6-§. Xalq hokimiyatchiligi va umuminsoniy qadriyatlar
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, inson
huquqlariga oid masalalarning xalqaro jihatlariga yangicha yondashuvga
alohida e’tiborni qaratish bilan birga, bu boradasho‘rolar tuzumi davrida
saqlanib qolgan bir yoqlamalik g‘oyalariga chek qo‘yildi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan
himoya qilinadi. Inson huquq va erkinliklari eng oliy darajada faqatgina
Konstitutsiya bilangina qo‘riqlanib, kafolatlanib qolmasdan, balki
ular jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan xalqaro huquqning
normalari va prinsiplari bilan ham qo‘riqlanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1948-yil
10-dekabrda “barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim
bo‘lgan vazifa sifatida” Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul
qiladi. “Bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir
tashkiloti hamisha ana shu deklaratsiyani nazarda tutib, ma’rifat va ilm
yo‘li bilan ushbu huquqlar va erkinliklarning hurmat qilinishiga yordam
berishga intilishlari hamda milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar yo‘li
bilan ham, ushbu huquqlar va erkinliklarning Tashkilotga a’zo bo‘lgan
86
davlatlar xalqlari o‘rtasida va mazkur davlatlarning yuridiktsiyasidagi
hududlarda yashayotgan xalqlar o‘rtasida yalpisiga va samarali tan
olinishiga intilishlari kerak”
1
.
Mazkur Deklaratsiya qabul qilinishini o‘sha paytda dunyoning qirq
sakkiz davlati qo‘llab-quvvatladi, sakkizta davlat betaraf bo‘lgan bo‘lsa-
da, biron-bir davlat unga qarshi bo‘lgan emas.
Avvalo,shuni aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining inson huquqini tartibga soluvchi normalariga Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy qoida va tamoyillari
to‘la singdirilgan. Ma’lumki, 2018-yilda ushbu Deklaratsiyaning 70 yilligi
butun dunyoda keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-mayda e’lon qilingan “Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga
bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”
1
gi farmoni qabul qilinib,
shu farmon asosida mamlakatimizda ushbu xalqaro hujjatning
mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida maxsus Davlat dasturi
ishlab chiqildi. Davlat dasturining ijrosini ta’sinlash maqsadida joriy
yilning noyabr oyida Samarqandda Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi
tashkil etildi.
Ushbu farmon va Davlat dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda
inson huquqiga nisbatan yuksak e’tiborning yaqqol na’munasidir.
Umuminsoniy qadriyat deganda barcha millat va elatlarning moddiy
va ma’naviy manfaatlariga xizmat qiladigan tushunchalarnianglaymiz.
Insonni ulug‘lash, uni muhofaza qilish va har tomonlama kamol toptirish
Konstitutsiyaning asosiy g‘oyasiga aylantirilgan.
Konstitutsiyamiz O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati, ya’ni
xalqning o‘zi bevosita boshqaradigan jamiyat va demokratik huquqiy
davlat qurishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Unda jami dunyoviy
ne’matlar orasida eng ulug‘i “inson” ekanligi yorqin mujassamlashtirilgan.
Konstitutsiyamiz Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro-huquqiy
me’yorlar asosida ishlab chiqilgan va aytish mumkinki, uni yanada
1
Инсон
ҳуқуқлари
.
Ҳ
.
Б
.
Бобоев
,
А
.
Х
.
Саидов
,
Ш
.
Ш
.
Шораҳметов
ва
бошқалар
. –
Т
.: “
Ўзбекистон
”,
1997. –
Б
. 72.
1
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
2018
йил
5
майдаги
“
Инсон
ҳуқуқлари
умумжаҳон
декларацияси
қабул
қилинганлигининг
70
йиллигига
бағишланган
тадбирлар
дастури
тўғрисида
”
ги
фармони
. //
Халқ
сўзи
, 2018
йил
9
май
.
87
to‘ldirgan. Masalan, Konstitutsiyaning 13-moddasi fikrimizga dalil
bo‘lishi mumkin. Ushbu moddada “Inson huquqlari Umumjahon
deklaratsiyasi”da e’lon qilingan umuminsoniy huquqlar oliy qadriyat
darajasiga ko‘tarilgan. Ma’lumki, “Inson huquqlari Umumjahon
deklaratsiyasi” insonlarning ajralmas va daxlsiz huquqlarini e’lon qilib,
quyidagilarni belgilaydi: “Barcha odamlar erkin, qadr-qimmat va
huquqlarida teng bo‘lib tug‘ilganlar”(1-modda); “Har bir inson yashash,
erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir”(3-modda); “Hech kim
qullikda yoki qaramlikda saqlanishi mumkin emas, qulchilik va qul
savdosining barcha turlari ta’qiqlanadi” (4-modda) va hokazo.
Konstitutsiyamizning 13-moddasida esa inson, uning hayoti, erkinligi,
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi, degan norma mustahkamlangan. Bu O‘zbekistonning
umumbashariy insonparvarlik qoidalariga asoslangan davlat ekanligini
ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda insonlarning millatiga, diniga, ijtimoiy ahvoliga,
siyosiy va boshqa e’tiqodiga qarab, cheklashlar yo‘q. Chunonchi,
Konstitutsiyaning eng muhim qismlaridan bo‘lgan ikkinchi bo‘limi inson
va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga
bag‘ishlangan. Konstitutsiyaning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki,
u faqat fuqarolarni, ya’ni davlatimizga mansub kishilarnigina emas,
balki O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning
muqaddas va daxlsiz huquqlarini mustahkamlaydi. Chunki bizda inson
hamma narsadan muqaddas va daxlsizdir. Qonundan tashqari hech kim
uni bu huquqdan mahrum etishi mumkin emas.
Insonning erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati – uning oliy qadriyat
ekanligi O‘zbekiston Respublikasi va qonunlari bilan kafolatlanadi. Hech
kim qullikka yoki asoratga solinishi, sudning hukmisiz yoki prokuror
ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan qamoqqa olinishi mumkin emas. Har bir
inson erkin bo‘lib tug‘iladi. Xohlagan joyida istiqomat qilish huquqiga
ega. Lekin qayerda yashasa, o‘sha yerga mansub bo‘lgan davlatning
qonunlariga itoat etishga majbur.
Insonning sha’ni va or-nomusi ham daxlsiz hisoblanadi. Hech kim
insonning shaxsiy yoki oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashishi,
oilaviy sir-asrorlarini oshkor qilishi, insonning uy-joy daxlsizligiga
tajovuz qilishi mumkin emas. Insonni kamsitish, obro‘sizlantirish, haqorat
qilish, tahqirlash qonunga xilof xatti-harakat hisoblanadi va bunday
88
harakatlar uchun qonun bo‘yicha tegishli javobgarliklar mavjud. Inson
hayotiga tajovuz qilish esa eng og‘ir jinoyat hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 13-moddasi alohida ravishda yana shuni e’tirof
etadiki, O‘zbekistonda barcha fuqarolarning demokratik huquq va
erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimda so‘zlagan nutqida “... davlat organlarining kundalik faoliyatida
inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy tamoyil
so‘zsiz ta’minlanishi shart” ligiga alohida to‘xtalib o‘tdilar
1
.
Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab,
ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasida har qanday davlat organining faoliyati inson
va jamiyat farovonligiga xizmat qilishga, uni yuksaltirishga qaratilgan.
Davlat o‘z vazifasini tegishli organlari orqali amalga oshirar ekan,
ijtimoiy adolat va qonuniylikka amal qilishi lozim bo‘ladi. Demokratik
huquqiy davlatning eng muhim shartlaridan biri inson va shaxs
manfaatlarining hamma narsadan ustunligidir. Qonuniylik prinsipi
deganda, avvalo, qonunlarni va uning asosida qabul qilingan boshqa
huquqiy hujjatlarni davlat organlari mansabdor shaxslar, fuqarolar
tomonidan aniq va og‘ishmay bajarilishi lozimligi tushuniladi. Qonuniylik
prinsipi qonunlarni yuridik hujjatlar tizimida oliy kuchga ega ekanligini,
barcha uchun barobarligini, jamiyat a’zolarining barchasi uchun
majburiyligini anglatadi.
Inson huquqlarining himoyasi doimo muhim masalalardan biri bo‘lib
kelgan. Shuning uchun ham istiqlolga erishgan O‘zbekiston Respublikasi
o‘z mustaqilligining ilk qadamlarida qabul qilingan qonun va huquqiy
normalarini, asosan, inson huquqlarini himoya qilishga, fuqarolarning
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan har tomonlama muhofaza qilishga qaratib
keldi va bu yo‘lda ish olib bormoqda.
Inson huquqlariga doir davlat siyosatida insonning huquq va
erkinliklari jamiyatda qonunchilik asosida mustahkamlanib, iqtisodiy,
1
Конституция
–
эркин
ва
фаровон
ҳаётимиз
,
мамлакатимизни
янада
тараққий
эттиришнинг
мустаҳкам
пойдеворидир
. //
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш
.
М
.
Мирзиёевнинг
Ўзбекистон
Республикаси
Конституцияси
қабул
қилинганининг
25
йиллигига
бағишланган
тантанали
маросимдаги
маърузаси
.
Халқ
сўзи
, 2017
йил
9
декабрь
.
89
siyosiy, yuridik, tashkiliy kafolatlar tizimi bilan ta’minlangandan
keyingina amalga oshishi mumkinligi masalasi muhim o‘rin egallaydi.
O‘zbekistonda inson huquqlari va ularni amalda qo‘llash-jamiyatning
iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi, xalq hokimiyatchiligi, madaniy qadriyatlar,
davlatning jamoat tashkilotlari va partiyalarning butun tashkiliy faoliyati
bilan, shuningdek, turli xil yuridik qoida va me’yorlar tizimi bilan
ta’minlangan.
Davlatning demokratik, huquqiyligi yoki zulmkor, zo‘ravonligini
baholashda ko‘pincha unda shaxsiy daxlsizlik kafolatlanganligiga,
mustaqil sud mavjudligiga, sud hokimiyatining mamlakatdagi o‘rni va
obro‘siga e’tibor qilinadi.
Insonning ozodligi va shaxsiy daxlsizligi, shuningdek,
o‘zboshimchalik bilan hibsga olinishi yoxud qamoqda saqlanishi, bu
biron-bir shaxsning qonunga asoslanmagan holda ozodlikdan mahrum
etilishi mumkin emasligini anglatadi. Shu ma’noda aybsizlik
prezumptsiyasi shaxsning sud muhokamasida adolatli himoya huquqi
bilan ta’minlanishi mazkur qoidaga amal qilinishining muhim kafolati
hisoblanadi. Shuningdek, basharti shaxs noqonuniy, asossiz hibsga
olinsa, qamoqda saqlansa, davlat uni tegishli tovon bilan ta’minlashga
majbur.
Shaxsning sha’ni va qadr-qimmati uning hayoti va sog‘lig‘i yoki
shaxsiy erkinligi singari takrorlanmaydigan boylikdir. Inson huquqlari va
erkinligining kim tomonidan bo‘lsa-da, buzilishidan himoya qilishda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kafolat ramzi bo‘lib xizmat
qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson sha’ni va
qadr-qimmatini qo‘riqlar ekan, ularni, birinchi navbatda, fuqaroviy,
ma’muriy, jinoiy-huquqiy vositalar bilan qo‘riqlashga kafolat beradi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi
1-bo‘limida “Shaxsga qarshi jinoyatlar” uchun javobgarlik belgilanadi.
Bunda shaxsning hayotiga, sog‘lig‘iga, jinsiy erkinligiga, oilaga,
yoshlarga va axloqqa qarshi qaratilgan jinoyatlar, shaxsning ozodligi,
sha’ni va qadr-qimmatiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklariga qarshi jinoyatlar uchun nisbatan qattiq jazo choralari nazarda
tutilgan.
Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekistonning mustaqil siyosati dunyo
yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari tomonidan e’tirof
etilayotganligi, dunyodagi boshqa davlatlar ayrim tashkilotlarining
90
O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini orttirmoqda. Ular ham O‘zbekiston
bilan o‘zaro hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini, manfaatlarini
ko‘rishmoqda. Ayni paytda dunyo hamjamiyati va xalqaro va mintaqaviy
tashkilotlarda O‘zbekistoning obro‘si, nufuzi yanada salmoqli bo‘lib
borayotganligi, har bir kishida g‘urur tuyg‘usini uyg‘otmasdan qo‘ymaydi.
O‘tgan yillar xalqaro hayotda davlatlar rahbarlari, mamlakatlarning,
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning, insoniyatni tashvishga solib
kelayotgan xavf-xatarlardan xalos qilish, tinch, osoyishta hayotni
ta’minlash borasida muhim qadamlar qo‘yilgan davr bo‘lib qoldi. Bunda
O‘zbekistonning ham o‘z o‘rni va hissasi borligi, nufuzining esa oshib
borayotganligi e’tiborlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |