Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

beshinchidan,
Qoraqalpog’iston Respublikasining O’zbekiston 
Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqining umumiy 
referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega ekanligi; 

oltinchidan
, O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston 
Respublikasining o’zaro munosabatlari O’zbekiston Respublikasi va 
Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasida O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi doirasida tuziladigan shartnoma hamda bitimlar bilan 
tartibga solinishi hamda O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston 
Respublikasi o’rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida 
hal etilishi; 

yettinchidan,
Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun bilan 
tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – Bayrog’i, Gerbi va Madhiyasiga ega 
ekanligi; 

sakkizinchidan,
Qoraqalpog’iston Respublikasida o’zbek tili bilan 
bir qatorda qoraqalpoq tilining davlat tili sifatida e’tirof etilganligi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasiga 
muvofiq, “Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasiga ega. 


406 
Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo’lishi mumkin emas”
180

O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992-yil 8-dekabrda 
mustaqil davlatning Konstitutsiyasini qabul qildi. Ana shunday muhim 
ijtimoiy, siyosiy va buyuk tarixiy voqeadan so’ng Qoraqalpog’istonda
ham tamomila yangi mazmun va mohiyatga ega bo’lgan hamda u 
O’zbekiston tarkibida suveran respublika sifatidagi maqomini belgilab ber-
ishga qaratilgan yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi. 
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha tuzilgan komissiyaning 
1993-yilning fevral oyida bo’lib o’tgan navbatdagi majlisida Asosiy 
Qonunning loyihasi ko’rib chiqildi va uning qarori bilan loyiha Oliy 
Kengashning Prezidiumi muhokamasiga havola etildi. Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Oliy Kengashining Prezidiumi Asosiy Qonun loyihasini 
ko’rib chiqib, “Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 
to’g’risida” Qaror qabul qildi.
Konstitutsiya loyihasi 1993-yil 7-martda respublika gazetalarida 
chop etildi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasida 
fuqarolar, turli jamoat birlashmalari hamda davlat tashkilotlari faol 
qatnashdilar. Jamoatchilik tomonidan kelib tushgan taklif va tavsiyalar 
asosida Konstitutsiya loyihasi yanada takomillashtirilib, u 1993-yili
7-aprelda o’zbek, rus va qoraqalpoq tillarida chop etiladigan bosma mat-
buot nashrlarida ikkinchi marotaba umumxalq muhokamasiga quyildi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 9-aprelda 
bo’lib o’tgan XII chaqiriq 12 sessiyasida deputatlar tomonidan Qoraqal-
pog’iston Respublikasining Konstitutsiya loyihasining har bir moddasi 
birma-bir chuqur muhokama qilinib, qabul qilindi. Amaldagi Qoraqal-
pog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 26 bob va 120 
moddadan iborat. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi suveren Qoraqal-
pog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, ya’ni 
9-aprelni umumxalq bayrami – Qoraqalpog’iston Respublikasining Konsti-
tutsiyasi kuni deb e’lon qildi. 
180
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2018. –75 
б



407 
Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat 
tuzilishining asosiy prinsiplari, davlat hokimiyatining tizimi va davlat, 
jamiyat, shaxs munosabatlarining huquqiy asoslarini belgilab berdi. 
Mazkur Konstitutsiya o’zida jahon konstitutsiyaviy tajribasini, inson 
huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va tartibga solishning ilg’or 
amaliyotini, jamiyatning demokratik asoslarini mujassamlashtirdi. 
O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
71-moddasida Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo’lishi mumkin 
emasligi to’g’risidagi konstitutsiyaviy tamoyil belgilab qo’yildi
181
. Ushbu 
tamoyil Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o’z 
ifodasini topgan. Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasida O’zbekiston 
Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyalari va 
qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, 
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va 
qonunlarga muvofiq ish ko’radilar (Qoraqalpog’iston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, 15-modda).
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 72-moddasiga 
muvofiq, O’zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog’iston 
Respublikasi hududida ham majburiydir. O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining 
butun hududida (Qoraqalpog’iston esa uning tarkibiy qismidir) 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi 
so’zsiz tan olinadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida 
Qoraqalpog’iston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi va 
Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining 
ustunligi so’zsiz tan olinishi belgilab qo’yilgan. Mazkur moddadagi 
normalar shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
71-moddasi qoidalari bilan hamohangdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 73-moddasiga 
muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasining hududi va chegaralari uning 
roziligisiz o’zgartirilishi mumkin emas
182
. Qoraqalpog’iston Respublikasi 
o’z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi.
181
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2018. –75 
б

182
Ўша
манба



408 
Davlat hokimiyatining ta’siri ma’lum hududga va tegishlicha 
ushbu hududda yashovchi aholiga joriy qilinishi har qanday davlatning 
muhim belgisidir. Davlatning o’z hududida Konstitutsiyasi va qonunlarin-
ing ustunligi suverenitet belgilaridan biri hisoblanadi. 
Qoraqalpog’istonning o’z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini 
mustaqil hal etishi bilan bog’liq suveren huquqi mustahkamlab qo’yilgan. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida ham 
Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z ma’muriy-hududiy tuzilishi 
masalalarini mustaqil hal qilish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
tizimini belgilashi bilan bog’liq norma o’z ifodasini topgan. Shuningdek, 
Qoraqalpog’iston Respublikasining hududi va chegaralari daxlsiz ekanligi 
hamda uning o’zgartirilishi va bo’linishi mumkin emasligi qat’iy 
belgilab qo’yilgan. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining XVI bobi 
Qoraqalpog’iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi 
masalalariga bag’ishlangan bo’lib, uning 67-moddasida “Tumanlar, 
shaharlar tashkil qilish va ularni tugatish, shuningdek, ularning 
chegaralarini o’zgartirish Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i 
Kengesi tomonidan amalga oshiriladi” deb belgilab qo’yilgan
183
. Agar 
O’zbekiston va Qoraqalpog’iston hududlarini ajratib turadigan 
chegaralarni o’zgartirish zaruriyati tug’ilsa, bunda O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining roziligini olish lozim bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 74-moddasiga 
muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi 
tarkibidan Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi 
asosida ajralib chiqish huquqiga ega.
Mazkur tamoyil Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 
1- va 9-moddalarida hamda referendumga oid O’zbekiston Respublikasi va 
Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun hujjatlarida rivojlantirilgan. 
Referendum o’tkazish haqidagi qarorni Qoraqalpog’iston 
Respublikasining Jo’qorg’i Kengesi qabul qiladi, ovoz berish sanasini
ham uning o’zi belgilaydi. Referendumda qabul qilingan qaror 
Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega va faqat 
referendum yo’li bilan o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Mazkur konstitutsiyaviy norma Qoraqalpog’iston xalqining o’z taqdirini 
o’zi hal qilish huquqini, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasining 
183
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2018. –75 
б



409 
suverenitetini O’zbekiston tan olganligini anglatadi. Shu bilan birga, ushbu 
qoida xalqaro huquq normalariga ham mos keladi. Xususan, 1966-yil
16-dekabrdagi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi xalqaro pakt”da 
barcha xalqlar o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga egadirlar, deb 
belgilangan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Qoraqalpog’iston 
Respublikasining O’zbekiston tarkibidan chiqish huquqini amalga oshirish 
mexanizmi mustahkamlangan bo’lib, bunda jamiyat va davlat hayotining 
eng muhim masalalarini fuqarolarning to’g’ridan-to’g’ri ovoz berishi 
(umumxalq referendumi) bilan hal etilishi lozimligi to’g’risidagi 
demokratik talab o’z ifodasini topgan. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasiga 
muvofiq, O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston 
Respublikasining o’zaro munosabatlari O’zbekiston Respublikasi va 
Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasida O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan 
tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston 
Respublikasi o’rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida 
hal etiladi
184
.
Ushbu moddada Qoraqalpog’iston Respublikasining O’zbekiston 
Respublikasi tarkibidagi huquqiy maqomi ikki tomon o’rtasidagi 
munosabatlarda davlat suverenitetini o’zaro hurmat qilish va tan olish 
zamirida, qonunlar ustuvorligiga tayanib va unga rioya etib ish yuritish 
asosida amalga oshirilishi huquqiy jihatdan mustaqkamlangan.
O’zbekiston va Qoraqalpog’iston o’rtasidagi munosabatlarni 
shartnomalar va bitimlar ko’rinishida huquqiy mustahkamlab qo’yish, o’z 
navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasining, boshqa ma’muriy-hududiy 
birliklardan farqli o’laroq, alohida suveren respublika maqomiga ega 
ekanligini anglatadi.
Ta’kidlash joizki, har qanday huquq subyektlarining o’zaro 
munosabatlarida muayyan masalalar yuzasidan nizolar kelib chiqishi 
mumkin. Bunday holatlarda yuzaga keladigan nizolar murosaga 
keltiruvchi vositalar yordamida, ya’ni nizoli masalaning mohiyatini jiddiy 
va chuqur o’rganish hamda buning natijasida har ikkala tomonning 
manfaatini e’tiborga olgan holda murosali qarorga kelinadi. O’zbekiston 
bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni 
184
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2018. –75 
б



410 
tashkiliy jihatdan mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining Doimiy Vakolatxonasi faoliyat yuritadi. Ushbu vakolatxona 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, shuningdek, O’zbekiston 
Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari, idoralari va boshqa 
tashkilotlari bilan xo’jalik hamda madaniy qurilish masalalari bo’yicha 
kundalik aloqalarini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish