Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Ommaviy axborot vositalarining huquq va majburiyatlari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§. Ommaviy axborot vositalarining huquq va majburiyatlari 
Konstitutsiyamizning 67-moddasida belgilanganidek, O’zbekistonda 
senzuraga yo’l qo’yilmaydi. Senzura tushunchasi (lot. “censura” – “jiddiy 
mulohaza, o’tkir muhokama, talabchan tanqid”) odatda ommaviy axborot 
vositalariga nisbatan mansabdor shaxslar, davlat idoralari, tashkilotlar, 
muassasalar yoki jamoat birlashmalari tomonidan xabar va materiallarni 
oldindan kelishi talabi, shuningdek,, xabarlar va materiallar, ularning 
ayrim qismlarini tarqatishga taqiq sifatida ta’riflanadi
164

“Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasiga 
va “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning
4-moddasiga muvofiq (“Senzura yo’l qo’yilmasligi”) O’zbekiston 
Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo’l 
qo’yilmaydi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qonunlarning normalariga binoan 
e’lon qilinayotgan xabarlar va materiallar oldindan kelishib olinishini, 
shuningdek, ularning matni o’zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib 
qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqi yo’q. 
“Noshirlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasida (“Senzuraga 
yo’l qo’yilmasligi”) belgilanganidek, nashrga tayyorlangan qo’lyozmalar 
va materiallarni senzuradan o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi.
Bundan tashqari, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”gi 
qonunning 14-moddasida davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar 
va tashkilotlar mansabdor shaxslarining senzura qilganlik uchun 
javobgarligi nazarda tutilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan 
O’zbekiston matbuot va axborot agentligi to’g’risidagi nizomga binoan
O’zbekiston matbuot va axborot agentligining ommaviy axborot 
vositalarini senzura qilishi, materiallarni tahrir qilishi va ommaviy axborot 
vositalari faoliyatiga boshqa har qanday shaklda noqonuniy aralashishi 
qat’iyan taqiqlanadi (12-band). 
164
Википедия

Свободная
энциклопедия
– ru.wikipedia.org. 


381 
Konstitutsiyaning 67-moddasida xalqaro huquqning asosiy 
tamoyillariaks etadi. Masalan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini 
himoya qilish to’g’risidagi konvensiyaning 10-moddasi 1-bandiga muvofiq 
har kim o’z fikrini erkin bildirish huquqiga ega. Bu huquq o’z fikriga ega 
bo’lishdan va rasmiy hokimiyat tomonidan qandaydir aralashuvsiz va 
davlat chegarasidan qat’iy nazar axborot va g’oyalarni olish va tarqatish 
erkinligidan iboratdir. Bundan tashqari, Matbuot erkinligi xartiyasi 
(London, 1987-yil) birinchi qismida aytilganidek, “har qanday senzura, 
bevosita yoki bilvosita, nomaqbuldir. Shu munosabat bilan ommaviy 
axborotvositalarining ma’lumotlarni erkinto’plash va tarqatish 
huquqini cheklaydigan qonunlar va amaliyot bekor qilinishi, mahalliy va 
markaziy hokimiyat organlari esa e’lon qilinayotgan yoki uzatilayotgan 
xabarlarning mazmuniga aralashmasliklari, shuningdek, axborot 
manbalaridan foydalanishni cheklamasliklari shart”. 
Shu bilan birga senzuraga yo’l qo’ymaslik hamma narsa mumkin, 
degani emas. Qonunchilikda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda 
muayyan cheklovlar nazarda tutilgan bo’lib, ular jamiyat va davlat 
xavfsizligini, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash 
bilan izohlanadi. Masalan, ommaviy axborot vositalaridan O’zbekiston 
Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini 
zo’rlik bilan o’zgartirishga da’vat qilish; urush, zo’ravonlik va terrorizmni, 
shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g’oyalarini 
targ’ib qilish; davlat siri bo’lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan 
qo’riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy 
adovat qo’zg’atuvchi axborot tarqatish; giyohvandlik vositalari, psixotrop 
moddalar va prekursorlarni targ’ib qilish; pornografiyani targ’ib etish; 
qonunga muvofiq jinoiy va o’zga javobgarlikka sabab bo’ladigan boshqa 
harakatlarni sodir etish maqsadida foydalanilishiga yo’l qo’yilmaydi 
(“Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasi). 
Shu o’rinda ko’rsatilgan huquqiy ko’rsatmalar, taqiqlar, aslida, 
insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, milliy davlatchilik 
asoslarini, mamlakatimizda qonuniylikni himoya qilishning siyosiy-
huquqiy mexanizmlarini yaratadi. 
Yuqoridagi qoidalar demokratik tamoyillarga, rivojlangan 
mamlakatlarning konstitutsiyaviy tajribasiga to’la muvofiqdir. Masalan, 
Germaniya Asosiy qonunining 5-moddasi matbuot, radio va televidenie 
xabarlarining erkinligini kafolatlaydi, shuningdek, senzurani taqiqlaydi. 
Italiyada OAV faoliyati Konstitutsiyaning matbuot erkinligini 
kafolatlovchi 21-moddasiga asoslanadi.


382 
Xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyalari bizning Konstitutsiyamiz 
singari nafaqat OAVning erkinligini kafolatlaydi, balki ularning 
zimmasiga axborot ishonchliligi uchun mas’uliyat yuklaydi. Masalan, 
Gretsiya Konstitutsiyasi jamiyat ma’naviyatiga tajovuz qiladigan, uyatsiz 
tusdagi nashr materiallari mazmuni uchun javobgarlik belgilaydi 
(14-modda). Shuningdek, OAV mamlakat va millatga tuhmat uyushtirish, 
tarqatishga haqli emas, agressiya urushi, milliy, irqiy, sinfiy, diniy
adovat, kamsitish, hududiy separatizm qo’zg’atish, ommaviy zo’ravonlik 
targ’ib qilish, jamiyat hayotiga, yaxshi axloq-odob qoidalariga zid uyatsiz 
xatti harakatlar taqiqlanadi (Ruminiya Konstitutsiyasining 30-moddasi, 
Italiya Konstituiyasi 21-moddasi, Gretsiya Konstitutsiyasi 14-moddasi). 
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo’yicha Harakatlar strategiyasi va uning asosida tasdiqlangan “Xalq
bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ommaviy axborot 
vositalarining hozirgi zamon rivojlanishi bosqichida muhim turtki bo’ldi. 
Davlat dasturida “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi va 
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston 
Respublikasi qonunlariga OAVni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash 
aniq mexanizmlarini, shuningdek, OAVning jamoat nazoratini amalga 
oshirishda faol ishtirok etishi qo’shimcha kafolatlarni, pirovard 
maqsadida “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini 
ro’yobga chiqarishga qaratilgan boshqa choralarni mustahkamlashga 
qaratilgan tuzatishlar kiritish nazarda tutilgan. 
Ommaviy axborot vositalari axborotning to’g’riligi uchun 
belgilangan tartibda javobgardirlar. Ta’kidlash joizki, OAVning axborotga 
nisbatan mas’uliyatli munosabatiga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, xavfsizligi, demokratik o’zgarishlar 
yo’lidagi mustahkam rivoji bog’liqdir. Bularning barchasi, o’z navbatida, 
OAVga muayyan javobgarlik yuklaydi. Chunki OAVning erkinligi - bu 
nafaqat huquq, balki ayni vaqtda muayyan javobgarlik hamdir.
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston 
Respublikasi Qonunining 6-moddasida belgilanganidek, o’z kasbiga doir 
faoliyatni amalga oshirish chog’ida jurnalist o’zi tayyorlayotgan 
materiallarining to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini tekshirishi va xolis 
axborot taqdim etishi shart. U o’zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan 
xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo’lishi uchun qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir (“Jurnalistlik faoliyatini 
himoya qilish to’g’risida”gi qonunning 15-moddasi). 


383 
Bundan tashqari, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida 
belgilanganidek, ommaviy axborot vositalari e’lonqilinayotgan 
axborotning to’g’riligini tekshirib ko’rishlari shart va ular axborot 
beruvchi bilan birgalikda uning to’g’riligi uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda 
tutilganidek, OAVda haqiqatga to’g’ri kelmaydigan yoki fuqarolarning 
sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’siga putur etkazadigan axborot 
tarqatish muayyan yuridik oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin. 
Ushbu normalar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
fuqarolarning sha’ni va qadr qimmatini muhofaza qiluvchi, ularni huquqiy 
vositalar bilan himoya qilishni kafolatlovchi boshqa moddalariga, milliy 
qonunchilikning normalariga to’la mosdir. Misol uchun, Fuqarolik 
kodeksining 100-moddasiga binoan fuqaro o’zining sha’ni, qadr-qimmati 
yoki ishchanlik obro’siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan, 
basharti bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to’g’ri 
kelishini isbotlay olmasa, sud yo’li bilan raddiya talab qilishga haqli.
Shu kabi norma “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi Qonunning
34-moddasida nazarda tutilgan bo’lib, unga ko’ra, yuridik yoki jismoniy 
shaxs ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan, haqiqatga mos 
kelmaydigan hamda o’zining sha’ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik 
obro’sini tahqirlovchi ma’lumotlar uchun raddiya berishni tahririyatdan 
talab qilishga haqlidir. 
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi 
kodeksida fuqarolarning huquq va erkinliklariga, xususan sha’ni va qadr-
qimmatiga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar – tuhmat (40-modda) va 
haqorat qilish (41-modda) uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Shu kabi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik O’zbekiston Respublikasi 
Jinoyat kodeksida (VI bob) ham nazarda tutilgan. 
OAVning qonunda belgilangan o’z vazifalariga mas’uliyatli 
munosabat nafaqat huquqiy vositalar, balki jurnalistlar hamjamiyati 
tomonidan qabul qilingan axloq qoidalari bilan ham ta’minlanadi. 2006-yil 
23-martda Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot 
agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan 
tashkil etilgan “Ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish – 
jamiyatning demokratlashtirishning eng muhim omili” BOBsidagi 
konferensiya ishtirokchilari tomonidan “Bosma ommaviy axborot 
vositalari va axborot agentliklari xartiyasi” qabul qilindi. Ushbu hujjatga 


384 
binoan OAV vakillari o’z zimmalari qator majburiyatlarni oldilar, 
chunonchi: biron ma’lumotdan foydalanayotganda uning aniqligi va 
to’g’riligiga ishonch hosil qilish; barcha axborotlarning aniqligi va 
haqqoniyligini belgilashning yuqori me’yorlariga amal qilish; axborot 
mazmunini tashqi ta’sir emas, balki dalil va voqealar asosida belgilash; 
o’quvchi hukmiga kimningdir shaxsiy ehtiroslariga emas, mutaxassis 
mulohazalariga asoslangan tahliliy materiallar havola qilish; jurnalistika 
janrlaridan oqilona va mahorat bilan foydalanish, dalillar va voqelikni 
buzib ko’rsatuvchi usullardan qochish va b. 
Mazkur Konferensiyada “Bosma ommaviy axborot vositalari va 
axborot agentliklari jurnalistlarining axloq-odob kodeksi” ham qabul 
qilingan bo’lib, unga binoan, jurnalistlar o’z vazifalarini ado etishda 
obyektiv voqelikni rost aks ettirish orqali odamlarning haqqoniy va
ishonchli axborot olishini kafolatlashi shart
165


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish