partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi ustidan
nazoratni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oshiradi.
Moliyaviy va boshqa mablag’larning kelib tushishini hamda siyosiy
partiyalarning ulardan belgilangan maqsadda foydalanishini tekshirish
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida o’ndan bir
qismidan iborat deputatlar guruhining murojaatiga binoan Qonunchilik
palatasi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Siyosiy partiya o’z faoliyatining moliyalashtirilishi masalalari
yuzasidan tegishli davlat organlarining qarorlari va ular mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan O’zbekiston Respublikasi
Oliy sudiga shikoyat qilishi mumkin.
O’zini-o’zi nazorat qilish savollari
1. Jamoat birlashmalari qanday prinsiplar asosida faoliyat yuritadi?
2. O’zbekistonda qanday jamoat birlashmalari tizimi mavjud?
3. Jamoat tashkilotlarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi qanday?
4. O’zbekistonda qanday jamoat birlashmalari mavjud?
5. “Siyosiy partiya” deganda nima tushuniladi?
6. Siyosiy partiya qanday tartibda tuziladi?
7. Siyosiy partiyaning faoliyati qaysi hollarda to’xtatiladi?
8. O’zbekistonda siyosiy partiyalar qanday moliyalashtiriladi?
359
XVII BOB. OILA
1-§. Oila jamiyat va davlat muhofazasida.
2-§. Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy
huquq va majburiyatlari.
3-§. Ota-onalar va bolalarning shaxsiy huquq va majburiyatlari.
1-§. Oila jamiyat va davlat muhofazasida
Davlatimiz o’z mustaqil taraqqiyotining ilk kunlaridanoq bozor
munosabatlariga o’tish bosqichida oilalar haqida g’amxo’rlik qilish, ularni
ijtimoiy himoya qilish bosh tamoyillardan ekanini e’lon qildi va bu sohada
keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy tadbirlarni
amalga oshirdi.
Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lib, davlatimiz va jamiyatimiz
rivoji, avvalambor, oilalarimizda tinchlik-osoyishtalikning bardavom
bo’lishi, oiladagi farovonlik va uning ishonchli ijtimoiy himoya kafolatlari
tizimi orqali ta’minlanishi bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Inson shaxsini shakllantirishda oila, shubhasiz, dastlabki bosqich
vazifasini o’taydi, ya’ni oilada odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va
davlatga nisbatan munosabatiga asos solinadi.
O’zbekiston Respublikasida oilaga jamiyat va davlat g’amxo’rligi
kun sayin oshib bormoqda. Jamiyatni rivojlantirish uchun barcha diqqat-
e’tibor, eng avvalo, oilaga qaratilmog’i lozim. Har bir oila a’zosining
jamiyatni tushunishi, hayot, mehnat, qonun va huquqni qay darajada
anglashi va unga rioya qilishi jamiyat ravnaqini belgilovchi muhim
omildir.
Davlatning oila to’g’risidagi g’amxo’rligi katta hajmda uy-joy
qurilishi, bolalar muassasalarining keng shahobchalarini barpo etish va
rivojlantirish, maishiy xizmat, bola tug’ilganda nafaqa to’lash, ko’p bolali
oilalarga nafaqalar va imtiyozlar berish, shuningdek, oilaga nafaqa va
yordam berishning boshqa turlarini rivojlantirish orqali namoyon
bo’lmoqda.
Oila huquqining asosiy manbayi O’zbekiston Respublikasining Kon-
stitutsiyasidir. Konstitutsiyaning III bo’lim, XIV bobi “Oila” deb nom-
lanib, 63-66-moddalar oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga
qaratilgan qoidalardir.
360
Yuqorida ta’kidlanganidek, asosiy qonunda oilaga maxsus bob
ajratilgan. Bu bob “Jamiyat va shaxs” bo’limida berilishi ham ayni
muddao, chunki oila jamiyatning bir bo’lagi, uning asosiy bo’g’inidir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida
ta’kidlangan quyidagi so’zlar nihoyatda ramziy va teran ma’nodadir: “Oila
jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida
bo’lish huquqiga ega”.
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasini tashkil etadi. Jamiyat
katta-kichik oilalardan iborat. Bu oilalar qanchalik mustahkam bo’lsa, ja-
miyat ham shunchalik mustaham bo’ladi. Biz qurayotgan fuqarolik ja-
miyatida oila o’ziga xos ijtimoiy birlashmani tashkil etadi. Oilaning bu
xususiyati birinchi galda uning jamiyat manfaatlari bilan bog’liqligida
hamda ijtimoiy vazifalarda ifodalangan.
Mamlakatda har bir oila va har insonning turmush farovonligini,
fuqarolar totuvligini mustahkamlashga qaratilgan dasturiy maqsadlarga
asoslanib ish olib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan ijtimoiy-siyosiy so-
hadagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunlar, xalqaro
huquqiy standartlarga to’la-to’kis mos bo’lib, ular ruhini hayotimizga
singdirish ishiga xizmat qilmoqda.
Davlat tomonidan oilaga kun sayin g’amxo’rlik qilish, unga har tara-
flama moddiy yordam berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning
muhim vazifalaridan biridir.
O’tgan vaqt davomida respublikamizda ayollar va o’sib kelayotgan
yosh avlod sog’lig’ini mustahkamlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar
amalga oshirilishi natijasida sog’lom oilani shakllantirish, tug’ish yo-
shidagi ayollarni sog’lomlashtirish ishlari o’zining ijobiy samarasini berdi.
Mamlakatimizda oilaviy-huquqiy munosabatlar O’zbekiston Respu-
blikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik holatlarini qayd etish
tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd et-
ish qoidalari, O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risida
Nizom, Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish
(patronat) to’g’risida Nizom, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komis-
siyalar faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaror, shuningdek,
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining oila huquqi masalalariga
qaratilgan dasturiy ko’rgazmalari bilan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi
“Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
361
to’g’risida”gi PF–5325-son Farmoni xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va
oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan
takomillashtirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Xususan, ushbu Farmon asosida fuqarolar yig’inlarining diniy ma’rifat va
ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchisi lavozimi
o’rniga tegishli shtat birliklarini tuman (shahar) xotin-qizlar qo’mitalari
tuzilmasiga o’tkazgan hamda mahalliy budjet mablag’lari hisobidan
moliyalashtirish tartibini saqlagan holda
Do'stlaringiz bilan baham: |