3-§. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi faoliyatining
konstitutsiyaviy asoslari
Ma’lumki, vakillik organlari faoliyatining qonuniyligi ularning o’z
vakolatlarini bevosita xalqdan olganligi bilan belgilanadi. Bu davlat
hokimiyati boshqa tarmoqlarini vakillik organlari tomonidan tashkil
qilishning qonuniyligi uchun zamin yaratadi.
1993-yil 9-aprelda qabul qilingan Qoraqalpog’iston Respublikasining
Konstitutsiyasi huquqiy davlat tavsifiga mos keladigan va hokimiyatning
taqsimlanish prinsipi talablariga javob beradigan davlat hokimiyati vakillik
organlarining yangi tizimini belgiladi
185
.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi mahalliy hokimiyat
organlarining avvalgi uch pog’onali tizimi o’rniga (qishloq, ovul,
posyolka, tuman, shahar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Soveti)
ikki pog’onali vakillik organlari tizimi (tuman-shahar; Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi)ni o’rnatdi. Shuningdek, ba’zi shaharlarda
(tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda) vakillik organlari tuzilishi nazarda
tutilmadi. Vakillik organlarini tashkil etish va ularning faoliyatida
fuqarolarining keng ishtiroki, qonuniylik, millatlarining tengligi,
kollegiallik, oshkoralik ko’pchilik e’tirof etgan umumiy prinsiplarga
tayanilgan.
Hokimiyat vakolatlarining taqsimlash prinsipi Qoraqalpog’iston
Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu prinsip
mamlakatning muayyan tarixiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda
oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlarining tengligini va
muvozanatini ta’minlash mumkin bo’ladi. Shuningdek, ushbu tamoyil
185
Қаранг
:
Қорақалпоғистон
Республикаси
Конституцияси
. –
Нукус
:“
Қорақалпоғистон
”,2006. – 124
б
.
411
“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunda ham o’z ifodasini
topgan
186
.
Hokimiyatning taqsimlanish prinsipi faqat turli hokimiyat organlari
vakolatlarining aniq bo’linishigina emas, hatto bir turdagi hokimiyat
organlarining turli pog’onalari vakolatlarining ham aniq chegaralanishini
maqsad qilib qo’yadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasiga
muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi - Oliy davlat
vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Jo’qorg’i Kenges Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlarini qabul
qiluvchi, unga o’zgartirish kiritish huquqiga ega bo’lgan yagona davlat
organidir.
Jo’qorg’i Kenges tub mohiyati bilan parlament organidir. U vakillik
tavsifiga ega. Bu avvalo uning tashkil topishida va bunda Qoraqal-
pog’iston fuqarolarining bevosita ishtirok etishida yaqqol ko’rinadi. U
o’zida vakillik va bevosita demokratiya xususiyatlarini
mujassamlashtirgan. Uning tarkibida ish olib boruvchi deputatlar
fuqarolarning vakilidir, ular o’z vakolatini saylovchilardan oladi, ular no-
midan ish olib boradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasida Jo’qorg’i Kenges
orqali xalq hokimiyatchiligi mustahkamlab qo’yilgan. Respublika
parlamenti -Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi deb ataladi.
Jo’qorg’i Kenges respublikadagi butun davlat apparatining yagona va
doimiy asosi bo’lib, u davlatni boshqa organlarini saylaydi yoki tuzishda
ishtirok etadi, ular faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi davlat
hokimiyatining oliy organi sifatida Qoraqalpog’iston ixtiyoriga berilgan
barcha masalalarni hal etish huquqiga ega. Jo’qorg’i Kenges vakolat
doirasiga respublika Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartishlar,
qo’shimchalar kiritish; qonunlar qabul qilish, unga qo’shimchalar,
o’zgartishlar kiritish; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun
yo’li bilan tartibga solish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat
strategik dasturlarini qabul qilish; davlat hokimiyati organlariga
saylovlarni tashkil etish; davlat mukofotlarini belgilash va Konstitutsiyada
nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
186
Қорақалпоғистон
Республикасининг
“
Маҳаллий
давлат
ҳокимияти
тўғрисида
”
ги
Қонуни
. –
Нукус
: “
Қорақалпоғистон
”, 2011. – 44
б
.
412
Jo’qorg’i Kengesning faoliyati masalalarini jamoa bo’lib, erkin,
amaliy muhokama qilish va hal etish, oshkoralik, uning tomonidan
tuzilgan davlat organlarini hisob berib turishi, davlat va jamiyat ishlarini
boshqarishda fuqarolarning keng ko’lamda faol qatnashishi, jamoatchilik
fikrini hisobga olib borish asosida amalga oshiradi.
Jo’qorg’i Kengesning huquqiy maqomi respublika Konstitutsiyasi,
Jo’qorg’i Kengesning ish tartibi to’g’risidagi qonun, Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi to’g’risidagi qonunlarda belgilangan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi ishining tashkiliy
shakli uning sessiyasi hisoblanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesi ishi faoliyatining bu shakliga oid
masalalar“Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi to’g’risida”gi
Qonunida mustahkamlangan. Shuningdek, Qoraqapog’iston Respublikasi
Konstitutsiyasining 72-moddasida Jo’qorg’i Kenges yig’ilishi, jami
deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina
vakolatli hisoblanishi haqidagi qoida mavjud. Konstitutsiyada Jo’qorg’i
Kenges yig’ilishlarida kimlar ishtirok eta olishi (73-modda), birinchi
yig’ilishning qachon, kim tomonidan chaqirilishi (74-modda), yig’ilishga
kim raislik qilishi (81-modda) masalalari belgilab qo’yilgan.
Jo’qorg’i Kengesning faoliyati faqatgina deputatlarning umumiy
yig’ilishi, yalpi majlisidan iborat bo’lmay, u o’z ichiga boshqa bir qator
tadbirlarni ham oladi. Jo’qorg’i Kenges sessiyalari bir yilda kamida ikki
marta chaqiriladi. Uning saylovdan keyingi birinchi sessiyasini Markaziy
saylov komissiyasi chaqiradi, qolgan sessiyalar Jo’qorg’i Kenges Raisi
tomonidan chaqiriladi. Sessiyada jami deputatlarining uchdan ikki qismi
ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi (7-modda).
Konstitutsiyani qabul qilish, unga o’zgartirish va qo’shimchalar
kiritish, qonun va qarorlar qabul qilish faqat Jo’qorg’i Kenges majlislarda
amalga oshiriladi. Jo’qorgi Kengesning navbatdan tashqari sessiyasi
Jo’qorg’i Kenges Raisi tashabbusi bilan yoki Jo’qorgi Kenges
deputatlarining kamida uchdan bir qismi taklifi bilan chaqiriladi
(8-modda). Jo’qorg’i Kengesning ishini tashkil qilish va uning faoliyatiga
yordam berish uchun turli lavozimlar va organlar tuzish nazarda tutilgan.
Bu organlarni rahbar va yordamchi organlarga bo’lish mumkin.
Rahbar organlarga Jo’qorg’i Kenges Raisi, uning o’rinbosari kirsa,
Jo’qorg’i Kenges qo’mitalari va komissiyalari, Jo’qorg’i Kenges kotibiyati
yordamchi organlar hisoblanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Jo’qorg’i
Kenges ishiga rahbarlik qilish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasining
413
Jo’qorg’i Kengesi deputatlarining orasidan 5 yil muddatga, yashirin ovoz
berish yo’li bilan Jo’qorg’i Kenges Raisi va uning o’rinbosari saylanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kenges Raisi Qoraqalpogiston
Respublikasining eng yuqori lavozimli mansabdor shaxsidir.
Jo’qorgi Kenges Raisi va uning o’rinbosari faqat Jo’qorg’i Kenges
oldida hisobot beradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesining qo’mitalari va komissiyalari qonun loyihalarini tayyorlash,
Jo’qorgi Kengesda ko’riladigan masalalarini dastlab muhokama qilish,
shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va Jo’qorg’i
Kengesning boshqa hujjatlarini amalga oshirishga yordam berish, ularning
ijrosini nazorat qilib turish uchun deputatlar tarkibidan tuziladi. Ushbu
masala Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida
aks ettirilgan. Qo’mita va komissiyalarning faoliyati haqida 1998-yilda
alohida “Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi qo’mitalari
va komissiyalari to’g’risida”(yangi tahrirda) Qonun qabul qilingan.
Qo’mita va komissiyalar Jo’qorg’i Kengesning vakolat muddatiga
tuziladi. Jo’qorg’i Kenges deputati qoida bo’yicha faqat bitta qo’mita yoki
komissiyaga a’zo bo’ladi. Qo’mita va komissiyalarning ro’yxati va
a’zolarining soni Qoraqalpogiston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi
tomonidan tasdiqlanadi. Zarur hollarda Jo’qorg’i Kenges qo’mitalar va
komissiyalar tuzishi, ilgari tuzilganlarini tugatishi yoki qayta tashkil
qilishi mumkin.
Jo’qorg’i Kenges yig’ilishida qo’mita va komissiya raislari Jo’qorgi
Kenges Raisi taqdimiga asosan saylangach, ularning tavsiyasi bilan
a’zolari saylanadi. Har bir qo’mita va komissiya raisi o’rinbosarlari va
kotiblari Jo’qorg’i Kenges Raisi tomonidan tayinlanadi. Ko’mita va
komissiyalarining faoliyati Jo’qorg’i Kenges Raisi tomonidan
muvofiqlashtirilib turiladi.
Qo’mita va komissiyalar o’z faoliyatini majlislar orqali olib boradi
va ko’rilgan masalalar yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi.
Jo’qorg’i Kengesning deputati faqat bir qo’mitaning yoki
komissiyaning a’zosi bo’lib saylanishi mumkin. Ularning tarkibiga
Juqorg’i Kengesning Raisi va uning o’rinbosari saylanishi mumkin emas.
Qo’mita va komissiyaning barcha a’zolari teng vakolatlardan
foydalanadilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining
77-moddasiga asosan, Jo’qorg’i Kenges zarur bo’lgan taqdirda doimiy
hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish va boshqa komissiyalarni
414
tuzadi
187
. Bu komissiyalar tegishli vazifasini bajarib bo’lgach, o’z
faoliyatini to’xtatadi. Jo’qorg’i Kenges o’z ish faoliyatini mustaqil
belgilaydi. Ichki tarkibiy qismini, ya’ni faoliyatiga yordam beruvchi
organlarni mustaqil tashkil etadi.
Jo’qorg’i Kenges mustaqil vakolatlari asosida quyidagilarni hal
qiladi:
-
ish tartibi (reglamenti)ni qabul qilish;
-
sessiyalarga to’planish;
-
Jo’qorg’i Kengesga saylovning to’g’ri o’tkazilganligini tekshirish
va o’z organlarini tuzish.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi reglamentida
Jo’qorg’i Kengesning ish tartibi belgilab qo’yiladi. Jo’qorg’i Kenges
ishini tashkil qilishda uning tarkibida tuziladigan kotibiyat alohida
ahamiyatga ega. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kenges
faoliyatida deputatlar guruhlarining ahamiyati muhim hisoblanadi. Turli
masalalar yuzasidan fikrlar berish maqsadida hududiy guruhlar ham tashkil
qilinadi. Hududiy guruhlardan tashqari, Jo’qorg’i Kenges deputatlari
kasb-kori, tarmoqlar bo’yicha va boshqalarga ko’ra ham guruhlar tuzilishi
mumkin. Deputatlar guruhi ro’yxatga olingandan so’ng o’z faoliyatini
amalga oshiradi. Deputatlar guruhi Jo’qorg’i Kengesning Raisi,
shuningdek, Jo’qorg’i Kenges qo’mita va komissiyalari bilan yaqin
aloqada ishlaydi. Deputatlar guruhlarining tuzilish tartibi va faoliyati
Jo’qorg’i Kenges reglamentining 38, 39-moddalarida o’z aksini topgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining vakolatlari, uning
oliy davlat vakillik organi ekanligi bilan belgilanadi. Jo’qorg’i Kenges eng
oliy vakillik organi bo’lgani uchun uning zimmasiga qonunchilikdan
boshqa vazifalar ham yuklanadi. Jo’qorg’i Kenges boshqa davlat
organlarini o’ziga bo’ysundirishni ko’zlamagan va ularning vakolatini
egallashga urinmagan holda, davlat organlarini tashkil qilishda, ularning
faoliyatini nazorat qilishda va boshqa masalalarda ishtirok etadi.
Jo’qorg’i Kengesning vakolatlari Konstitutsiyaning 70-moddasida
mustahkamlangan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasiga
binoan Qoraqalpog’iston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika
Jo’qorg’i Kengesi ish olib borishi mumkin
188
. Jo’qorg’i Kengesning
187
Қорақалпоғистон
Республикаси
Конституцияси
. –
Нукус
: “
Қорақалпоғистон
”, 2006. –
Б
.65.
188
Қорақалпоғистон
Республикаси
Конституцияси
. –
Нукус
: “
Қорақалпоғистон
”, 2006. –
Б
.52.
415
Konstitutsiyada belgilangan vakolatlari mazmuni, tavsifi, maqsadi, nimaga
qaratilganligiga ko’ra bir necha guruhlarga bo’lish mumkin, bular:
-
qonunchilik sohasidagi vakolatlar;
-
Jo’qorg’i Kengesni va o’z organlarini tuzish sohasidagi vakolatlar;
-
ma’muriy-hududiy tuzilishni belgilash va boshqa davlat
organlarini tuzish (tashkil qilish) sohasidagi vakolatlar;
-
Jo’qorg’i Kengesning nazorat vazifasi;
-
fuqarolar manfaati bilan bog’liq vakolatlar.
Jo’qorg’i Kengesning asosiy faoliyati qonun chiqarishdir. Jo’qorg’i
Kengesning qonunchilik sohasidagi faoliyati deganda, uning
konstitutsiyaviy qonunchilik va oddiy qonunchilik faoliyatini farqlash
kerak. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilish va ularga
o’zgartirshlar kiritish uchun alohida, oddiy qonun qabul qilish va unga
o’zgartirish kiritishga alohida tartib belgilangan.
Oddiy qonunlar Konstitutsiyaning 76-moddasiga asosan oddiy
ko’pchilik ovoz bilan, Konstitutsiya esa 118-moddaga asosan
deputatlarning uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadi va
o’zgartiriladi. Konstitutsiyaviy qonunlar ham shu tartibda qabul qilinadi va
o’zgartiriladi.
Jo’qorg’i Kengesga qonunchilik tashabbusi huquqiga,
Konstitutsiyaning 75-moddasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesining deputatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat
qo’mitasi, Fuqarolik ishlari bo’yicha Oliy Sud, Jinoyat ishlari bo’yicha
Oliy Sud, Iqtisodiy Sudi, Respublika Prokurori egadir
189
.
Jo’qorg’i Kengesda qarab chiqilishi lozim bo’lgan qonun loyihalari
yoki qonun chiqarish haqidagi takliflar Jo’qorg’i Kenges Raisiga taqdim
etiladi va u Jo’qorg’i Kenges kotibiyatida ro’yxatga olinadi. Qonunlar
yig’ilishlarda bir necha o’qish yo’li bilan qabul qilinadi. Qonun loyihalari
Jo’qorg’i Kenges qarori bilan umumxalq ovozi (referendum)ga ham
qo’yilib, qabul qilinishi mumkin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorgi Kengesining qonunchilik
faoliyatiga Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlarini sharhlashni ham
qo’shish mumkin, ular ham majburiy xarakterga ega bo’ladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi hujjatlari, ular
imzolangan kundan keyin kechi bilan bir haftalik muddatda e’lon qilinishi
189
Ўша
манба
. –
Б
.64.
416
kerak. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Reglamentida
ham bu vakolatlar qayd etilgan. Agar qonunning o’zida boshqa holat
belgilanmagan bo’lsa, u e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Jo’qorg’i Kengesning o’z organlarini tuzish sohasidagi vakolatlari.
Jo’qorg’i Kenges Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi deputatlaridan
tashkil topadi. Jo’qorgi Kengesning konstitutsiyaviy vakolatlaridan biri bu
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining saylovini tayinlash
va saylov komissiyasining tarkibini tasdiqlashdir. Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga saylov Jo’qorg’i Kenges tomonidan,
Jo’qorg’i Kenges vakolati tugashidan kamida 3 oy ilgari tayinlanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorgi Kengesi o’z faoliyatini
samarali olib borish uchun Jo’qorg’i Kenges deputatlaridan iborat rahbar
va yordamchi organlarni tuzadi. Majlislar davrida majlis stenogrammasi
va bayonlarini yuritish, so’zga chiqish istagini bildirganlarni yozib
borish, deputat so’rovlari, savollar, ma’lumotlar, xabarlar, arizalar,
takliflar hamda deputatlarning boshqa materiallarini hujjat sifatida
ro’yxatga olish, fuqarolardan Jo’qorg’i Kenges nomiga kelayotgan
murojaatlar va boshqa hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish maqsadida
Jo’qorg’i Kenges yig’ilishlarining kotibiyati tuziladi. Bundan tashqari,
Jo’qorg’i Kengesning o’z kotibiyati ham mavjud.
Jo’qorg’i Kengesning Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy-
hududiy tuzilishini belgilash va boshqa davlat organlarini tuzish
sohasidagi vakolatlari. 1996-yil 14-dekabrdagi “Qoraqalpog’iston
Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish
tartibi to’g’risida”gi Qonuniga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesi vakolatiga tumanlar, shaharlar, ovullar, qishloqlar,
posyolkalar tuzish va ularni tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini
o’zgartirish kiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi davlat
hokimiyatining oliy organi bo’lgani uchun, u ijro hokimiyati va sud
hokimiyati organlarining ba’zi bo’g’inlarini tuzishda ham ishtirok etadi.
Jo’qorg’i Kenges avvalo qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatlar tizimi va vakolatlarini belgilaydi. Masalan: sudyalarni
saylash, Vazirlar Kengashi tarkibini shakllantirish va boshqalar.
Jo’qorg’i Kengesniig nazorat faoliyati. Amaldagi Konstitutsiyada
Jo’qorg’i Kengesning nazorat qilish faoliyati to’g’ridan-to’g’ri
belgilanmasada, uning ayrim vakolatlari nazorat qilish funksiyasini keltirib
chiqaradi. Xususan, Jo’qorg’i Kenges qonunlar va boshqa hujjatlarning
ijrosini nazorat qilib turish uchun qo’mita va komissiyalar tuzadi. Ular esa
417
Jo’qorg’i Kenges oldida hisobot beradilar. Shu orqali Jo’qorg’i
Kengesning nazorat vazifasi amalga oshiriladi. Jo’korg’i Kenges
shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining bajarilishini
nazorat qiladi. Jo’qorg’i Kengesning nazorat faoliyati deputat so’rovi
orqali ham amalga oshiriladi. Deputat so’rovi davlat organlari idoralari,
jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish
vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |