Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Toshkent shahri
mavjud. O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 6-moddasiga binoan O’zbekiston Respu-
blikasining poytaxti - Toshkent shahri. 
Poytaxt shahar o’ziga munosib bir qator o’ziga xos xususiyatlarga 
ega. Unda davlat va jamoat tashkilotlarining markaziy idoralari, davlat 
boshlig’ining qarorgohi, chet el diplomatik vakolatxonalari joylashadi, 
davlatning asosiy siyosiy va iqtisodiy tadbirlari amalga oshiriladi.
Tuman
– O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo’linishi 
pog’onalari ichida o’rta bo’g’in bo’lib, qishloq joylaridagi iqtisodiy, 
xo’jalik va ijtimoiy-madaniy hayotga bevosita rahbarlik qiladi. 
O’zbekiston ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, yangi tabiiy 
resurslarni o’zlashtirish hamda aholi sonining o’sishi bilan ma’muriy-
hududiy bo’linmalar chegarasidagi o’zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman 
bo’g’inlari hisobiga ro’y beradi. 


392 
Ma’muriy-hududiy bo’linishning yana bir bo’g’ini bo’lib - 
shaharlar
hisoblanadi. Madaniy va ilmiy markaz bo’lib hisoblangan shaharlar 
aholisining soni, iqtisodi va sanoatining rivojlanganligi, madaniy, ilmiy
va o’quv maskanlarining mavjudligiga qarab farqlanadi. O’zbekiston 
Respublikasi hududida respublika, viloyat va tumanga bo’ysunuvchi 
shaharlar tizimi mavjud. 
O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan 
“O’zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal 
etish tartibi to’g’risida”gi qonuni
169
ga binoan Respublika 
(Qoraqalpog’iston Respublikasida), viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar 
turkumiga, qoida tariqasida, kamida o’ttiz ming aholisi bo’lgan, muhim 
ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy 
markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.
Shaharlarni viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, 
ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy 
Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharlarni respublika (Qoraqalpog’iston Respublikasida) 
bo’ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish 
Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo’qorg’i 
Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman bo’ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, 
kamida etti ming aholisi bo’lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan 
infrastrukturasi mavjud shaharchalar, aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman bo’ysunuvidagi shaharlar 
turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, 
Qoraqalpog’iston Respublikasida esa - tegishli tuman hokimlarining 
iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining 
taklifiga muvofiq Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish