Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


“O’zbekiston Respublikasida oila institutini



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

“O’zbekiston Respublikasida oila institutini 
mustahkamlash konseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”
gi qarori bilan 


363 
O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konseptsiyasi 
va uni amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash 
konseptsiyasi 
5 ustuvor yo’nalishdan iborat: oila institutini 
mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, 
ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish; zamonaviy oilani mustahkamlash va 
rivojlantirish masalalari bo’yicha fundamental, amaliy va innovatsion 
tadqiqotlar olib borish; demografik rivojlanishni rag’batlantirish va oila 
farovonligi darajasini oshirish; oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini 
mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, 
oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash; oilalarga ta’sirchan 
metodik, konsultativ va amaliy yordam ko’rsatishning samarali tizimini 
yaratish. O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash 
kontsepsiyasini amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” esa, mazkur 
yo’nalishlarda 2018-2019-yillarda bajarilishi rejalashtirilgan 
30 ta
chora-tadbirni nazarda tutadi.
Oila huquqining asosiy tamoyillari Konstitutsiyada o’z ifodasini 
topgan. Ular jumlasiga oilani jamiyat va davlat muhofazasida bo’lishi, 
oilada erkak va ayolni teng huquqliligi, nikohning ixtiyoriy va teng 
bo’lishi, ota-onalar va bolalarning asosiy huquq va majburiyatlaridir. 
Oila huquqining asosiy manbayi O’zbekiston Respublikasining Oila 
kodeksidir. Oila kodeksi 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan bo’lib,
8 bo’lim, 30 bob, 238 moddadan iborat. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezident farmonlari 
va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, 
vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari unga huquqiy asos qilib 
olindi. Chunki, ushbu huquqiy qoidalarda xotin-qizlar va erkaklar teng 
huquqliligi, jamiyatning asosiy hujayrasi hisoblangan oilani mustahkam-
lash, nikohning barqaror bo’lishi, otalik, onalik va bolalikni muhofaza qi-
lish, farzand tarbiyasida va moddiy ta’minotida ota-onaning huquq va 
majburiyatlari kabi muhim qoidalar o’z ifodasini topgan. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46,63,66-moddalarida, 
shuningdek, maxsus qonunlarda, me’yoriy hujjatlarda oilaviy 
munosabatlar alohida o’z aksini ifodalagan. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 46-moddasida 
belgilangan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, oilani jamiyat va 
davlat muhofazasida bo’lishi to’g’risida davlat g’amxo’rligi 
Respublikaning Fuqarolik, Oila, Mehnat va Jinoyat kodekslarida, Sog’liqni 
saqlash, Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risidagi qonunlarda 


364 
mustahkamlab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida 
xotin-qizlarning mehnat qilish, uning uchun haq olish, dam olish kabi 
huquqiy munosabatlarini amalga oshirishdagi keng imtiyozlari berilishi 
bilan birga ularni hayotga tatbiq qilinishi ham kafolatlangan. 
O’zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi “Bola 
huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni, 2014-yil 2-yanvardagi 
“Vasiylik va homiylik to’g’risida”gi qonuni, 2016-yil 14-sentabr yangi 
tahrirdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonunlarida voyaga 
yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishga oid maxsus normalar o’z 
ifodasini topgan. 
Shuningdek,Davlatimiz rahbari va Hukumat tomonidan voyaga 
yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator normativ 
– huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1996-yil 10-dekabrdagi PF-1657-sonli “Bolali oilalarni 
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to’g’risida”gi 
Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
10-dekabrdagi 437-sonli “Bolali oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni 
kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 2004-yil 7-sentabrdagi 
419-sonli “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish 
to’g’risida” qarori, 2008-yil 12-sentabrdagi 207-sonli “Ishga qabul qilish 
uchun eng kichik yosh to’g’risidagi Konvensiyani hamda Bolalar 
mehnatining og’ir shakllarini taqiqlash va yo’q qilishga doir shoshilinch 
choralar to’g’risidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari 
haqida”gi qarori, 2010-yil 2-avgustdagi 164-sonli “Yetim bolalar va ota-
ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 2012-yil 28-iyundagi 185-sonli 
“Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada 
takomillashtirish to’g’risida”gi qarori, 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli 
“Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam 
tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 
qarori shular jumlasidandir. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-moddasining ikkinchi 
qismida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga 
asoslanadi” deyilgan. Zero, nikoh oila poydevoridir. Oila kodeksining
II bo’limi “Nikoh” (13-56-moddalar) masalasiga bag’ishlangan. 
Oila kodeksining 13-moddasiga binoan nikoh fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Ushbu organda qayd 
etilgan nikohgina huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Nikohning 


365 
tegishli davlat organida qayd etilishi uning vujudga kelganligini 
isbotlovchi birdan-bir dalildir. 
Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga 
ega emas. 
Nikohni tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy 
muddat o’tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. 
Bunday muddatni belgilashdan maqsad bir-birlari bilan yaxshi tanish 
bo’lmagan shaxslarning yengiltaklik qilib, shoshmashosharlik bilan 
nikohdan o’tishlariga yo’l qo’ymaslikdan iborat. 
Nikoh davlat va jamoat manfaatlarini ko’zlab, shuningdek, er bilan 
xotinning va bolalarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda manfaatlarini 
muhofaza etish maqsadida qayd etiladi. 
Nikohni uning ijtimoiy mohiyati va maqsadiga ko’ra hamda oilani 
mustahkamlash ehtiyojini, yosh avlodning ahloqi va sihat-salomatligini 
hisobga olib, bir qator shartlarga rioya qilgan holda tuzish zarurligi 
belgilandi. Bu talablar nikohdan o’tish shartlari deb yuritiladi. Ular 
quyidagilardan iborat: nikoh tuzish ixtiyoriydir; nikoh tuzish uchun 
bo’lajak er-xotin o’z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo’lishi 
kerak; nikoh tuzishga majbur qilish ta’qiqlanadi (Oila kodeksining
14-moddasi). 
Navbatdagi belgilangan talab nikoh yoshiga tegishlidir. Nikoh yoshi 
erkaklar va ayollar uchun o’n sakkiz yosh qilib belgilangan. 
Uzrli sabablar bo’lganida alohida hollarda (homiladorlik, bola 
tug’ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to’la muomilaga layoqatli deb
e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosi-
ga ko’ra, nikoh davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan joydagi tuman, shahar 
hokimi nikoh yoshini ko’pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin (Oila ko-
deksining 15-moddasi).
Qonunda nikoh tuzishga monelik qiladigan quyidagiholatlar 
ko’rsatilgan: 
1) loaqal bittasi ro’yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar 
o’rtasida nikoh tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Respublikada har bir fuqaro 
faqat yakka nikohda bo’lishi mumkin; 
2) nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan qarindoshlar 
o’rtasida, tug’ishgan va o’gay aka-ukalar bilan opa-singillar o’rtasida, 
shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar 
o’rtasidanikoh tuzishga yo’l qo’yilmaydi. 


366 
3) loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) 
sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar 
o’rtasida nikoh tuzishga yo’l qo’yilmaydi (Oila kodeksining16-moddasi). 
Qonunga binoan nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish 
bepul bo’lib, shuningdek, tibbiy irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalari 
bo’yicha maslahat berish nikohlanuvchi shaxslarning roziligi bilan davlat 
sog’liqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Nikohlanuvchi shaxsni ko’rikdan o’tkazish natijalari shifokor siri 
hisoblanadi va u nikohlanuvchi shaxsga faqat ko’rikdan o’tgan shaxsning 
roziligi bilan bildirilishi mumkin. Basharti nikohlanuvchi shaxslardan biri 
tanosil kasalligi yoki odam immuniteti taqchilligi virusi (OITS 
infeksiyasi)borligini boshqasidan yashirgan bo’lsa, shu shaxs nikohni 
haqiqiy emas deb topishni talab qilib sudga murojaat qilishga haqlidir. 
Oila kodeksida belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan ushbu 
nikohni haqiqiy emas deb topishuchun asos bo’lishi mumkin. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish