7-§. Sudyalarning huquqiy maqomi
Davlat hokimiyatini amalga oshirish bo’yicha tegishli vakolatlarga
ega bo’lgan barcha boshqa ommaviy subyektlarining huqiqiy maqomiga
o’xshagan tarzda sudyaning huquqiy maqomi ham ayrim o’ziga xos
xususiyatlarga ega.
O’zbekiston Respublikasi “Sudlar to’g’risida”gi Qonunining
60-moddasiga asosan sudyalar qonunga muvofiq odil sudlovni amalga
oshirishga vakolat berilgan shaxslardir. Odil sudlovni amalga oshirish
bo’yicha Konstitutsiya tomonidan berilgan vakolatlarga ega bo’lgan,
kasbiy asosida o’z majburiyatlarini bajaradigan va konstitutsiyaviy,
fuqarolik, xo’jalik, ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish orqali o’z
faoliyatini amalga oshiradigan shaxs professional jihatdan sudya
659
hisoblanadi. Bulardan tashqari, sudlarning raislari, rais o’rinbosarlari ayni
vaqtda sudyalardir.
O’zbekiston Respublikasida sudya lavozimiga tayinlanadigan
(saylanadigan) shaxsning hayotiy tajribaga, bilim va ko’nikmalarga ega
bo’lishi uchun ularning yoshiga va kasbiy xususiyatlariga talablar
qo’yiladi. Bunday talablar har bo’g’in sudlarida turlicha belgilangan. Biz
yuqorida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga
qo’yilgan talablarni yuqorida ko’rib chiqqan edik, quyida jinoyat,
fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlarni ko’ruvchi sudlarning sudyalari
va O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlariga qo’yilgan talablarni
ko’rib chiqamiz.
O’ttiz yoshdan kichik bo’lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik
ixtisosligi bo’yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda
kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi
fuqarosi fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining,
jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman
(shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining, hududiy
harbiy sudning sudyasi bo’lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo’yicha kamida yetti
yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik
mehnat stajiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent
shahar sudining, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi
bo’lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo’yicha kamida o’n
yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik
mehnat stajiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi bo’lishi mumkin.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar
zaxirasida turgan shaxslar belgilangan tartibda o’qishi va stajirovkani
o’tashi shart. O’quv va stajirovkani o’tash davrida ular asosiy ish
joyidagi o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda o’z mehnat vazifalarini
bajarishdan ozod qilinadi.
660
Xuddi shunga o’xshagan talablar jinoyat ishlarini ko’rishda
ishtirok etadigan noprofessional sudyalar – xalq maslahatchilariga nisbatan
shakllantirilgan. Jumadan, O’ttiz yoshdan kichik bo’lmagan, fuqarolarning
yashash yoki ish joyidagi yig’ilishlarida ochiq ovoz berish yo’li bilan
ikki yarim yil muddatga saylangan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi
xalq maslahatchisi bo’lishi mumkin.
Haqiqiy harbiy xizmatni o’tayotgan, saylov kunida o’ttiz yoshga
to’lgan, harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yig’ilishlarida ochiq ovoz
berish yo’li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O’zbekiston
Respublikasi fuqarosi harbiy sud xalq maslahatchisi bo’lishi mumkin.
Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni sudyalarning tegishli
malaka hay’atlari tomonidan belgilanadi.
Xalq maslahatchilari sudlardagi vazifalarini bajarish uchun yiliga
ko’pi bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladi, ularning ishtirokida
boshlangan sud ishini ko’rishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni
taqozo etgan hollar bundan mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi
o’rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari uchun sudyalik
lavozimida bo’lishning eng yuqori yoshi etmish yoshni, boshqa sudlarning
sudyalari uchun oltmish besh yoshni tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida
bo’lishning eng yuqori yoshi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan, boshqa sudlarning sudyasi lavozimida bo’lishning eng yuqori
yoshi sudyaning roziligi bilan O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Sudya pensiya yoshiga yetganda yoki pensiyaga chiqishning qonun
hujjatlarida belgilangan boshqa asoslari mavjud bo’lgan taqdirda,
pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi.
Sudyalar lavozimiga kirishishda ikki usuldan amalga oshiriladi.
Bular:
1)
saylash;
2)
tayinlash.
Saylash tartibida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, o’rinbosarlari va
661
sudyalari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining raislari va
rais o’rinbosarlari saylanadi. Qolgan sudyalar tayinlanadilar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais o’rinbosarlari,
sudyalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga
binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan
saylanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais
o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi
O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga
binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga
tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining raislari va rais
o’rinbosarlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi
Raisining, O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
xulosasi asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan
taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi
tomonidan saylanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudlarining sudyalari,
Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining
raislari va sudyalari O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan
taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesi tomonidan tayinlanadi.
Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining
sudyalari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O’zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi
hamda lavozimdan ozod etiladi.
Sudyalik lavozimining muddati ham muhim masala hisoblanadi.
Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o’n yillik
muddatga va sudyalik lavozimida bo’lishning muddatsiz davriga
belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi.
Sudya o’z vakolati muddati davomida harbiy sudning, viloyat va
Toshkent shahar sudining sudyasi, tumanlararo, tuman (shahar) sudining
662
raisi va sudyasi lavozimiga O’zbekiston Respublikasi Sudyalar
oliy kengashi tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa,
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining sudyasi, Qoraqalpog’iston
Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi
lavozimiga O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesi tomonidan qayta tayinlanishi mumkin. Bunda bir sudning o’zida
sudyalik lavozimida bo’lish muddati ikki yildan kam bo’lmasligi kerak.
Sudyaning qayta tayinlanishi masalasi uning arizasiga asosan
Sudyalar oliy malaka hay’atining tavsiyasiga binoan kiritiladi.
Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat
yuritgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir
shaxs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi
yoki tayinlanishi mumkin emas.
Sud raisining rais sifatidagi vakolat muddati tugagach, u o’zining
faoliyatini o’z roziligi bilan shu sudda sudyalik lavozimida davom ettiradi
yoxud qolgan vakolat muddatiga o’z roziligi bilan boshqa sudyalik
lavozimiga saylanadi yoki tayinlanadi.
Sudyalar quyidagilarga haqli hisoblanadilar:
–
mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish
bilan bog’liq bo’lgan o’z farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;
–
mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish
uchun zarur bo’lgan axborot olish;
–
uyushmalarga birlashish huquqiga ega.
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa
yuridik va jismoniy shaxslar sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish
bilan bog’liq bo’lgan talab va farmoyishlarini so’zsiz bajarishlari shart.
Odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborot, hujjatlar va
ularning nusxalari sudyalarning talabiga muvofiq bepul beriladi.
Sudyalarning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan
javobgarlikka sabab bo’ladi.
Sudyalar o’z vakolatlari doirasida ishlarni ko’rish chog’ida
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga
663
so’zsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni,
qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning
huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlari himoya
qilinishini ta’minlashi, beg’araz va adolatli bo’lishi shart.
Sudyalar sudyalik sha’ni odob-axloqi qoidalarini qat’iy saqlashlari,
odil sudlovning obro’sini, sudyalik qadr-qimmatini tushirishi yoki
sudyaning xolisligiga shubha tug’dirishi mumkin bo’lgan xatti-
harakatlardan o’zlarini tiyishlari shart.
Sudyalar sudyalarning maslahat sirini hamda yopiq sud majlislari
o’tkazish chog’ida olingan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati
bo’lishi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo’lishi, siyosiy harakatlarda
ishtirok etishi, shuningdek, ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq
to’lanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shug’ullanishi
mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |