Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.Suverenitetni ta’minlashning xalqaro huquqiy asoslari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§.Suverenitetni ta’minlashning xalqaro huquqiy asoslari 
Har bir davlat xalqaro munosabatlarning boshqa ishtirokchilari 
suverenitetini, ya’ni ularning o‘z an’analari doirasida boshqa davlatlarning 
har qanday aralashuvidan xoli ravishda qonun chiqarish, ijro etish va sud 
hokimiyatini amalga oshirish, shuningdek, o‘z tashqi siyosatini mustaqil 
yuritish huquqini hurmat qilishga majburdir.
BMT Ustavi 2-moddasining 1-bandi shundan dalolat beradiki, 
«Tashkilot o‘z a’zolarining suveren tengligi prinsiplariga asoslangan». 
Ushbu prinsipning rivojlanishi quyidagicha: 
–BMT Ustaviga muvofiq, davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar 
va hamkorlikka taalluqli bo‘lgan 1970-yilgi Xalqaro huquq prinsiplari 
to‘g‘risidagi deklaratsiyada to‘liq bayon qilingan;
–1989-yilgi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashiga 
ishtirokchi davlatlar vakillarining Vena uchrashuvi prinsiplari to‘g‘risidagi 
deklarasiyada rivojlantirilgan; 
– 1990-yilgi Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasida tasdiqlangan va 
h.k. 
Suveren tenglik prinsipining asosiy ijtimoiy vazifasi – iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy yoki boshqa turdagi farqlardan qat’iy nazar, barcha 
davlatlarning xalqaro munosabatlarda keng ishtirok etishini yuridik 
ta’minlashdan iboratdir. Xalqaro muloqotning teng huquqli ishtirokchilari 
sifatida davlatlar bir xil huquq va majburiyatlarga egadirlar.
1970-yilgi Deklaratsiyaga binoan, suveren tenglik tushunchasi 
quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 
1) davlatlar yuridik jihatdan tengdirlar; 
2) har bir davlat to‘liq suverenitet huquqidan foydalanadi; 
3) har bir davlat boshqa davlatlarning huquq subyekti ekanligini 
hurmat qilishi shart; 
4) davlatlarning hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligi daxlsizdir; 
5) har bir davlat o‘zining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
tizimini erkin tanlash va rivojlantirish huquqiga egadir; 
3
Шавкат
Мирзиёевнинг
Тошкент
шаҳри
сайловчилари
билан
учрашуви
. (2016
й
.24.11.) // 
Ўзбе
-
кистон
миллий
ахборот
агентлигининг
расмий
веб
сайти
– www.uza.uz.


57 
6) har bir davlat o‘zining xalqaro majburiyatlarini to‘liq va vijdonan 
bajarishi hamda boshqa davlatlar bilan teng, tinch-totuv yashashi shart; 
EXHTning 1975-yilgi Yakunlovchi akti prinsiplari to‘g‘risidagi 
Deklaratsiyada, davlatlar suveren tenglik prinsipiga faqat u BMT Ustavida 
va 1970-yilgi Deklaratsiyada bayon qilinganidek rioya qilishnigina emas, 
balki suverenitetga xos bo‘lgan huquqlarning xurmat qilish majburiyatini 
ham o‘z zimmalariga oldilar. Bu quyidagilarni anglatadi: 
– davlatlar o‘z munosabatlarida tarixiy va ijtimoiy-siyosiy 
rivojlanishlaridagi farqlarni hurmat qilishlari shart; 
– yo‘nalishlar va qarashlarning har xilligi, ichki qonunlar hamda 
ma’muriy qoidalar suverenitetga rioya qilish yo‘lida g‘ov bo‘lmasligi 
shart; 
– har bir davlatning boshqa davlatlar bilan munosabatini o‘z 
xohishicha va Xalqaro huquqqa muvofiq belgilash va amalga oshirish 
huquqi; 
– davlatning xalqaro tashkilotlarga kirish, ittifoqchilik shartnomalarini 
ham qo‘shgan holda, ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama 
shartnomalarga a’zo bo‘lish huquqi hamda neytralitet (betaraflik) huquqi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini 
e’lon qilib, xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini xalqaro 
huquq normalarini ustuvorligini tan olgan holda mustahkamladi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish