4-§. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining
konstitutsiyaviy maqomi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi respublikaning ijro
hokimiyati organlari tizimini mustahkamlagan. Unga asosan ijro
hokimiyati organlarining bir necha turi mavjud bo’lib, ular shartli rav-
ishda alohida guruhlarga bo’lingan:
– birinchidan
, ijro hokimiyatining oliy (markaziy) va mahalliy
(quyi) organlari. Respublika miqyosida ijro hokimiyatini amalga oshiru-
vchi oliy organ Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashidir.
Mahalliy ijro hokimiyati organlari, tuman, shaharlar hokimliklari
hisoblanadi;
–ikkinchidan,
umumiy vakolatli ijro organlariga Vazirlar
Kengashi, hokimlar kiradi. Maxsus vakolatli organlar vazirliklar,
qo’mitalar, mahalliy ijro hokimiyati bo’lim va boshqarmalaridir;
–uchinchidan,
kollegiallik asosida va yakkaboshchilik asosida
ish Yurituvchi organlar. Birinchisiga Qorakalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, ikkinchisiga esa hokimlar, vazirliklar, qo’mitalar,
mahalliy ijro hokimiyati bo’lim va boshqarmalari rahbarlari kiradi;
–to’rtinchidan,
tayinlanadigan organlar. Qoraqalpog’iston Respu-
blikasi Vazirlar Kengashi Raisi, hokimlar, vazirlar, ko’mitalar, mahalliy
ijro hokimiyati bo’lim va boshqarmalari boshliqlari.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huquqiy
maqomining asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
70-moddasida, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining
XX-bob 86-91-moddalarida hamda Vazirlar Kengashi to’g’risidagi
qonunlarda mustahkamlangan.
418
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Respublikaning
Jo’qorg’i Kengesi oldida ma’suldir va unga hisobot berib turadi.
O’zbekiston bilan Qoraqalpog’iston Respublikalari o’rtasida o’zaro
munosabatlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash uchun Qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashining 1999-yil 15-yanvardagi qaroriga
binoan “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy
Vakolatxonasi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi. Ushbu Nizomga
muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy
Vakolatxonasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, shuningdek,
O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari, idoralari va
boshqa tashkilotlari bilan xo’jalik hamda madaniy aloqalarni amalga
oshiruvchi organ hisoblanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatini
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yo’naltirib turadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi-hukumat boshlig’i
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o’z lavozimi
bo’yicha kiradi. Vazirlar Kengashi Raisi Respublika Jo’qorg’i Kengesi
Raisining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti roziligi bilan qilingan
taklifiga binoan Jo’qorg’i Kenges tomonidan lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan bo’shatiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakolatlari, uning
ish tartibi, Qoraqalpog’iston Respublikasining boshqa davlat organlari
bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining munosabatlari
Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Vazirlar Kengashi tarkibiga: Vazirlar Kengashi Raisi, uning
o’rinbosarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirlari, davlat
qo’mitalarining raislari, davlat va xo’jalik boshqaruvi hamda boshqa
organlarning rahbarlari kiradi.
Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari, Vazirlar Kengashi a’zolari
Vazirlar Kengashi Raisining taklifiga binoan Jo’qorg’i Kenges Raisi
tomonidan keyinchalik Jo’qorg’i Kengesning tasdiqlashi bilan lavozimga
419
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi
Konstitutsiyaning 87-moddasiga asosan Vazirlar Kengashini tuzish
tayinlash va tasdiqlash yo’li bilan amalga oshiriladi, ya’ni Jo’qorg’i
Kenges Raisi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosarini, vazirlarni,
qo’mita raislarini va boshqalarni prezidium qarori bilan lavozimga
tayinlaydi. So’ng ular Jo’qorg’i Kengesda tasdiqlanadi. Vazirlar Kengashi
- Qoraqalpog’iston Respublikasining hukumati – iqtisodiy, ijtimoiy va
ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko’rsatishiga, O’zbekiston
Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
boshqa qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari
va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari
va farmoyishlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari ijro etilishga rahbarlikni ta’minlovchi
Qoraqalpog’iston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Vazirlar Kengashi vakolatlari. 1993-yil 6-avgustda Vazirlar
Kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolatlari doirasini
aniqlovchi “Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
to’g’risida”gi Qonuni qabul qilingan. 1998-yil 29-yanvarda mazkur
qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu qonun talablariga binoan
Vazirlar Kengashi:
-
iqtisodiy, ijtimoiy – madaniy jarayonlarni boshqaradi;
-
mulkchilikning barcha shakllarini uyg’unlashtirish va ularning
tengligi, bozor iqtisodiyotining huquqiy qurilishini ruyobga chiqarish
asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, xo’jalik
yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga
ko’maklashadi;
-
Respublikada pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-
tadbirlarini ko’radi, Respublika byudjetini, shuningdek, Respublika
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim
dasturlarni ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv
idoralari tizimini takomillashtiradi, vazirliklar, davlat qo’mitalari,
idoralari va xo’jalik tuzilmalarini tashkil qilish va tugatish to’g’risida
Respublika Jo’qorg’i Kengesiga takliflar beradi;
-
fan va texnikani rivojlantirish chora-tadbirlarini, shuningdek,
tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish bo’yicha
dasturlarni amalga oshiradi;
420
-
fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat
qilish huquqlarini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish,
ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtirish, sog’liqni saqlash, xalq
ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini
belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga yordamlashadi;
-
Respublika davlat xavfsizligini ta’minlash, O’zbekiston
Respublikasining davlat chegaralarini qo’riqlash, davlat manfaatini
qo’riqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga
ko’maklashish, Respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan yirik
ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi,
tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar
ko’radi, O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi
qonunlariga muvofiq hukumatlararo shartnomalar va bitimlar tuzadi,
ularni bajarish chora tadbirlarini ko’radi.
Vazirlar Kengashi vazirlarning o’rinbosarlarini, davlat qo’mitalari
raislarining o’rinbosarlarini, bosh boshqarmalar hamda davlat boshqaruvi
boshqa idoralari rahbarlari va ularning o’rinbosarlarini lavozimiga
tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi. Xo’jalik boshqaruvi tuzilmalari
rahbarlarini va vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hay’atlari
a’zolarini tasdiqlaydi. Shuningdek, vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar
hamda davlat va xo’jalik boshqaruvining boshqa tuzilmalari haqidagi
nizomlarni tasdiqlaydi. Yuqorida nomi tilga olingan davlat va xo’jalik
boshqaruvi tuzilmalarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi,
agarda ular qabul qilgan aktlar amaldagi qonunlarga zid bo’lgan hollarda,
ularni bekor qilish huquqiga ega.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o’z faoliyatida
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy – madaniy rivojlantirishni ta’minlash
bilan bog’liq masalalar bilan ham shug’ullanadi. Shu maqsadda u
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tuzulmalarining faoliyatini
muvofiqlashtiradi. Hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning
asosiy ko’rsatkichlarini tasdiqlaydi, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat
majmuining soni va namunaviy tuzilmasini belgilaydi.
Tuman va shahar hokimlarining amaldagi qonunlarga zid b
o’
lgan
qarorlari va farmoyishlarini to’xtatib q
o’
yish va ularni bekor qilish
to’g’risida Jo’qorg’i Kengesga takliflar berish huquqiga ega. Vazirlar
Kengashi tegishli bo’limlardan iborat. Har bir bo’lim tarkibi, uning
vakolatlari Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizomda
belgilanadi.
421
Vazirlar Kengashi ish tartibi. Vazirlar Kengashi o’z ishini majlislar
ko’rinishida tashkil qiladi. Majlislarni tayyorlash va o’tkazish tartibi
Qoraqalpog’iston Respublikasining Vazirlar Kengashi ish tartibi bilan
belgilangan. Vazirlar Kengashi Raisi Vazirlar Kengashining ishini tashkil
etadi, o’rinbosarlar o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi va keyinchalik uni
Vazirlar Kengashi Rayosatida tasdiqlatadi. Xalqaro munosabatlarda
Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining vakili bo’lib hisoblanadi,
hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi. Vazirlar Kengashi
va uning rayosati majlislarida qarab chiqilishni talab qilmaydigan davlat
va xo’jalik boshqaruvining boshqa barcha masalalari bo’yicha qarorlar
qabul qiladi.
Vazirlar Kengashi Raisi bo’lmagan hollarda uning vazifalarini uning
topshirig’iga binoan o’rinbosarlaridan biri bajaradi. Vazirlar Kengashi
o’rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq o’zlari rahbarlik qiladigan,
turkum tarmoqlari faoliyati uchun javob beradilar. Tegishli vazirliklar,
davlat qo’mitalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning faoliyati
yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, ularga topshiriqlar beradi, Vazirlar
Kengashiga kiritilgan takliflarni, qarorlar va farmoyishlarning
loyihalarini qarab chiqadi. Vazirlar kengashi a’zolari o’zlariga topshirilgan
soha faoliyati uchun javob beradi. Vazirlar Kengashining doimiy
tuzilmasi sifatida Vazirlar Kengashi Rayosati faoliyat ko’rsatadi. Vazirlar
Kengashi Raisi qaroriga binoan Rayosat tarkibiga Qoraqalpog’iston
Respublikasi hukumatining boshqa a’zolari ham kiritilishi mumkin.
Vazirlar Kengashi rayosatining hujjatlari: qarorlar, farmoyishlar, bayon
qarorlar shaklida chiqariladi.
Alohida topshiriqlarni bajarish uchun Vazirlar Kengashi muvaqqat
komissiyalar va boshqa ishchi guruhlarni tuzishi ham mumkin. Vazirlar
Kengashi Qoraqalpog’iston Respublikasining butun hududida barcha
tuzilmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar
chiqaradi. Vazirlar Kengashining maromiy tusdagi yoki juda muhim
ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlari Vazirlar Kengashi qarorlari shaklida
chiqariladi. Shoshilinch va boshqa joriy masalalar bo’yicha hujjatlar
Vazirlar Kengashining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
422
Vazirlar Kengashining qarorlari Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan
imzolanadi. Vazirlar Kengashi farmoyishlari Vazirlar Kengashi Raisi, u
bo’lmagan hollarda uning topshirig’iga binoan o’rinbosarlardan biri
tomonidan imzolanadi. Vazirlar Kengashi qarorlari va farmoyishlari, agar
ularda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, imzolangan kundan
boshlab kuchga kiradi.
Vazirlar Kengashi o’zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan
bevosita yoki vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va xo’jalik
boshqaruvi tuzilmalari orqali nazoratni amalga oshiradi. Vazirlar Kengashi
va uning Rayosati majlislarini hamda tegishli qarorlar loyihalarini
tayyorlash, Vazirlar Kengashi qarorlarining bajarilishini muntazam
ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Kengashining bo’limlari faoliyat
ko’rsatadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida Vazirliklar ijroiya hokimiyatining
markaziy organlari hisoblanib, ular halq xo’jaligi tarmoqlari va ijtimoiy
madaniy sohalarni boshqarib boradilar. Alohida vazirlik esa markaziy
boshqaruvning tarmoq bo’yicha ijroiya hokimiyati organi hisoblanib,
ushbu sohaga oid qonunlar ijrosi bo’yicha ish yuritadi. Ularning davlat
hokimiyati vakolati berilgan o’z vazifalari, o’z quyi va tobe organlari,
tarmoqni rivojlantirish turli jabhalariga mas’ul bo’lgan idoralari bo’ladi.
Vazirlik – bu boshqaruvning sohaviy shaklidir. Ular jabhani
boshqarish tarmog’ida asosiy bo’g’inni tashkil etadi. Shu sababli vazirlik
tushunchasi ma’lum toifadagi soha bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan,
Qoraqalpog’iston Respublikasining Ijtimoiy ta’minot va mehnat vazirligi
to’g’risidagi nizomning 1-moddasida: Ijtimoiy ta’minot va mehnat
vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasida nafaqaxo’rlar, nogironlar va
kam ta’minlangan bolalari bor oilalarni ijtimoiy himoyalashda yagona
davlat siyosatini ta’minlash bo’yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi,
Respublikada ularga nafaqa va ijtimoiy xizmat ko’rsatishni tashkil etadi
deyilgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z davlat mustaqilligiga erishgandan
so’ng boshqaruvning markaziy ijroiya organlari faoliyatida sezilarli
o’zgarishlar ro’y berdi. Respublikada yuz bergan va berayotgan tub iqti-
sodiy o’zgarishlar sohaviy boshqaruvni isloh qilishda o’z aksini topa bordi.
423
Xo’sh, Qoraqalpog’iston vazirliklari bilan O’zbekiston vazirliklari
munosabatlari qanday?
Bu yerda hal qiluvchi holat – O’zbekiston Respublikasining sohaviy
vazirligi Qoraqalpog’istonning shu nomdagi vazirligi faoliyatini
muvofiqlashtirishidir. O’zbekiston Respublikasining Vazirliklari nisbatan
kengroq rahbarlik vakolatlariga ega. Bunda ijobiy taraf shundaki,
Qoraqalpog’iston vazirligi yangi tashkilotlar tashkil etishda, shu nomdagi
O’zbekiston vazirligi bilan kelishadi, bu bilan yangi tizimda nafaqat
Qoraqalpog’iston vazirligi balki O’zbekiston Respublikasi vazirligi
tarkibiga kirganligi ta’kidlanadi va O’zbekiston Respublikasida yaxlit soha
– tizim amalda bo’lishi qayd etiladi.
Qoraqalpog’iston vazirliklarining boshqaruv faoliyatida ularning
tuman, shahar hokimlari bilan aloqalari muhim o’rin tutadi. Ular
hamkorlikda joylardagi ishlab chiqarish komplekslariga rahbarlik qiladilar.
Korxona, muassasa, tashkilotlarning qonunlarga asosan faoliyat
ko’rsatishini nazorat qiladilar, boshqa soha va tarmoqlar bilan bog’liq
masalarini hal etadilar. Masalan, yerdan foydalanish, tabiatni muhofaza
qilish, kapital qurilish, mehnat resurslaridan foydalanish, ijtimoiy –
madaniy, maishiy va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida hamkorlik
qiladilar. Vazirlik bilan mahalliy hokimiyat amalga oshiriladigan ijroiya –
boshqaruv faoliyatida vazirlik respublika miqyosida o’z sohasi bo’yicha
barcha ishlarga rahbarlik qiladi, mahalliy davlat hokimiyati organlari esa
tegishli hududda davlat, xo’jalik hamda ijtimoiy – madaniy qurilishni
boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |