Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Iqtisodiy sudlar.
Mazkur sudlar ishlarni ko’rishda asosan Iqtisodiy 
protsessual kodeksga tayanib ish yuritadilar.
Iqtisodiy sudlarga: 
1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil 
etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka 
tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan 
fuqarolar, shuningdek, korporativ nizolar bo’yicha ishlar ko’rilayotganda 
taraflar bo’lgan fuqarolar o’rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa 
huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar; 
2) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi 
tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o’zgarishi yoki bekor bo’lishi 
uchun ahamiyatga ega bo’lgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda 
yuridik ahamiyatga ega bo’lgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) 
to’g’risidagi ishlar; 
3) bankrotlik to’g’risidagi ishlar; 
4) hakamlik muhokamasi bilan bog’liq ishlar; 
5) korporativ nizolar bo’yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar 
mustasno; 
6) chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda 
ijro etishga qaratish to’g’risidagi ishlar taalluqlidir. 
Ma’muriy sudlar. 
Mazkur sudlarning ish yuritish faoliyati asosan 


651 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksi bilan tartibga 
solinadi. Ushbu kodeksning 26-moddasiga ko’ra, Ma’muriy sudga 
fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
to’g’risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan 
kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga, iqtisodiy 
sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksining 
27-moddasiga ko’ra, ma’muriy sud: 
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish 
to’g’risidagi; 
2) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni 
amalga oshirishga vakolatli bo’lgan boshqa organlarning (bundan 
buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o’zini o’zi 
boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun 
hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning 
huquqlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzadigan 
qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to’g’risidagi; 
3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan 
nizolashish to’g’risidagi; 
4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati 
dalolatnomalarini yozishni ro’yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning 
yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor 
shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to’g’risidagi; 
5) davlat ro’yxatidan o’tkazishni rad etish yoxud belgilangan 
muddatda davlat ro’yxatidan o’tkazishdan bo’yin tovlash ustidan shikoyat 
qilish to’g’risidagi ishlarni hal qiladi. 
Ushbu sudlar MJTKga asosan, o’z vakolatlari doirasida ma’muriy 
huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’radilar.
Sud tizimida o’rta bo’g’inni tashkil qiladigan 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi sudlari, viloyat sudlari
, Toshkent shahar sudlari rais, rais 
o’rinbosari, sudyalardan iborat bo’ladi hamda sud rayosati va sudlov 
hay’atlari tarkibida ish olib boradi. 
Faqat jinoyat sudlari tarkibida xalq maslahatchilari bo’ladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar 
sudi: 
–o’z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, 
apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko’radi; 


652 
–tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sud faoliyati ustidan nazo-
rat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi; 
–sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshi-
radi; 
–sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi; 
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish