Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Birinchidan,
bu o‘zgarishlar mamlakatimizda olib borilayotgan 
barcha sohalardagi tub va izchil islohotlarni yanada chuqurlashtirishning, 
taraqqiyotning yana bir yangi davriga qadam tashlashning huquqiy
zamini bo‘lib xizmat qiladi. Eng asosiysi, O‘zbekistonda davlat 
hokimiyatining tashkil etilishi va boshqaruvining yangi tip va mazmundagi 
har qanday demokratik talablarga to‘liq javob beradigan zamonaviy 
konstitutsiyaviy-huquqiy modelining qonuniy asoslarini yaratadi. 
Ikkinchidan,
davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish 
borasidagi islohotlar Prezidentning davlat boshlig‘i sifatidagi o‘rnini 
yanada mustahkamlab, uning davlat hokimiyati organlarining kelishilgan 
holda faoliyat yuritishini ta’minlashga oid funksiyalari ahamiyatini 
oshiradi, hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish 
yuritishi prinsipining hayotga yanada oqilona joriy qilinishiga, qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o‘rtasida barqaror 
muvozanat, “tiyib turish va manfaatlar muvozanatining” yanada barqaror 
ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan,
mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining 
davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish borasidagi chora-
tadbirlar parlamentning mamlakatda kechayotgan jarayonlarga ta’sirini 
hamda uning o‘rni va nufuzini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Zero, Qonunchilik palatasining kundalik faoliyatidagi siyosiy partiyalar 
o‘rtasidagi raqobatni, g‘oyalar va dasturlar kurashini faollashtirishga 
imkoniyat yaratadi hamda muayyan ijtimoiy qatlam manfaatlarini 
ifodalaydigan partiyalarning o‘z saylovoldi dasturlarini muvaffaqiyatli 
amalga oshirishning kafolati vazifasini o‘taydi.
To‘rtinchidan,
Konstitutsiya va milliy qonunchiligimiz negiziga 
qurilgan milliy davlatchiligimizning barqarorligi ta’minlanib, uning xalq 


81 
irodasi va manfaatlari asosida qurilgan poydevori yanada 
mustahkamlanadi. Shuningdek, davlat boshqaruvining yanada samarali
demokratik konstitutsiyaviy modeli tatbiq etilishiga yangi huquqiy zamin 
yaratilishi orqali xalq farovonligi yuksaladi va yurtimizning xalqaro 
maydondagi nufuzi ortadi.
Shunday qilib, Konstitutsiyaning mohiyati, xususiyatlari va 
salohiyatini o‘rganish hamisha davom etaveradi. Zero, O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi hali qanchadan-qancha bunyodkorlik 
harakatlarining, ezgu maqsadlarga yo‘naltirilgan demokratik 
islohotlarning, kuchli fuqarolik jamiyati qurilishining huquqiy poydevori 
bo‘lib xizmat qilishiga ishonchimiz komil.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish