Demokratiya va saylov
tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular birlashib ketgan. Saylov
– demokratiya degani. Demokratiya bu saylov degani. Chunki har
60
qaysi partiya aynan saylov orqali o‘zining tarafdorlarini aniqlaydi,
kim unga ovoz beryapti, kim uning g‘oya va dasturlarini qo‘llab –
quvvatlayapti
–
bularning barchasini amalda ko‘rishga muvaffaq
bo‘ladi
”
7
.
Darhaqiqat, biz demokratiyani fuqarolarning saylovlarda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlari xohlagan va munosib, deb topgan nomzodlariga
yoki siyosiy partiyalarga ovoz berishlarida ko‘rishimiz mumkin.
Eramizdan oldingi V asrda yashagan Perikl ham demokratiyani
shunday tavsiflagandi: “Bu tuzum «demokratiya» deb ataladi. Chunki
ozchilikning emas, ko‘pchilikning manfaatlariga asoslanadi. Xususiy
manfaatlar uchun esa qonunlarimiz hammaga bir xil huquq beradi”.
Shuningdek, eramizdan oldingi yashagan yunon faylasufi Aflotun
(Platon) o‘zining ilk asarlaridan bo‘lmish «Musohabalar»idayoq
«yaxshilar hokimiyati», deya demokratiyaga ta’rif bergandi: “Birovlar uni
demokratiya deyishadi, boshqalar yana nimadir deb atashar – kimning
ko‘ngli nimani tusasa, shunday, aslida bu – yaxshilarning xalqning
vakolati bilan boshqaruvidir”. Eramizdan oldingi V asrda yashagan yana
bir antik davr vakili Perikl ham demokratiyani shunday tavsiflaydi:
“Bu tuzum demokratiya deb ataladi. Chunki ozchilikning emas,
ko‘pchilikning manfaatlariga asoslanadi. Xususiy manfaatlar uchun esa
qonunlarimiz hammaga bir xil huquq beradi”.
Demokratiya o‘zining sof ko‘rinishida fuqarolarga o‘zlari va
mamlakatlari taqdiriga doir davlatona qarorlar chiqarish jarayonida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, masalan, referendumlar orqali ishtirok etish imkonini
beradi. Bu bevosita demokratiya demakdir. Bunday imkoniyat O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasida (davlat va jamiyat
hayotining eng muhim masalalarini referendum orqali hal etilishi
belgilangan) va 32-moddasi (fuqarolarni davlat va jamiyat hayotini
boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishlari
belgilangan) ham ko‘zda tutilgan.
Fuqarolar o‘z nomlaridan faoliyat yurituvchi va qaror qabul qiluvchi
vakillarini saylaydilar. Buni vakillik demokratiyasi yoki, boshqacha
7
Каримов
И
.
А
.
Бизнинг
бош
мақсадимиз
–
жамиятни
демократлаштириш
ва
янгилаш
,
мамлакатни
модернизация
ва
ислоҳ
этишдир
. –
Т
.: “
Ўзбекистон
”, 2005. –
Б
.13.
61
aytganda, bilvosita demokratiyadeb ataydilar. Vakillik demokratiyasining
asosida doimiy o‘tkaziladigan, haqqoniy, halol va muqobil saylovlar
yotadi. Bunday saylovlarning izchil o‘tkazilishi hokimiyatni xalqqa
bog‘lab turadi.
Demokratiya sharoitida hukumat hokimiyat boshqaruvini xalq roziligi
bilan oladi va mabodo, xalq hukumatga ishonchini yo‘qotsa, uni tinch,
demokratik yo‘l bilan almashtira oladi. Zero, ingliz faylasufi Jon Lokk
“hokimiyat haqida”da yozganidek, “har bir inson o‘z hayotining
hakamidir” va u o‘ziga bekligidan voz kechib, o‘zining ustidan hokimiyat
saylar ekan, uning faoliyatidan hisobdor va xabardor bo‘lishga haqlidir.
Demokratiya shunday tuzumki, unda insonni imkon qadar kam
boshqaradilar, imkon qadar kam chegaralaydilar, imkon qadar kam
bezovta qiladilar. Ammo bu degani inson boshboshdoqlik qilaveradi,
chegaradan chiqaveradi, degani emas, chunki boshqa insonlar ham uning
kabi ozod insonlar, erkinlik istaydilar, halovat xohlaydilar. Bir insonning
halovati boshqa insonga behalovatlik keltirsa, bu halovat, bu erk
chegaralanadi, faqat boshqaning erkiga xavf solmaydigan darajadagina
chegaralanadi.
Ayrim davlatlarning “demokratiya”, “demokratiyalashtirish” niqobi
ostida boshqa davlatlarning ichki ishiga aralashishi mutlaqo xalqaro
normalarga to‘g‘ri kelmaydi. Bunga oid normalar Asosiy Qonunimizda
o‘z yechimini topgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 17-moddasida
shunday deyiladi, “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning
to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren
tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,
chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga
asoslanadi”.
Shundan ham ko‘rinib turibdiki, har bir davlat o‘zining ichki va tashqi
siyosatini amalga oshirar ekan, albatta umum e’tirof qilingan xalqaro
normalarga so‘zsiz rioya etishlari shart.
Garchand demokratiya azaliy qadriyat bo‘lsa-da, faqat XX asr
o‘rtalariga kelib umuminsoniy qadriyat sifatida e’tirof etildi va bugun –
62
XXI asrda umumjahon maqomiga ega bo‘lmoqda. Shu bois ham
mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda bunga katta
ahamiyat berildi. Xususan, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga ko‘ra,
“O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga
egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar
o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish,
shuningdek,davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi”.
Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida, shuningdek, qonun
loyihalarini muhokama qilishdagi ishtiroklari normativ-huquqiy
hujjatlarda bevosita o‘z ifodasini topgan. Jumladan, 2000-yil 14-dekabrda
qabul qilingan, “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi
to‘g‘risida”gi qonunida fuqarolarning qonun loyihalarini muhokama
qilishdagi ishtiroklari bevosita ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra, “Qonun
loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolarning ishtirok etishi
ixtiyoriydir hamda fuqarolarni qonun loyihalarining umumxalq
muhokamasida ishtirok etishga majburlash taqiqlanadi. Qonun
loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishda fuqarolar teng
huquqdan foydalanadilar.
“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi”
1
da,davlatimiz taraqqiyotining
beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, bu islohotlarning tub zaminida O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
“...Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingan
2017-yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘”, degan g‘oya asosiy
mezon bo‘lib xizmat qilmoqda
1
.
1
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
“2017-2021
йилларда
Ўзбекистон
Республикасини
янада
ривожлантиришнинг
Ҳаракатлар
стратегияси
”
ни
тасдиқлаш
тўғрисида
”
ги
фармони
.
//
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017, 6-
сон
, 70-
модда
1
Мирзиёев
Ш
.
М
.
Конституция
–
эркин
ва
фаровон
ҳаётимиз
,
мамлакатимизни
янада
тараққий
эттиришнинг
мустаҳкам
пойдеворидир
.
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш
.
М
.
Мирзиёевнинг
Ўзбекистон
Республикаси
Конституцияси
қабул
қилинганининг
25
йиллигига
бағишланган
тантанали
маросимдаги
маърузаси
. //
Халқ
сўзи
, 2017
йил
9
декабрь
63
Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab, qonun loyihalarining
umumxalq muhokamasida ishtirok etish huquqlarini cheklash taqiqlanadi.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolar qonun
loyihalari bo‘yicha o‘z fikrini erkin bildirish huquqiga egadirlar hamda
hech kim qonun loyihalari yuzasidan o‘z fikrini bildirishga majbur
qilinishi mumkin emas”
2
.
Hozirda demokratik tizimlar bir-biridan ancha farq qiladi, ammo
ularda taraqqiyotning umumiy asoslari mavjud bo‘lib, ular quyidagi talab
va belgilarda namoyon bo‘ladi: inson huquqlarini tan olish va xalqaro
andozalar darajasida ro‘yobga chiqarish; demokratik huquqiy va dunyoviy
davlat printsiplarini amalga oshirish; Konstitutsiyaning ustuvorligi;
ko‘ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, ekstremizmning siyosiy, diniy va
boshqa turlariga suyanmaydigan, jamiyatda ijtimoiy, milliy va diniy
dushmanlik urug‘ini sochmaydigan siyosiy partiyalar faoliyatining
erkinligi; hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi printsipi davlat
hokimiyati faoliyat ko‘rsatishning qat’iy chegaralanganligi;
fuqaroning davlat oldida, davlatning esa fuqaro oldida majburiyatlarga ega
ekanligi; kelishuv, kompromiss va konsensus siyosiy-huquqiy
mexanizmining mavjudligi; ijtimoiy nizolarning oldini olishning,
barqarorlik va milliy kelishuvni qo‘llab-quvvatlovchi huquqiy
mexanizmning mavjudligi; fuqarolarning siyosiy jarayondagi faol
ishtiroklari va davlat hokimiyatining oliy idoralari hamda mahalliy o‘zini
o‘zi boshqarish idoralari shakllanishida saylovchilarning hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekanligi.
Fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari va
erkinliklari hamda ularning konstitutsiyaviy kafolatlanganligi
jamiyatimizning demokratik mohiyatini ifodalaydi. Shu bilan birga,
demokratiya shaxsga imkon qadar ko‘p erkinlik beradi va shunga yarasha
katta mas’uliyat yuklaydi, insonni o‘z taqdiriga ega etadi hamda qadr-
qimmatini ko‘taradi.
Bu jihatdan qaraganda, Konstitutsiyamiz inson va fuqarolarga ancha
keng huquq va erkinliklar beradi. Uning VII-XI boblarida fuqarolarning
2
Ўзбекистон
Республикасининг
“
Қонун
лойиҳаларининг
умумхалқ
муҳокамаси
тўғрисида
”
ги
Қонуни
. 2000
й
.,
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлиси
Ахборотномаси
. 2001
й
.,
№
1–2, 14-
модда
.
64
shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, erkinliklari, burchlari va
ularning kafolatlari mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning
18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq
va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun
oldida tengdirlar”, deb e’lon qilinishi bu borada muhim qadam bo‘lib
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |