Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining konstitutsiyaviy



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

6-§. Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining konstitutsiyaviy 
asoslari 
Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul 
qilingandan so’ng, mahalliy vakillik organlarining yangi tizimi o’rnatildi 
va ushbu organlarning tavsifi, mavqei sifat jihatdan takomillashdi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyatining vakillik 
organlari tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladigan xalq deputatlari 
Kengashlari bo’lib hisoblanadi.
Qoraqalpog’iston RespublikasiKonstitutsiyasining XXI bobi 
“Mahalliy davlat hokimiyati asoslari” deb ataladi va 92-moddada mahalliy 
davlat hokimiyati vakillik va ijro hokimiyatiga bo’linishi belgilandi. 
Konstitutsiyaning 94-moddasida mahalliy davlat organlarining - faoliyatini 
tashkil qilish, vakolat doirasi, saylash tartibi qonun bilan belgilanadi, 
deyilgan. Shu bois, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi
1993-yil 24-dekabrda “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunni 
qabul qildi
194
. Unga asosan Xalq deputatlari Kengashlari tuman va 
shaharlarda, (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan tashqari) davlat 
hokimiyatining vakillik organlari deb belgilandi va natijada avvalgi ikki 
pog’onali hokimiyat organlari tizimi o’rniga bir pog’onali hokimiyat 
organi tizimi o’rnatildi. Kishloq, shahar, ovul, tumanga bo’ysunuvchi 
shaharlarda davlat hokimiyatining vakillik organlari tugatildi. 
Konstitutsiya va Qonunda mahalliy vakillik organlari fuqarolarning o’zini-
o’zi boshqarish organlari tizimidan ajratilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi, 
194
Қорақалпоғистон
Республикасининг

Маҳаллий
давлат
ҳокимияти
тўғрисида

ги
Қонуни
. – 
Нукус
: “
Қорақалпоғистон
”, 2011. – 44 
б



431 
ya’ni bu mahalliy vakillik organlarining davlat organlari sifatidagi 
mavqeini oshirdi, ularning mas’uliyatini kuchaytirdi.
Mahalliy vakillik organlarining samarali ishlashi, o’z faoliyatini
to’la amalga oshira olish, mavqei ko’p jihatdan ularga saylangan
deputatlar tarkibiga bog’liq. Deputatlarning bilimi, dunyoqarashi,
fikrlashi, mustaqilligi Kengashlar ishi mazmunini belgilab beradi. 
Ushbu masalalarni maqsadga muvofiq hal qilishda saylov qonunlari 
muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya qabul qilingach, saylov 
qonunlari ham yangilandi. Ularda demokratik huquqiy davlatga xos 
xususiyatlar o’z ifodasini topdi. Bular ichida eng avvalo, saylovning 
ko’ppartiyaviylik tamoyili asosida o’tkazilishi, saylov komissiyasi 
tarkibiga biror-bir partiyaga mansub shaxslarning kiritilmaslik 
qoidalarining o’rnatilishiga alohida e’tibor berildi. Mahalliy vakillik 
organlariga saylov, avvalgi vakillik organining vakolati tugashiga kami 
bilan 3 oy qolganda Jo’qorg’i Kenges tomonidan tayinlanadi. Deputatlar 
bir mandatli okruglardan saylanadi. Xalq deputatlari tuman va shahar 
Kengashlariga siyosiy partiyalar va fuqarolarning yig’inlari (vakillarning 
yig’ilishlari) nomzod ko’rsatish huquqiga ega. 
Xalq deputatlari Kengashlari o’z faoliyatiga ko’maklashib turishlari 
uchun deputatlardan iborat, vakolat muddati davomida doimiy ishlovchi 
komissiyalar tuzadi. Yangi chaqiriq 1-sessiyada xalq deputatlari 
Kengashlari dastlab mandat komissiyasini tuzadi. Qancha va qanday 
doimiy komissiyalar bo’lishini ishning hajmi va hududiy 
xususiyatlar hisobga olingan holda Kengashning o’zi belgilaydi. Doimiy 
komissiyalar rais, rais o’rinbosari, kotib va a’zolardan iborat bo’ladi. 
A’zolarning sonini ham Kengash o’zi belgilaydi.
Doimiy komissiyalar sessiyalarda ko’riladigan masalalarni dastlab 
ko’rib chiqib, xulosa tayyorlash, sessiyaga ko’riladigan masalalarni taqdim 
qilish, Kengash va yuqori davlat organlari hujjatlarining mazkur hududda 
bajarilishini nazorat qilish kabi vazifalarni bajaruvchi organ sifatida 
tuziladi. Xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalarining faoliyati 
qonun va nizomlar bilan belgilanadi. Xalq deputatlari Kengashlari zarur 
paytlarda muayyan masalalar yuzasidan muvaqqat komissiyalar ham 
tuzishlari mumkin. 
Tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlarining ish tartibi tegishli 
xalq deputatlari Kengashining Reglamenti bilan belgilanadi. Xalq 
deputatlari Kengashi sessiyalari bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. 
Sessiya zaruratiga ko’ra hokim tomonidan, shuningdek, tegishli Kengash 


432 
deputatlarining uchdan ikki qismining tashabbusi bilan chaqirilishi ham 
mumkin. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida 
mahalliy hokimiyat organlari vakolatlarining asoslari berilgan. O’z 
navbatida, mazkur moddada mahalliy vakillik hokimiyati va ijro 
hokimiyati organlarining vazifalari ajratilib ko’rsatilmagan, shuning uchun 
u vakillik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham taalluqlidir. Ushbu 
vakolatlarga quyidagilar kiradi: 
-
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini 
ta’minlash; 
-
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; 
-
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy 
soliqlarni, yig’imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil 
qilish; 
-
mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish; 
-
atrof muhitni muhofaza qilish; 
-
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; 
-
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa 
vakolatlarni amalga oshirish
195

Xalq deputatlari Kengashlari o’z faoliyati davomida, o’zining 
vakolatlari doirasida kollegial asosda normativ hujjatlar qabul qiladi. Ular 
qabul qilgan normativ hujjatlar o’z hududida bajarilishi majburiydir. 
Mahalliy hokimiyat organlari Konstitutsiya va qonunlarga zid 
kelmaydigan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin. 
Mahalliy hokimiyat organlari o’zlarining butun faoliyatini davlat hamda 
fuqarolarning manfaatini ko’zlab olib boradi, natijada davlat manfaati 
bilan fuqarolarning manfaati o’rtasida mushtaraklik vujudga keladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining mahalliy Kengashlar 
vakolatlarini belgilaydigan 1993-yil 24-dekabrda qabul qilingan Qonunda 
vakillik va ijro hokimiyati organlarining vakolatlari alohida berilgan. 
Qonunning 23-moddasiga binoan Kengash quyidagilarni amalga oshiradi: 
-
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari hokimning 
taqdimiga binoan o’z hududi budjeti va uning ijrosi haqidagi hisobotni, 
195
Қаранг

Қорақалпоғистон
Республикаси
Конституцияси
. – 
Нукус
: “
Қорақалпоғистон
”, 2006. –
Б
.72-73. 


433 
hududni rivojlantirish rejasini, tuman va shaharning bosh loyihasi va uni 
qurish tartibini tasdiqlaydi; 
-
amaldagi qonunlarga muvofiq mahalliy soliq, yig’im va bojlar 
miqdorini belgilaydi, mahalliy budjetga tushadigan mahalliy soliq, 
yig’imva to’lovlar bo’yicha imtiyozlar belgilaydi; 
-
hokim va uning o’rinbosarlarini lavozimiga tasdiqlaydi, 
lavozimdan ozod etish ishlarini amalga oshiradi, ularning faoliyatiga doir 
hisobotlarni eshitadi; 
-
qonunda nazarda tutilgan hollarda hokimlar qarorlarini 
tasdiqlaydi; 
-
xalq deputatlari Kengashlarining ish tartiblari, doimiy 
komissiyalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi va zarur bo’lsa, ularga 
o’zgartirishlar kiritadi; 
-
Kengashning doimiy va muvaqqat komissiyalari hamda boshqa 
organlarini tuzadi, saylaydi va tugatadi, ularning tarkibini o’zgartiradi, 
faoliyati haqida hisobotlarni tinglaydi; 
-
deputatlarning vakolatlarini tasdiqlaydi, vakolatini muddatidan 
avval to’xtatadi yoki ularni javobgarlikka tortish, ishdan bo’shatishga 
rozilik beradi; 
-
ijroiya hokimiyati bo’limlari, boshqarmalari, boshqa tashkiliy 
bo’linmalar hisobotini eshitadi; 
-
xalq deputatlari so’rovlarini ko’rib chiqadi va ular yuzasidan 
qarorlar qabul kiladi; 
-
hokimning O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston 
Respublikasi qonunlariga zid qarorlarini bekor qiladi; 
-
hokimning taqdimiga binoan hokimlik tuzilishini, uning shtatlarini 
va xodimlarning ish xaqi fondini tasdiqlaydi. 
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini ikki turga bo’lish 
mumkin. Birinchisi, xalq deputatlari Kengashlarining mutloq vakolatlari 
bo’lib, ular faqat Kengashlar tomonidangina amalga oshiriladi. 
Masalan, budjetni, uning ijrosi haqidagi hisobotni tasdiqlash, yordamchi 
organlarni tuzish, deputatlar vakolatlarini tasdiqlash, muddatidan avval 
tugatish, hokimni lavozimga tasdiqlash va boshqalar. Ikkinchi turga 
boshqa vakolatlari kiradi, ya’ni ularni sessiyalar oralig’idagi vaqtda 
hokimlar bajara oladi, lekin bu masala sessiyada albatta tasdiqlanishi 
kerak. Masalan, hokimlik tuzilish bo’linmalari (tarmoq boshqaruv 
organlari) boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishni 
sessiyalar oralig’idagi vaqtda hokim amalga oshirishi mumkin. Lekin 
hokimning qarori albatta sessiyada tasdiqlanishi lozim. 


434 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasiga 
muvofiq vakillik va ijro hokimiyati tegishligiga qarab tuman va shahar 
hokimlari boshqaradi. 
Tuman va shahar hokimlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi Raisining taqdimiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesining Raisi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod 
qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi 
(96-modda). Tuman va shahar hokimlari o’z vakolatlarini yakkaboshchilik 
asosida amalga oshiradilar va o’zlari rahbarlik qilayotgan organlarning 
qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar. 
Hokimlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini 
tashkil qilish, ularning vakolat doirasi va xalq deputatlari mahalliy 
Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi (97-modda). Hokim 
o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi
(98-modda)
196
.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish