2.1 O’tkir zaxarlanishlar etiologiyasi
Ko’p hollarda o’tkir zaxarlanishlar sababi kimyoviy qurol (KQ) qo’llanishidan
yuz beradi. Shuni qayd etib o’tish lozimki, 1997 yildan boshlab, dunyodagi
aksariyat mamlakatlar (65) imzolagan “Kimyoviy qurollarni ixtiro etish, ishlab
chiqarish, g’amlash va qo’llashni man etilishi to’g’risidagi” Xalqaro Konvensiya
kuchga kirgan bo’lsada, uning tasarrufidan eng zamonaviy hisoblangan KQ lar
chiqarilgan bo’lib, bu Konvensiyaning amaliy ahamiyati deyarli bekor qilindi.
Natijada joriy (2013) yilning o’zida Suriyadagi jangovor harakatlarda KQ
ishlatilganligi ma’lum bo’ldi.
Kimyoviy qurolning tarkibiy qismi zaxarlovchi moddalardan (ZM), yoquvchi
moddalar (YoM) va tutun hosil qiluvchi moddalar (TM) lardan iborat. ZM eng
katta xavf tug’diradi.
ZM – kimyoviy birikmalardan iborat bo’lib, shaxsiy tarkib a’zolarini zaxarlash
uchun qo’llaniladi.
Amaliy maqsadlarni inobatga olib, ZM ning bir necha turlari tasniflanadi:
toksikologik, taktik, kimyoviy va h.k.
Toksikologik tasnif ZM ni klinik belgilari umumiyligini, patologik jarayon va
tibbiy yordam ko’rsatish, davolash usullariga qarab ajratadi. Bunda: asab – falajli,
umumzaxarlovchi, bo’g’uvchi, terini o’yuvchi, ko’z yosh sizdiruvchi, qitiqlovchi
va psixoximik turlari qayd qilinadi. Taktik tasnif ularni jangovor qo’llash bo’yicha:
o’lim chaqiruvchi, qitiqlovchi va vaqtincha safdan chiqaruvchi ZM ga ajratiladi.
Tashqi muhitda saqlanish davriga qarab ZM barqaror va beqaror turlariga
bo’linadi. Bulardan tashqari armiya va harbiy – dengiz flotini har xil texnika bilan
ta’minlanishi alohida mutaxassislarning ba’zi turlari zamonaviy qurollarni
amaliyotda qo’llashda yoki ularga xizmat ko’rsatishda zararli omillar bilan
uchrashini inkor qilmaydi.
Qator hollarda texnika xavfsizligi qoidalari buzilganda va avariya holatlarida
zaxarli texnik suyuqliklar, uglerod oksidi, kichik faollikka ega radiatsion
nurlanishdan, yuqori sur’atli elektromagnit to’lqin va boshqalardan organizmning
o’tkir va surunkali shikastlanishlari avj olishi mumkin.
Shunga bog’liq holda kimyoviy va boshqa turdagi qurollar ta’sirida ommaviy
shikastlanish o’choqlari rivojlanganda, hayot uchun xavfli holatlar rivojlanganda
harakatdagi armiyaning barcha davolash muassasalarida xizmat qiluvchi tibbiy
xodimlar shoshilinch shifokorga, birinchi shifokor, malakali va maxsus tibbiy
yordam ko’rsatishga tayyor bo’lishlari talab qilinadi.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |