Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar 
sudi rayosati
shu sudning sudyalaridan iborat tarkibda ish olib boradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent 
shahar sudi rayosati majlislari har oyda kamida ikki marta o’tkaziladi
va Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar
sudi rayosati a’zolarining ko’pchiligi hozir bo’lgan taqdirda vakolatli 
hisoblanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent 
shahar sudi rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan Qoraqal-
pog’iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati 
a’zolarining ko’pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli 
sud raisi tomonidan imzolanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar 
sudi rayosati: 
–sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko’rib chiqadi; 
–hay’atlar faoliyati to’g’risidagi ma’ruzalarni, tumanlararo, tuman 
(shahar) sudlari raislarining shu sudlar faoliyati to’g’risidagi va qonun hu-
jjatlarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi ma’ruzalarini tinglaydi; 
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar 
sudining sudlov hay’atlari: 
–o’z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada ko’radi; 
–apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bild-
irish) huquqiga ega bo’lgan shaxslarning xohishiga ko’ra, ishlarni apel-
lyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’radi. Apellyatsiya tartibida ko’rilgan 
ish kassatsiya tartibida ko’rilmasligi kerak; 
–sud amaliyotini umumlashtiradi; 
–qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida 
rais boshchilik qiladi va u: 
–sud faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi; 
–sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi; 
–sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga 


653 
oshirish ishini tashkil etadi; 
–sudyalar, sudning boshqa xodimlari hamda xalq maslahatchilari ma-
lakasini oshirish ishini tashkil etadi; 
–sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishini 
tashkil etadi; 
–fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shiko-
yatlarni ko’rib chiqish ishini tashkil etadi; 
–sudyalarning malaka hay’ati qarorlari ustidan sudyalarning oliy
malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi; 
–sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan 
qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishni amalga 
oshirishga doir faoliyati to’g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga 
bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi; 
–bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan 
uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek, jamoatchilikni sudning faoliyati 
to’g’risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi; 
–sud idorasi ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat 
shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi; 
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Sud tizimining eng quyi bo’g’inini tuman (shahar) va tumanlararo 
sudlar tashkil qiladi.
Jinoyat ishlari bo’yicha sudlar va ma’muriy sudlar har bir tumanda va 
ayrim shaharlarda alohida tashkil etiladi. Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar 
va iqtisodiy sudlar har bir tuman va ayrim shaharlardan tashqari, hudud-
ning o’ziga xosligidan kelib chiqib, tumanlaro tashkil etilishi mumkin. 
Ushbu quyi sudlar rais va sudyalardan iborat bo’ladi, faqat jinoyat ishlari 
bo’yicha sudlarda xalq maslahatchilari ham faoliyat yuritadi. 
Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, 
jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (sha-
har) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi: 
–sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar o’rtasida ishlarni 
taqsimlaydi; 
–fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ularni qabul qilish, ariza va 
shikoyatlarni ko’rib chiqish ishlarini tashkil etadi; 
–sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan 
qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishni 


654 
amalga oshirishga doir faoliyati to’g’risida tegishli xalq deputatlari 
Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi; 
–bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan 
uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek, jamoatchilikni sudning faoliyati 
to’g’risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi; 
–sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat 
shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi; 
–qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, 
jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman
(shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi 
yo’qligida uning vakolatlari sudyalarning tegishli malaka hay’ati 
qaroriga ko’ra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish