Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

 
 


41 
IKKINCHI BO‘LIM. ASOSIY PRINSIPLAR 
IVBOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT 
SUVERENITETI 
1-§. Suverenitet tushunchasi va belgilari. 
2-§. Suverenitet turlari. 
3-§. O‘zbekiston – suveren demokratik respublika. 
4-§. Suverenitetni ta’minlashning xalqaro huquqiy asoslari. 
1-§. Suverenitet tushunchasi va belgilari 
Har bir davlat boshqa mamlakatlar orasida o‘z mustaqilligini 
mustahkamlash, hududiy yaxlitligini saqlash, suverenitetini himoya qilish 
bo‘yicha siyosat olib boradi. Bunday sharoitda, davlat oldida turgan 
maqsad va vazifalar qanday vositalar yordamida amalga oshirilishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Xalqaro hamjamiyat bilan bo‘ladigan 
munosabatlarda, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikda globallashuv 
jarayonining salbiy oqibatlari bo‘lgan ommaviy madaniyatning 
rivojlanishi, axborot xurujining avj olishi, tabiiy resurslar uchun 
kurashning keskinlashuvi davlatlarni o‘z suverenitetini himoya qilishga 
safarbar etadi.
Davlat xalqning rasmiy vakili sifatida o‘z fuqarolarining irodasini 
ifoda etadi. Faqat suveren davlatgina fuqarolarning huquq va manfaatlarini 
to‘la va har tomonlama ta’minlashi mumkin. Davlat suvereniteti deganda, 
davlat hokimiyatining ustuvorligi, uning mamlakat ichkarisida ham, 
xalqaro maydonda boshqa davlatlarga nisbatan ham to‘la mustaqilligi 
tushuniladi. Suverenitet davlat hokimiyatining alohida xususiyati bo‘lish 
bilan bir paytda, davlatning muhim belgisi ham hisoblanadi. 
O‘zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishning eng muhim 
Konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri–davlat suvereniteti prinsipi 
hisoblanadi. 
“Suvereniteti” iborasi fransuzcha “oliy hokimiyat”, degan ma’noni 
anglatadi. Suveren davlat ichki va tashqi siyosiy faoliyatida o‘zining 
mustaqil va oliy davlat hokimiyatiga ega bo‘ladi.
Suverenitet har qanday mustaqil davlatning umumiy va ajralmas 
belgisi bo‘lib, uning to‘la huquqliligini hamda ichki va tashqi ishlarda 
boshqa davlatga qaram emasligini anglatadi. 


42 
Suveren davlat o‘z ichki va tashqi ishlarini boshqa davlatlarning 
huquqlarini, shuningdek,xalqaro huquq prinsiplari va normalarini 
buzmagan holda, o‘zi xohlagancha hal qiladi. 
Suverenitet davlatga xos tushuncha bo‘lib, u bilan birga vujudga 
keladi. Davlat va uning xususiyati bo‘lgan suverenitet tarixiy hodisadir. 
Millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, ya’ni o‘z taqdirini 
chet davlatlarning aralashuvisiz belgilash huquqi davlat suverenitetning 
asosini tashkil etadi. 
Suverenitet, avvalo, davlat tomonidan uning ichki funksiyasini amalga 
oshirish vaqtida ko‘rinadi. Jamiyatda huquqiy tartibni o‘rnatish, 
mansabdor shaxslarga, jamoat birlashmalariga va fuqarolarga huquqlar 
berilishi hamda majburiyatlar yuklatilishi – bularning hammasi davlat 
ichki sityosatida hokimiyatining ustuvorligini bildiradi.
Hozirgi sharoitda davlat suvereniteti prinsipi xalqaro hamkorlikning 
eng muhim masalasidir. Yer yuzidagi barcha mamlakatlar o‘zaro 
munosabatlari suveren tenglik prinsipiga asoslangan. 
1913-yilda yer kurrasida 57 davlat mavjud edi. Hozirga kelib
ularning soni ikki yuzga yaqinlashdi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, XX 
asrning ikkinchi yarmida yer kurrasidagi davlatlarning soni uch baravarga 
oshdi. Ushbu omilning o‘zi bizning davrimizga kelib, ijtimoiy-siyosiy 
rivojlanish xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqi, davlat 
mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va jamiyat hayotining davlat-huquqiy 
shaklidan foydalanishi bilan uzviy bog‘liqdir. 
Biroq, so‘z sanoq, ko‘rsatkichlarida emas, bundan tashqari 
davlatlarning soni keyinchalik ham sezilarli ko‘payishi ehtimoldan yiroq 
emas. Yana shunisi muhimki, davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan 
funksiyalar doirasi kengaydi, jamiyat hayotining barcha sohalarida, 
jumladan, iqtisodiy hayotida huquqning roli oshdi. Binobarin, davlat 
hokimiyatining zaruriy xususiyati sifatida suverenitet rolining o‘sish 
jarayoni kuzatilmoqda. Bunday jarayon turli shakllarda o‘sadi va turli 
mamlakatlarda turli xil oqibatlarga olib keladi. Lekin hamma joyda 
suverenitet muammosi mazkur jamiyatning ijtimoiy va siyosiy tizimining 
markazida turadi. 
Suverenitet rolining oshib borishi davlatlarning ichki huquqida ham 
o‘z ifodasini topadi. Avvalgidek, milliy huquqiy tizimni shakllantirish va 
rivojlantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida xizmat qiladigan, odat 
huquqining davri o‘tdi. 


43 
Suverenitetni davlatlarning ichki huquqidagi roli xususida yuqorida 
gapirilganlar suverenitetning xalqaro huquqdagi roli va o‘rniga ham 
tegishlidir. 
Suverenitet yuridik jihatdan umume’tirof etilgan xalqaro munosabatlar 
va o‘zaro aloqalar tizimida muhim rol o‘ynaydi. Davlat va uning 
suvereniteti bilan xalqaro huquqning rivojlanishi ham chambarchas 
bog‘liqdir, chunki, birinchidan, xalqaro hamjamiyatning asosi avvalgidan 
ham ko‘proq hozirgi suveren davlatlar hisoblanadi, ikkinchidan, xalqaro 
tartibot avvalambor davlatlarning kelishuviga asoslanadi. 
Albatta xalqaro huquq rivojlanishida muhim rol o‘ynaydigan 
umumjahon va mintaqaviy — xalqaro tashkilotlarni e’tiborga olmaslik 
mumkin emas, lekin ular ham suveren davlatlarning yoki bir guruh 
davlatlarning muvofiqlashtirilgan faoliyati natijasidir. XX asrning ikkinchi 
yarmidagi tarixiy rivojlanish davlat suverenitetini ilmiy (doktrinal) tanqid 
qilish, “davlatlardan yuqori turuvchi jahon hamjamiyati”ga o‘tish 
talablarining maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatdi. 
Davlat hokimiyatining oliyligi bu hokimiyatning shunday holatiki, 
bunda boshqa hech bir hokimiyat undan ustun bo‘lmaydi.Biroq, 
hokimiyatning oliyligi uning cheksizligini bildirmaydi. Huquqiy davlatda 
u doimo qonun bilan cheklab qo‘yiladi. Davlatning suveren hokimiyati 
o‘zga barcha hokimiyatlardan ustun turadi. Davlat hokimiyatining oliyligi 
uni yagona siyosiy hokimiyat sifatida rasmiylashtiradi, bu davlat 
hokimiyati bilan muvoziy tarzda boshqa biron-bir siyosiy hokimiyatning 
mavjud bo‘lishini istisno etadi. 
Davlat hokimiyatining oliyligi, uning o‘sha davlatdagi barcha huquqiy 
munosabatlarni belgilashida, umumiy huquqiy tartibotni o‘rnatganligida 
hamda davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va 
fuqarolarning huquq va majburiyatlarini belgilaganligida namoyon bo‘ladi. 
Davlatning butun hududida oliy davlat organi tomonidan chiqarilgan 
Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi davlat hokimiyati oliyligini 
bildiruvchi asosiy belgisi sifatida tan olinadi. 
Davlat hokimiyatining yaxlitligi davlatning oliy hokimiyatini tashkil 
qiluvchi yagona organ yoki organlar tizimi mavjud bo‘lishida ifodalanadi. 
Davlat hokimiyati birligining yuridik belgisi davlat hokimiyati oliyligini 
tashkil qiluvchi organlar tizimining bevosita davlat funksiyalarini bajariSh 
uchun zarur bo‘lgan vakolatlarni qamrab olishini anglatadi. Shu tizimga 
tegishli organlar esa, bir xil subyektlarga, bir xil vaziyatlarda o‘zaro istisno 
qiluvchi xulq-atvor qoidalarini ifodalay olmaydi. Suveren davlat 
hokimiyatining asosiy xususiyati uning mustaqilligi hisoblanadi. Davlat 


44 
hokimiyatining mustaqilligi, shu davlatning boshqa davlatlar bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita munosabatlarida o‘z ifodasini topadi. 
Davlatning suveren tengligi prinsipi xalqaro huquqning umum tan 
olingan prinsiplaridan biri sifatida Birlashgan Millatlar tashkiloti Ustavida 
ham mustahkamlangan. Har bir davlat xalqaro munosabatlarning boshqa 
ishtirokchilari suverenitetini, ya’ni ularning o‘z an’analari doirasida 
boshqa davlatlarning har qanday aralashuvidan xoli ravishda qonun 
chiqarish, ijro etish va sud hokimiyatini amalga oshirish, shuningdek, o‘z 
tashqi siyosatini mustaqil yuritish huquqini hurmat qilishga majburdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasi demokratik davlatdir. Davlatning demokratikligi, avvalo, 
uning xalqparvarligini ta’minlanishida, davlat hokimiyatining qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishida, mafkuraviy va 
siyosiy hurfikrlilikda, fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishida o‘z 
aksini topadi. Binobarin, O‘zbekistonda davlat hokimiyatining manbayi 
xalqdir. Bu davlatning xalqchilligini, demokratikligini anglatadi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish