65
bilan, bosqichma-bosqich erkinlashuvini ta’minlovchi mustahkam
tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilganini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasiga muvofiq,
O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolari tashkil etadi. Ushbu modda O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining muhim xususiyatlaridan birini o‘zida
mujassamlashtirgan. Chunki unda belgilangan me’yor dunyodagi hech
bir davlatning Konstitutsiyasida uchramaydi. Ko‘rib turibmizki,
Konstitutsiyada “O‘zbekiston xalqi”, “O‘zbekiston fuqarolari”, degan
tushunchalarga ta’rif berilayapti. Bunga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilgan
va uning hududida istiqomat qiladigan har bir inson millatidan,
irqidan, qaysi dinga e’tiqod qilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston xalqini
tashkil etadi va respublikamizning teng huquqli fuqarosi bo‘lish huquqiga
egadir.
Ma’lumki, Konstitutsiyaning 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasi
o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari,
urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning
rivojlanishi uchun sharoit yaratishi belgilab qo‘yilgan. Maktab ta’limi
o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman
va tojik tillarida olib
borilayotgani ushbu norma to‘liq tatbiq etilayotganining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston tarixida qabul qilingan avvalgi Konstitutsiyalardan
farqli ravishda mazkur Konstitutsiya O‘zbekiston xalqini ishchilar,
dehqonlar, ziyolilar, musulmonlar, askarlar va hokazolarga
ajratmaydi. Uning «nazarida» kim qanday kasbni egallashidan, qanday
mashg‘ulot turi bilan shug‘ullanishidan, jamiyatda qanday o‘rin
tutishidan, ijtimoiy kelib chiqishidan va boshqa holatlaridan qat’iy nazar
inson hisoblanadi. Ya’ni, boshqacha so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda
tug‘ilib, shu yerda istiqomat qiladigan har bir kishi, kim bo‘lishidan
qat’iy nazar insondir va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir.
Vaholanki,
inson haqida so‘z ketar ekan, uning mohiyatini aniqlab olish zarur. Inson –
tabiiy kuch, lekin u mehnat qilish, ishlab chiqarish qobiliyatiga ega
bo‘lganligi uchun tabiatdan ustun turadi. Inson – xalqning, jamiyatning bir
bo‘lagi, u siyosiy ma’noda ko‘pincha «shaxs» deb yuritiladi. «Shaxs»
iborasi biologik, tabiiy zot ma’nosida emas, ijtimoiy borliq subyekti
ma’nosida ishlatiladi. Demak, shaxs ham jamlatning, xalqning bir
bo‘lagi bo‘lib, ularning manfaatlari doimo uyg‘un bo‘lishi lozim.
Shunda
chinakam ijtimoiy adolat qaror topadi.
O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. Yana bir bor ta’kidlash lozimki,
66
xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi ekan, nafaqat o‘zbeklar,
balki O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchilar, ularning dini,
tili, irqi, yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari tashkil qiladi. Hech kim, hech qanday
hokimiyat ushbu masalada o‘zicha turli xil cheklovlarni qo‘llashga haqli
emas va bu qonun bilan ta’qib qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining
barcha fuqarolari dini, tili, irqi, yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishidan
qat’iy nazar, xalq hokimiyatchiligini amalga
oshirishda teng huquqli
ravishda ishtirok etadilar. O‘z navbatida o‘zbek xalqini tashkil etuvchi
barcha millat vakillari davlat, jamiyat oldida turgan mas’uliyatli
vazifalarni bir xilda amalga oshirishlari va o‘z navbatida, ta’minlashlari
lozim bo‘ladi.
«Shaxs» siyosiy-yuridik ma’noda ko‘pincha «fuqaro» deb ataladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, ilgarigi Konstitutsiyalarda “fuqaro” atamasi
o‘rnida “grajdanin” degan atama ishlatilib kelgan. Birinchi marta
ushbu Konstitutsiyada “fuqaro” degan atama qo‘llanilgan. Lekin “fuqaro”
iborasi kelib chiqishining o‘ziga xos tarixi bor. Umuman “fuqaro” iborasi
insonning mazkur davlatga taalluqligi ma’nosida ishlatiladi. Shu tufayli
fuqarolar davlat tomonidan o‘rnatilgan burchlarni bajaradi.
Konstitutsiyaning eng muhim demokratik jihatlaridan biri shundaki,
unda inson huquqlari fuqarolar huquqlariga qarshi qo‘yilmagan, balki
aksincha, inson va fuqaro huquqlari o‘zaro uyg‘unlashib ketgan.
Konstitutsiyaning II bo‘limi “Inson va fuqarolarning
asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlari”ga bag‘ishlangan bo‘lsa, uning III bo‘limida
«Jamiyat va shaxs» o‘rtasidagi munosabatlar batafsil tartibga solingan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaning 8-moddasida
belgilangan yana bir muhim demokratik ruhdagi qoida, O‘zbekiston
fuqarolarining milliy tengligi tamoyilining mustahkamlanishidan
iborat. Bu esa, inson huquqlari haqidagi xalqaro huquq me’yorlariga to‘la
mos tushadi. Masalan, Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining
2-moddasida shunday deyiladi: “Har bir inson, biror-bir ayrimachiliksiz,
irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy e’tiqodi yoki boshqa
e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, mulkiy ahvoli,
qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar, mazkur
deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquqlar
va erkinliklar sohibi
bo‘lishi kerak”.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonda xalq
hokimiyatchiligi va uning amalga oshirilishi shakllari xususida ham
muhim me’yorlar belgilaydi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq,
67
«O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va
Prezidenti ish olib borishi mumkin.Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: