Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Ota-onalar va bolalarning shaxsiy huquq va majburiyatlari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

3-§. Ota-onalar va bolalarning shaxsiy huquq va majburiyatlari 
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida 
g’amxo’rlik qilishga majburdirlar. 
Voyaga yetganlik amaldagi fuqarolik va oila qonunchiligiga ko’ra 
shaxs 18 yoshga to’lgach to’liq hajmda vujudga keladi. 18 yoshga to’lgan, 
mehnatga layoqatli har bir fuqaro o’z ota-onasi haqida g’amxo’rlik 
qilishga majburdir. 
Ota-onalarga g’amxo’rlik qilish o’zbek xalqining eng qadimiy 
insoniy hislatlardan biri bo’lib, farzandlarning muqaddas burchidir. 
Farzandlarning o’z ota-onalari to’g’risida g’amxo’rlik qilishi ularning 
ahloqiy majburiyati hisoblangan. Bu majburiyatni farzandlar o’z xohishlari 
bilan bajarib kelganlar. O’zbek xalqiga azaldan xos yuksak fazilatlar
asrlar davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko’tarilgan bunday 
munosabat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda davlat siyosatining 
ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. 
Xususan, 2002-yil mamlakatimizda “Qariyalarni qadrlash yili”, 
2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi hamda bu borada 
qilinishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.


373 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-yanvardagi 30-sonli 
qarori bilan “Qariyalarni qadrlash yili”, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli qarori bilan 
“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturlari tasdiqlandi.
Keksalarga g’amxo’rlik ko’rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning 
hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy 
shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy 
bazani yanada takomillashtirish masalasi Davlat dasturlarining asosiy 
ustuvor yo’nalishlaridan biri etib belgilandi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasidagi 
asosiy qoidalar, Oila kodeksining 109-moddasida o’z aksini topgan bo’lib, 
voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onasiga ta’minot 
berishi, ular to’g’risida g’amxo’rlik qilishga majburdir. 
Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramog’ida ekanligi 
voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlarni o’z ota-onasiga ta’minot 
berish majburiyatidan ozod qilmaydi. 
Ota-onaga beriladigan ta’minot Oila kodeksining 110-moddasida 
nazarda tutilgan. Ta’minot berishning ixtiyoriy ravishda amalga 
oshirilishi qonunchilik tomonidan qo’llab-quvvatlanadi va bunda ta’minot 
beruvchi va ta’minot oluvchining o’zaro kelishuvga erishishlari maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Biroq voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onasiga 
ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo’yin tovlagan taqdirda 
ularning konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarishga qaratilgan sud qarori 
asos bo’ladi. Bunda sud ta’minot miqdorini farzandlarning oilaviy va 
moddiy ahvolidan kelib chiqib belgilaydi. Ota-ona aliment undirish 
haqidagi talabni bir vaqtning o’zida farzandlaridan biriga yoki barchasiga 
nisbatan qo’yishi mumkin. Shuningdek, sud voyaga yetgan, mehnatga 
layoqatli farzandlarning barchasini hisobga olib aliment miqdorini bel-
gilaydi. 
Aliment undirish nizosi hal bo’lguniga qadar voyaga etgan mehnatga 
layoqatli farzandlardan ota-onaga vaqtincha lozim bo’lgan summani to’lab 
turish masalasida sud vaqtincha to’lab turilishi lozim bo’lgan summani 
ko’rsatib ajrim chiqaradi. 
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlardan undirilayotgan al-
imentning miqdori eng kam ish haqi miqdorining uchdan bir qismidan kam 
bo’lmasligi kerak (Oila kodeksining 110 va 112-moddalari). 


374 
Oila Kodeksining 111-moddasida ota-onaning ta’minoti uchun 
qilinadigan qo’shimcha xarajatlar belgilangan. Shu sababli voyaga yetgan, 
mehnatga layoqatli farzandlar ota-onaning ta’minoti uchun qilinadigan 
qo’shimcha xarajatlarni, ya’ni ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli 
sabablarga ko’ra qilinadigan qo’shimcha xarajatlarni qoplashda ishtirok 
etishi shart. Davolanish, dori-darmon sotib olish, alohida shaxs (tibbiyot 
xodimi) parvarishida bo’lish, shifoxona yoki boshqa davolash-
profilaktikasida bo’lish xarajatlari, sanatoriya va kurortlarda davolanish 
kabi qo’shimcha xarajatlarda ham ishtirok etishlari shart hisoblanadi. 
Agar voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar qo’shimcha 
xarajatlarni ixtiyoriy ravishda qoplashdan bosh tortsa, bu holat sud 
tartibida uning zimmasiga yuklanadi. 
Oila kodeksining 113-moddasiga asosan agar sud ota-onaning ota-
onalik majburiyatini bajarishdan bo’yin tovlaganligini aniqlasa, 
farzandlarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot 
berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin. 
Aliment undirish to’g’risidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud 
buyrug’i Oila kodeksining 114-moddasiga ko’ra qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda ijro etiladi. 
Mazkur modda, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga 
to’liq mos keladi. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi 
onalik va bolalikka alohida g’amxo’rlik va yordam huquqini beradi. 
Barcha bolalar, nikohda yoki nikohsiz tug’ilishidan qat’iy nazar, bir 
xil ijtimoiy himoyadan foydalanishi kerak, deb belgilab qo’yilgan
(27- modda). 
Keksalar va yoshi ulug’ kishilar haqida g’amxo’rlik qilish davlat va 
jamiyatning doimo diqqat markazida bo’lgan. Davlatimiz rahbari 
Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan keksa avlod turmush darajasini 
ko’tarish, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ular ishtirokini 
qo’llab-quvvatlash kabi xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimiz Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4906-sonli 
“O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash 
“Nuroniy”jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Farmoni ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar 
ko’lami va miqyosi yanada kengayib borishiga xizmat qilmoqda. 


375 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish