Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


partiya fraksiya tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o’rinlarini



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ


partiya fraksiya tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o’rinlarini 
ololmagan bo’lsa, siyosiy partiyaning Qonunchilik palatasiga saylovda 
ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag’lari 
mazkur partiyaning boshqa manbalardan olgan mablag’lari hisobidan 
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi kerak. Qonunchilik 
palatasidagi siyosiy partiya fraktsiyalarining faoliyatini tashkiliy, 
texnikaviy jihatdan va boshqa tarzda ta’minlash uchun ajratiladigan davlat 
mablag’lari Qonunchilik palatasining xarajatlar smetasida nazarda tutiladi. 
Siyosiy partiyalar faqat ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga 
oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (chet el 
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno) va 
fuqarolaridan pul shaklida hamda mol-mulk berish, xizmatlar ko’rsatish, 
ishlar bajarish tarzida xayriya yordamini olish huquqiga ega. 
Siyosiy partiya xayriya yordamini qabul qilishni rad etishga haqli. 
Siyosiy partiyalar O’zbekiston Respublikasining bir yuridik 
shaxsidan bir yil mobaynida olgan xayriya yordami summasi xayriya 
yordami berilgan yilning 1 yanvaridagi holatga ko’ra belgilangan eng kam 
ish haqining besh ming baravaridan O’zbekiston Respublikasining bir 
fuqarosidan esa besh yuz baravaridan oshmasligi lozim. 
Siyosiy partiyalarga xayriya yordami berishdagi cheklashlar 
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”gi qonunning 
15-moddasida sanab o’tilgan. Unga ko’ra siyosiy partiyalarga pul 
mablag’lari shaklidagi, mol-mulk berish, xizmatlar ko’rsatish, ishlar 
bajarish tariqasidagi (shu jumladan grantlar ajratish, texnik yordam 
ko’rsatish, safarlar bilan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hududida 
va undan tashqarida o’tkaziladigan treninglar, seminarlar, konferensiyalar 
bilan bog’liq xarajatlarga haq to’lash orqali) xayriya yordami quyidagilar 
tomonidan berilishiga yo’l qo’yilmaydi: chet davlatlar; chet davlatlarning 
yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari; xalqaro 
tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari; chet el investitsiyalari 
ishtirokidagi korxonalar; chet el fuqarolari; fuqaroligi bo’lmagan shaxslar; 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, diniy tashkilotlar va nomi 
yashirilgan yoki faqat taxallusi ko’rsatilgan shaxslar.


358 
Siyosiy partiya har yili qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 
hamda tartibda moliya organlariga, davlat soliq xizmati organlariga, 
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligiga hisobot 
davrida olingan hamda sarflangan moliyaviy va boshqa mablag’lar 
to’g’risida moliyaviy hisobot taqdim etishi shart. Siyosiy partiyaning 
moliyaviy hisobotida davlat mablag’larining kelib tushishi va sarflanishi 
alohida qismda nazarda tutiladi. Bunda siyosiy partiya tomonidan 
Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etish uchun sarflangan 
mablag’lar alohida hisobga olinadi. 
Moliyaviy va boshqa mablag’larning kelib tushishi hamda siyosiy 
Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish