Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

6-§. Fuqarolik masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari 
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunning
29-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi ishlarni 
yurituvchi O‘zbekiston Respublikasining davlat idoralari tizimi 
belgilangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi 
ishlarni yurituvchi O‘zbekiston Respublikasining davlat idoralari 
quyidagilardaniborat:O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti;O‘zbekiston Respublikasi IIV; O‘zbekiston Respublikasi TIV, 
O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik 
muassasalari. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, fuqarolik masalalarini hal etishda 
davlat boshlig‘ining o‘rni beqiyos. O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti fuqarolik masalalari bo‘yicha qarorlar chiqaradi va farmon 
qabul qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik to‘g‘risidagi 
ishlar bo‘yicha vakolatlari: 
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida; 
2) chet elda yashayotgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishli iltimosnoma bilan 
murojaat etgan taqdirda ularni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga 
qabul qilish to‘g‘risida; 
3) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash to‘g‘risida; 
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida; 
5) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish to‘g‘risida qaror 
qabul qiladi. 


165 
Bundan tashqari, alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi oldida juda katta 
xizmatlari bo‘lgan yoki fan, texnika va madaniyat sohasida yuksak 
yutuqlarga erishgan, shuningdek, respublika uchun qiziqarli kasb va 
malakaga ega bo‘lgan ayrim shaxslar “O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasida ko‘rsatilgan talablar 
hisobga olinmay, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul 
qilinishlari mumkin. 
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi oldidagi juda katta xizmatlar 
deyilganda quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining 
Oliy organlari bergan ordenlar, medallar, faxriy unvonlar, hukumat faxriy 
yorliqlari va ularga teng keladigan rag‘batlantiruvchi hujjatlarning borligi 
tushuniladi.
Fan, texnika va madaniyat sohasidagi yuksak natijalarga erishganlik 
deyilganda shaxs milliy, xalqaro mukofotlarga, rag‘batlantirishning boshqa 
turlariga yoki o‘z ixtisosi bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishga, 
o‘z tarmog‘i bo‘yicha xalqaro tadbirlarda jyuri a’zosi sifatida ishtirok 
etishga erishganligini, turli xalqaro tashkilotlarda haqiqiy va faxriy 
unvonlari borligini tushuniladi. 
Ushbu toifadagi shaxslar arizada o‘z ixtisosi bo‘yicha faoliyatini 
davom ettirish muddaosini, bu faoliyatning respublika uchun muhimligi va 
ahamiyatliligini ko‘rsatishlari talab etiladi. Shuningdek, respublika uchun 
qiziqarli bo‘lgan kasb yoki malakaga ega bo‘lgan shaxslar tegishli diplom 
yoki guvohnoma, shuningdek, o‘z faoliyati sohasida u eng yuqori 
natijalarga erishganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi uchun qiziqarli bo‘lgan kasblar va malakalar 
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish