlarni yozib 
borish, deputat so’rovlari, savollar, ma’lumotlar, xabarlar, arizalar, 
takliflar hamda deputatlarning boshqa materiallarini hujjat sifatida 
ro’yxatga olish, fuqarolardan Jo’qorg’i Kenges nomiga kelayotgan 
murojaatlar va boshqa hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish maqsadida 
Jo’qorg’i Kenges yig’ilishlarining kotibiyati tuziladi. Bundan tashqari, 
Jo’qorg’i Kengesning o’z kotibiyati ham mavjud. 
Jo’qorg’i Kengesning Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy-
hududiy tuzilishini belgilash va boshqa davlat organlarini tuzish 
sohasidagi vakolatlari. 1996-yil 14-dekabrdagi “Qoraqalpog’iston 
Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish 
tartibi to’g’risida”gi Qonuniga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesi vakolatiga tumanlar, shaharlar, ovullar, qishloqlar, 
posyolkalar tuzish va ularni tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini 
o’zgartirish kiradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi davlat 
hokimiyatining oliy organi bo’lgani uchun, u ijro hokimiyati va sud 
hokimiyati organlarining ba’zi bo’g’inlarini tuzishda ham ishtirok etadi. 
Jo’qorg’i Kenges avvalo qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatlar tizimi va vakolatlarini belgilaydi. Masalan: sudyalarni 
saylash, Vazirlar Kengashi tarkibini shakllantirish va boshqalar.
Jo’qorg’i Kengesniig nazorat faoliyati. Amaldagi Konstitutsiyada 
Jo’qorg’i Kengesning nazorat qilish faoliyati to’g’ridan-to’g’ri 
belgilanmasada, uning ayrim vakolatlari nazorat qilish funksiyasini keltirib 
chiqaradi. Xususan, Jo’qorg’i Kenges qonunlar va boshqa hujjatlarning 
ijrosini nazorat qilib turish uchun qo’mita va komissiyalar tuzadi. Ular esa 


417 
Jo’qorg’i Kenges oldida hisobot beradilar. Shu orqali Jo’qorg’i 
Kengesning nazorat vazifasi amalga oshiriladi. Jo’korg’i Kenges 
shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining bajarilishini 
nazorat qiladi. Jo’qorg’i Kengesning nazorat faoliyati deputat so’rovi 
orqali ham amalga oshiriladi. Deputat so’rovi davlat organlari idoralari, 
jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish 
vositasidir. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish