Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

birinchidan
, shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati 
idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va 
boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida vujudga 
keladi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan uning chet el 
davlati armiyasiga harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmatiga, shuningdek, 
politsiyasiga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining 
boshqa organlariga ishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud boshqa 
ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda. Bu holda, Konsullik 
muassasalari hujjatlarni TIVga (bundan buyon matnda TIV) yuboradilar, 
TIV olingan ma’lumotlarni va Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda 
IIV) hamda Davlat xavfsizlik xizmatining (bundan buyon matnda DXX) 
xulosalarini o‘zining hujjatlari va xulosasi bilan birga O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha 
Komissiyaga taqdim etadi;
ikkinchidan
, agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida 
uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa, vujudga keladi.
TIV va IIV hamda konsullik muassasalarining hujjatlari asosida hujjatlar 
va xulosani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga yuboradi. Bunda 
uch yillik muddat tartibi faqatgina 16 yoshga to‘lgan shaxslarga nisbatan 
qo‘llaniladi, ularning ota-onalari yoki ulardan birining iltimosnoma 
berganligi hollari bundan mustasno. Iltimosnomaga 14 yoshdan 
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning notarial tasdiqlangan roziligi ilova 
qilinadi. Konsullik muassasasi rahbari holatga qarab obyektiv 
ma’lumotlarga asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 
33
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
1992 
йил
20 
ноябрдаги
ПФ
-500-
сон
Фармони
билан
тасдиқланган

Ўзбекистон
Республикасининг
фуқаролиги
билан
боғлиқ
масалаларни
кўриб
чиқиш
тартиби
тўғрисида
Низом
” (VIII-
бўлим
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
1999 
йил
26 
февралдаги
ПФ
-2240-
сонли
Фармони
асосида
5-
банд
билан
тўлдирилган
) // 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Ахборотномаси
, 1999 
й
., 3-
сон
, 65-
модда



159 
o‘z vaqtida konsullik hisobiga turmaganlik sabablarining uzrli ekanligiga 
mustaqil baho beradi; 
uchinchidan
, agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi 
shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida 
olingan bo‘lsa, vujudga keladi. Ichki ishlar organlari yoki konsullik 
muassasalari O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib 
yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi 
haqida ma’lumotlar yoki arizalar kelib tushgan taqdirda, shaxsning 
haqiqatdan ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini aniqlash 
uchun zarur tekshiruvlarni olib boradilar. O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar 
taqdim etish natijasida olinganligi holati tasdiqlangan taqdirda, 
IIV yoki TIV hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadilar
34

to‘rtinchidan
, agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat 
yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali 
jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar etkazgan bo‘lsa, vujudga 
keladi.Shaxsning chet davlat foydasini ko‘zlab, faoliyat yuritish 
yoki O‘zbekiston Respublikasi JKning Maxsus qismi ikkinchi 
bo‘limida nazarda tutilgan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni sodir 
etish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon etkazganligini 
tasdiqlaydigan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan 
hujjatlar shaxsning fuqaroligini yo‘qotish yuzasidan tashabbuskor 
organning asoslantirilgan taqdimnomasi bilan birga IIVga yuboriladi.
O‘z navbatida IIV fuqarolikni yo‘qotish tashabbusi yuzasidan hujjatlar 
nusxalarini TIV va DXXga taqdim etadi. Ushbu tashkilotlar kelib tushgan 
hujjatlar asosida o‘zlarining xulosalarini O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim 
etadilar. IIV fuqarolikni yo‘qotish haqidagi xulosani tegishli hujjatlarni 
ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi; 
beshinchidan
, agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa, 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishga olib keladi
35
.Chet 
davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaxs ushbu fakt haqida o‘ttiz kun 
34
Ўша
жойда

35

Ўзбекистон
Республикасининг
фуқаролиги
тўғрисида

ги
Қонуни
// 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Кенгашининг
Ахборотномаси
, 1992 
й
., 

9, 338-
модда



160 
ichida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar idoralariga yoki chet 
eldagi konsullik muassasalariga xabar berishi shart. Bu holda, manfaatdor 
vazirlik va idoralar chet elda doimiy yashovchi fuqarolarga nisbatan 
hujjatlarni TIVga yuboradilar. TIV hujjatlarni va IIV hamda DXXning 
xulosasini qabul qilib, ularni o‘zining hujjatlari va xulosasi bilan birga 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari 
bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi. Manfaatdor vazirlik va idoralar 
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqarolarga 
nisbatan hujjatlarni IIVga yuboradilar. IIV hujjatlarni va TIV hamda 
DXXning xulosasini qabul qilib, ularni o‘zining hujjatlari va xulosasi bilan 
birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari 
bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi. 
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda manfaatdor vazirlik va idoralar 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik 
masalalari bo‘yicha Komissiyaga ko‘rib chiqishga taqdim etiladigan 
xulosalar asoslantirilgan bo‘lishi talab etiladi. Xulosalarda quyidagi 
ma’lumotlar alohida ko‘rsatilishi kerak:shaxsning davlat oldidagi 
bajarilmagan (ijro etilmagan) majburiyati yoki fuqarolar yoxud davlat 
va jamoat tashkilotlarining jiddiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy 
majburiyati mavjudligi;shaxsning ayblanuvchi sifatida jinoiy 
javobgarlikka tortilganligi;shaxsning qidiruvda ekanligi;shaxsga nisbatan 
qonuniy kuchga kirgan va ijro qilinishi lozim bo‘lgan sud hukmining 
mavjudligi;shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ozodlikdan 
mahrum qilish joylarida ekanligi;shaxsning O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligini yo‘qotishi O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligining 
manfaatlariga nomuvofiq ekanligi
36

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish 
masalalariga oid hujjatlarni tayyorlashda fuqarolikni yo‘qotgan deb 
topilayotgan shaxsni bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida 
xabardor qilish choralari ko‘riladi.Xabardor qilish o‘rnatilgan tartibda 
shaxsning yashash joyi bo‘yicha amalga oshiriladi. Shaxsning turar joyi 
haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, uning oxirgi yashash 
36
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
1992 
йил
20 
ноябрдаги
ПФ
-500-
сон
Фармони
билан
тасдиқланган

Ўзбекистон
Республикасининг
фуқаролиги
билан
боғлиқ
масалаларни
кўриб
чиқиш
тартиби
тўғрисида
Низом
” (VIII-
бўлим
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
1999 
йил
26 
февралдаги
ПФ
-2240-
сонли
Фармони
асосида
5-
банд
билан
тўлдирилган
) // 
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Ахборотномаси
, 1999 
й
., 3-
сон
, 65-
модда



161 
joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zinio‘zi boshqarish organlarini yoki yaqin 
qarindoshlarini xabardor qilish orqali amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab yo‘qotiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining yo‘qotilganligi fakti 
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining 31 va 32-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasi hududida shaxsning doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki 
ishlar organlari tomonidan, chet elda doimiy yashovchi shaxslar uchun esa, 
konsullik muassasalari tomonidan ro‘yxatga olinadi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish